O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
Qarori
Ayrim turdagi yovvoyi o‘simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2590]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim turdagi yovvoyi o‘simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-may,
92/1-son
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TESHAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-may,
1-son
O‘zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
2014-yil 8-maydagi 92/1, 1-sonli qaroriga
ILOVA
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
2014-yil 8-maydagi 92/1, 1-sonli qaroriga
ILOVA
Ayrim turdagi yovvoyi o‘simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar ayrim turdagi yovvoyi o‘simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
shudgorlar — qishloq xo‘jalik texnikasi yordamida haydalgan yerlar;
pichanzorlar — chorva mollari uchun ozuqa sifatida o‘simlik ko‘k poyasi yoki qurigan o‘tlar yig‘ib olinadigan tabiiy va madaniy o‘simliklar majmuasi;
yaylovlar — chorva mollarini erkin (haydab) boqish uchun foydalaniladigan tabiiy yoki madaniy o‘simliklar majmuasi;
zaharli o‘simliklar — tarkibida tirik organizmlar uchun zarar keltiradigan yoki ularning hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni saqlovchi o‘simliklar;
giyohvand moddali o‘simliklar — tarkibida O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan moddalarni saqlovchi o‘simliklar;
Oldingi tahrirga qarang.
karantindagi o‘simliklar — O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatida (ro‘yxat raqami 3597, 2025-yil 14-yanvar) nazarda tutilgan begona o‘tlar;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 15-apreldagi 3-son hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 14-apreldagi 48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-3, 23.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2026-y., 10/26/2590-3/0419-son)
begona o‘tlar — biologik va ekologik jihatdan madaniy o‘simliklar orasida o‘sib ko‘payishga moslashgan, hosilni hamda mahsulot sifatini pasaytiruvchi yovvoyi yoki yarim xonaki o‘simliklar;
Oldingi tahrirga qarang.
pestitsidlar — zararli organizmlarga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladigan moddalar.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 15-apreldagi 3-son hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 14-apreldagi 48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-3, 23.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2026-y., 10/26/2590-3/0419-son)
2. Mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan, shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan zaharli, giyohvand moddali, karantindagi o‘simliklar, begona o‘tlar hamda boshqa o‘simliklar tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim bo‘lgan yovvoyi o‘simliklar (bundan buyon matnda yovvoyi o‘simliklar deb yuritiladi) hisoblanadi.
3. Mazkur Qoidalar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga, shuningdek yovvoyi o‘simliklardan maxsus foydalanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Yovvoyi o‘simliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish usullari
1-§. Umumiy qoidalar
4. Yovvoyi o‘simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash;
agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘simliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshirish;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
yovvoyi o‘simliklarni zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari vositasida kamaytirish yoki yo‘q qilish;
yovvoyi o‘simliklarni tabiiy ravishda olib tashlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Yovvoyi o‘simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yovvoyi o‘simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish usullari o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi, boshqa o‘simliklar va tabiat obyektlariga, inson salomatligiga zarar yetkazmasligi hamda tabiiy o‘simliklar majmualari va ular o‘sadigan muhitning saqlanishini ta’minlashi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Giyohvand moddali o‘simliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016-yil 11-yanvardagi 13, 20-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-1, 14.01.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 2-son, 20-modda)
2-§. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash
7. O‘simliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy va biologik vositalar o‘simliklarni himoya qilish vositalari hisoblanadi.
8. O‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan, tabiiy organizmlarga aynan o‘xshash biologik moddalar, sun’iy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan o‘simlik yoki boshqa organizmlar o‘simliklarni himoya qilishning biologik vositalari hisoblanadi.
9. O‘simliklarni himoya qilishning biologik vositalari shudgorlarni tabiiy suratda bosib ketadigan begona o‘tlarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qo‘llaniladi.
10. O‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan, sun’iy yaratilgan kimyoviy vositalar, jumladan pestitsidlar o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari hisoblanadi.
11. O‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari barcha turdagi yovvoyi o‘simliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘simliklarni himoya qilish vositalari O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq qo‘llaniladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 15-apreldagi 3-son hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 14-apreldagi 48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-3, 23.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2026-y., 10/26/2590-3/0419-son)
3-§. Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish
13. Qishloq xo‘jalik texnikasi va mehnat qurollari yordamida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va yovvoyi o‘simliklarning mavjud bo‘lishiga, yalpi ko‘payishiga va keng tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar agrotexnik tadbirlar hisoblanadi.
14. Agrotexnik tadbirlar ko‘chatlarni ekishga tayyorlash, tuproqqa ishlov berish va ekish usullari, muddatlari, ekin navlari va o‘g‘itlarni tanlash, yerlarni tekislash, kuzda chuqur haydash, o‘simliklar qatorlari oralariga ishlov berish, dala atrofidagi daraxtlarni parvarishlash, urug‘lik maydonlarni kuzda qayta haydash, pichanga mo‘ljallangan dalalarni erta bahorda borona qilish, ekinlarni almashlab ekish va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
15. Agrotexnik tadbirlar barcha turdagi yovvoyi o‘simliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-§. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshirish
(4-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlarning maqsadi o‘simliklar karantini obyektlarining xorijiy mamlakatlardan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini obyektlari tarqalgan hududidan O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli bo‘lgan hududlariga kirib kelishi natijasida zarar yetkazilishi xavfining oldini olish, uni cheklash va bartaraf etishdan iborat hisoblanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshirishda o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan foydalanish mumkin. Bunda karantindagi o‘simliklarga pestitsidlar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlar davomida zararlangan deb topilgan urug‘larni ekish taqiqlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
21. Tozalangan urug‘lardan ajratib olingan karantindagi o‘simliklarning urug‘lari yanchish va bug‘latish yo‘li bilan unuvchanligi yo‘qotilib zararsizlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazorati o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
5-§. Yovvoyi o‘simliklarni zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari vositasida kamaytirish yoki yo‘q qilish
23. Zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari yovvoyi o‘simliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish bo‘yicha mazkur Qoidalarda belgilangan usullarni takomillashtirishga xizmat qilishi yoki unda nazarda tutilmagan boshqa usullardan iborat bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish shartlari ularning muallifi tomonidan belgilanadi. Ushbu shartlar qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarning talablariga zid bo‘lmasligi lozim.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari mualliflarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi hamda “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6-§. Yovvoyi o‘simliklarni tabiiy ravishda olib tashlash
26. Yovvoyi o‘simliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solishda ularni qo‘l mehnati yoki mehnat qurollari yordamida tabiiy ravishda olib tashlash usulidan foydalanish mumkin.
27. Yovvoyi o‘simliklarni tabiiy ravishda olib tashlash usuli ular keng tarqalmagan hamda ularni mazkur usulda kamaytirish yoki yo‘q qilish mumkin bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi.
28. Tabiiy ravishda olib tashlangan yovvoyi o‘simliklarni zararsizlantirish va yo‘q qilishda ularning ildizlari, qalamchalari va urug‘lari tozalangan dalalarga tushib qolishi yoki boshqa o‘simliklarga qo‘shilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Agar qonunchilik hujjatlarida, shuningdek yer uchastkalari, o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bo‘yicha shartnomalarda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan ishlar yer uchastkalaridan va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda ular tomonidan moliyalashtiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
31. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 8-may
Ayrim turdagi yovvoyi o‘simliklarning
tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalariga
ILOVA
tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalariga
ILOVA
Tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim bo‘lgan yovvoyi o‘simliklarning
RO‘YXATI
I. Shudgorlarni tabiiy suratda bosib ketadigan zaharli o‘simliklar
1. Neliotropium lasiocarpum
2. Vexibia alopecuroides (L.)
3. Vexibia pachicarpa (C.A. Mey.)
4. Trichodesma incanum (Bunge) A.DC.
II. Pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan zaharli o‘simliklar
1. Abutilon theophrasti Medik.
2. Acroptilon repens (L.) DC.
3. Asperugo procumbens L.
4. Bryonia dioica Jacq.
5. Cardaria draba (L.) Desv.
6. Ceratocephala falcata (L.) Pers.
7. Ceratocephala testiculata (Crantz.) Bess.
8. Chenopodium botrys L.
9. Chenopodium vulvaria L.
10. Cuscuta campestris Yunck.
11. Datisca cannabina L.
12. Datura stramonium L.
13. Descurainia sophia (L.) Webb. ex Prantl
14. Dodartia orientalis L
15. Neliotropium lasiocarpum Fisch. et C. A. Mey.
16. Nyoscyamus niger L.
17. Iris songarica Schrenk
18. Lamium amplexicaule L.
19. Lepidium perfoliatum L.
20. Papaver pavoninum Schrenk
21. Psoralea drupacea Bunge
22. Ranunculus arvensis L.
23. Sinapis arvensis L.
24. Solanum nigrum L.
25. Solanum olgae Pojark.
26. Syrenia siliculosa (M. Bieb.) Andrz.
27. Thalictrum isopyroides C.A. Mey.
28. Trachomitum lancifolium (Russanov) Pobed.
29. Trachomitum scabrum (Russanov) Pobed.
30. Trichodesma incanum (Bunge) A. DC.
31. Vaccaria pyramidata Medik.
32. Vexibia alopecuroides (L.)
33. Aethusa cynapium L.
III. Shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan giyohvand moddali o‘simliklar
1. Cannabis ruderalis Janisch.
2. Cannabis sativa L.
3. Papaver comniferum L.
IV. Shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan karantindagi o‘simliklar
1. Ambrosia artemisiifolia L.
2. Cuscuta spp.
3. Asgortilon repens (L.) DC.
V. Shudgorlarni tabiiy suratda bosib ketadigan begona o‘tlar
1. Abutilon theophrasti Medik.
2. Acroptilon repens (L.) DC.
3. Agropyron repens (L.) P. Beauv.
4. Alisma orientale (Sam.) Jus.
5. Alopecurus myosuroides Nuds.
6. Amaranthus lividus L.
7. Amaranthus retroflexus L.
8. Amaranthus graecizans L.
9. Amaranthus hybridus L.
10. Amaranthus thellungianus Nevski
11. Ambrosia artemisiifolia L.
12. Ammannia auriculata Willd.
13. Ammannia baccifera L.
14. Ammi majus L.
15. Anagallis arvensis L.
16. Anchusa officinalis L.
17. Anthemis arvensis L.
18. Anthemis cotula L.
19. Apera spica-venti (L).
20. Alchemilla arvensis L.
21. Arabidopsis thaliana (L.) Neynh.
22. Argusia sibirica (L.) Dandy
23. Artemisia vulgaris L.
24. Atriplex hastata L.
25. Atriplex tatarica L.
26. Avena fatua L.
27. Berteroa incana (L). DC.
28. Bidens pilosa L.
29. Bidens tripartita L.
30. Bifora radians M. Bieb.
31. Brassica nigra (L.) Koch.
32. Bromus japonicus Thunb.
33. Bromus secalinus L.
34. Bromus sterilis L.
35. Butomus umbellatus L.
36. Calendula arvensis L.
37. Capsella bursa-pastoris (L.).
38. Cardamine hirsuta L.
39. Cardaria draba (L.) Desv.
40. Cardaria repens (Schrenk) Jarm.
41. Carduus nutans L.
42. Cerastium arvense L.
43. Chaenorrhinum minus (L.) Lange
44. Chenopodium album L.
45. Chenopodium hybridum L.
46. Chenopodium polyspermum L.
47. Chenopodium vulvaria L.
48. Chrysanthemum segetum L.
49. Cirium arvense (L.) Scop.
50. Convolvulus arvensis L.
51. Calystegia sepium (L.) R.Br.
52. Sompositae (g)
53. Coronopus didymus (L.) Sm.
54. Coronopus squamatus (Forsk.) Asch.
55. Cressa cretica L.
56. Crypsis schoenoides (L.) Lam.
57. Cuscuta approximata Babing
58. Cuscuta campestris Juncker
59. Cynadon dactylon (L.) Pers.
60. Cyperus difformis L.
61. Cyperus esculentus L.
62. Cyperus fuscus L.
63. Cyperus rotundus L.
64. Datura stramonium L.
65. Daucus carota L.
66. Descurainia sophia (L.) Webb.
67. Digitaria ischaemum (Schreb.) Muhlenb.
68. Digitaria sanguinalis (L)Scop.
69. Diplotaxis muralis (L) DC.
70. Dodartia orientalis L.
71. Echinochloa colonum (L.) Link.
72. Echinochloa crus-gali (L.) Beauv.
73. Echinochloa oryzoides (Ard.) Fritsch
74. Echium vulgare L.
75. Eleusine indica (L.) Gaertn.
76. Equisetum arvense L.
77. Eragrostis pilosa (L.) Beauv.
78. Erianthus ravennae (L.) Beauv.
79. Conyza sanadensis L.
80. Erodium cicutarium (L.) L` Ner.
81. Erysimum cheiranthoides L.
82. Euclidium syriacum (L.) R.Br.
83. Euphorbia peplus L.
84. Eurphorbia helioscopia L.
85. Fagopyrum tataricum (L.) Gaerthner
86. Filaginella uliginosa (L.) Opiz.
87. Fumaria vaillantii Loisel.
88. Fumaria officinals L.
89. Galeopsis ladanum L.
90. Galeopsis tetrahit L.
91. Galinsoga ciliana (Raf.) Blake.
92. Galinsoga parviflora Cav.
93. Gallium aparine L
94. Geranium dissectum (L.) Jusl.
95. Neliotropium ellipticum Ledeb
96. Neliotropium europaeum L (Gaertn)
97. Nibiscus trionum L.
98. Nordeum leporinum Link.
99. Nordeum murinum L.
100. Nyoscyamus niger (L)
101. Juncus bufonius L.
102. Karelinia caspia (Pall.) Less.
103. Kicrxia spuria (L.) Dumort.
104. Kochia scoparia (L) Schrader.
105. Koelpinia linearis Pall.
106. Lactuca serriola L.
107. Lactuca tatarica (L) C.A.M.
108. Lamium purpureum L.
109. Lappula squarrosa (Retz.) Dumort.
110. Lapsana communis L.
111. Lathyrus tuberosus L.
112. Lepidium pinnatifidum Ladeb.
113. Leptochloa filiformis (Lam.) P. Beauv.
114. Limonium otolepis (Shrenk) O.Kuntze
115. Lithospermum arvense L.
116. Lolium multiflorum Lam.
117. Lolium temulentum L.
118. Lycopsis arvensis L.
119. Malva neglecta Wallr.
120. Malva sylvestris L.
121. Matricaria matricarioides (Less.) Porter.
122. Matricaria perforatum Merat.
123. Mentha arvensis L.
124. Nonnea pulla (L.).
125. Pennisetum glaucum (L.) R. Br. (Setaria glauca (L.) Beauv.)
126. Phalaris canariensis L.
127. Phalaris minor Retz.
128. Phragmites australis (Cav.) Trin.
129. Picris echioides L.
130. Plantago major L.
131. Poa annua L.
132. Poa trivialis L.
133. Polygonum aviculare L.
134. Polygonum convolvulus L.
135. Polygonum hydropiper L.
136. Polygonum lapathifolium L.
137. Polygonum persicaria L.
138. Portulaca oleraceae L.
139. Ranunculus repens L.
140. Raphanus raphanistrum L
141. Rumex acetosa L.
142. Rumex crispus L.
143. Rumex halacyi Rech.
144. Scandix pectin-veneris L.
145. Setaria viridis (L.) P. Beauv.
146. Sorghum habepense L.
147. Silene noctiflora L.
148. Sinapis arvensis L.
149. Sisymbrium loeselii Jusl.
150. Sonchus asper (L) Nill.
151. Sonchus oleraceus L.
152. Sorghum halepense (L.) Pers.
153. Stellaria media (L) Vill.
154. Tribulus terrestris L.
155. Typha angustifolia L.
156. Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert
157. Vexibia alopecuroides (L.) Jakov.
158. Vicia cracca L.
159. Urtica urens L.
160. Xanthium spinosum (L.).
161. Xanthium strumarium L.
162. Zygophyllum oxianum Boriss.
VI. Pichanzor va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan begona o‘tlar
1. Aegilops triuncialis L.
2. Asperugo procumbens L.
3. Avena fatua L.*
4. Centaurea squarrosa Willd.
5. Chenopodium botrys L.
6. Chenopodium vulvaria L.*
7. Descurainia sophia (L.) Webb. ex Prantl *
8. Dodartia orientalis L.*
9. Neterocaryum szovitsianum (Fisch. et C. A. Mey.) DC.
10. Nyoscyamus niger L.*
11. Iris songarica Schrenk
12. Lamium amplexicaule L.
13. Lepidium perfoliatum L.
14. Lycium ruthenicum Murray
15. Pennisetum glaucum (L.) R. Br. (Setaria glauca (L.) Beauv.) *
16. Rochelia bungei Trautv.
17. Rochelia leiocarpa Ledeb.
18. Setaria verticillata (L.) Beauverd
19. Setaria viridis (L.) Beauverd *
20. Sinapis arvensis L.*
21. Solanum nigrum L.
22. Stipa capillata L.
23. Stipa lipskyi Roshev.
24. Syrenia siliculosa (M. Bieb.) Andrz.
25. Tribulus macropterus Boiss.
26. Tribulus terrestris L.*
27. Xanthium spinosum L.*
Izoh: * Mazkur begona o‘tlar shudgorlarda ham uchraydi.
VII. Respublikaga chetdan kirib kelgan begona o‘tlar
1. Acalypha australis L.
2. Acorus calamus L.
3. Acroptilon repens L.
4. Ailantus altissima (Mill.) Swingle
5. Amaranthus albus L.
6. Amaranthus retroflexus L.
7. Anisantha tectorum L.
8. Arundo donax L.
9. Bidens frondosa L.
10. Conyza sanadensis L.
11. Eclipta prostrata (L.) L.
12. Galinsoga parviflora Cav.
13. Rubus caesius L.
14. Rubus idaeus L.
15. Spergularia rubra (L.) J. Presl & C. Presl.
16. Xanthium spinosum L.
17. Xanthium strumarium L.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 23-son, 274-modda; 2016-y., 2-son, 20-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son; 25.04.2026-y., 10/26/2590-3/0419-son)