Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 27.01.2009 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.01.2009 yildagi 21-son
Date of entry into force
27.01.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Doʻstlik” agrofirmasining 205 — 216, 381a — 388, 404 — 470 konturlardagi 500 gektar boʻlgan maydonda hamda Navoiy shahri, S. Ayniy koʻchasidagi umumiy yer maydoni 81,4 gektar boʻlgan 27 va 69-uy manzillarida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/629/1635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Boshqaruv xodimlarining dastlabki soni 5 nafar boʻlgan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi Direksiyasi tashkil etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi toʻgʻrisidagi nizomning amal qilishi samaradorligi yuzasidan monitoring olib borsinlar hamda zarur boʻlganda “Navoiy” EIZ hududida xoʻjalik faoliyati yuritish amaliyotini hisobga olgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida tezkorlik bilan takliflar kiritsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Navoiy” EIZ direksiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladigan yuridik shaxs hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIZning Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjetining bir qismi, xarajatlar smetasi doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIZ xoʻjalik faoliyati qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi va “Navoiy” EIZning qatnashchilari boʻlmagan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar bilan “Navoiy” EIZ hududiga investitsiya kiritish, “Navoiy” EIZ hududida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan yer uchastkalari ijarasi yuzasidan shartnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi, natijalarini keyinchalik Maʼmuriy kengashga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Navoiy” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasining (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIZ direksiyasi deb ataladi) muassisi etib belgilansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda — “Navoiy” EIIZ direksiyasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini, uning shtatlar jadvalini hamda “Navoiy” EIIZ direksiyasini yuqori malakali rahbar kadrlar va mutaxassislar bilan taʼminlash yuzasidan takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda — Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda “Navoiy” EIIZ direksiyasining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini hamda xorijiy va milliy valyutada bank hisob raqamlari ochilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Navoiy” EIIZ direksiyasining ustav fondini respublika budjetidan moliyalashtiriladigan 2008-yilgi Investitsiya dasturi boʻyicha tejalgan 4,89 mlrd soʻm miqdorida shakllantirsin, ularni maqsadli ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIIZ direksiyasi hududi atrofini perimetr boʻyicha xalqaro normalarga muvofiq toʻsiq bilan oʻrashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi muhandislik kommunikatsiyalari, shu jumladan suv taʼminoti, gaz taʼminoti, elektr taʼminoti va kanalizatsiya kommunikatsiyalari keltirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasida “Navoiy” EIIZ direksiyasi taʼminotiga yoʻnaltirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan belgilangan tartibda sarflangan budjet mablagʻlarini qoplashga yoʻnaltiriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
E-40 trassasidan “Navoiy” EIZ hududigacha (2,2 km) toʻrt polosali avtomobil yoʻli qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIZ tashqi energiya taʼminoti obyektlari qurilishi “Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — toʻsiqlar va “Navoiy” EIIZ hududigacha muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha buyurtmachi etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Zarafshon qurilish boshqarmasi — “Navoiy” EIIZ hududi atrofiga toʻsiqlar qurilishi boʻyicha bosh pudrat tashkiloti etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzshaharsozlikLITI” OAJ — “Navoiy” EIIZ, toʻsiqlar, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari bosh rejasini hamda zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalashtiruvchi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga, “OʻzshaharsozlikLITI” OAJga va Zarafshon qurilish boshqarmasiga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni va qurilish-montaj ishlarini bir paytda amalga oshirishga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIIZ hududi atrofiga toʻsiqlar qurilishi boʻyicha 2009-yil 1-martgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha 2009-yil 1-iyulgacha ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va ishlab chiqilishi ustidan arxitektura-ekspert kuzatuvini hamda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Navoiy viloyati hokimligi “Navoiy” EIIZ hududida maʼmuriy bino foydalanishga topshirilgungacha boʻlgan davr uchun “Navoiy” EIIZ direksiyasini Navoiy shahrida xizmat binolari bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 27-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 40-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda, 15-son, 252-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son, 08.08.2018-y., 09/18/629/1635-son)