02.04.2014 yildagi 78-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.04.2014 yildagi 78-son
Date of entry into force
07.04.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining yoʻlovchilar transportida bepul yurishi hamda transport tashkilotlari bilan shu bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining yoʻlovchilar transportida bepul yurishi hamda transport tashkilotlari bilan shu bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 2-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-apreldagi 78-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining yoʻlovchilar transportida bepul yurishi hamda transport tashkilotlari bilan shu bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatiga yoʻlovchilar transportida bepul yurish xizmati koʻrsatish tartibini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq bajarilgan tashuvlar uchun transport tashkilotlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputati oʻzi deputat boʻlgan tegishli viloyat, tuman hududida yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transportidan tashqari) bepul yurish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputati bepul chiptani rasmiylashtirish uchun belgilangan namunadagi deputat guvohnomasini koʻrsatishi shart. Guvohnoma chiptani olish paytida ham, deputatni transportda olib yurish vaqtida ham haqiqiy boʻlishi kerak. Amal qilish muddati oʻtgan guvohnoma asosida bepul chiptalarni rasmiylashtirishga va transportda olib yurish xizmatlari koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputati temir yoʻl vokzallari va stansiyalari, avtovokzallar (avtostansiyalar) yoki transport tashkilotlari vakolatli agentliklarining chipta kassalarida deputat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda muayyan reysga chiptani oʻz nomiga navbatdan tashqari rasmiylashtirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatini transportda bepul olib yurish Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari (moliya yili boshidagi boʻsh qoldiqlar, daromadlar prognozini oshirib bajarish mablagʻlari, tejash natijasida boʻshab qolgan budjet mablagʻlari) hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Deputatning temir yoʻl transportida bepul yurishi tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatiga “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining chipta kassalarida (transportda yurish hujjatlarini oldindan sotish agentliklarida) deputatning ayni bir vaqtda deputatlik guvohnomasi va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati — pasporti koʻrsatilgan taqdirda xizmat koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tegishli viloyat, tuman hududida shahar atrofida qatnovchi temir yoʻl transportida yurish hujjatini (chiptasini) rasmiylashtirishda deputatning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning guvohnomasi tartib raqami, mintaqa kodi shahar atrofida yurish chiptasi koreshogining orqa tomonida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga oldingi oydagi bajarilgan tashuvlar boʻyicha schyot-fakturani, tashuvlarning jami summasini koʻrsatgan va transportda yurish hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati xarajatlarini qoplash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari qarorlari boʻyicha, ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan manbalar hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Deputatning yoʻlovchilar avtomobil transportida bepul yurishi tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputati tegishli viloyat va tuman hududi doirasida avtovokzallar (avtostansiyalar) kassalarida deputat guvohnomasini va ushbu Nizomga ilovaga muvofiq belgilangan namunadagi avtomobil transportida bepul yurish uchun bir martalik talonni (keyingi oʻrinlarda bir martalik talon deb ataladi) koʻrsatgan holda transportda yurish chiptasini navbatdan tashqari olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Soʻralayotgan reysga boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmagan taqdirda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputati keyingi reysda joʻnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Avtovokzal (avtostansiya) kassiri koʻrsatilgan deputat guvohnomasi asosida bir martalik talonga deputatning familiyasi, ismi, otasining ismini, guvohnomasining tartib raqamini, qatnov zonasini, yoʻnalishini, tashuvchining nomini, avtomobil transportida yurish qiymatini, sanasini, shuningdek oʻzining familiyasi, ismi, otasining ismini kiritishi hamda kelgusida avtotransport tashkilotlari tomonidan bajarilgan tashuvlarning jami qiymatini hisobga olish uchun oʻz imzosi bilan tasdiqlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining transportda oraliq toʻxtash joylari orqali yurishi deputat guvohnomasini va bir martalik talonni koʻrsatish yoʻli bilan amalga oshiriladi, bir martalik talonda oldindan deputatning oʻzi tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, deputat guvohnomasining tartib raqami, qatnov zonasi, yoʻnalishi, sanasi koʻrsatiladi. Haydovchi, deputat guvohnomasini tekshirib koʻrib, bir martalik talonda tashuvchining nomini, kelgusida avtotransport tashkiloti tomonidan bajarilgan tashuvlarning jami qiymatini hisobga olish uchun avtomobil transportida yurish qiymatini koʻrsatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bir martalik talonlar blankalari xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi buyurtmanomasi boʻyicha tayyorlanadi hamda deputatlarga xizmat zaruriyatiga koʻra beriladi. Bir martalik talonlar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Belgilangan normadan ortiqcha olib yuriladigan bagaj uchun xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan, standart namunadagi hisob-kitob hujjatini rasmiylashtirgan holda, umumiy asoslarda haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatini transportda olib yurish uchun ushbu Nizomga muvofiq olingan yoʻl chiptalarini rasmiylashtirish, qaytarib berish va qayta rasmiylashtirishda koʻrsatib oʻtilgan xizmatlar uchun yigʻimlar undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay tashuvchilar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga oldingi oyda bajarilgan tashuvlar boʻyicha schyot- fakturani, jami chiptalar qiymatini koʻrsatgan va bir martalik talonlarni ilova qilgan holda taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tashuvchilarning xarajatlarini qoplash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari qarorlari boʻyicha, ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan manbalar hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining yoʻlovchilar transportida bepul yurishi hamda transport tashkilotlari bilan shu bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining yoʻlovchilar avtomobil transportida bepul yurishi uchun bir martalik talon
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_________________________________________________deputatining
(xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi)‎

yoʻlovchilar avtomobil transportida bepul yurishi uchun bir martalik talon

‎OʼzR AT № 0000000‎ ‎

F.I.O._________________________________________________________‎
Deputat guvohnomasining №______________________________________‎
Qatnov zonasi__________________________________________________‎
Qatnov yoʻnalishi‎_______________________________________________
Tashuvchining nomi______________________________________________‎
Transportda yurish qiymati______________________________________‎
Foydalanish sanasi_____________________________________________‎
Kassir (haydovchi)ning F.I.O.____________________________________‎
Kassir (haydovchi)ning imzosi____________________________________‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 14-son, 157-modda)