Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.09.2022 25.12.1998 yildagi 723-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.12.1998 yildagi 723-I-son
Date of entry into force
06.01.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.09.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi reklamani tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar to‘g‘risida axborot oqimini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, axloq va ma’naviyatning umum e’tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik obro‘siga, atrof muhit holatiga tajovuzidan himoyalanish choralarini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning xarakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste’mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko‘ra iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlar reklama vositasida tarqatilishining oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun ijtimoiy voqealarni, siyosiy partiyalarning, diniy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining manfaatlarini aks ettiruvchi va (yoki) ularni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan axborot bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida reklama sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama — bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonunchilikka muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot;
(4-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama beruvchi — reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga buyurtmachi bo‘lgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama tayyorlovchi — reklama tayyorlashni to‘liq yoki qisman amalga oshiruvchi shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama tarqatuvchi — reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga oshiruvchi shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklamadan foydalanuvchi — reklama yo‘naltirilgan shaxs yoki shaxslar guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama vositalari — reklamani undan foydalanuvchiga yetkazish uchun ishlatiladigan vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot — tovarlar, ishlar, xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksilreklama — noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya
(O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuniga muvofiq 4-modda to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Reklamaning tili
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki reklama beruvchining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda tarqatiladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bo‘lsa, shu tilda keltirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Reklamaga doir asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish;
(6-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning mahsulotini badnom etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning sog‘lig‘i yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish;
(6-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish);
(6-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pornografiyani tarqatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy so‘z va iboralardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‘yilgan rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin yoki shunga o‘xshash boshqa tadbir o‘tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa mahsulotning reklamasi ko‘rinishida reklama qilish.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuniga muvofiq to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 317-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan reklamaga oid cheklashlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi reklama taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat voyaga yetganlarga mo‘ljallangan yoki voyaga yetmaganlarning olishi yoxud iste’mol qilishi taqiqlangan mahsulotni voyaga yetmaganlar iste’mol qilayotgan yoki undan foydalanayotgan tasvir tushirilgan reklama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmaganlarni mahsulot olishga yoki reklama qilinayotgan mahsulotni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga da’vat qiluvchi reklama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanilgan reklama.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Reklama beruvchining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama xususida shartnoma tuzish to‘g‘risida oshkora taklif (ommaviy oferta) kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor qilgan hollarda, yetkazilgan zararning o‘rnini va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama beruvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur bo‘lsa, mahsulotni yoki reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchining huquq hamda majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy oferta yo‘llangan shaxsdan belgilangan tartibda aksept olganidan so‘ng reklama beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda, bu shaxsni shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi hamda reklama beruvchining shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan hollarda reklama beruvchidan tegishli litsenziyani talab qilish.
(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda belgilangan reklama faoliyati va homiylik qoidalarini bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama beruvchi qonunchilikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborot bergan taqdirda reklama beruvchini bu haqda vaqtida xabardor etishi shart.
(9-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni tartibga solish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Reklamani aynanlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama, uni tarqatish shakllari yoki vositalaridan qat’i nazar, boshqa axborotdan reklama deb hisoblash mumkin bo‘ladigan darajada ajratilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Televideniye va radiodagi reklama boshqa dasturlardan uning boshlanishi va oxirida audio-, video-, aralash vositalar yoki boshlovchilarning sharhlari yordamida ajratib qo‘yilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotga qiziqishni shakllantirish va mahsulot realizatsiyasiga ko‘maklashish uchun mahsulotning muayyan markasiga (modeliga, artikuliga) yoki uning ishlab chiqaruvchisiga iste’molchining e’tiborini atayin jalb etuvchi, shuningdek mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki tarqatuvchi shaxsga taalluqli ma’lumotlardan (rekvizitlardan) iborat axborot materiali, muallif va tahririyat materiali — reklama hisoblanadi hamda u “Reklama” yoki “Reklama o‘rnida” rukni ostida joylashtirilmog‘i lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Homiylik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teleradiodasturlarni yaratishda, boshqa ommaviy axborot vositalari uchun materiallar tayyorlashda, teatr-konsert, sport tadbirlari va boshqa tadbirlarni uyushtirishda homiylar qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama televideniye va radio, audiovizual mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan va homiylik xizmatlaridan foydalanilayotgan taqdirda, homiylar to‘g‘risidagi axborot dasturning boshlanishida va oxirida qisqa va aniq qayd etilishi kerak. Homiyning nomi (nomlanishi) yonida yoki homiyning o‘rniga uning tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangiliklar to‘g‘risidagi teleradiodasturlarda homiylarning xizmatlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Homiylik ko‘rsatilayotgan shaxsning faoliyatiga homiy aralashishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Noto‘g‘ri reklama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo‘rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablarni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib yolg‘on) reklama hisoblanadi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noto‘g‘ri reklama taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklamani noto‘g‘ri deb topish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) qabul qiladi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Yashirin reklama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin reklama iste’molchining idrokiga uning o‘zi anglamagan holda ta’sir o‘tkazadigan, shu jumladan maxsus video ilovalardan (qo‘sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta’sir o‘tkazadigan reklamadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotda, shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o‘zga usullar bilan tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklamani yashirin deb topish to‘g‘risidagi qarorni vakolatli davlat organi qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Qiyosiy reklama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qiyosiy reklama — raqobatchiga yoki uning tomonidan taqdim etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari xolisona va insofli taqqoslansa, agar bunda reklama undan foydalanuvchini chalg‘itib qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi ham mumkin bo‘lmasa, reklama beruvchi bilan raqobatchining shaxsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), firma nomi, mahsuloti aralashib ketmasa hamda raqobatchining ishchanlik obro‘sini yoki uning tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish belgisini), firma nomini, mahsuloti yoki faoliyatini badnom etmasa, qiyosiy reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Ijtimoiy reklamali axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy reklamali axborot sog‘liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, energiya resurslarini saqlab qolish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga doir axborot, shuningdek notijorat yo‘sindagi boshqa axborotdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslarning ijtimoiy reklamali axborotni tekinga tayyorlash va tarqatishga doir faoliyati, o‘z mol-mulkini (shu jumladan pul mablag‘larini) ijtimoiy reklamali axborot tayyorlash va tarqatish uchun boshqa shaxslarga berishi xayriya faoliyati deb e’tirof etiladi. Bunday shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni umumiy yillik hajmining 5 foizidan kam bo‘lmagan hajmda ijtimoiy reklamali axborotni joylashtirishi shart. Bunda faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan reklama tarqatuvchilar ijtimoiy reklamali axborotni bepul joylashtiradi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi O‘RQ-150-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 93-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Televideniye va radiodagi reklama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teleradiotashkilotlar uchun reklamaga ajratilgan ko‘rsatuv (eshittirish) vaqti ko‘rsatuvning (eshittirishning) har bir soatiga 10 foizdan oshib ketmasligi kerak. Bu talab ko‘rsatuvning (eshittirishning) ixtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45 minutdan ortiq davom etadigan konsert-tomosha va sport dasturlari, kino- va telefilmlar reklama uchun to‘liq 45 minutlik vaqt oralig‘ida ko‘pi bilan bir marta uzib qo‘yilishi mumkin. Reklama bu ko‘rsatuvlarning (eshittirishlarning) boshlanishi oldidan va (yoki) ular tugaganidan so‘ng joylashtirilishi ham mumkin. 10 minutdan kam davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) umuman, 10 minutdan ortiq davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) esa bu teleko‘rsatuvlarning (radioeshittirishlarning) mualliflik huquqi egasi bilan kelishmasdan turib reklama joylashtirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat anjumanlari va marosimlari olib ko‘rsatilayotgan (eshittirilayotgan) paytda uni uzib turib reklamani ko‘rsatish (eshittirish) taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar davrasiga (o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lganlarga) mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarda (eshittirishlarda) reklama taqiqlanadi. Bu taqiq ijtimoiy reklamali axborotga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturlarning reklama qismlari tovushini teleradiodasturning tovushiga nisbatan balandroq qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teleko‘rsatuvlar namoyish etilayotganda reklama maqsadlarida harakatlanuvchi satrlardan foydalanish taqiqlanadi, reklama berilayotgan paytdagi harakatlanuvchi satrlar bundan mustasno.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teleko‘rsatuvlarning boshlovchilari, diktorlari va boshqa qatnashchilari reklama uchun ajratilgan vaqtdan tashqari paytda mahsulotni bilaturib namoyish qilish yoki uning iste’mol xususiyatlarini bevosita yoki bilvosita tavsiflash huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Televideniye va radio xodimlariga axborot niqobi ostida reklama bilan shug‘ullanish, ya’ni mahsulot ishlab chiqaruvchining rekvizitlarini, joylashgan manzilini, telefon raqamini, mahsulotning tijorat belgilarini ko‘rsatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklamaning hajmi, mavzusini shu ommaviy axborot vositalarining o‘zlari mustaqil belgilaydi. Obuna bo‘yicha tarqatiladigan bosma vositalar obuna shartlarida nashrning umumiy hajmidagi reklama miqdorini ko‘rsatishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama yo‘sinidagi xabarlar va materiallarni berib borishga ixtisoslashmagan davriy bosma nashrlarda reklama davriy nashr bir soni hajmining 40 foizidan oshib ketmasligi shart, qolgan reklama bepul ilova tarzida berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Telefon va hujjatli elektr aloqadan foydalaniladigan tarzdagi reklama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teleks va faksimil aloqa yordamida reklama qilishga, agar oluvchining maxsus so‘rovi bo‘lmasa, bir manzilga bir varaqdan ortiq bo‘lmagan hajmda bir marta jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy, shaharlararo yoki xalqaro telefon aloqasidan foydalanilgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar reklamasi reklama vositalarida tarqatilgan taqdirda quyidagi aniq axborotlardan tarkib topgan bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatning pulli yoki tekin yo‘sinda ekanligi hamda uning qiymati to‘g‘risidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilgan xizmatning mazmuni to‘g‘risidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat iste’molchilari doirasiga nisbatan qonunchilikda belgilangan hamda xizmatning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan — yoshga doir va boshqa cheklashlar to‘g‘risidagi axborot;
(19-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon aloqa kanalidan pulli foydalanish va tegishli mintaqada xizmatdan 1 minut foydalanishning qiymati to‘g‘risidagi axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan axborot reklama xizmatini taqdim etish uchun foydalaniladigan telefon raqami terilgan shrift hajmining kamida yarmiga teng hajmdagi shrift bilan bosilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam, yong‘indan saqlash va shu kabi xizmatlarning bepul xizmat ko‘rsatadigan telefon raqamlaridan reklama tarqatish uchun foydalanish taqiqlanadi.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Tashqi reklama
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama deb hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi reklamani ko‘cha yoritkichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda, shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari tasvirini takrorlanmagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari doirasida tashqi reklamani joylashtirishga mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tegishli davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasida ular bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi reklamani moddiy madaniy meros obyektlarida, yo‘l belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi
(20-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Transportdagi va pochta jo‘natmalaridagi reklama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama transport vositalarida, shu jumladan metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yo‘l harakati qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklamani umum foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo‘lovchilarga xabar beruvchi ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklamani pochta jo‘natmalari orqali tarqatish belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-28-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Dori vositalari, kosmetika va maishiy kimyo vositalari reklamasi
(22-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari reklamasida quyidagilar bo‘lishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositasining to‘liq nomi (shu jumladan xalqaro farmakologik nomi) va ishlab chiqaruvchisining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositasidan foydalanish yoki uni qo‘llash haqidagi axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat shifokorning ko‘rsatmasi (retsepti) bo‘yicha beriladigan dori vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida giyohvandlik vositalari va (yoki) psixotrop moddalari bo‘lgan dori vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo‘llanishga ruxsat berilmagan dori vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus ruxsatnoma bermay turib kosmetika vositalari, maishiy kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli va biologik jihatdan ta’sirchan oziq-ovqat qo‘shimchalarini reklama qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning qoidalari tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan reklamaga tatbiq etilmaydi. Tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221-modda. Energetik ichimliklar reklamasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetik ichimliklar reklamasida bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetik ichimliklar reklamasi ichimliklarni iste’mol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi, ushbu jarayonlar iste’molchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soat 7-00 dan soat 22-00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan yoki tasviridan foydalaniladigan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta’lim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish.
(221-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi O‘RQ-514-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son — 2019-yil 11-apreldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi taqiqlanadi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar namunalarini tekin tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo obyektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida, vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni o‘rnatish taqiqlanadi.
(23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-259-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 317-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Qurol-yarog‘ reklamasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurol-yarog‘ni reklama qilish faqat maxsus nashrlarda, shuningdek bevosita ovchilik qurollarini realizatsiya qiluvchi savdo tashkilotlarining binolarida yoki tegishli ko‘rgazmalarda (tadbirlarda) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Qimmatli qog‘ozlar va aholining mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq xizmatlar reklamasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlarni va aholining mablag‘larini (banklardagi mablag‘larini, sug‘urta mablag‘lari va shu kabilarni) jalb etish bilan bog‘liq xizmatlarni yoki shunday xizmat ko‘rsatayotgan shaxslarni reklama qilishni bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqi borligini tasdiqlaydigan tegishli litsenziya bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin. Bunday xizmatlar yoki shunday xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar reklamasida kutilayotgan daromadlar miqdorini, shuningdek bo‘lajak foyda (daromad) to‘g‘risidagi boshqa axborotni ma’lum qilish taqiqlanadi, kamida bir yillik yakunlarga ko‘ra amalda to‘langan foyda (daromad) bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlar va aholining mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq xizmatlar reklamasiga taalluqli munosabatlarni tartibga solish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Reklama materiallarini saqlash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi reklama materiallarini oxirgi marta reklama e’lon qilingan (ko‘rsatilgan) kundan boshlab bir yil davomida saqlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallar olish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra u belgilagan muddatda reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni taqdim etishi shart.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilarning reklamaga taalluqli hujjatlari va materiallarini moneliksiz olish huquqi vakolatli davlat organining mansabdor shaxslariga beriladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat siri hisoblangan va ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan olingan ma’lumotlar oshkor qilinmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor qilgan taqdirda, reklama beruvchiga, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchiga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan ma’naviy zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(27-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Aksilreklama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organlari reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligini aniqlagan taqdirda, qonunbuzar mazkur organlarning qaroriga binoan va ular ko‘rsatgan muddatda aksilreklama berishi shart. Aksilreklama berish shuningdek, ixtiyoriy ravishda yoki sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. Aksilreklama berishni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar qonunbuzar tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunbuzar aksilreklamani reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ belgilagan muddatda bermasa, mazkur organ qonunbuzarning reklamasini u aksilreklamani bergunga qadar to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan shaxs bilan shartnoma tuzgan taraflarni bundan xabardor qilishga haqlidir.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksilreklama raddiya berilayotgan reklama e’lon qilingan ayni o‘sha ommaviy axborot vositalarida, ayni o‘sha muddat, makon, joy va tartibdan foydalangan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksilreklamaning mazmuni qonunbuzarlik holatini aniqlagan va uni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organi bilan kelishiladi. Ayrim hollarda bu organning qaroriga binoan aksilreklama beriladigan ommaviy axborot vositasi, muddati, joyi va tartibi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama beruvchi reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning reklama tayyorlash uchun taqdim etiladigan axborotning mazmuniga doir qismi buzilganligi uchun, agar ushbu qonunbuzarlik reklama tayyorlovchining yoki reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama tayyorlovchi reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning reklama tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama tarqatuvchi reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning reklamani tarqatish vaqti, joyi va vositalariga taalluqli qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi — jismoniy shaxslar noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik, reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z vaqtida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik, reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar takdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilarni vakolatli davlat organining qarorini yoki ko‘rsatmasini bajarish yoki reklama to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama tayyorlash va tarqatish jarayonida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
723-I-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 14-modda; 2002-y., 9-son, 164-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son,374-modda; 2006-y., 14-son, 110-modda; 41-son, 405-modda; 2008-y., 14-15-son, 93-modda; 2010-y., 37-son, 317-modda, 40-41-son, 343-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )