Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2020 25.04.1996 yildagi 220-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.04.1996 yildagi 220-I-son
Date of entry into force
01.06.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi O‘RQ-604-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Erkin iqtisodiy zona tushunchasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona — mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo‘jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Erkin iqtisodiy zona maqomini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonaning maqomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonaning maqomini tugatish to‘g‘risidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Erkin iqtisodiy zonalarning turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin savdo zonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin ishlab chiqarish zonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Erkin savdo zonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rash-joylash, saralash, saqlash zonalarini o‘z ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yo‘l uzellarida yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Erkin ishlab chiqarish zonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin ishlab chiqarish zonalari — tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xo‘jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o‘z ichiga oladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo‘lib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o‘rnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari—texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning o‘rni, shuningdek boy berilgan foyda hamda yetkazilgan ma’naviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni ta’minlashni, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy rag‘batlantirish choralarini o‘z ichiga oladi.
(10-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy ta’minlash zonaning o‘z resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablag‘lar jalb etish, shu jumladan xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. ERKIN IQTISODIY ZONALARNING HUQUQIY TARTIBOTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Huquqiy tartibotning o‘ziga xos jihatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonalarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek fuqarolar kirishi, chiqishi va bu yerda bo‘lishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga va zonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot o‘rnatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yo‘li bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Alohida bojxona tartiboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida bojxona tartiboti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona tartibotini O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlari ta’minlaydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida bojxona tartiboti erkin iqtisodiy zona hududi orqali tovarlarni tranzit olib o‘tishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Alohida valyuta tartiboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida valyuta tartiboti milliy va chet el valyutalarining erkin muomalada bo‘lishi hamda ayirboshlanishini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida valyuta tartibotining amal qilish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanadi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Mehnat resurslari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun eng avvalo mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham jalb etilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonaga mehnat resurslarini jalb etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa shartnomalari va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ahvolini qonun hujjatlarida, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi ham qatnashchisi bo‘lgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Erkin iqtisodiy zonaning budjeti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona mustaqil budjetga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonani shakllantirish bosqichida kreditlar berish yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablag‘lar jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonaning budjeti erkin iqtisodiy zonaning Ma’muriy kengashi (bundan buyon matnda Ma’muriy kengash deb yuritiladi) foydalanishi va boshqaruvida bo‘lgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Erkin iqtisodiy zonaga kirish, erkin iqtisodiy zonadan chiqish va uning hududida bo‘lish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonaga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda bo‘lishining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Sug‘urta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona qatnashchilarining investitsiyalari va tavakkalchiligini sug‘urta qilish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sug‘urta himoyasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlanadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. ERKIN IQTISODIY ZONANI BOShQARISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Erkin iqtisodiy zonaning boshqaruv organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyati Ma’muriy kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona direksiyasi (bundan buyon matnda direksiya deb yuritiladi) erkin iqtisodiy zonaning operativ boshqaruv organidir.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Erkin iqtisodiy zonaning Ma’muriy kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy kengash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy kengashga rais boshchilik qiladi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) chegarasiga to‘g‘ri kelgan taqdirda, Ma’muriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Erkin iqtisodiy zona Ma’muriy kengashining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonaga investitsiyalarni jalb etish uchun qo‘shimcha shartlar belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonaning har yilgi budjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy kengashning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari erkin iqtisodiy zona hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) ijro etishi uchun majburiydir.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Erkin iqtisodiy zonada davlat mulki huquqining o‘ziga xos jihatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona chegaralarida joylashgan davlat mulki obyektlari (er, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasidagi qaroriga ko‘ra operativ boshqarish yoki xo‘jalik yuritish huquqi asosida Ma’muriy kengashga topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Ma’muriy kengashga topshirilgan yer, suv, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar va obyektlardan oqilona foydalanilishi hamda ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
(23-moddaning birinchi va ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib sotish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Erkin iqtisodiy zona direksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya yuridik shaxs bo‘lib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida huquqiy tartibotning amal qilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy shaxslarning) ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarining but saqlanishi uchun javobgar bo‘ladi.
(24-moddasining ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya yuridik va jismoniy shaxslarning operativ xo‘jalik, moliyaviy faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyati qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada ro‘yxatdan o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, direksiya erkin iqtisodiy zona hududida yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish hamda unga berilgan guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishga haqli.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonada ishlab turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdirda, mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan xodimda qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlar saqlanib qoladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonalar sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 25-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)