13.09.2012 yildagi 269-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 13.09.2012 yildagi 269-son
Date of entry into force
13.09.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OILAVIY KORXONA TOMONIDAN FOYDALANISHGA YOʻL QOʻYILMAYDIGAN MODDALAR, MATERIALLAR VA ASBOB-USKUNALAR ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda 2012-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatning oilaviy korxonalarga yetkazilishini va ular tomonidan unga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, boshqa vakolatli davlat organlari oilaviy korxonalarga faoliyatning ayrim turlariga litsenziyalarni, shuningdek ishlarning baʼzi turlariga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatga qatʼiy amal qilsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek “Mahalla” fondi bilan birgalikda, oilaviy korxonalar faoliyati tahlilini hisobga olgan holda, zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatni kengaytirish yoki undan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarni chiqarish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 13-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
269-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 430-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)