10.09.2007 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.09.2007 yildagi 190-son
Date of entry into force
10.09.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM TIZIMIDA MAGISTRATURA FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH, UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq respublikada oliy taʼlim tizimining ikkinchi bosqichi sifatida magistraturaning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqildi, oʻquv jarayonini tashkil etishning asoslari belgilandi va oʻquv-metodika kompleksi, axborot taʼminotining yangi avlodi joriy etildi, ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi shakllantirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv jarayonini, oliy taʼlim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlaydigan normativ-metodik hujjatlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida malaka amaliyoti hamda Davlat attestatsiya komissiyalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarga ega boʻlgan ishlab chiqarish bazalarida, ilmiy laboratoriyalarida, tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistrlarning qiziqishlarini oshirish hamda ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun muntazam ravishda ilmiy konferensiyalar oʻtkazilmoqda, ularga chet tillar oʻrgatilmoqda, oʻquv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogika texnologiyalari jalb etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtgan ikki oʻquv yili mobaynida magistraturada oʻrganilayotgan predmetlarning oʻquv dasturlari qayta ishlab chiqildi va yangilandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarida magistraturaning 20 tadan ortiq yangi mutaxassisliklari ochildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bugungi kunda magistratura faoliyatini tashkil etish, shuningdek kadrlar va axborot resurslari bazalari bilan taʼminlash bilan bogʻliq muammolar mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chunonchi, kadrlardan foydalanuvchilar (ish beruvchilar)ning aksariyati magistraturani bitiruvchilarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisida toʻliq va toʻgʻri tasavvurga ega emas. Magistraturani bitiruvchilardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik hollari mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari bugungi kun talablariga muvofiq emas, ilmiy va maxsus adabiyotlarning yetishmasligi sezilmoqda, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlari oʻquv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etilmayapti, taʼlim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash toʻliq darajada amalga oshirilmayapti, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushi mavjud emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura taʼlimi sifatini oshirishga muayyan ulush qoʻshayotgan yuqori malakali professor-oʻqituvchi kadrlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali metodlaridan toʻliq foydalanilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq magistratura faoliyatini tashkil etishni tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning sifatini hamda raqobatbardoshliligini oshirishni kuchaytirish, yuqori malakani va maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, shuningdek magistraturada taʼlim-tarbiya jarayonini normativ-huquqiy va ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 30-maydagi PQ-645-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, magistrlar tayyorlash jarayoniga eng yuqori malakali oʻqituvchilar hamda fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan olimlar, shuningdek davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, “Isteʼdod” jamgʻarmasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchilar va yosh olimlarning mamlakatimiz va chet ellardagi yetakchi universitetlarda va ilmiy markazlarda tajriba orttirishlarini (ularning natijalaridan biri magistraturada oʻqitish sifatini oshirishdan iborat), xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda magistratura dasturlari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning oliy taʼlim muassasalariga pedagogik ishlarga yuborilgan magistratura bitiruvchilariga ularning universitetlarda va ilgʻor texnologiyali ilmiy markazlarda malaka oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni, shuningdek magistratura oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv-metodik materiallar ishlab chiqilishini hamda oʻquv jarayoniga zamonaviy ilm-fan yutuqlari joriy etilishini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlar tayyorlash bilan band boʻlgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati monitoringini, shuningdek ularning malaka darajasini baholashni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlarni oʻqitish va tayyorlash sifati oʻrganilishini tashkil etsin va uning sifati nazorat qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida magistratura mutaxassislari roʻyxatini qayta koʻrib chiqsin va har yili 1-martgacha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga magistraturaga qabul qilish parametrlari boʻyicha asoslangan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2008-yil 1-yanvardan boshlab respublika oliy taʼlim muassasalarida oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga ish haqi fondi va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari soni doirasida 2-ilovaga muvofiq magistratura boʻlimlari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura boʻlimlariga kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish va taʼminlashga, ulardagi taʼlim va oʻqitish sifatini nazorat qilishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari barcha boʻlinmalarining magistrlar tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlarni oʻqitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash masalalarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar, idoralar va kadrlardan asosiy foydalanuvchilar boʻlgan boshqa tashkilotlar magistrlar tayyorlash jarayonida faol qatnashsinlar hamda ularning mehnatidan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar, magistrantlarning amaliy mashgʻulotlarda qatnashishlari, yetuk mutaxassislarning magistrlik tayyorgarligiga rahbarlik qilishlariga jalb etilishi, real topshiriqlar boʻyicha dissertatsiyalar tayyorlashga, ularning taʼlim-kasbiy faoliyatini tashkil etish uchun ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda magistratura taʼlim jarayonini fundamental va amaliy fanlar bilan real integratsiyalash, Fanlar akademiyasining yetakchi olimlarini hamda uning moddiy-texnika bazasini magistrantlarni oʻqitish va ular tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga jalb etish boʻyicha Harakatlar dasturini ishlab chiqsin hamda uni 2008-yildan boshlab amalga oshirishga kirishsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Magistratura toʻgʻrisidagi Nizomga ushbu qaror talablariga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 10-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasi magistratura boʻlimining shtat birliklari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Lavozimlar nomi* Shtat birliklari soni‎ Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad‎ Tarif koeffitsiyenti‎ Lavozim maoshi (soʻmlarda)‎
1.‎ Boʻlim boshligʻi‎ 1‎ 9‎ 4,797‎ 74473‎
2.‎ Metodist‎ 1‎ 5‎ 3,467‎ 53825‎
Hammasi:‎ 2‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: * — magistrlar soni 200 kishigacha boʻlganda 0,5 stavka belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 384-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)