27.10.2014 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.10.2014 yildagi 297-son
Date of entry into force
03.11.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 1-avgustdagi PQ-2221-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ayollar, bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida mikronutriyent yetishmovchiligining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 39-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 27-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
297-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 297-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-banddagi “2010 — 2015” raqamlari “2010 — 2016” raqamlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “2010 — 2014” raqamlari “2010 — 2016” raqamlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 3-bandning uchinchi xatboshidagi “2011 — 2014” raqamlari “2011 — 2016” raqamlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun olib kiriladigan, tarkibida, shu jumladan, foli kislotasi ham mavjud boʻlgan 1-ilovaga kiritilgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari 2017-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qarorga 1-ilovaning nomidagi “2010 — 2014” raqamlari “2010 — 2016” raqamlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qarorga 2-ilovaning 5-bandidagi “2010 — 2015” raqamlari “2010 — 2016” raqamlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 44-son, 537-modda)