26.10.2016 yildagi PF-4853-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.10.2016 yildagi PF-4853-son
Date of entry into force
28.10.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb atash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari (keyingi o‘rinda — erkin iqtisodiy zonalar) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo‘llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga bosqichma-bosqich o‘tish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bo‘lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda alohida soliqlar, shuningdek, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qo‘yilsinki, Farmonning 3-bandida ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3 yil muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5 yil muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 7 yil muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 million AQSH dollari va undan yuqori — 10 yil muddatga beriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6 va 7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari va uyushmalar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashi to‘g‘risidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kengaytirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini va ushbu zonalarni rivojlantirishning boshqa masalalariga taalluqli aniq tadbirlar ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiquvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 26-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4853-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 43-son, 498-modda; 2017-y., 3-son, 40-modda; 23-son, 448-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 16.05.2019-y., 06/19/5719/3136-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)