Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 01.08.2014 yildagi PQ-2221-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.08.2014 yildagi PQ-2221-son
Date of entry into force
11.08.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib o‘tilsinki, “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish Milliy modelini, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida respublikada aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tibbiy yordam ko‘rsatayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini kuchaytirishga, zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar va o‘smirlar kasalliklarining oldini olish va davolashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009 — 2013-yillarda respublikada homilador va tug‘adigan xotinlarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi 227 ta muassasa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida zamonaviy perinatal markazlari tashkil etildi, qishloq joylardagi 1,5 mln dan ortiq homilador ayollar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan polivitamin komplekslari bilan ta’minlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Natijada, keyingi 5 yil mobaynida nonormal rivojlangan bolalar tug‘ilishi 1,3 barobarga kamaydi. 6 — 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator virus infeksiyalari bilan kasallanish — 9,7 %ga, pnevmoniya bilan — 49,1 %, bronxit bilan — 32,8%, skolioz bilan kasallanish —32,7 %ga pasaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika va davolash-diagnostika kompleks chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish, ayniqsa, qishloq joylarda onalar va bolalar salomatligi patronaj tizimini takomillashtirish, pediatriya va tug‘ruqqa tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan hamda homilador va tug‘adigan xotinlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, o‘sib kelayotgan sog‘lom avlodni kamol toptirishda sog‘liqni saqlash tizimining roli va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan Davlat dasturi 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘liqni saqlash tizimining barcha bosqichlarida onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha sifatli tibbiy xizmatlardan keng va bir xil foydalanishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nonormal rivojlangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, nogiron bolalar va o‘smirlarni sog‘lomlashtirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha bosqichlarida, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘in muassasalarida onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi tibbiy kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
onalar, bolalar va o‘smirlarga malakali, maxsus va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish borasida zamonaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini onalar, chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarni parvarishlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar va dasturlarda ishtirok etishga faol jalb etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sog‘lom va ahil oila qurish afzalliklarini targ‘ib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘liqni saqlashning axborot tizimini takomillashtirish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda idoralararo hamkorlik va faoliyatni muvofiqlashtirish, monitoring qilish va baholash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha vazirliklar, idoralar va ijro etuvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-sonli qarori bilan tashkil etilgan Hukumat komissiyasi O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha Davlat dasturini amalga oshirish Hukumat komissiyasi etib qayta tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hukumat komissiyasining zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir viloyat, tuman va aholi punktida Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek ularning so‘zsiz bajarilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatish va monitoring olib borishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, eng avvalo yoshlar orasida tibbiyot va ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va Xotin-qizlar qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sog‘lom oilani shakllantirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” maqsadli vazifalarini amalga oshirish doirasida keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning tizimli, sobitqadam va samarali amalga oshirilishini ta’minlashda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish Davlat dasturining har bir viloyatda, shahar va tumanlarda bajarilishi holati va uning borishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda tinglash va natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va Davlat dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan boshqa tashkilotlar, ikki hafta muddatda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati bir oy muddatda aholi, ayniqsa nikohdan o‘tadigan ayollar va yoshlar orasida sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandlar tug‘ish va tarbiya qilish masalalari bo‘yicha tizimli asosda tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning qo‘shma dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilgan holda, tasdiqlangan Davlat dasturining maqsad va vazifalarini keng yoritish, uning amalga oshirilishini, tegishli davlat boshqaruvi organlari va uning hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, o‘sib kelayotgan avlodning jismonan sog‘lom tug‘ilishi va ma’naviy yetuk bo‘lib tarbiyalanishiga qo‘shayotgan aniq hissasini muntazam yoritib borishni ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 1-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2221-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 32-son, 397-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda)