Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 05.08.2013 yildagi 218-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.08.2013 yildagi 218-son
Date of entry into force
12.08.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda paxta xomashyosi hosildorligini va yetishtirish hajmlarini koʻpaytirishdan fermer xoʻjaliklarining manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2013-yil hosilidan boshlab Oʻzbekiston respublika tovar xomashyo birjasining ochiq birja savdolarida yem-xashak sotish boʻyicha tuman va viloyat birlashmalari tomonidan xarid qilingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi ular tomonidan birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun shartnoma hajmlaridan ortiq paxta xomashyosi yetkazib berishni taʼminlagan fermer xoʻjaliklariga sotilishi tartibi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tegishli moddiy balanslarni ishlab chiqishda 2013-yil hosilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun shartnoma hajmlaridan ortiq paxta xomashyosi yetkazib berishni taʼminlagan fermer xoʻjaliklariga moʻljallangan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini birja savdolari orqali sotish hajmlarini alohida satrda nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga ushbu qarorda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 5-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-avgustdagi 218-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom davlat ehtiyojlari uchun shartnoma hajmlaridan ortiq paxta xomashyosini yetkazib bergan fermer xoʻjaliklariga paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman va viloyat birlashmalari — paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini birja savdolaridan xarid qiluvchi va keyinchalik ularni fermer xoʻjaliklariga sotuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan shoxobchalar — tuman va viloyat birlashmalari tarkibidagi yem-xashak, shu jumladan omixta yem, shrot (kunjara) va sheluxani sotuvchi ixtisoslashtirilgan punktlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari — davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini kontraktatsiya shartnomalarida nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha topshirgan paxtachilik fermer xoʻjaliklari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Keyinchalik fermer xoʻjaliklariga sotish uchun paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini tuman va viloyat birlashmalariga sotish ochiq birja savdolari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tuman va viloyat birlashmalari ixtisoslashtirilgan shoxobchalar orqali ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi fermer xoʻjaliklariga sotilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fermer xoʻjaliklari ushbu Nizomga muvofiq oʻzlariga moʻljallangan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini umuman Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishidan qatʼi nazar sotib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini fermer xoʻjaliklariga sotish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi hajmlarini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Paxtani qayta ishlash korxonalari har yili 5-dekabrga qadar fermer xoʻjaliklari bilan birgalikda davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomalarida belgilangan hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan paxta xomashyosi hajmlari toʻgʻrisida solishtirma dalolatnomani tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tuzilgan solishtirma dalolatnomalar asosida paxtani qayta ishlash tashkiloti tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha fermer xoʻjaliklari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan paxta xomashyosi, shartnoma hajmlaridan ortiqcha paxta xomashyosi, shuningdek shartnoma hajmlaridan ortiqcha paxta xomashyosidan olingan texnik chigitlar hajmlari aks etgan fermer xoʻjaliklari reyestrini shakllantiradi va uni joriy yilning 10-dekabriga qadar tuman hokimligiga taqdim etadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik chigit chiqishi meʼyori qayta ishlangan paxta xomashyosi hajmining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tuman hokimliklari fermer xoʻjaliklari reyestri qabul qilib olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida mazkur reyestrni tasdiqlaydi va uni (hujjatning elektron versiyasi bilan birga) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining mintaqaviy paxta terminallari, viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda tuman hokimliklari tomonidan taqdim etilgan fermer xoʻjaliklari reyestrlarini umumlashtiradilar va tasdiqlaydilar hamda joriy yilning 15-dekabrigacha uni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJga (shu jumladan hujjatning elektron versiyasini) yuboradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzpaxtasanoat” AJ fermer xoʻjaliklari reyestri olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu reyestrni umumlashtiradi va yigʻma reyestrni “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasiga (shu jumladan hujjatning elektron versiyasini) yuboradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilgan fermer xoʻjaliklari reyestrlari asosida fermer xoʻjaliklariga sotish uchun ularga moʻljallangan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi hajmlarini ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha aniqlaydi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi meʼyori ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq aniqlangan texnik chigit hajmiga nisbatan tegishli ravishda 44,8 va 31,7 foiz miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi joriy yilning 25-dekabriga qadar:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi hajmlari, shuningdek yogʻ-moy tashkilotlari joylashuvi aks etgan tasdiqlangan fermer xoʻjaliklari reyestrini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi hajmlarining respublika mintaqalari boʻyicha hisob-kitoblarini kelgusi yil uchun paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini ishlab chiqarish va foydalanish balanslarini shakllantirishda hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini fermer xoʻjaliklariga sotish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan fermer xoʻjaliklari reyestrini uch ish kuni mobaynida viloyat va tuman birlashmalariga, shuningdek tuman hokimliklariga yuboradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tuman birlashmalari reyestr asosida oʻn ish kuni mobaynida fermer xoʻjaliklari bilan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish boʻyicha shartnomalar tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomalarni oʻz vaqtida tuzishni tashkil etish va ularning bajarilishi boʻyicha javobgarlik tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimlariga hamda tuman birlashmalariga yuklanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tuman va viloyat birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan fermer xoʻjaliklari reyestri asosida paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini ixtisoslashtirilgan shoxobchalar orqali naqd pulga yoki pul oʻtkazish yoʻli orqali fermer xoʻjaliklariga sotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomga muvofiq ixtisoslashtirilgan shoxobchalarning fermer xoʻjaliklariga paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish xarajatlari bilan bogʻliq ustamasi birja narxining 7 foizidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ixtisoslashtirilgan shoxobchalarning rahbarlari sotilgan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi hajmlarini maxsus daftarlarda roʻyxatga oladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan fermer xoʻjaliklari reyestri asosida ularni fermer xoʻjaliklariga sotish boʻyicha moddiy javobgar shaxslar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ushbu Nizom bajarilishi monitoringini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tuman birlashmalari rahbarlari fermer xoʻjaliklari boʻyicha sotilgan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 1 va 16-kunida viloyat birlashmalariga, shuningdek tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimiga hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Viloyat birlashmalari tuman birlashmalari boʻyicha sotilgan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 5-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga va “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar boʻyicha yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirgan fermer xoʻjaliklariga paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎_____________ tumani hokimi

_______________ ‎

________________________

(imzo, muhr) ‎ ‎

‎‎(F.I.O.) ‎ ‎

‎‎‎‎20____ y. “____” _______________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎_____________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) _____________ tumani boʻyicha davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha paxta xomashyosi yetkazib bergan fermer xoʻjaliklari
‎REESTRI

tonna‎

‎‏T/r
Fermer xoʻjaliklari nomi‎‏
‎‎Paxta xomashyosini yetkazib berish Kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha yetkazib berilgan paxta xomashyosi hajmi 4-ustun — 3-ustun) ‎‏ Shartnomadan ortiqcha yetkazib berilgan paxta xomashyosidan olingan texnik chigit hajmlari (5-ustun x 50/100) ‎‏
reja boʻyicha‎ amalda‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

___________________
Paxtani qayta ishlash tashkiloti direktori ‎

_____________ tumani
qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

_____________ tumani
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi ‎‎

________ ‎

_____________ ‎‎

________

_____________

_________‎

_____________‎

‎‎(imzo, muhr)

(F.I.O.)‎

(imzo, muhr)‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo, muhr) ‎‎‎

(F.I.O.)‎‎

20____ y. “____” ______________

20____ y. “____” ______________

20____ y. “____” _____________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎_____________viloyati hokimi

_______________ ‎

________________________

(imzo, muhr) ‎ ‎

‎‎(F.I.O.) ‎ ‎

‎‎‎‎20____ y. “____” _______________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_____________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) boʻyicha davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha paxta xomashyosi yetkazib bergan fermer xoʻjaliklari
‎REESTRI

tonna‎

‎‏T/r
Tuman va fermer xoʻjaliklari nomi ‎‎Paxta xomashyosini
‎yetkazib berish
Kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha yetkazib berilgan paxta xomashyosi hajmi (4-ustun – 3-ustun) Shartnomadan ortiqcha yetkazib berilgan paxta xomashyosidan olingan texnik chigit hajmlari (5-ustun x 50/100)
reja boʻyicha‎ amalda‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

‎‎____________ tumani

1.‎

___________ f/x ‎

2.‎

‎Tuman boʻyicha jami

X‎

X‎

‎‎____________ tumani

1.‎

___________ f/x ‎

2.‎

Tuman boʻyicha jami‎

‎X

‎X

Viloyat boʻyicha jami‎

X‎

X‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“Oʻzpaxtasanoat” AJ mintaqaviy paxta terminali direktori

___________________ viloyati
qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri)

___________________ viloyati
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

________ ‎

_____________ ‎‎

________

_____________

_________‎

_____________‎

‎‎(imzo, muhr)

(F.I.O.)‎

(imzo, muhr)‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo, muhr) ‎‎‎

(F.I.O.)‎‎

20____ y. “____” ______________

20____ y. “____” ______________

20____ y. “____” _____________

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎“TASDIQLAYMAN”

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi raisi

_______________ ‎

________________________

(imzo, muhr) ‎ ‎

‎‎(F.I.O.) ‎ ‎

‎‎‎‎20____ y. “____” _______________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎____________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) fermer xoʻjaliklariga sotish uchun moʻljallangan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi
‎ HAJMLARI

T/r‎

Tuman va fermer xoʻjaliklari nomi‎

Paxta shroti (kunjara)
‎ hajmlari, tn.‎
‎‎ (2-ilovaning
‎6-ustuni x 44,8/100)‎

Paxta chigiti sheluxasi
‎hajmlari, tn.
‎ (2-ilovaning 6-ustuni‎ x 31,7/100) ‎

Biriktirilgan
‎yogʻ-moy tashkilotlarining
‎ nomi ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎____________________ tumani

1.‎ ________________________f/x‎
2.‎

Tuman boʻyicha jami‎

‎‎____________________ tumani

1.‎ ________________________f/x‎
2.‎

Tuman boʻyicha jami‎ ‎

Viloyat boʻyicha jami‎

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 429-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)