10.11.1998 yildagi PF-2107-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.11.1998 yildagi PF-2107-son
Date of entry into force
10.11.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh TIZIMINI ISLOH QILISh DAVLAT DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, shuningdek, tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, sogʻlom avlodni tarbiyalash, sogʻliqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq holga keltirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-iyundagi F-856-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini 1998—2005-yillarda isloh qilishning quyidagi tarkibdagi Davlat dasturi maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998—2005-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi, 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bepul tibbiy yordam koʻrsatadigan va budjetdan moliyalanishi lozim boʻlgan davolash-profilaktika muassasalari roʻyxati, 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosqichma-bosqich pulli tibbiy xizmatlarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan davolash-profilaktika muassasalari roʻyxati, 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001—2005-yillarda qishloq vrachlik punktlari tarmogʻini rivojlantirish dasturi, 4-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shifokor kadrlar va oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlashga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojlar, 5-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999—2005-yillarda tibbiyot bilim yurtlarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish dasturlari, 6-ilovaga* muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 6 ilovalar rus tilida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining tibbiyot-sanitariya qismi, Toshkent shahar tez Tibbiy yordam stansiyasi, respublika va Toshkent viloyat sanitariya aviatsiyasi negizida 7-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazini mintaqaviy filiallari bilan tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4985-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan —OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 1998-yilga belgilangan xodimlar soni va ajratilgan mablagʻlar doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda uning Nukus shahri va viloyat markazlaridagi filiallarining ishlashi bilan bogʻliq tashkiliy, texnikaviy, moliyaviy hamda boshqa masalalarni hal qilsinlar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning joylardagi filiallari yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi shu yilning 20-dekabriga qadar kasallik turlarini va bemorlarni davolab, salomatligini tiklashni hisobga olgan holda ularning shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida boʻlishining cheklangan muddatlarini ishlab chiqib, joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nodavlat davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan, aholiga pulli tibbiy xizmat koʻrsatuvchi xususiy davolash-profilaktika muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxatga muvofiq imtiyozga ega bemorlarga 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat koʻrsatishlari hamda bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalanishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999—2000 oʻquv yilidan boshlab, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining davolash fakultetlari huzurida oʻrta tibbiy maʼlumot negizida oʻqitish muddati 3 yil boʻlgan oliy malakali tibbiyot hamshiralari (reanimatologlar, anestezistlar, jarrohlik hamshiralari, tugʻuruqxona akusherkalari va boshqalar)ni tayyorlash boʻlimlarini ochsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 1999-yilning 1-mayiga qadar mazkur boʻlimlarda oliy malakali tibbiyot hamshiralarini tayyorlash boʻyicha abituriyentlarni qabul qilish qoidalari va davlat taʼlim andozalari toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqib, ularni Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshiruvchi Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999—2000 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalarning soni 1:6 nisbatida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 1998—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishga doir asosiy chora-tadbirlar 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 10-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika Komissiyasi (bundan buyon Respublika komissiyasi deb yuritiladi) 11–ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 11-ilova rus tilida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni amalga oshirish bilan aloqador vazirliklar, idoralar, muassasalarning, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturi talablariga muvofiq sogʻliqni saqlash tizimining amaldagi huquqiy va meʼyoriy asoslarini qayta koʻrib chiqish hamda ularning yangilarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar, xorijiy sarmoyadorlar, jamgʻarmalar jamoat tashkilotlarining mablagʻlarini sogʻliqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturi bajarilishining muntazam monitoringini tashkil etib, Vazirlar Mahkamasiga yilning har choragida hisobot taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi zarur hollarda tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish, sogʻliqni saqlash sohasini moliyalashni tubdan oʻzgartirish, tibbiyot muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish, sogʻliqni saqlash tizimining nodavlat sektorini va xususiy Davolashni rivojlantirish boʻyicha qonun hujjatlari loyihalarini, meʼyoriy-uslubiy hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali mahalliy va xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhlarini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari bilan birga respublikaning har yili ishlab chiqiladigan investitsiya dasturlarida qishloq vrachlik punktlari tarmogʻini rivojlantirishga ajratiladigan mablagʻlarning limitlarini koʻzda tutsinlar.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi bilan birga 1999-yilning 1-iyuliga qadar qishloq va mahalla (shahar) vrachlik punktlari tarmogʻini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqib, qabul qilsinlar.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, respublika va mahalliy budjetlarning mablagʻlari, shu jumladan, bosqichma-bosqich pulli tibbiy xizmatga oʻtilishi munosabati bilan tibbiyot muassasalari xarajatlaridan tejab qolingan mablagʻlar, korxonalar va tashkilotlarning, homiylarning, bevosita xorijiy sarmoyadorlarning mablagʻlari qishloq vrachlik punktlarini rivojlantirish dasturini moliyalashning asosiy manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparatida davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan oʻrinli foydalanilishini nazorat qilish Bosh boshqarmasi 9 kishidan iborat tarkibda tashkil etilsin. Aholiga tibbiy yordamni tashkil etish, sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish bilan band boʻlgan boʻlinmalar joriy yil uchun belgilangan xodimlar soni va mablagʻlar doirasida mustahkamlansin, ularning zimmasiga xususiy sogʻliqni saqlash tizimining tashkil etilishini nazorat qilish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi 1999-yilning 1-yanvariga qadar Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturining amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan Respublika komissiyasi bilan kelishilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, qabul qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini moliyaviy taʼminlash, shu maqsadda xorijiy sarmoyalarni jalb etish va jalb etiladigan xorijiy kreditlarga belgilangan tartibda kafolatlar berish uchun javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sogʻliqni saqlash nodavlat sektorini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xususiy davolash-profilaktika muassasalarini barpo etish uchun yer maydonlari ajratilishini hamda odam yashashi uchun moʻljallanmagan binolar sotilishini taʼminlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mikrokreditbank” ATBga” yangi tashkil etilayotgan xususiy tibbiyot muassasalarini moliyalash uchun belgilangan tartibda kredit liniyalari ochish tavsiya qilinsin;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash obyektlarini boʻlgʻusi mulkdorlar uzoq muddatli ijaraga olib, keyinchalik pulli tibbiy xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobiga ularni xususiy mulk qilib sotib olishi tarzida davlat tasarrufidan chiqarish tajribasi kengaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Shifokorlar uyushmasi bir oy muddatda respublikada “Ibn Sino” Xalqaro jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2107-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 204-modda; 2000-y., 4-son, 116-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 104-modda; 2006-y., 27-son, 246-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2017-y., 11-son, 152-modda; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)