02.08.2012 yildagi PF-4459-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.08.2012 yildagi PF-4459-son
Date of entry into force
02.08.2012
Hujjat 02.08.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUD TIZIMI XODIMLARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILIShNI TUBDAN YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun va qonunchilik ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan, davlat hokimiyatining gʻoyat muhim tarmogʻi boʻlgan sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich demokratlashtirish va erkinlashtirish huquqiy davlatni shakllantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan uzoq muddatli va izchil islohotlar dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtgan yillar mobaynida qabul qilingan qonunlar, xususan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, hokimiyat tarmoqlarining boʻlinishi konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, uni oʻtmishdagi qatagʻon va jazolash qurolidan qonun himoyasida turadigan chinakam mustaqil institutga aylantirish borasida miqyosi va koʻlamiga koʻra ulkan ishlar olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishning zamonaviy demokratik tamoyillarga asoslangan tizimi yaratildi, bunda asosan jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi muhim rol oʻynaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, rivojlangan demokratik davlatlarning tajribasi va sud-huquq tizimini isloh qilish boʻyicha oʻtgan davr davomidagi ishlarning tanqidiy tahlili shundan dalolat beradiki, sud organlarining davlat boshqaruvidagi roli va ahamiyati yanada oshirilishini taʼminlamasdan, ularning vakolatlari va mustaqilligini kuchaytirmasdan turib mamlakatni siyosiy hamda iqtisodiy yangilash va modernizatsiya qilishda muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni shu boisdan 2010-yilning 12-noyabrida qabul qilingan oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan Mamlakatimizda Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida zikr etilgan muammolarni hal etishga, shu jumladan, sud ishlarini mustaqil yuritish va sud organlari xodimlarining ijtimoiy maqomini muhofaza qilish uchun zarur huquqiy va sotsial kafolatlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2012-yilning 1-avgustidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiyaviy sud, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari sudyalarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnat haqi razryadlari 1 — 4-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiyaviy sud, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari sudyalari hamda mazkur sud idoralarining mansab darajasiga ega boʻlgan xodimlarining alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga oylik ustama haq miqdori 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiyaviy sud, umumiy yurisdiksiya sudlari va xoʻjalik sudlarining sudyalari xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oladigan daromadlari jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq toʻlovidan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarga imtiyozli shartlar asosida uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishni, shuningdek turar joylar ijarasi uchun har oyda pul kompensatsiyasi toʻlab borishni nazarda tutadigan tartibni tasdiqlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi bilan kelishilgan holda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarning tarkibiy tuzilmasida axborotlashtirish masalalari boʻyicha alohida boʻlinmalar tashkil qilish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar sudyalarining mavjud ish yuklamasini, tumanlararo sudlarning oʻzlariga biriktirilgan hududlarga nisbatan qanchalik olisda joylashganini oʻrganib chiqsin hamda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tizimini optimallashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin. Bunda sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslarning tegishli ravishda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudida majburiy tayyorgarlik va stajirovka oʻtashlari nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda yuridik taʼlimni yanada takomillashtirish va huquqshunoslik fanini rivojlantirish, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini koʻrib chiqish uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchisi B.A.Kokanbayev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 2-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4459-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 355-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5482/1506-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)