Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1992 17.05.1991 yildagi 138-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.05.1991 yildagi 138-son
Date of entry into force
17.05.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1992
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekkiyim” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-noyabrdagi 558-sonli “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Engil sanoat birlashmalari va korxonalarini boshqarishni takomillashtirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida va Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tarkibida ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar boʻlgan tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekkiyim” Oʻzbekiston davlat konserni tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkiyim” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati Oʻzbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, korxonalarning oʻzining va jumhuriyatning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa konsernlar va uyushmalarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, “Oʻzbekkiyim” konserni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi hisoblanadi, yengil sanoat mollari ishlab chiqarish “Oʻzbekyengilsanoat” Oʻzbekiston davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Konsern va uyushmaning aʼzolari oldida ularga nisbatan oʻz majburiyatlari va funksiyalarini bajarish yuzasidan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida yigʻma balanslarga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, ularning huquqiy maqomini belgilovchi “Oʻzbekiston SSJda korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuniga, boshqa qonunchilik va normativ aktlarga, shuningdek Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uyushma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ustavga muvofiq toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida faoliyat koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tomonidan ajratiladigan xomashyo va moddiy resurslarning fond saqlovchisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsernga taʼsischilari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq quyidagilar uning faoliyatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol bozorining talablarini hisobga olgan holda konsernning joriy dasturlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish, maqsadli kompleks ilmiy-texnikaviy dasturlarini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan foydalanish samaradorligini, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasini, mahsulotning sifatini va texnik darajasini oshirish, korxonalarni xususiylashtirish, ijara va kichik korxonalar, firma savdosi tashkil etish asosida xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va koʻpaytirish hamda aholining ularga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar bilan birgalikda moliya mablagʻlaridan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bozor munosabatlari sharoitida barqaror zararsiz ishlashni taʼminlash boʻyicha amaliy yordam berish. Korxonalarning shartnoma va moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmalar bilan korxonalar oʻrtasidagi tarmoq ichida kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishni rivojlantirish, tayyor mahsulotni sotishni muvofiqlashtirish va bunga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va belgilangan tartibda qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqda ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarning kompleks hal etilishini taʼminlash, kadrlar siyosatini olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat va boshqa organlarda oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xoʻjalik hisobi daromadi (foyda) va nomenklaturadagi mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi birlashmalar va korxonalar faoliyatini baholashning asosiy koʻrsatkichlari deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkiyim” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar jumhuriyat, oʻz mehnat jamoalari manfaatlaridan va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqning isteʼmolchilarining, savdo tashkilotlarining buyurtmalari boʻyicha tegishli mahsulotlar va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydilar, firma magazinlarining tavsiyalaridan foydalangan holda ularni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini, olinadigan foyda miqdorini belgilaydilar, Oʻzbekiston SSJ qonunlari bilan belgilangan normativlar, shuningdek boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar qilingandan keyin undan foydalanish masalasini mustaqil ravishda hal etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashi tomonidan belgilangan normativlarga muvofiq foydadan ular bajaradigan funksiyalar uchun, shuningdek markazlashgan rezerv (ehtiyot) jamgʻarmasi tashkil etishga mablagʻlar ajratadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxonalar va tashkilotlar vakillarining yigʻilishi (konferensiyasi) “Oʻzbekkiyim” konsernini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, unda konsern Kengashi saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern Kengashiga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek boshqaruv aʼzolari kiradilar. Kengash boshqaruvni, uning raisi va oʻrinbosarlarini saylaydi. Boshqaruv raisi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning raxbarlari, shuningdek konsern taftish komissiyasining aʼzolari va uning raisi konsern Kengashining taqdimnomasiga koʻra “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkiyim” konserniga unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hisobga olgan holda, konsern Kengashi bilan kelishuv boʻyicha oʻzining tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasini mustaqil belgilashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OʻzSSJ Moliya vazirligi, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, OʻzSSJ Davlat narxlar qoʻmitasi va “Oʻzbekkiyim” konserni bir oy muddat ichida korxonalarning moliyaviy ahvolini tahlil qilsinlar va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi, “Oʻzglavlegsnabsbit” “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga “Oʻzbekkiyim” konserni uchun oʻzlari taqsimlaydigan nomenklatura boʻyicha konsern korxonalarining rivojlanishi va ishlashi uchun xomashyo va moliyaviy resurslarni ajratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashkil etilayotgan “Oʻzbekkiyim” konsernining apparati Paradlar xiyoboni koʻchasi, 5-uydagi OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “Oʻzbekkiyim” konserni birlashmalari va korxonalariga koʻmaklashsinlar hamda ularning rivojlanishi va faoliyatiga doir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Rais I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 17-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 17-maydagi 138-sonli qaroriga
IL0VA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekkiyim” Oʻzbekiston davlat konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar va korxonalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Nukus tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
2.‎ Andijon tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
‎‎tarkibida:‎
Andijon 1-tikuvchilik fabrikasi‎
Xoʻjaobod tikuvchilik fabrikasi‎
Shahrixon tikuvchilik fabrikasi‎
3.‎ Andijon trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi‎

tarkibida:‎
VLKSM 50 yilligi nomidagi Andijon trikotaj fabrikasi‎
Xoʻjaobod tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
Kulla tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
Shahrixon tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
4.‎ Oltinkoʻl trikotaj polotno fabrikasi‎
5.‎ Ilich paypoq fabrikasi‎
6.‎ Buxoro tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
VLKSM 20 yilligi nomidagi Buxoro tikuvchilik fabrikasi‎
Partiya XVI syezdi nomidagi Buxoro tikuvchilik fabrikasi‎
Zarafshon tikuvchilik fabrikasi‎
Yangibozor tikuvchilik fabrikasi‎
7.‎ Buxoro trikotaj fabrikasi‎
8.‎ Jizzax trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
Jizzax paypoq fabrikasi‎
KPSS XXV syezdi nomidagi Jizzax ustki trikotaj fabrikasi‎
“Moskva” kolxozidagi tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
Marjonbuloq tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
9.‎ Qarshi tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
SSSR 50 yilligi nomidagi Qarshi tikuvchilik fabrikasi‎
Bahoriston tikuvchilik fabrikasi‎
Kitob tikuvchilik fabrikasi‎
10.‎ Namangan tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
Krupskaya nomidagi Namangan tikuvchilik fabrikasi‎
Gagarin nomidagi Namangan tikuvchilik fabrikasi‎
Uchqoʻrgʻon tikuvchilik fabrikasi‎
Yangiqoʻrgʻon tikuvchilik fabrikasi‎
Zadaryo tikuvchilik fabrikasi‎
11.‎ Chortoq tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
12.‎ Chust tikuvchilik fabrikasi‎
13.‎ 8 Mart nomidagi Samarqand ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
8 Mart nomidagi Samarqand tikuvchilik fabrikasi‎
Mitan tikuvchilik fabrikasi‎
Kattaqoʻrgʻon tikuvchilik fabrikasi‎
Oqtosh tikuvchilik fabrikasi‎
Juma tikuvchilik fabrikasi‎
Jumabozor tikuvchilik fabrikasi‎
14.‎ Samarqand trikotaj fabrikasi‎
15.‎ Guliston tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
Oʻzbekiston komsomolining 50 yilligi nomidagi Guliston tikuvchilik fabrikasi‎
Xovos tikuvchilik fabrikasi‎
16.‎ Chirchiq “Gʻuncha” tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
Chirchiq “Gʻuncha” tikuvchilik fabrikasi‎
Parkent tikuvchilik fabrikasi‎
17.‎ Oxunboboyev nomidagi Qoʻqon tikuvchilik fabrikasi‎
18.‎ Qoʻqon paypoq-yigiruv ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
Qoʻqon paypoq-yigiruv kombinati‎
Gorsk yigiruv fabrikasi‎
19.‎ Uchkoʻprik yigiruv-tikuvchilik birlashmasi‎
tarkibida:‎
Lenin nomidagi Urganch tikuvchilik fabrikasi‎
Yangiariq tikuvchilik fabrikasi‎
20.‎ SSSR 50 yilligi nomidagi Xiva tikuvchilik fabrikasi‎
21.‎ Toshkent “Qizil tong” tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
Mehnat Qizil Bayroq ordenli Toshkent 1-tikuvchilik fabrikasi‎
Krasnogorsk tikuvchilik fabrikasi‎
Qoʻyliq mavzesidagi Toshkent 2-tikuvchilik fabrikasi‎
Beshqayragʻoch mavzesidagi Toshkent 3-tikuvchilik fabrikasi‎
22.‎ Lenin ordenli Toshkent “Yulduz” tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
Toshkent tikuvchilik fabrikasi‎
Yunusobod mavzesidagi tikuvchilik fabrikasi‎
Chuqursoy mavzesidagi tikuvchilik fabrikasi‎
Boʻka tikuvchilik fabrikasi‎
23.‎ Toshkent tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
tarkibida:‎
Toshkent 1-tikuvchilik fabrikasi‎
Toshkent 2-tikuvchilik fabrikasi‎
24.‎ Oxunboboyev nomidagi Toshkent bosh kiyimlar fabrikasi‎
25.‎ Tikuvchilik sanoati assortimenti va modalari jumhuriyat markazi‎
26.‎ Toshkent “Malika” trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi‎

tarkibida:‎

Toshkent tr�kotaj fabrikasi‎
Toshkent ustki trikotaj fabrikasi‎
Toshkent 1-tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
Toshkent 2-tikuvchilik-trikotaj fabrikasi‎
27.‎ Trikotaj buyumlar jumhuriyat Modellar uyi‎
28.‎ Toshkent “Uchqun” ishlab chiqarish tikuvchilik-attorlik birlashmasi‎
tarkibida:‎
Toshkent tikuvchilik-attorlik fabrikasi‎
Toshkent badiiy bezash fabrikasi‎