Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.2017 28.02.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2562
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 28.02.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2562
Date of entry into force
03.03.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2562]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-sonli “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2864, 28.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 355-modda) asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi (M. Ishbekov) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir N. YOʻLDOShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 50-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 355-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (bundan buyon matnda hokimlik deb yuritiladi) yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hokimliklarning yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) adliya organlari bilan kelishish ularni tavsiya etilgan lavozimga layoqatliligi va kasbiga munosib yoki munosib emasligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan, tumanlar va shaharlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hokimliklar tomonidan yuridik xizmat lavozimiga kelishish uchun bir va undan ortiq nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hokimliklar nomzodni kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokimning nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi anketasi va yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi yoki oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun. Agar nomzod xorijda taʼlim olgan boʻlsa, xorijda oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat va ushbu hujjatning Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma, agar mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nomzodni kelishish u bilan suhbat oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Suhbat adliya organlarida tashkil etiladigan hokimliklarning yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish boʻyicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiyalar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan kamida besh kishidan, yaʼni rais, uning oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning tegishli oʻrinbosari, hududiy adliya organlarida esa, hududiy adliya organi rahbari komissiya raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya faoliyatini tashkil qilish boʻyicha tashkiliy masalalar uning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda adliya organlarining tegishli tarkibiy boʻlinmasi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Suhbat hujjatlar tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab bir oy ichida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishchi organ hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida ularda kamchiliklar borligi aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan hokimlikka suhbat oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin suhbat oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida yozma ravishda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar borligi aniqlangan taqdirda, ishchi organ tomonidan uch ish kuni ichida nomzodni suhbatga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va nomzodni tavsiya etgan hokimlikka yozma ravishda xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Suhbatga qoʻyishni rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiya ishida aʼzolarning yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Suhbat natijalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat varaqasida aks ettiriladi. Suhbat varaqasida komissiya aʼzolari tomonidan berilgan savollarning javobi “toʻgʻri”, “notoʻgʻri”, “toʻliq emas” yoki “javob berilmadi” shaklida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Komissiya aʼzolari nomzodning bilimi, shuningdek ish tajribasini hisobga olib, uni suhbatdan oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrsiz sabablarga koʻra suhbatga kelmagan nomzodlar komissiya tomonidan suhbatdan oʻtmagan deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Suhbat natijalariga koʻra nomzodning suhbatdan oʻtganligi yoki oʻtmaganligi holati boʻyicha tegishli ishchi organi uch ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan hokimlikka yozma ravishda javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Suhbatdan oʻtgan deb topilgan nomzodlar ikki hafta davomida tegishli adliya organlarida stajirovka oʻtaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suhbatdan oʻta olmagan nomzodlar uch oydan soʻng, umumiy asoslarda ushbu lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nomzodlarni kelishish bilan bogʻliq toʻplangan barcha hujjatlar tegishli komissiyaning ishchi organida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Adliya organlariga kelishish uchun tavsiya etilgan nomzodning ‎‎

3 x 4 sm oʻlchamli fotosurat uchun joy ‎

ANKETASI
1.‎Familiyasi ___________‎_____________________________________
Ismi ‎‎____‎‎__________________________________________________
Otasining ismi ‎‎‎______________________‎‎_____________________‎
2.‎Tugʻilgan sanasi (kun, oy va yil) ‎‎_______________________________
3.‎‎‎Pasport seriyasi va raqami, berilgan sanasi va uni bergan organning nomi:
‎____________‎‎___________________________________________‎_________________‎
4.‎Yashash joyi‎
viloyat‎‎ _______________‎ shahar (tuman)‎ _____________________‎_
koʻcha‎‎ ________________‎ uy, kvartira raqami ___________________‎
telefon‎‎ _____________‎ faks‎_______________________________
5.‎Maʼlumoti‎‎ ______________________‎
‎‎Taʼlim muassasasining nomi ‎ ‎‎_____________________‎_______________‎
Mutaxassisligi‎__________‎ Tamomlagan yili ‎______________________‎
6. ‎‎Mehnat faoliyati ‎
‎‏T/r‎ Oy va yil‎‎ Lavozimi (tashkilot koʻrsatilgan holda) Tashkilot joylashgan yer‏
ishga kirgan vaqti ‎ ishdan boʻshagan vaqti‎
7. ‎‎Yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat faoliyati
T/r‏
Oy va yil‎‎ ‎‏‎Lavozimi (tashkilot koʻrsatilgan holda) ‎‏‎ ‏Tashkilot joylashgan yer

tayinlangan vaqti

ozod qilingan vaqti‎

‎‎Toʻldirilgan sanasi________ ‎‎Shaxsiy imzo ____________ ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Adliya organlariga kelishish uchun tavsiya etilgan nomzodning
‎yaqin qarindoshlari haqida

‎‎MAʼLUMOT

T/r‎ F.I.O.‎ Qarindoshligi‎ Tugʻilgan yili va joyi ‎ Ish joyi va lavozimi ‎ Yashash joyi‎
Yaqin qarindoshlarining roʻyxatini toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman:
‎‎Nomzod: ______________________________
(F.I.O., imzo)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati
‎xodimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod bilan
‎suhbat oʻtkazish varaqasi‎‎

‎‎1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________________________________
2. Tugʻilgan yili (sanasi) _______________________________________________________
‎‎3. Maʼlumoti ___________________________________________________________
‎‎4. Mutaxassisligi _______________________________________________________
5. Umumiy ish staji _____, shu jumladan yuridik mutaxassislik boʻyicha ___________
6. Boshqa maʼlumotlar: _________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________________
7. Nomzodga berilgan savollar va ularning javoblari: _______________________________
____________________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________________
‎‎8. Nomzodning eʼtirozlari va takliflari:
‎‎ ___________________________________________________________________________
‎‎ ___________________________________________________________________________
‎‎9. Ovoz berish natijalari: ‎
‎‎yoqlaganlar ______________ ‎
‎‎qarshilar _______________‎
‎‎10. Suhbat oʻtkazilgan sana:___________________________________
‎‎11. Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha xulosa:____________________________________
____________________________________________________________________________
Komissiya raisi ___________________________________

‎‎(F.I.O., imzo)

‎‎Komissiya raisining oʻrinbosari ____________________

(F.I.O., imzo)‎

‎‎Komissiya aʼzolari:
‎‎1. ______________________________‎

‎‎(F.I.O., imzo)‎

‎2. ______________________________‎‎

‎‎(F.I.O., imzo)‎

‎‎‎‎3. ______________________________‎‎

‎‎(F.I.O., imzo)‎

‎‎Ishchi organ masʼul xodimi __________________________________
(F.I.O., imzo)‎
‎‎Suhbat varaqasi bilan tanishdim: ________________________________________________

‎‎(sana va nomzodning imzosi)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 100-modda)