14.10.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2149-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi , 14.10.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2149-2
Date of entry into force
21.10.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2149-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius stajorlarini ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir N. YOʻLDOShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 14-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
314-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 314-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi stajor boʻlishi mumkin. Bunda stajorning stajirovkaning tugash muddatida yigirma besh yoshdan kichik boʻlmasligi inobatga olinishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Notarial idoralarda stajorlar zaxirasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob beradigan shaxslar orasidan shakllantiriladi. Stajorlikka ishga qabul qilishda nomzodlar stajorlar zaxirasidan tanlab olinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 11-bandning “e” va “j” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“e) mehnat daftarchasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) avvalgi ish joyidan tavsifnoma.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“111. Stajorlikka qabul qilinadigan shaxs notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi lavozimida ishlagan boʻlsa, uning ushbu lavozimlarda oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etmaganligini aniqlash maqsadida tegishli idoralardan maʼlumotlar olinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Fuqaro stajorlikka qabul qilinishidan oldin adliya boshqarmasida suhbatdan oʻtadi. Suhbat adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Maxsus komissiya adliya boshqarmasining masʼul xodimlari, shu jumladan tajribali notariuslar orasidan 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maxsus komissiyaga adliya boshqarmasi boshligʻi rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbatda fuqaroning yurisprudensiya sohasidagi umumiy bilim darajasi hamda uning stajor boʻlishga layoqati mavjudligi aniqlanadi. Suhbat natijasi boʻyicha xulosa tuziladi va maxsus komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajorlikka qabul qilishda fuqaroning notariat sohasidagi tajribasi ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 13-banddagi “bilan dastlabki” degan soʻzlar “Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“25. Stajorning stajirovka oʻtash davrida amalga oshirgan ishlari hamda ish rejaning bajarilishi yuzasidan adliya boshqarmasi tomonidan har oyda bir marta monitoring olib boriladi. Monitoring natijalari yuzasidan maʼlumotnoma tuziladi va tegishli tavsiyalar beriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“27. Stajirovka davrida stajor notarial harakatlarning asosiy turlari boʻyicha har olti oy yakunida referat tayyorlaydi. Tayyorlangan referat stajirovka rahbari tomonidan tasdiqlanadi va mazkur Nizomning 281-bandida belgilangan sinov vaqtida maxsus komissiya oldida himoya qilinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagi mazmundagi 281 va 282-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“281. Stajorning notariatga taalluqli nazariy bilimlarni oʻzlashtirish darajasi va amaliy tayyorgarligini nazorat qilish maqsadida maxsus komissiya tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash muddatining birinchi yili birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi normalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash muddatining birinchi yili ikkinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash muddatining ikkinchi yili birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha notarial tasdiqlanadigan yoki shahodatlanadigan hujjatlar loyihalarini tuzish boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
282. Sinov natijalari yuzasidan stajorga tegishli tavsiyalar beriladi. Sinov natijalari yuzasidan stajirovka rahbarining faoliyatiga ham baho berilib, zarur hollarda tegishli choralar koʻrish uchun adliya boshqarmasi rahbariga taklif kiritiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“381. Stajirovka muddati tugagandan soʻng bir oylik muddat ichida stajorning malaka imtihonini topshirish uchun tegishli hujjatlarni topshirmaganligi stajirovkaning bekor boʻlishiga asos boʻladi, uzrli deb topilgan (kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabilar bilan bogʻliq) hollar bundan mustasno.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 566-modda)