Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2018 23.08.2011 yildagi PQ-1602-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.08.2011 yildagi PQ-1602-son
Date of entry into force
23.08.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning huquqni qoʻllash amaliyoti va norma ijodkorligi faoliyatida qonuniylikka qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida uning rolini kuchaytirish, Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasining qoidalarini izchil amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari boʻyicha — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Adliya vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligini, davlat va jamiyat qurilishi sohasida qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning qonunchilik bazasini izchillik bilan takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish; amaldagi qonun hujjatlaridagi “oq dogʻlar”ni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazda va joylardagi davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlashga, sud hujjatlarining soʻzsiz ijro qilinishiga, sudlar faoliyatini har tomonlama moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlar, boshqa fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat koʻrsatishining qonuniyligini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni, ularning aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishda, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol ishtirokini taʼminlash; mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash; shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash, shartnomalarni tuzish va bajarishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga amaliy huquqiy yordam koʻrsatish, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashishlarga, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasida maʼmuriy toʻsiq va gʻovlarni yaratishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan davlat tomonidan tartibga solish tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining ishonchli huquqiy himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targʻibot va maʼrifat sohasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha faoliyatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Adliya vazirligi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi amaliyotini tizimli asosda tekshirishlar oʻtkazib, oʻrganib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli asosda oʻrganib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan, roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik oldida turgan vazifalarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlardan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan hujjatlar, statistik va boshqa maʼlumotlarni, tahliliy materiallarni soʻraydi va oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va daʼvolar bilan murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini turkumlashtirish, kodekslashtirish ishlarini olib boradi, norma ijodkorligi, huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirish, mamlakatda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish sohasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida jamoatchilikni keng xabardor qilinishini taʼminlaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining tuzilmalari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2–6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining eng koʻp soni 160 kishi etib belgilansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati va hududiy adliya organlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengashni (keyingi oʻrinlarda Idoralararo kengash deb yuritiladi) 7-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 7-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targʻibot va maʼrifat sohasidagi ishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini yaxshilash, shuningdek taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarining huquqiy bilim darajasini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi bilan huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha ishlarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ushbu ishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy targʻibot va huquqiy taʼlim boshqarmasi Idoralararo kengashning ishchi organi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasi (Sh.Mirziyoyev) bir oy muddatda quyidagilarni tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatida qonuniylikni, shu jumladan ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish hamda ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirishni taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi ahvolini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruh toʻgʻrisida nizom va uning yangilangan tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilishning aniq samarali mexanizmlarini nazarda tutgan holda Adliya organlari tomonidan davlat organlari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat va monitoring oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmalari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qaror talabidan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.A.Muxitdinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 23-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1602-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari boʻyicha — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik tizimiga Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti, boshqa adliya organlari va muassasalari kiradi (keyingi oʻrinlarda matnda adliya organlari va muassasalari deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash Vazirlikka ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar hamda Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik oʻz faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Adliya organlari va muassasalari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyatini tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish, ular tomonidan kiritiladigan yoki qabul qilinadigan qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan har tomonlama ekspertizani amalga oshirish; amaldagi qonun hujjatlarida “oq dogʻlar”ni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining har tomonlama rivojlanishini, ularning aholining turli qatlamlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol ishtirokini huquqiy taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat koʻrsatishining qonuniyligini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni taʼminlash; mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targʻibot va maʼrifat sohasidagi ishlarini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar faoliyatini har tomonlama moddiy-texnikaviy va moliyaviy taʼminlash, sud hujjatlarining soʻzsiz ijro etilishiga, sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan davlat tomonidan tartibga solish tizimini izchil takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor islohotlarini chuqurlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash, bu sohada byurokratik toʻsiq va gʻovlarni yaratishga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash, shartnomalarni, eng avvalo qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasida shartnomalarni tuzish va bajarishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga amaliy huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining samarali huquqiy himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish boʻyicha faoliyatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbusiga koʻra qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalarini tayyorlashning zarurligi masalalari boʻyicha oldindan kelishishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan tahlil qiladi va huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi qoidalarni aniqlash yuzasidan tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring va tahlil qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini taʼminlash, qonunchilikdagi “oq dogʻlar”ni bartaraf qilish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim qiladi, qonun hujjatlarini kodekslashtirish boʻyicha ishlarni olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari bilan qonunchilik faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha doimiy amaliy aloqada boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) idoraviy norma ijodkorligi sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlmagan hujjatlar toifasiga kiritish haqida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishning belgilangan tartibini bajarish boʻyicha ishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning ahvoli toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qonunchilikni tizimlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga oladi va qonun hujjatlarini turkumlashtirish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bankini (fondini) shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlaydi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini belgilaydi va ularga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) adliya organlari va muassasalari faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning 8.2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.3. Mamlakatimizda roʻyxatdan oʻtkazilgan mahalliy, shuningdek chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar, xalqaro va xorijiy nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan mablagʻlar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat koʻrsatishlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda, mamlakat aholisining turli qatlamlari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalashda faol qatnashishini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini buzayotgan va taqiqlangan faoliyat bilan shugʻullanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va xorijiy nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari tomonidan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yigʻilishlar, aksiyalar va shu kabilar) oʻtkazilishini hamda ular tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati haqida, shu jumladan, ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi haqidagi hisobotlarni qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki ularni tugatish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi va belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilgan davlat mablagʻlarini ular oʻrtasida taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.4. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tajribani oʻrganadi va xalqaro-huquqiy normalarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish, aholida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat ruhini, qonunga itoatkorlikni shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi holatini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda advokaturaning rolini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlanishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi monitoringini amalga oshirish sohasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini xolisona va har tomonlama koʻrib chiqishini taʼminlaydi, ular boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.5. Davlat organlari, jamoat tashkilotlarining huquqiy targʻibot boʻyicha ishlarini samarali muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy targʻibot va huquqiy taʼlimning ahvolini tahlil qiladi, ularni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni oshirish va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarning aholi oʻrtasida targʻib qilinishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq sohasidagi taʼlim ishlarining uslubiy jihatdan taʼminlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va taʼlimning zamonaviy shakllarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining talabalari va oʻquvchilari uchun yuridik darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlari, shuningdek boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni huquqiy axborot bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarini zarur qonunchilik materiallari bilan taʼminlash choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini yaratish va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning undan belgilangan tartibda foydalanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo huquqiy axborotlar almashishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kodekslar va qonun hujjatlari toʻplamlarining, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilishning rasmiy manbai hisoblangan “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami”ning rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari maʼlumotlarining elektron bazasini yaratish qoidalarini belgilaydi, ularning ijro etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.6. Sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijrosini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijrosini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash boʻyicha belgilangan tartibda chora-tadbirlarni amalga oshiradi va uning takomillashtirilishi boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarning binolarini qurish va taʼmirlashga ajratilgan mablagʻlar samarali oʻzlashtirilishini taʼminlaydi va sudlarning faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar va sud jarayonlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlari, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli organlarga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.7. Huquqiy xizmat koʻrsatishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatga olish faoliyatini tashkil etish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini taʼsis etadi va tugatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat notarial idoralari reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarius stajori faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet elda foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ularning muhri koʻchirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa funksiyalarni bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni, notarial harakatlar, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni roʻyxatga olish reyestrlari shaklini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariuslar tomonidan kasb majburiyatlarining, shu jumladan notarial ish yurituv qoidalarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat notarial idoralarini qatʼiy hisobdagi gerbli (maxsus) blankalar bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatga olishni tashkil qiladi, FHDY organlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va ularni nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organlarini tashkil qiladi, qayta tashkil qiladi va tugatadi, ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY va notariat idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish blankalari namunalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organlarini va Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini qatʼiy hisobdagi gerbli guvohnomalar blankalari bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariat va FHDY organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ushbu organlar uchun koʻrsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat notarial idoralarining notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar, FHDY organlari tomonidan jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxatlarini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlari, roʻyxatlardan koʻchirmalar, maʼlumotnomalar va arxiv hujjatlarining nusxalari berilganligi uchun toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) advokatura va yuridik yordam tizimini rivojlantirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va advokatlik tuzilmalarining faoliyatida koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlarga litsenziyalar berishni va advokatlik tuzilmalarini (advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlik hayʼatlari) davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga qoʻyishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli adliya organida davlat roʻyxatidan oʻtgan (hisobga qoʻyilgan) advokatlik tuzilmalarida ishlayotgan advokatlarning Yigʻma davlat reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlar malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda advokatlik tuzilmalarining statistika maʼlumotlarni taqdim qilish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat tomonidan ishni olib borishga order shaklini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarning yuridik xizmatini rivojlantirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik xizmatlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilgan yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soladigan aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish boʻyicha oʻz vakolati doirasida chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlarini tayinlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlariga huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi va attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirishni tashkillashtiradi va malaka oshirishni oʻtaganligi haqida sertifikat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik xizmatlar xodimlarini hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik xizmatlarining maʼlumotlar bazasini tuzish va yuritish tartibini, maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun maʼlumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.8. Tadbirkorlikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlikni huquqiy taʼminlash va rivojlantirishning samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini himoya qilish, mikrofirmalar, kichik korxonalar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va samarali faoliyat koʻrsatishi uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini tekshirishlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining shakli va toʻldirish tartibini tasdiqlaydi, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida uning tarqatilishini taʼminlaydi va uni toʻldirish tartibiga rioya qilinayotganligi boʻyicha monitoring amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning 8.8-kichik bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlarini tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda aniqlaydi, oʻrganadi va monitoringini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi, koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ularni xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.9. Shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnomalarni, eng avvalo qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasidagi xoʻjalik shartnomalarini tuzishda va bajarishda huquqiy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarini shartnoma intizomini buzganligi uchun javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar qoʻllanishi ustidan nazorat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilishi boʻyicha masʼuliyatini oshirish yuzasidan ish olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida shartnomalar tuzish va bajarishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qonunchilikka rioya qilishi ustidan nazorat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.10. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularni tashkil etishda qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotlarini, sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarini, birjalarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlarini, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, soliq maslahatchilari tashkilotlarini, bozorlarni, lombardlarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qonuniylikka rioya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslarning davlat reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va oʻz ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bir darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishning, shu jumladan roʻyxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibini murakkablashtiradigan turli shakllarini qoʻllashga, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga toʻsqinlik qiluvchi boshqa byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “bir darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatadigan yagona markazlar faoliyatida qonuniylikni taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(8-bandning 8.10-kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bir darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatadigan yagona markazlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordam koʻrsatadi;
(8-bandning 8.10-kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.11. Xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini samarali huquqiy himoya qilishni taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha takliflarni kelishadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va ijro etishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va bajarish haqida belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tomonlardan biri hisoblanadigan xalqaro-huquqiy hujjatlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida tuzilgan qarz va kredit shartnomalari boʻyicha yuridik xulosalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro-huquqiy axborot masalalari boʻyicha maʼlumotlar bankini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi va uning fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar sudlarida va xalqaro arbitrajlarda tomonlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan nizolar koʻrib chiqilayotganda vakillik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqiy, shu jumladan sudda himoya qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.12. Zamonaviy talablarni hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Toshkent davlat yuridik universitetida, Toshkent yuridik kollejida, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyda va Vazirlik tizimining boshqa taʼlim muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;
(8-bandning 8.12 kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-2071-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 47-son, 616-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar ishini, huquqshunoslar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan oʻtishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.13. Fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlarining noqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqadi, ushbu masalalar boʻyicha shikoyat va arizalarning har tomonlama xolisona koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlar boʻyicha zarur hollarda joylarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda tekshirish oʻtkazgan holda adolatli qarorlar qabul qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarining shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini oʻrganadi, bu yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni umumlashtiradi va kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.14. Huquqiy statistika sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa organlardan olingan huquqiy statistika maʼlumotlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarida statistika hisoboti va birlamchi hisobga olish hujjatlari shakllarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalari va notarial harakatlarni roʻyxatga olish, shuningdek adliya organlari va muassasalari faoliyatining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha statistikasini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.15. Adliya organlari va muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlashni amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi, adliya organlari va muassasalari binolarini, shu jumladan davlat notarial idoralari, FHDY organlari, sud ijrochilari boʻlimlarini kapital qurish va taʼmirlash choralarini koʻradi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarini belgilangan tartibda moliyalashtirishni amalga oshiradi, adliya organlari va muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.16. Sud-ekspert, ilmiy va taʼlim muassasalarini rivojlantirish sohasida::
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini koʻradi, sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sud-ekspert muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengashni boshqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji va boshqa adliya muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
(8-bandning 8.16 kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-2071-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 47-son, 616-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek adliya organlari va muassasalari orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlardan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hujjatlarni, statistika va boshqa maʼlumotlarni, tahliliy materiallarni, xulosalar va boshqa axborotlarni soʻrash, talab qilish va olish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari koʻrib chiqishi uchun qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, taʼlim, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlardan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha xulosalar olish hamda koʻrsatib oʻtilgan organlar va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda ushbu loyihalarni tayyorlash boʻyicha komissiyalar (ishchi guruhlari) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish boʻyicha belgilangan tartibga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarga davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, shuningdek tegishli organlar oldiga bunda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning qonunga zid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalariga: ushbu organlarning norma ijodkorligi faoliyati ustidan monitoring olib borish jarayonida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida; ishlab chiqish muddatini koʻrsatgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida; ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi toʻgʻrisida; qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya qilinishini tekshirish. Koʻrsatib oʻtilgan organlarning rahbarlariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishini, ularning sabablarini hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek insonning buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash choralarini koʻrish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning sudlari va xalqaro arbitrajlarda Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor huquqiy nizolar boʻyicha daʼvogar va javobgarning vakili sifatida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy, shu jumladan, sud masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining vakili sifatida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli organlarga sudyalar va sud apparati mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlarga berilgan litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatib turish va tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlar malaka komissiyalariga advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik tuzilmalariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishini bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrsatmalar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarda huquqiy ishlar ahvolini, shuningdek ularning yuridik xizmatlari faoliyatini tekshirish, ulardan amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etishlarini talab qilish, koʻrsatilgan organlarning va tashkilotlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yoki ularning aybi bilan davlatga yoki tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi masala bilan yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini qonun hujjatlariga muvofiq tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar bilan tanishish yoʻli bilan oʻrganib chiqish;
(10-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarini koʻrib chiqish, barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlariga rioya etish boʻyicha qonun hujjatlarining ogʻishmay bajarilishini tekshirish. Koʻrsatib oʻtilgan organlar va tashkilotlar rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan: aniqlangan qonun hujjatlari buzishlarini, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida; tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklari, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mansabdor shaxslar tomonidan buzilishi holatlari aniqlanganda, shuningdek adliya organlarining qonuniy talablari mansabdor shaxslar tomonidan bajarilmaganda, aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan nazorat organlari va litsenziyalovchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining inson, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlarini buzuvchi qarorlarini, shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) toʻxtatib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy ishlar boʻyicha inson, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida davlat boji toʻlamasdan sud instansiyalariga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlariga, shuningdek shartnoma intizomiga rioya qilish boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaatlarni tekshirishni amalga oshirish, shuningdek Vazirlik faoliyati doirasiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish;
(10-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalari bajarilishi jarayoni ustidan monitoringni amalga oshirish, shartnoma intizomi buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish, shuningdek shartnoma majburiyatlarini bajarilmaganligi (lozim darajada bajarilmaganligi) natijasida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish; taqdimnomada bayon qilingan talablar belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda vakolatli organlar yoki sudlar oldiga shartnoma intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishini tekshirish, ulardan tegishli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etishlarini talab qilish, koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, taʼsis hujjatlarini va qonun hujjatlarini buzganligi uchun mansabdor shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish uchun, shuningdek ularning aybi bilan davlatga yoki tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni qoplash boʻyicha yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yigʻilishlar, aksiyalar va shu kabilarda) ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan hollarda akkreditatsiyadan mahrum qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari va muassasalaridan nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatish boʻyicha tartib-taomilni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar organlari va xalqaro tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlardan huquqiy statistikani tashkil etish va yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va daʼvolar bilan murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tegishli boʻlinmalar tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Adliya organlarining xodimlari oʻz vakolati doirasida nazorat funksiyalarini amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning, ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek boshqa tashkilotlarning hududlariga va binolariga kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiya, qonunlar va boshqa qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, nazorat tuzilmalarining qarorlari va boshqa hujjatlarini ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish uchun olish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida maʼlumotni soʻrashga va olishga haqlidir.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlik oʻz vakolati doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlar, notariuslar, advokatlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlik davlat organlarining huquqni qoʻllash amaliyoti va norma ijodkorligi faoliyatida qonun hujjatlari talablariga, qonuniylikka rioya qilishi ustidan taʼsirchan nazorat qilinishi, shuningdek oʻziga yuklatilgan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan adliya vaziri (keyingi oʻrinlarda Vazir deb yuritiladi) boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan toʻrt nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakkaboshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, oʻz oʻrinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyatining alohida qismlarini boshqarishi hamda adliya organlari va muassasalarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash va Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi ahvolini oʻrganish boʻyicha idoralararo ishchi guruhiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek adliya organlari va muassasalarining nizom (ustav)larini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparatining, shuningdek adliya organlari va muassasalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika davlat notarial idoralari tarmogʻi va FHDY organlari tizimini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlariga adliya organlari va muassasalarini tashkil etish hamda ularning xodimlari sonini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati, boshqa adliya organlari va muassasalari xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, boshqa adliya organlari va muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlariga belgilangan tartibda martaba darajalari beradi, adliya organlari va muassasalari xodimlariga oliy martaba darajalari berish uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarining xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, Vazirlik tizimining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini faxriy unvonlar berishga va Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Adliya organlari va muassasalarining, shu jumladan Vazirlik tizimidagi ilmiy va taʼlim muassasalari xodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq maxsus darajali unvonlar, martaba darajalari beriladi va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi toʻlab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Martaba darajalari berish va ulardan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatining norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishni davom ettirish; inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish; huquqiy targʻibot boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; tadbirkorlikni huquqiy taʼminlash va rivojlantirish samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; shartnoma intizomini mustahkamlash, shuningdek huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShKILIY TUZILMASI

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-2071-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 47-son, 616-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Jami: Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 160 kishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Izoh: Departament direktori, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlari markaziy apparatning umumiy shtatlar soniga kirmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 31 birlikni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Notarial idoralar va FHDY organlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan notarial idoralar va FHDY organlari xodimlari sonini aniqlash tartibi va mezonlariga muvofiq belgilanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 27 — 36 birlikni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Notarial idoralar va FHDY organlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan notarial idoralar va FHDY organlari xodimlari sonini aniqlash tartibi va mezonlariga muvofiq belgilanadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

Shtat birliklari soni

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi

31

2.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

28

3.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi

28

4.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi

28

5.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi

30

6.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi

27

7.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

28

8.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi

32

9.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

29

10.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

28

11.

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi

34

12.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi

31

13.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

28

14.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi

36

JAMI

418

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda; 2013-y., 47-son, 616-modda; 2015-y., 20-son, 252-modda; 2016-y., 4-son, 34-modda)