Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2016 05.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2580
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 05.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2580
Date of entry into force
12.05.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2580]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 1-fevraldagi 2, 111-sonli “Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2580-1, 03.02.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
va Iqtisodiyot vazirligining
2014-yil 28-apreldagi
4, 68-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari faoliyatining yagona tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shaharlar (tumanlar) hokimliklari huzurida tegishli shahar (tuman) hokimliklariga va adliya organlariga hisob beradigan tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya shahar (tuman) hokimligi tuzilmasiga kiradi va yuridik shaxs hisoblanmaydi, oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga va boshqa shaxslar bilan oʻz nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishishiga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yuridik va jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) Inspeksiyaga quyidagi masalalar boʻyicha murojaat etishlari mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joylarni noturar joy binolar toifasiga oʻtkazish va noturar joy binolarni turar joy binolar toifasiga oʻtkazish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Inspeksiyaga avval roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari (ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan va rasmiylashtirmagan), xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari murojaat etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun avval Inspeksiyaga murojaat etganidan qatʼi nazar, zarurat yuzasidan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun murojaat etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Inspeksiyaga tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan shaxslar murojaat etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Inspeksiyaga shahar (tuman) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi. Inspeksiya xodimlari ham shahar (tuman) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya boshligʻi va xodimlari davlat xizmatchilari hisoblanadi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha hokimlikning tegishli mustaqil boʻlimlari xodimlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Inspeksiya xodimlarining mansab yoʻriqnomalari shahar (tuman) hokimi tomonidan tasdiqlanadi, ularda Inspeksiya xodimlarining funksiyalari, vazifalari va shaxsiy javobgarligi belgilanadi. Inspeksiya boshligʻi Inspeksiya ishining samarali tashkil etilishi uchun shaxsan javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Inspeksiya quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bittadan uchtagacha shtat birligi doirasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish boʻyicha boʻlim (mutaxassis);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkitadan beshtagacha shtat birligi doirasida ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha boʻlim (sektor);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkitadan toʻrttagacha shtat birligi doirasida vakolatli organlarda yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni kelishish boʻyicha boʻlim (sektor).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiyaning shtat jadvali tegishli shahar (tuman) hokimi tomonidan tegishli boʻlimlarning (sektorlarning) ish hajmiga qarab shtat birliklari doirasida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha Inspeksiyadan farq qiluvchi qoʻshimcha tuzilmalar tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining hujjatlarini qabul qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hujjatlarni va zarur boʻlgan asoslarni ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan taʼminlash, energiya bilan taʼminlash, suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan taʼminlash, telefon aloqasi tarmoqlari) ulanish uchun texnik shartlarni, turar joylarni noturar joy binolar toifasiga oʻtkazish, noturar joy binolarni turar joy binolar toifasiga oʻtkazish, obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadni taʼmirlashni) kelishish uchun ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda kelishiladigan va ruxsat olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni hisobga olgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, reyestrni yuritish, shuningdek, ularni soliq va statistika organlarida hisobga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitoblari bilan taʼminlashda adliya organlari bilan birgalikda ish olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilishni boshlash uchun dastlabki ruxsat beruvchi (loyiha) hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyni ekspluatatsiyaga qabul qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Inspeksiya yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun shu jumladan, taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun, shuningdek tugatilishi munosabati bilan davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarini soliq va statistika organlarida hisobga qoʻyishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kodlari va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini koʻrsatgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani, shuningdek Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan muhr va shtamp eskizini tadbirkorlik subyektlariga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yilning har choragida roʻyxatdan oʻtkazilgan va hisobda turgan roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonini soliq va statistika organlari bilan solishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida loyihalashdan oldingi ruxsat beruvchi (boshlangʻich ruxsatnomalar) hujjatlarni, shuningdek, obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiyalashga zarur boʻlgan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan taʼminlash, energiya bilan taʼminlash, suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan taʼminlash, telefon aloqasi tarmoqlari) ulanish uchun texnik shartlar, arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiyalashga tegishli ruxsatnomalarni olishni taʼminlash, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadni taʼmirlashni) kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joylarni noturar joy toifasiga, shuningdek noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni operativ rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bir darcha” tamoyili boʻyicha vakolatli organlarda yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va loyihalarni kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil qilinayotgan tadbirkorlik subyektlarini Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalar (ularni tuzishni, ularga muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilish)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jurnalini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning firma nomini elektron talabnoma asosida Internet tarmogʻi orqali firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida zaxiraga olishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Inspeksiyaga davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestrini yuritish, shuningdek ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan funksiyalarni yuklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Inspeksiyaning majburiyatlarini ariza beruvchining zimmasiga yuklash qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq arizalar va hujjatlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni topshirish ariza beruvchi tomonidan oʻz yashash joyidagi Inspeksiyaga kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ–357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tushgan arizalar va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) hokimlik devonxonasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda, devonxona xodimi arizaning ikkinchi nusxasiga imzo qoʻyadi va unga qabul qilib olingan hujjatlarni hamda oʻz familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek ular qabul qilib olingan sanani qayd qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Devonxona xodimi ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlarni toʻliq ish kuni mobaynida qabul qilib olishi shart. Hujjatlarni qabul qilib olishda taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish yoki boshqacha tarzda tekshirish, shuningdek hujjatlar yoʻqligi (etishmasligi) tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra hujjatlarni qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shu jumladan, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, davlat reyestridan chiqarish, shuningdek ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisida tushgan arizalar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi kitobda roʻyxatga olinadi va shahar (tuman) hokimligi devonxonasining roʻyxatdan oʻtkazish shtampi qoʻyiladi. Kitob ip oʻtkazib bogʻlangan, raqamlangan va tuman (shahar) hokimligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) hokimligi devonxonasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan arizani Inspeksiyaga qabul qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Devonxonada kompyuter va tegishli dasturiy taʼminot mavjud boʻlgan taqdirda kelib tushgan arizalarning kompyuterda qoʻshimcha hisobini yuritishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tegishli kitobda roʻyxatga olingandan soʻng devonxona ularni Inspeksiyaning oʻziga belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun 15 daqiqa mobaynida beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror davlat reyestriga davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Bunda, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimining qarorini chiqarish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan hollarda ushbu rad etish Inspeksiya boshligʻi tomonidan imzolanadigan rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan tegishli xat bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan hollarda tadbirkorlik subyektiga barcha taqdim etilgan hujjatlar qaytarib beriladi. Bunda, javob xati (rad etish toʻgʻrisidagi xat)ning nusxasiga ariza beruvchi xatni olganligi toʻgʻrisidagi yozuvni yozib qoʻyadi (shaxsan topshirilganda) yoki unga pochta aloqa boʻlimining kvitansiyasi (pochta orqali joʻnatilganda) ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganda davlat boji qonun hujjatlariga muvofiq qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Inspeksiyada quyidagi tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrlari yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning davlat reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklarining davlat reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat reyestrlari rasmiy hujjatlar hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi. Reyestrlar ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi va tegishli hokimlikning gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Kompyutyerlar va tegishli dasturiy taʼminot mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlariga oid maʼlumotlarning elektron bazasini yuritishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni hisobga olish va berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Inspeksiya va shahar (tuman) soliq organlari hamda statistika organlari oʻrtasida tezkor hamkorlik qilish maqsadida hisobga olishni amalga oshirishda zarur boʻlgan tegishli maʼlumotlarni (davlat reyestridan maʼlumotlar, berilgan STIR va statistika kodlari toʻgʻrisida maʼlumotlar) ayirboshlash odatda ushbu maʼlumotlarni yuqorida koʻrsatilgan organlarning masʼul xodimlari tomonidan tegishli kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tezkor ravishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli texnik vositalar mavjud boʻlganda qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan axborotlarni elektron pochta orqali ayirboshlashga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shahar (tuman)lar hokimlari soliq organlari va statistika organlari tomonidan tegishli axborotlarni ayirboshlashda tezkor oʻzaro hamkorlikni taʼminlash boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Inspeksiya tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Hisobga qoʻyish boʻyicha hujjatlar aylanishini hisobga olish jurnali hamda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha hujjatlar aylanishini hisobga olish jurnali yuritiladi. Ushbu jurnallar ip bilan tikilgan, raqamlangan va tegishli shahar (tuman) hokimligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Roʻyxatga olish va ruxsat berish boʻyicha zarur boʻlgan tartibotlar tugagandan soʻng Inspeksiya qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tadbirkorlik subyektlariga davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan tegishli hujjatlarni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻlov asosida Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma, shuningdek ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi guvohnoma Inspeksiya boshligʻi tomonidan imzolanadi va tegishli tuman (shahar) hokimligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhr va shtamp eskizini tasdiqlashda Inspeksiya muhr va shtamplarni hisobga olish daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Inspeksiya roʻyxatdan oʻtkazilgan har bir tadbirkorlik subyekti boʻyicha quyidagi hujjatlar tikib qoʻyiladigan alohida jild yuritadi: davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi; ariza va unga ilova qilingan hujjatlar; taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda tadbirkorlik subyektini tugatish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar; statistika organlarining Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomalari; tadbirkorlik subyektlarining pochta manzili oʻzgarganligi haqidagi va yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat joyi va turi oʻzgarganligi haqidagi yozma bildirishnomalari; Davlat reyestrida koʻrsatilgan tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ham ariza berilgan holda tegishli hujjatlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jildlar Inspeksiyada reyestr (tartib) raqami boʻyicha saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Inspeksiyaga kelib tushadigan boshqa hujjatlar (yozishmalar) boʻyicha ish yuritish belgilangan tartibda hokim tomonidan tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Inspeksiya faoliyatini moliyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Inspeksiya faoliyatni moliyalash uchun tuman (shahar) hokimligiga xizmat koʻrsatuvchi bankda quyidagi maxsus hisob raqamlar ochiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya faoliyatini moliyalash uchun hokimlikning maxsus hisob raqami (bundan buyon matnda Inspeksiyani moliyalash boʻyicha hisob raqam deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun maxsus hisob raqam (bundan buyon matnda xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob raqam deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Inspeksiyani moliyalash boʻyicha hisob raqam mablagʻlari davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tushadigan davlat bojining bir qismi hisobiga shakllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Inspeksiya faoliyatini moliyalash boʻyicha hisob raqamga tushgan mablagʻlar tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish, vakolatli organlarda dastlabki ruxsat beruvchi tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, Inspeksiyaning mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirish, bank hisob raqamiga xizmat koʻrsatish boʻyicha bank xizmatlariga haq toʻlash, shuningdek Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirishni moliyalashga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻlardan koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish tegishli shahar (tuman) hokimligining moliya-xoʻjalik boʻlinmasi tomonidan shahar (tuman) hokimligining moliya boʻlimi bilan birgalikda tushadigan davlat bojlari prognozi va rejalashtirilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda ishlab chiqilgan yillik smeta boʻyicha amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasi va shtat jadvali shahar (tuman) hokimi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli moliya boʻlimi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojlaridan tushgan tushumlarning sarflanmagan qismi shahar (tuman) hokimining qarori boʻyicha yilning oxirida sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar (tuman) hokimligining buxgalteriyasi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Inspeksiyani moliyalash boʻyicha hisob raqam mablagʻlarining sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotni tegishli moliya boʻlimlariga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun vakolatli organlarning xizmatiga haq toʻlash faqat Inspeksiya orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojlari va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa toʻlovlar ariza beruvchi tomonidan alohida toʻlov hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Toʻlov hujjatlarida ruxsat beruvchi hujjatlar alohida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitoblariga haq toʻlash hamda ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan tegishli summalarni toʻlash xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob raqamlar orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ruxsat beruvchi tartibotlarni amalga oshirishda Inspeksiya tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan toʻlovlarni talab qilinishi man qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlarni berish rad etilgan hollarda ariza beruvchi tomonidan toʻlangan mablagʻlar unga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Vakolatli organlar xizmatlariga toʻlanadigan haqlarni ushbu organlarning hisob raqamlariga oʻtkazish Inspeksiya tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng yoki ularni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning turli bosqichlarida ushbu hujjatlarni rasmiylashtirishdan bosh tortish va toʻlangan mablagʻlarini qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. Ushbu holatlarda ariza beruvchining mablagʻlari tegishli ariza asosida u berilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Inspeksiyalarda ariza beruvchilarga tanishish qulay boʻlgan joylarda davlat bojlari miqdorlari, shuningdek vakolatli organlarning ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha xizmatlariga toʻlanadigan haq miqdori toʻgʻrisida maʼlumotlar osib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob raqamning mablagʻlaridan tegishli maqsadlar uchun foydalanish Inspeksiya boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob raqamning mablagʻlarini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob raqamga tushgan mablagʻlarni va ularni sarflanishini hisobga olib berish uchun Inspeksiyada mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha mablagʻlar sarflanishini hisobga olish jurnali yuritiladi. Ushbu jurnal raqamlangan, ip bilan tikilgan va shahar (tuman) hokimining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Jurnal Inspeksiyaning masʼul xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob raqam mablagʻlarini sarflanishi boʻyicha ichki nazorat shahar (tuman) hokimligining buxgalteriyasi tomonidan har chorakda kelib tushgan va sarflangan mablagʻlarni bank hisob raqamidan olingan koʻchirma bilan taqqoslash yoʻli orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzgan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish oqibatida tadbirkorlik subyektlariga va ularning taʼsischilariga yetkazilgan zarar aybdor shaxslar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 25-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi
tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish
inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KITOBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
___________ viloyat ___________ tuman (shahar) hokimligi
T/r‎ Ariza beruvchining F.I.O.
‎yoki nomi‎
Ariza tushgan sana, devonxonaning roʻyxatga oluvchi shtampi raqami (indeksi)‎ Arizaning maqsadi (davlat roʻyxatidan oʻtish, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar)‎ Arizani Inspeksiyaga berilganligi toʻgʻrisidagi belgi, olganligi toʻgʻrisida Inspeksiya xodimining imzosi‎ Bajarilganligi toʻgʻrisida maʼlumot‎ Chiquvchi hujjatlarning raqami va sanasi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi
tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish
inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga qoʻyish boʻyicha hujjatlar aylanishini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_____________ viloyati __________ tumani (shahri) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish
‎inspeksiyasi

T/r‎‏‎ Tadbirkorlik subyektining nomi‎‏ ‎‎‎ ‎‎
Statistika organi tomonidan maʼlumot olingan sana‎ Statistika organi masʼul xodimining F.I.O. va imzosi‎ Soliq organi tomonidan maʼlumot olingan sana‎ Soliq organi masʼul xodimining F.I.O. va imzosi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi
tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish
inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha hujjatlar aylanishini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎_____________ viloyati __________ tumani (shahri) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish
‎inspeksiyasi

T/r‎‏‎‏
Tadbirkorlik subyektining yoki taʼsischisining nomi ‎‏ Obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadni taʼmirlashga) ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎

Texnik shartlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎

Tuman (shahar) gaziga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) suv kanaliga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) elektr tarmogʻiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) issiqlik tarmogʻiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik Shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) aloqasiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Jadvalning davomi

Obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, bino va
‎inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga (fasadni taʼmirlashga)
‎ ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎
Turar joylarni noturar joylarga aylantirishga ruxsat beruvchi
‎hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎
Ruxsatnomani rasmiylashtirish‎‎‎ Binoni, ‎inshootni
‎roʻyxatga olish ‎‎‎
Loyiha oldi
‎hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎‎
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat
‎korxonalari bilan kelishish ‎‎‎
Hokim qarorini olish ‎‎‎ Binoni, inshootni
‎roʻyxatga olish ‎‎‎
Arxitektura va qurilish boʻlimiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ xodimining F.I.O. va imzosi ‎ Ruxsat- noma olish yoki rad etish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Hokim qarorini olish sanasi, Yergeodez-
‎ka‎dastr davlat qoʻmita- sining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi xodimi F.I.O. va imzosi ‎
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻri- sidagi guvoh- nomani olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Arxitektura va qurilish boʻlimiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Loyiha oldi hujjatlarni olish yoki rad etish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Kelishish uchun hujjatlarni olish sanasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmita- sining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Kelishilgan hujjatlarni berish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Hujjatlarni tuman (shahar) hokimligiga berish, hokimlik masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Hokim qarorini berish yoki rad etish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Hokim qarorini olish sanasi, Yergeodez-
‎kadastr davlat qoʻmita- sining tegishli hududiy xizmati xodimi- ning F.I.O. va imzosi ‎
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomani olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Jadvalning davomi

‎‎Turar joylarni noturar joylarga aylantirishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
‎‎‎Texnik shartlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎Loyiha oldi hujjatlarni rasmiylashtirish
Tuman (shahar) gaziga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) suv kanaliga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) elektr tarmogʻiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) issiqlik tarmogʻiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) aloqasiga buyurtmano-ma berish sanasi, ushbu organ masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Arxitektura va qurilish boʻlimiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Loyiha oldi hujjatlarni olish sanasi, inspeksiya masʼul xodimi F.I.O. va imzosi ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi
tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish
inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha mablagʻlar sarflanishini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_____________ viloyati __________ tumani (shahri) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish
‎inspeksiyasi‎‎

T/r‎‏‎ Ariza beruvchining F.I.O. yoki nomi ‎‏‎ Tushum‎‎ Xarajat‎‎
Ariza sanasi va raqami (devon- xonani roʻyxatga oluvchi shtampi boʻyicha) ‎ Toʻlovni belgilanishi ‎ Toʻlov hujjatining rekvizitlari ‎ Toʻlov summasi ‎ Toʻlovni belgila- nishi* Oluvchi‎ Toʻlov hujjatining rekvizitlari ‎ Toʻlov summasi ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Agar qaytarilsa, ushbu ustunda belgilangan toʻlov sifatida “qaytarish” yozuvi yozib qoʻyiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 217-modda)