Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2022 04.11.2010 yildagi 244-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.11.2010 yildagi 244-son
Date of entry into force
04.11.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI (FRANShIZING) ShARTNOMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-sonli “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq va tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yanada shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat patent idorasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Tashkiliy tadbirlar rejasini tasdiqlasinlar. Rejada quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning asosiy maqsadlari va mohiyatini hamda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarini tashkil etish mexanizmini tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududlarida franshizingni rivojlantirishning afzalliklari toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida davra suhbatlari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan seminarlar va treninglar oʻtkazish yoʻli bilan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan mutaxassislar malakasini tizimli oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda tizimli asosda franshizingni yoʻlga qoʻyish, shuningdek milliy brendlarning chet elga chiqishida tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish uchun xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarni, eng avvalo, ishlab chiqarish tashkilotlarini va ularning brendlarini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish ishlarini olib borsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va xoʻjalik boshqaruvi organlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor tashkilotlar va xalqaro donor institutlar bilan birgalikda yirik korxonalar bilan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi kooperatsiyani kengaytirish maqsadida franshizingni tizimli oʻrganish va uning mexanizmini Savdo-sanoat palatasi aʼzolari va sheriklari orasida joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda franshizing mexanizmidan foydalangan holda muvaffaqiyatli korxonalarning tajribasini aniqlash va yoyish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining saytida franshizing mexanizmini qoʻllash boʻyicha oʻquv-metodik va koʻrgazmali qoʻllanmalarni, sharhlarni joylashtirish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 4-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
244-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomalarini (keyingi oʻrinlarda “franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma” deb yuritiladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish yoki ularni bekor qilishda qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari bilan franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha litsenziat yoki litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxslar (tijorat tashkilotlari), yakka tadbirkorlar oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomalar (letsenziyalar) olish zarur boʻlgan taqdirda, lizenziat tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olishi va bunday faoliyatni faoliyatning ushbu turini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar talabiga muvofiq amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma — u boʻyicha bir taraf (litsenziar) ikkinchi tarafga (litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qoʻriqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini oʻz ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksi (litsenziya kompleksi)ni berish majburiyatini oladigan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks tadbirkorlik boʻyicha qoʻshimcha litsenziya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda “qoʻshimcha litsenziya shartnomasi” deb yuritiladi) — bu litsenziat tomonidan unga berilgan litsenziya kompleksidan yoki uning qismidan litsenziar bilan kelishilgan yoxud franshizing toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan shartlarda foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berish toʻgʻrisidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziar — franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha taraf, litsenziatga kompleks mutlaq huquqlarni haq evaziga foydalanish uchun beruvchi kompleks mutlaq huquqlar (litsenziya kompleksi)ning huquqiy egasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat — franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha taraf, litsenziarning kompleks mutlaq huquqlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy foydalanuvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish — tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarda Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalarni (ularni tuzishni, ularga muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish yoki ularni bekor qilishni) davlat roʻyxatidan oʻtkazishni hisobga olish jurnaliga (keyingi oʻrinlarda “Jurnal” deb ataladi) yozish tartib-qoidasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar — shartnoma predmeti, yetkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar)ning miqdori, sifati, turi, narxi, bajarish muddatlari, hisob-kitob tartibi, taraflarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy, shuningdek franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalar uchun qonunchilikda belgilangan yoki ularga nisbatan taraflardan biri tomonidan berilgan ariza boʻyicha bitimga erishilishi kerak boʻlgan boshqa muhim shartlar boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalar, ularga muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning amal qilishini bekor qilish davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda bekor qilish) shartnoma boʻyicha litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxs yoki yakka tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organ (keyingi oʻrinlarda “roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ” deb ataladi) tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar litsenziat xorijiy davlatda yuridik shaxs yoki yakka tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar hamda bekor qilish)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish shartnoma boʻyicha litsenziat sifatida ish koʻradigan yuridik shaxs yoki yakka tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan Oʻzbekiston Respublikasining roʻyxatidan oʻtkazuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar franshizing toʻgʻrisidagi shartnomada tashqi savdo operatsiyalari (tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti-importi) nazarda tutiladigan boʻlsa, u holda bunday operatsiyalarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarga ham rioya qilinishi kerak.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni oʻz ichiga oladigan franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (litsenziya shartnomasi)ning tegishli qismi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida ham roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Bunda litsenziya shartnomasi franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, agar shartnomaning boshqa shartlari bevosita oʻz kuchini saqlab qolishi mumkin boʻlsa, shartnomaning (litsenziya shartnomasining) tegishli qismi yoxud franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma umuman tuzilmagan va haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar intellektual mulk obyekti Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, intellektual mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish va uni franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha berish shartnoma taraflarining xohishiga koʻra amalga oshiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Nizomning 9—11-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan kundan boshlab 3 (uch) ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilish)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yakka tadbirkor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik shaxs — huquq egasi (shartnomaga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida sud organining qarori asosida, yoki, agar huquq egasi xorijiy shaxs boʻlsa, huquqdan foydalanuvchi)ning doimiy ishlaydigan ijro etuvchi organi rahbari yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz ish koʻrish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) huquq egasi boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tadbirkor nomidan ishonchnoma asosida ish koʻradigan boshqa shaxs tomonidan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza erkin shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda litsenziar (litsenziat) arizada quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziar (litsenziat)ning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va manzili, litsenziar oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan va kelgusida litsenziat oʻz faoliyatini amalga oshiradigan nom (savdo markasi, savdo belgisi va hokazolar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shartnoma predmeti boʻlgan franshizingning qisqacha tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) lizensiarning intellektual mulki haqidagi litsenziatga beriladigan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazish uchun berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulk egasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulkka ruxsat beruvchi hujjatning amal qilish muddati haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada litsenziar (litsenziat)ning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va manzili hamda arizaning nima haqda berilayotganligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi arizani vakolatli shaxs (rahbar yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi boshqa shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlaydi. Ariza yuridik shaxsning rahbari tomonidan imzolanganda uning lavozimi koʻrsatiladi.
(7-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hujjatlar vakolatli shaxsning (ariza beruvchining) oʻzi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi yoki topshirilganlik toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi bilan pochta joʻnatmasi orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilish)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar bevosita taqdim etilganda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni taqdim etgan shaxsga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan hujjatlarning roʻyxati va ular olingan sana koʻrsatilgan holda hujjatlar olinganligi toʻgʻrisida tilxat beriladi. Tilxat hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan olingan kunda berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pochta orqali yuborilgan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tushganda tilxat hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan olingan kundan keyingi bir ish kunidan kechikmay topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi bilan vakolatli shaxsga pochta joʻnatmasi orqali joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish sabablari koʻrsatilgan qaror pochta orqali yuborilgan taqdirda ular vakolatli shaxsga pochta orqali joʻnatish uchun topshirilgan hujjatlar roʻyxati ilova qilingan holda topshirganlik haqidagi bildirishnoma bilan yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilganda davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma har bir tarafining yuridik shaxs yoki yakka tadbirkor sifatidagi maqomini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi (guvohnoma, patent, xorijiy litsenziar uchun — xorijiy davlatning tegishli davlat reyestridan koʻchirma yoki tegishli oʻrnini bosuvchi hujjatlar);
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taraflar tomonidan imzolangan franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaning uch nusxasi tikilgan, varaqlari raqamlangan boʻlishi kerak, ularda oʻchirib tuzatishlar, qoʻshimcha yozuvlar, usti chizilgan soʻzlar yoki boshqa qayd etilmagan tuzatishlar boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vakolatli shaxs ishonchnoma asosida ish koʻradigan shaxs boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan shaxsning vakolatini tasdiqlaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatning nusxasi ham taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar tomonidan imzolangan franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaning taqdim etilgan nusxalariga tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yozuv qayd etiladi (shtamp bosiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaning ikki nusxasi franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyingi bir ish kunidan kechikmay vakolatli shaxsga beriladi (yuboriladi), uchinchi nusxasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tegishli hujjatlarni topshirishda davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) taraflar tomonidan imzolangan franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga kiritilayotgan muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalarning uch nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sud organining qarori asosida franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda — ushbu hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vakolatli shaxs ishonchnoma asosida ish koʻradigan shaxs boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan shaxsning vakolatini tasdiqlaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatning nusxasi ham taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar tomonidan imzolangan franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalarning taqdim etilgan nusxalariga tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yozuv qayd etiladi (shtamp bosiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga kiritilayotgan muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ikki nusxasi franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyingi bir ish kunidan kechikmay vakolatli shaxsga beriladi (yuboriladi), franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalarning uchinchi nusxasi esa roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga beriladigan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) taraflar tomonidan imzolangan franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bitimning uch nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma sudning hujjati asosida bekor qilinganda franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bitim oʻrniga ushbu hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilingan taqdirda ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faqat ariza taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vakolatli shaxs ishonchnoma asosida ish koʻradigan shaxs boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan shaxsning vakolatini tasdiqlaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatning nusxasi ham taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar tomonidan imzolangan franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bitimning tasdiqlangan nusxalariga tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yozuv qayd etiladi (shtamp bosiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bitimning ikki nusxasi franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyingi bir ish kunidan kechikmay vakolatli shaxsga beriladi (yuboriladi), franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bitimning uchinchi nusxasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻrsatilgan roʻyxatdan ortiqcha qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlar soʻrash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish Jurnalga franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilish) boʻyicha yozuvni kiritish va franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalar (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilish) (yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlar)ning taqdim etilgan nusxalariga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq tegishli shtamp va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri qoʻyilishi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnal ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda qogʻozda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnaldagi har bir yozuvga roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami beriladi. Raqamlash har bir yozuvga birdan boshlab navbatdagi tartib raqami berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tartib raqami navbatdagi yilga oʻzgarishsiz oʻtadigan tarzda qoʻyiladi. Har bir yozuv uchun uning Jurnalga kiritilgan sanasi (davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Shartnoma boʻyicha litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxs yoki yakka tadbirkorning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organi oʻzgargan taqdirda, franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga bundan keyin muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish yoki uni bekor qilish litsenziar yangi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda (xorijiy litsenziar bilan bogʻliq holatda — litsenziat roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi joy boʻyicha) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga boshqa roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning Jurnalidan koʻchirma ham taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchirma Jurnalida franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan litsenziar (litsenziat)ning murojaati olingandan boshlab bir kun mobaynida beriladi, unda franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaning oldingi roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va organi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ikki kun mobaynida Jurnalida franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari turkumi berilishi toʻgʻrisida soʻrov yuboradi. Tegishli soʻrov olingandan keyin Jurnalida franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ franshizing toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini yangidan roʻyxatdan oʻtkazgan organga yuboradi va bu haqda Jurnalga tegishli yozuvni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziat yoki litsenziar tugatilgan taqdirda franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma ham bekor qilinishi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ular tugatilgunga qadar roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bankdagi hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan biri miqdorida roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud organining hujjati asosida franshizing toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar takroran koʻrib chiqilganda toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoʻshimcha litsenziya toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ quyidagi asoslar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tegishli boʻlmagan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kompleks mutlaq huquqlarning muvofiq boʻlmagan huquq egalari (huquqdan foydalanuvchilar) tomonidan murojaat qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ariza beruvchining tashkiliy-huquqiy shakli ushbu Nizom shartlariga nomuvofiq boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ushbu Nizomning 9—11-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda yoki qasddan soxta hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) taqdim etilgan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga nomuvofiqligi, shu jumladan franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilishda oldindan maʼlum qilish muddatlariga rioya qilinmaganda franshizing toʻgʻrisidagi shartnomani (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilishni) davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishi mumkin.
(18-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) faoliyatning tegishli turini amalga oshirish huquqiga zarur ruxsatnomalar (litsenziyalar)ning mavjud emasligi, agar bunday ruxsatnoma (litsenziya) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq talab etilsa.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Taqdim etilgan hujjatlar faqat ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan rad etish uchun asoslar mavjud emasligi yuzasidan oʻrganiladi. Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi mulohazasi bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishning asosli rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qabul qilinadi va hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida ariza beruvchiga yozma shaklda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mulohazalar va takliflar tuzatilgandan keyin ariza beruvchi hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning yozma rad etishi olingan paytdan boshlab 3 (uch) oy mobaynida ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran topshirish huquqiga ega. Ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan yangi yoki aniqlashtiruvchi mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning aybi bilan buzilgan taqdirda franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilish) belgilangan muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan hisoblanadi, bu haqda ariza beruvchining talabiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan biror-bir qoʻshimcha talablarsiz franshizing toʻgʻrisidagi shartnoma (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilish) (yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlar)ga tegishli yozuv yoziladi (shtamp bosiladi) va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bosiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroridan, uning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi)dan yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlari buzilishidan norozi boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda yuqori davlat organiga va (yoki) sudga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ shtampi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi

‎‎‎ROʻYXATDAN OʻTKAZILDI

‎(tuzish, muhim oʻzgartirish, qoʻshimcha, bekor qilish)

‎(keraklisining tagiga chizilsin)

‎‎№ ___________

‎‎20 ___ y. “___” _____________

‎‎‎Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning mansabdor shaxsi _________________________

(F.I.O.) (imzo) M.Oʻ.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalar (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki bekor qilish)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jurnalining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Hujjatning turi (franshizing/qoʻshimcha litsenziya toʻgʻrisidagi shartnoma, muhim oʻzgartirish, qoʻshimcha, davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan bekor qilish toʻgʻrisidagi bitim, shuningdek franshizing/ qoʻshimcha litsenziya toʻgʻrisidagi shartnoma uning asosida oʻzgartirilgan, qoʻshimchalar kiritilgan yoki bekor qilingan sud hujjatining nusxasi‎ Litsenziat‎ Litsenziar‎ Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana‎ Roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami‎ Vakolatli shaxsning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning maʼlumotlari va vakolatli shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjat‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatlar berilganligi (pochta orqali yuborilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎ Hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan olinganligi (sana, imzo) yoki pochta orqali yuborilgan hujjatlar topshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sana pochta aloqasi operatori boʻlimining topshirganlik toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi berilgan sanaga muvofiq koʻrsatiladi)

1.‎

2.‎

3.‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 382-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)