Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2021 30.05.2013 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.05.2013 yildagi 150-son
Date of entry into force
10.06.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2021
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-sonli “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmonini bajarish yuzasidan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, binolar va inshootlarni qurish uchun dastlabki-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashda ruxsat beruvchi tartibotlar muddatlari va qiymatini qisqartirish, shaharsozlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 30-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmoniga muvofiq qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berishda, shu jumladan dastlabki-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashda tartibotlarni amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda qurilayotgan obyektlarni ularning oʻlchamlari va tavsiflari boʻyicha toifalashtirishni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Obyektlarni murakkablik toifalariga koʻra klassifikatsiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha obyektlarning murakkabligi toifalari klassifikatoriga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-maydagi 166-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish muddatlari va qiymati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tuman (shahar) foydalanish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan texnik shartlar asosida tuman (shahar) qurilish boʻlimi (boshqarmasi) shartnoma asosida arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Obyektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish muddatlari va qiymati Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 4-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishda murakkablik toifasiga, bajarilayotgan ishlarning koʻp mehnat talab qilishiga va xususiyatiga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 5-ilovasiga muvofiq tuzatish koeffitsiyentlari (oshiruvchi yoki pasaytiruvchi) qoʻllanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanganda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari quyidagilar tomonidan davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murakkablikning I-III toifalaridagi obyektlarning loyihaoldi (DTIH, DTIA, TIH, TIA bosqichlari) hujjatlari va shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekonstruksiya (restavratsiya) qilinayotgan moddiy madaniy meros obyektlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan ishlab chiqilayotgan eksperimental va ommaviy tarzda qoʻllanadigan namunaviy (bazaviy) loyihalar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining davlat ekspertizasi hududiy filiallari (keyingi oʻrinlarda filiallar deb ataladi) tomonidan — murakkablikning I-II toifalaridagi obyektlarning shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) hujjatlari boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda filiallar tegishli asoslashlar mavjud boʻlganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining topshirigʻiga (ruxsatiga) koʻra murakkablikning III toifasidagi obyektlarning, shuningdek respublikaning boshqa mintaqalarida joylashgan obyektlarning loyihaoldi (DTIH, DTIA, TIH, TIA bosqichlari) va shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan yoxud tomonlarning kelishuviga koʻra — hujjatlarni ishlab chiqqan loyihalash tashkiloti tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar, shuningdek qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan va boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladigan, lekin Investitsiya dasturiga kiritilmagan obyektlarning loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Boshqa obyektlarning loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarining boshqa boʻlimlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasi” Davlat unitar korxonasidan hamda uning hududiy filiallari xarajatlari doirasida belgilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarning shaharsozlik hujjatlari boʻyicha yongʻinga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan ekspert xulosalarni koʻrib chiqish va tayyorlash belgilangan tartibda hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan yetti kun muddatda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni murakkablik toifalari boʻyicha klassifikatsiyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-maydagi 166-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan, shuningdek qurilishi markazlashtirilgan va moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladigan Investitsiya dasturiga kiritilmagan obyektlarning loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish qiymati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Reperlarning

t/r

LQIni ishlab chiqish qiymati, mln soʻm

Ekspert ishlari qiymatini aniqlash uchun koeffitsiyentlar, LQI qiymatiga nisbatan foizlarda (%)

Murakkablik toifasi

I

II

III

0

0,7 gacha

27,00

-

-

1

1,4

21,60

-

-

2

4,2

12,15

13,48

-

3

7,0

10,13

11,24

-

4

12,6

7,57

8,40

9,32

5

18,2

6,22

6,90

7,65

6

23,8

5,41

6,00

6,66

7

29,4

4,47

4,96

5,50

8

35,0

4,34

4,81

5,33

9

40,6

3,94

4,37

4,85

10

57,4

3,26

3,61

4,00

11

70,0

2,99

3,28

3,64

12

105,0

2,31

2,56

2,94

13

140,0

1,96

2,17

2,40

14

210,0

1,58

1,75

1,94

15

280,0

1,38

1,53

1,69

16

420,0

1,10

1,22

1,35

17

630,0

0,94

1,04

1,15

18

840,0

0,82

0,91

1,01

19

1064,0

0,71

0,78

0,86

20

1260,0

0,62

0,68

0,75

21

1540,0

0,57

0,63

0,69

22

1820,0

0,53

0,58

0,64

23

2100,0

0,49

0,54

0,59

24

2380,0

0,47

0,52

0,57

25

2700,0 va undan yuqori

0,46

0,51

0,56

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishning oraliq koʻrsatkichlarga ega boʻlgan qiymati interpolatsiya yoʻli bilan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) yangidan ishlab chiqilayotgan namunaviy (bazaviy) loyihalarni ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov miqdori 1,2 koeffitsiyentini qoʻllagan holda aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) alohida masalalar (ishlarning alohida turlari kalkulatsiyasi, mashina va mexanizmlarga xarajatlar, pudrat tashkilotining boshqa xarajatlari va shu kabilar boʻyicha ekspertiza qiymatining hisob-kitobi (ekspertizaning haqiqiy mehnat talab qiluvchanligini va ekspert tashkilotning amaldagi xarajatlarini hisobga olgan holda) bevosita mehnat sarflarini hisoblab chiqish usuli bilan amalga oshiriladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-maydagi 166-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 301-modda; 2013-y., 38-son, 491-modda; 2014-y., 46-son, 551-modda; 2016-y., 10-son, 98-modda; 21-son, 233-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son; 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)