Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2017 22.10.2012 yildagi PF-4478-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 22.10.2012 yildagi PF-4478-son
Date of entry into force
22.10.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

O‘ZBEKISTONDA FERMERLIK FAOLIYATINI TAShKIL QILIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh VA UNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-sonli “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillari mobaynida qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlar bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fermerlikni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligi uchun mustahkam huquqiy asoslar va kafolatlarni yaratib beruvchi Er kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xo‘jaliklarining yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan yanada oqilona foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib borishini, fermer xo‘jaliklari samaradorligi va rentabelligi o‘sishini ta’minlash imkonini beradigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yer maydonlarini maqbullashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Qishloqda fermer xo‘jaliklariga barcha zarur xizmatlarni ko‘rsatayotgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo‘jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim omili va asosi bo‘ldi, buning natijasida yerga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga haqiqiy egalik tuyg‘usi mustahkamlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga hamda agrar sohani va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlarni hamda ishlab chiqarishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi navbatda gap fermer xo‘jaliklarini yanada takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yer-suv resurslaridan va yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishda, qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirishda, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish to‘g‘risida bormoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni e’tirof etish kerakki, hozir amalda bo‘lgan fermerlik harakatini tashkil qilish va boshqarish tizimi, xususan, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyati qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini isloh qilish va uning mahsuldorligini oshirish jarayonlariga hamda fermerlik oldida turgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishga sust ta’sir o‘tkazmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi sharoitda fermerlik harakati oldida turgan jamiyatni demokratlashtirishni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va liberallashtirish, mamlakat agrar sektorini barqaror va samarali rivojlantirishning, aholi farovonligini oshirishning eng muhim bo‘g‘ini sifatida fermer xo‘jaliklarining roli va ahamiyatini oshirish vazifalarining fermerlik harakati tomonidan ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining g‘oyat muhim vazifalari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil qilishning yetakchi bo‘g‘ini va shakli sifatida fermer xo‘jaliklarining huquqlari, manfaatlari himoya qilinishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermerlikni tashkiliy jihatdan mustahkamlash, fermer xo‘jaliklarining o‘zini o‘zi boshqarish ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, fermerlarning yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jalik xomashyosini kompleks qayta ishlash, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmat ko‘rsatish sohalarini tashkil qilish hamda rivojlantirish hisobiga mexanizatsiyalash darajasi va rentabellikni oshirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan fermerlikni rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan Dasturni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli respublika va hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning amalga oshirilishini har oyda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitishni nazarda tutgan holda, Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalarning rahbarlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi borasida shaxsan javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari uyushmasi konferensiyasining uni belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi qaroriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq bo‘lgan O‘zbekiston Fermerlari kengashini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarning fermerlar kengashlarini (keyingi o‘rinlarda – fermerlar kengashlari) tashkil qilish to‘g‘risidagi tashabbusiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlarining eng muhim vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermerlikni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash hamda ularning mulkiy munosabatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar ko‘rib chiqilayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda oshkoralik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini ta’minlash maqsadida jamoat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda tomchilatib sug‘orishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo‘yicha konsalting markazlari tarmog‘ini, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirishga ko‘maklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fermerlar kengashlariga fermer xo‘jaliklari manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizalarini taqdim etish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizliklari) ustidan sudga davlat boji to‘lamasdan shikoyat qilish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklariga yer maydonlarini berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyalari tarkibiga tegishli tuman fermerlar kengashlarining raislari kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermerlarning tegishli kengashlari fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati masalalariga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda boshqa qarorlar loyihalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqishda faol qatnashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Fermerlari kengashi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy va tuman fermerlar kengashlari kotibiyatlarining namunaviy tuzilmalari 4 va 4a-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda fermerlar kengashlarining tumanlar, hududiy tashkiliy yig‘ilishlarini hamda respublika Konferensiyasini o‘tkazishda, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, hududiy va tumanlar fermerlar kengashlarining nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlashda ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlarining kotibiyatlarini joylashtirish uchun zarur xonalar ajratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus respublika komissiyasining Fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tugatilayotgan Fermer xo‘jaliklari uyushmasi qarzini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari tomonidan jalb etilgan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarzlarni tugatilayotgan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtirilgan Jamg‘armaning qolgan mablag‘lari Jamg‘arma oldidagi boshqa banklar qarzlarini “Agrobank” ATBga qayta rasmiylashtirish orqali “Agrobank” ATB ustav kapitalini to‘ldirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan davlatning hissasini oshirish hisobiga yo‘naltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Fermerlari kengashi Toshkent shahri, Ravnaq ko‘chasi, 1a-uydagi tugatilayotgan O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasining binolari va inshootlarini uning balansiga, bepul asosda, tasarruf qilish huquqisiz o‘tkazib berish bilan joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 22-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4478-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga
2-ILOVA

O‘zbekiston Fermerlari kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga
3-ILOVA

O‘zbekiston Fermerlari ijro etuvchi apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 11 kishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: O‘zbekiston Fermerlari kengashining Raisi va ijro etuvchi apparat xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga
4-ILOVA

Hududiy Fermerlar kengashi kotibiyatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga
4a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman Fermerlar kengashi kotibiyatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 3 kishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: tuman Fermerlar kengashi raisi va kotibiyat xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shtat jadvaliga muvofiq, amalga oshiriladi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 43-son, 493-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda)