OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2020-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”, “Advokatura toʻgʻrisida” va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10 va 39-son qarori (roʻyxat raqami 2020, 2009-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 461-modda) bilan tasdiqlangan Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-may,
5-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v. b. B. ZILYAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-may,
15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.”.
2. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari faoliyati sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini, shuningdek ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“notarial idoralari va advokatlik tuzilmalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish.”.
4. 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat tizimini tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Departamentning vakolatli vakillari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradilar.”.
5. 11-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish.”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin.
6. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari:
ish munosabatlari oʻrnatilganda;
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha mavjud boʻlganda;
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda;
eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari bitim taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlganda mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim.”.
7. Quyidagi mazmundagi 161-band bilan toʻldirilsin:
“161. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olinishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari manbalari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.”.
8. Quyidagi mazmundagi III1-bob bilan toʻldirilsin:
“III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
231. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarning amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda — tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlari, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda masʼul xodim tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda Departament yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilishi lozim.
232. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari avvaldan quyidagi mezonlarga ega boʻlgan mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishlari lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
norezidentlar;
joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan tashkilotlar;
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
masʼul xodimda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
233. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot hududiy adliya organlariga taqdim etilishi lozim.
234. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari:
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrishlari zarur.”.
9. 24-bandda:
oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oʻn ikkinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
10. Quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
“261. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya Departamentga xabar qilinishi kerak.”.
11. Quyidagi mazmundagi 331 va 332–bandlar bilan toʻldirilsin:
“331. Masʼul xodimning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Departament bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va boshqalar)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu xodim tomonidan saqlanishi lozim.
332. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.”.
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasi raisi R. AXMEDOV
2014-yil 19-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 22-son, 262-modda)