Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 13.06.2012 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.06.2012 yildagi 171-son
Date of entry into force
13.06.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Hujjat 13.06.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari boʻyicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qarorini bajarish yuzasidan, Bolalar uylari faoliyatini takomillashtirish, yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni, psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirish hamda tibbiy-ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish, ularni tarbiyalash, jamiyatga integratsiyalash, ularga taʼlim berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalar uylari toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar uylarining amaldagi shtat normativlarini qayta koʻrib chiqsin, ularda tarbiyalanuvchi bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish ishlari uchun xodimlarni, shuningdek pedagog va xizmat koʻrsatuvchi kichik xodimlar yuklamasining amaldagi hisoblangan normalari kamaytirilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Bolalar uylarining koʻrsatib oʻtilgan xodimlari sonining koʻpaytirilishi munosabati bilan budjetning qoʻshimcha xarajatlari sogʻliqni saqlash muassasalarining tarmogʻi va oʻrinlar fondini maqbullashtirish hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Bolalar uylari tarbiyalanuvchi bolalarini tarbiyalash, taʼlim berish, psixologik va intellektual rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini hisobga olgan holda pedagoglar hamda tarbiyachilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini muntazam ravishda amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Bolalar uylarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va ularda tarbiyalanuvchi bolalarga yordam berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrsin, shuningdek Bolalar uylari faoliyati yuzasidan muntazam nazoratni taʼminlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 13-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarini tashkil etish va ularning faoliyati, shuningdek ularda yetim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy, psixologik-pedagogik yordam berish va taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bolalar uyi yetim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar (keyingi oʻrinlarda tarbiyalanuvchilar deb ataladi) uchun davlat taʼlim-tarbiya va davolash-sogʻlomlashtirish muassasasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bolalar uyi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek ushbu Nizomga va oʻz Ustaviga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bolalar uyi qonun hujjatlariga muvofiq tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik faoliyatni takomillashtirish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bolalar uyi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Bolalar uyini tugatishda tarbiyalanuvchilarni boshqa tegishli muassasalarga oʻtkazish taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bolalar uyi davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi va yuridik shaxs sifatida tegishli tuman hokimligida roʻyxatdan oʻtkaziladi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmasida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bolalar uyi ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy ustav asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bolalar uyi quyidagi tiplarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bolalar 3 yoshgacha boʻladigan umumiy tipdagi Bolalar uyi. Zaruriyat boʻlganda ushbu muassasalarda 4 yoshgacha qabul qilinadigan, ular 7 yoshgacha boʻlishi mumkin boʻlgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4 yoshgacha qabul qilinadigan, ular bu yerda 7 yoshgacha boʻlishi mumkin boʻlgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi Bolalar uyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bolalar uyining tipi va oʻrinlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Bolalar uyi kecha-kunduz faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bolalar uyi faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Bolalar uylarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Bolalar uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni tibbiy yordam bilan taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish, ularni kamol toptirish va qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni toʻlaqonli psixologik reabilitatsiya qilishga, ijtimoiy moslashishga va jamiyatga integratsiyalashga koʻmaklashadigan uy sharoitiga yaqinlashtirilgan shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni psixologik, intellektual va jismoniy kamol toptirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni dispanserizatsiyalash, profilaktika, davolash va sogʻlomlashtirishni, psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun korreksiya-tiklash tadbirlarini, tarbiyalanuvchilarni tibbiy-psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilishni oʻz ichiga oladigan davolash-sogʻlomlashtirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolash-sogʻlomlashtirish, taʼlim-tarbiya va, zaruriyat boʻlganda, korreksiya-rivojlantirish jarayoni sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur tarzdagi sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimlarni taʼminlash, infeksiyalar paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Bolalarni Bolalar uyiga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalari vafot etgan, ota-onalar ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan, ota-onalarning ota-ona huquqlari vaqtincha cheklangan, ota-onalar huquqiy layoqatsiz deb eʼtirof etilgan, ota-onalar kasal boʻlgan, ota-onalar uzoq vaqt (6 oydan ortiq) boʻlmagan, shu jumladan ota-onalar oʻz bolalarini tibbiyot muassasalaridan olishni rad etgan hollarda, shuningdek ota-ona qarovi mavjud boʻlmagan boshqa hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashlandiq (topilgan) bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoldirib ketilgan bolalar (tugʻruq muassasasidagi yoki statsionardagi hamda tekshirish va davolashning toʻliq kursidan oʻtgan, biroq uzrli sabablarsiz uch kun muddatda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan olinmagan bolalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish imkoni yoʻqligi tufayli doimiy ravishda yakka tartibda parvarish qilishga muhtoj psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar ota-onalar roziligi bilan va ota-onalari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjat boʻyicha kam taʼminlangan oilalarning bolalari, shuningdek faqat ota-onasining biriga (ona yoki otaga) ega boʻlgan bolalar tuman (shahar) hokimining qarori boʻyicha, bolaning bu yerda boʻlishi muddatini uzaytirish keyinchalik qayta koʻrib chiqilgan holda 1 yilgacha muddat bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bolalar uyiga bolalar yangi tugʻilgan paytdan boshlab qabul qilinadi va 3 yoshgacha tarbiyalanadi, bolada psixofizik rivojlanish buzilishi mavjud boʻlgan hollarda esa – 4 yoshgacha tarbiyalanadi, tuman (shahar) hokimining belgilangan tartibdagi qarori asosida bu yerda ularga 7 yoshgacha boʻlish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilishga vaqtinchalik monelik hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teri va sochning yuqumli kasalliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkir, shu jumladan virusli yuqumli kasalliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy asab tizimining oʻtkir kasalliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teri-tanosil kasalliklari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan kasalliklarga chalingan bolalar statsionar davolanish uchun hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuborilishi zarur va davolanish tugallangandan keyin Bolalar uyiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bolalar uyiga yuboriladigan bola uchun vasiylik va homiylik organi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tashlandiq (topilgan) bolalar Bolalar uyiga ichki ishlar organlarida tuzilgan dalolatnoma yoki Bolalar uyida ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma boʻyicha, hududiy davolash-profilaktika muassasalarida tashlandiq (topilgan) bolaning sogʻligʻi holati toʻgʻrisida tibbiy dalolatnoma majburiy tartibda tuzilgan, shuningdek keyinchalik tashlandiq (topilgan) bolani 1 oy muddatga Bolalar uyiga vaqtincha joylashtirish toʻgʻrisidagi bitim rasmiylashtirilgan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma 3 nusxada tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi hududiy ichki ishlar organida, ikkinchi nusxasi – bolaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida, uchinchi nusxasi – fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashlandiq (topilgan) bolani Bolalar uyiga vaqtincha joylashtirish toʻgʻrisidagi bitim bola topilgan tuman (shahar)ning vasiylik va homiylik organi va Bolalar uyi maʼmuriyati tomonidan imzolanadi. Ushbu bitimning bir nusxasi vasiylik va homiylik organida, ikkinchi nusxasi bolaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik va homiylik organlari Bolalar uyining tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik xizmati bilan birgalikda tashlandiq bolaning yoshini aniqlaydilar, uning tugʻilgan sanasini belgilaydilar, unga familiya, ism va ota ismini beradilar hamda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma asosida bolani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida roʻyxatdan oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bola ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan tashlab ketilgan taqdirda tugʻruqxonada yoki boshqa davolash-profilaktika muassasasida ushbu muassasaning maʼmuriyati va yuristi tomonidan vasiylik va homiylik organlari va muassasa joylashgan joy boʻyicha ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma muassasaning muhri bilan tasdiqlanadi. Uning asosida bola qoldirilgan bolani Bolalar uyiga bir oy muddatga vaqtincha joylashtirish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq qabul qilinadi. Ushbu bitim vasiylik va homiylik organi hamda muassasa maʼmuriyati tomonidan imzolanadi. Bitimning bir nusxasi vasiylik va homiylik organida, ikkinchi nusxasi bolaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ham tashlandiq (topilgan), ham qoldirib ketilgan bolalar uchun koʻrsatib oʻtilgan oy mobaynida vasiylik va homiylik organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bolaga hujjatlarni rasmiylashtiradilar, keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan yoʻllanma rasmiylashtirilgan holda bolani Bolalar uyiga joylashtirish zarurligi toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarorini chiqarish uchun tavsiyanoma tayyorlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolani tarbiyalashni rad etgan taqdirda bolalar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan hujjatlar taqdim etilgan holda tuman (shahar) hokimining qarori asosida Bolalar uyiga qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Har bir tarbiyalanuvchi uchun bolaning rivojlanishi tarixi rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tarbiyalanuvchilar Bolalar uyida boʻlgan davr uchun tarbiyalanuvchilarning barcha hujjatlarini saqlash tartibi bosh vrach tomonidan belgilanadi. Barcha tarbiyalanuvchilarning hujjatlari alohida temir sandiqda saqlanishi kerak, hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati bosh vrach tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bolalar uyiga qabul qilingan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qabul qilish jurnaliga yoziladi. Jurnalga tartib raqami qoʻyiladi, u ip oʻtkazib tikiladi, muhr bilan tasdiqlanadi va Bolalar uyi arxivida saqlanadi. Jurnalni saqlash muddati — 75 yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchilar hududiy davolash-profilaktika muassasalariga joylashtirilgan taqdirda ular Bolalar uyidan chiqib ketgan deb hisoblanmaydi, qaytganlaridan keyin yangi qabul qilinganlar deb hisoblanmaydi va qabul qilish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchi hududiy davolash-profilaktika muassasasiga davolanish uchun yuborilganda Bolalar uyi maʼmuriyati bu haqda ota-onalarga yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarga xabar berishi, bolaning sogʻligʻi holatini kuzatib borishi, uning rivojlanishi tarixiga davolashning borishi, u boshqa hududiy davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyishi, shuningdek Bolalar uyining unga qaraydigan xodimlari tomonidan kecha-kunduz navbatchilik qilinishini tashkil etishi va bolani bir yoshgacha sut aralashmasi bilan taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Bolalarni Bolalar uyi hisobidan chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bolalar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq oilaga qaytarilgan, “Mehribonlik” uyiga, “Muruvvat” bolalar internat-uyiga oʻtkazilgan, farzandlikka, patronatga, vasiylik va homiylikka hamda joylashtirishning boshqa muqobil shakllariga oʻtkazilgan hollarda Bolalar uyi hisobidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tarbiyalanuvchini ota-onalarga yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish vasiylik va homiylik organlarining xulosalari hamda ularning yashash joyi boʻyicha tuman (shahar) hokimining qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchining Bolalar uyida boʻlish muddati tamom boʻlgandan keyin ota-onalar uzrli sabablarsiz oʻz bolasini qabul qilishni rad etgan taqdirda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida muassasa maʼmuriyati ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tarbiyalanuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimining “Mehribonlik” uylariga oʻtkazish ular 3 yoshga toʻlganidan keyin majburiy ravishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixofizik nuqsonlari boʻlgan, oʻqitilishi kerak boʻlgan tarbiyalanuvchilar 7 yoshga toʻlganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimining “Mehribonlik” uylariga oʻtkaziladi, oʻqitilishi kerak boʻlmagan psixik nuqsonli tarbiyalanuvchilar esa 4 yoshga toʻlganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimining “Muruvvat” bolalar internat-uylariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mehribonlik” uylariga va “Muruvvat” bolalar internat-uylariga oʻtkazilishi kerak boʻlgan tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻtkazish muddatidan 6 oy oldin vasiylik va homiylik organlariga hamda tarbiyalanuvchining yashash joyi boʻyicha tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish xalq taʼlimi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik komissiyaning xulosasiga muvofiq amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchini oʻtkazishda tegishli ravishda Nizomga 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha uning barcha hujjatlari oʻtkaziladi va har bir bola uchun alohida tuman (shahar) hokimining qarori majburiy tartibda chiqariladi. Bunda barcha hujjatlarning nusxalari Bolalar uyida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tarbiyalanuvchilarni farzandlikka (patronatga), vasiylik va homiylikka hamda joylashtirishning boshqa muqobil shakllariga berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchini farzandlikka berishda qabul qilish jurnaliga, farzandlikka oluvchining familiyasi va manzili koʻrsatilmagan holda bola farzandlikka berilganligi, farzandlikka berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori va sanasi toʻgʻrisida yozib qoʻyiladi. Ushbu maʼlumotlar belgilangan tartibda bosh vrachda saqlanadi va faqat tergov va sud organlarining rasmiy soʻrovi boʻyicha taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aka-ukalar va opa-singillarni farzandlikka berishda, shuningdek ularni “Mehribonlik” uylariga va “Muruvvat” bolalar internat-uylariga hamda joylashtirishning boshqa shakllariga oʻtkazishda ularni ayirishga tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha yoki boshqa sabablarga koʻra ular alohida tarbiyalanishi va saqlanishi kerak boʻlgan alohida holatlar mavjud boʻlgan taqdirda faqat istisno sifatida yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun bilan muhofaza qilinadigan farzandlikka olish siri oshkor etilganligi uchun Bolalar uyi xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tarbiyalanuvchilarni tibbiy-ijtimoiy taʼminlash, tarbiyalash, moddiy taʼminlash, hayotiy koʻnikmalarga oʻqitish toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tarbiyalanuvchilar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga nisbatan inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insonparvarlik munosabatida boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilasi bilan aloqada boʻlish, miqdorlari cheklanmagan holda joʻnatmalar, banderollar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy taʼminlashning boshqa buyumlari hamda tasdiqlangan normalar boʻyicha yumshoq anjomlar bilan taʼminlanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda tarbiyalanuvchilar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam shtatdagi tibbiyot xodimlari tomonidan, zaruriyat boʻlganda esa – belgilangan tartibda tegishli hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchining sogʻligʻi holati yomonlashgan yoki u vafot etgan taqdirda Bolalar uyi maʼmuriyati bu haqda darhol yuqori tashkilotni va ota-onalarni yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, bunday shaxslar boʻlmaganda – tarbiyalanuvchi doimiy yashaydigan joy boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Vafot etgan tarbiyalanuvchilarni dafn etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vafot etgan tarbiyalanuvchi dafn etilganda Bolalar uyi maʼmuriyati tomonidan dafn xarajatlari budjet mablagʻlari, shuningdek xayriya ehsonlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tarbiyalanuvchining Bolalar uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat Bolalar uyi xodimlari yoxud ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar hamrohligida, Bolalar uyi maʼmuriyatining yozma ruxsati bilan, ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarning yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organining tegishli xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchi hududdan tashqariga oʻzboshimchalik bilan chiqqan taqdirda Bolalar uyi maʼmuriyati bu haqda uning ota-onalarini yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, ichki ishlar organlarini, yuqori sogʻliqni saqlash organlarini va tarbiyalanuvchining yashash yoki boʻlish joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qiladi hamda birgalikda uni topish va qaytarish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tarbiyalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishning tasdiqlangan oʻrtacha sutkalik oqilona normalariga binoan oziq-ovqat, shuningdek mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq normalar boʻyicha kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar bilan taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar tarbiyalanuvchilarni kelib koʻrish, Bolalar uyining tibbiy va tarbiyaviy faoliyati, agar bu bolaning manfaatlariga zid boʻlmasa oʻz bolalarining tibbiy-pedagogik reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tarbiyalanuvchilar “Mehribonlik” uylariga yoki “Muruvvat” bolalar internat-uylariga oʻtkazilganda ularga ichki kiyim, kiyim-bosh va mavsumiy poyabzal beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bosh vrach ushbu Nizom talablariga muvofiq tarbiyalanuvchilarni Bolalar uyiga qabul qilish va undan chiqarish yuzasidan shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Bolalar uylarida tibbiy-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tarbiyalanuvchilarni tibbiy taʼminlash, tarbiyalash va moddiy taʼminlash tartibi ularning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, psixik va jismoniy holati hisobga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy shart-sharoitlar reabilitatsiya jarayoniga koʻmaklashishi, tarbiyalanuvchilardagi hissiy zoʻriqishni yumshatish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bolalar uyining binosi, qattiq va yumshoq anjomlar, tibbiy va xoʻjalik jihozlari, oʻyinchoqlar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, bolalarning yoshi, sogʻligʻining holati va psixik rivojlanishiga muvofiq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bolalar uyidagi davolash-sogʻlomlashtirish ishlari kasallikka chalinish xavfi omillarini barvaqt aniqlashga, ular rivojlanishining oldini olishga, bolalarni kompleks tibbiy-pedagogik reabilitatsiya qilishga, shuningdek asoratlarning, nogironlikning oldini olishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tarbiyalanuvchilar shtatdagi tibbiyot xodimlari, pediatr va tor ixtisosli mutaxassislar tomonidan kuzatib boriladi. Tarbiyalanuvchilar hududiy davolash-profilaktika muassasasining mutaxassislari tomonidan bir yilda 2-marta puxta tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi va zaruriyat boʻlganda, profilaktik va sogʻlomlashtirish tadbirlari amalga oshiriladi; izolyatordagi bemor bolalarni davolash taʼminlanadi; psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar davolanadi va ular oʻrtasida korreksiya-tiklash tadbirlari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasal boʻlib qolgan tarbiyalanuvchilar tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha hududiy, viloyat va respublika bolalar davolash-profilaktika muassasalariga yotqiziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Bolalar uyida yangidan qabul qilingan bolalar uchun karantin guruhi va statsionar davolashni talab etmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun izolyator tashkil etiladi. Izolyatordagi oʻrinlar soni Bolalar uyidagi shtatli oʻrinlar sonining kamida 10 foizini tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tarbiyalanuvchilar yoshi, jismoniy holati, aqliy rivojlanish darajasi hisobga olingan holda guruhlarga ajratiladi. Guruhlardagi bolalar soni 1 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun – 8 nafar bolani va 1 yoshdan katta yoshdagi bolalar uchun – 10 nafar bolani, ixtisoslashtirilgan guruhlarda, yoshidan qatʼi nazar – 8 nafar bolani tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim-tarbiya faoliyati Bolalar uyining pedagoglari va tarbiyachilari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Bolalar uylaridagi tarbiyaviy ishlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha taʼlim muassasalari uchun davlat taʼlim talablari asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya dasturiga muvofiq olib boriladi. Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda maqbul texnologiyalar, tarbiyalash shakllari va usullari tanlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Psixofizik rivojlanishi buzilgan tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya jarayoni ularning rivojlanishidagi buzilishlarga muvofiq, taʼlim va tarbiyaning individual yoʻnaltirilgan dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tarbiya, dam olish va turli tadbirlarning tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik asoslangan holda birga qoʻshib olib borilishini taʼminlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning Bolalar uyida kecha-kunduz boʻlishi hisobga olingan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik kuzatib borishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik yordam berish maqsadida Bolalar uyida tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik xizmat (keyingi oʻrinlarda xizmat deb ataladi) tashkil etiladi. Xizmat tarkibi mutaxassislardan – Bolalar uyi xodimlaridan iborat boʻladi. Xizmatning tarkibi bosh vrachning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Xizmat tarkibiga xizmatga boshchilik qiladigan Bolalar uyining bosh vrachi, ijtimoiy maxsus xodim, psixolog, vrach-pediatr, katta tarbiyachi va defektolog kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Xizmat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik, profilaktik, korreksion, maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vrachlar, tarbiyachilar, pedagoglar, muassasa maʼmuriyati va Bolalar uyining boshqa xodimlari bilan profilaktik, maslahat berish, taʼlim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Xizmat aʼzolari ishlarni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha olib boradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini oʻrganish va uning ijtimoiy maqomi barqarorligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning mulkiy va nomulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishmayotgan hujjatlarni izlash va toʻplash ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarga va ularning mol-mulkiga nisbatan qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortishga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning qarindoshlarini aniqlash va ular bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning manfaatlarini koʻzlab sud majlislarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Bolalar uyidagi hayotga moslashish uchun bolaning zarur boʻlgan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlanishning tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik muammolari tashxisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning individual-psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishning yakka tartibdagi dasturlarini tuzish, pedagogik taʼsir koʻrsatish metod va usullarini tizimli rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ijobiy his-tuygʻularini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni atrofdagi voqelikka moslashtirish, ijobiy koʻnikma va odatlarni, muayyan bilimlar va uquvlarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tarbiyalanuvchilarni joylashtirishning boshqa muqobil shakllari sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarni tarbiyalanuvchini oilaga qabul qilishga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchini tayyorlash va oʻz oilasiga qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchini qabul qiladigan oila hayotiga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni joylashtirishning oilaviy shakllarini va bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilishni xohlovchi shaxslarni tanlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Xizmat tomonidan Bolalar uyi hayotiga toʻlaqonli kirishib ketishni va keyinchalik uni jamiyatga ijtimoiy moslashtirishni taʼminlash uchun tarbiyalanuvchilar bilan yakka tartibda korreksion-tarbiyaviy ishlar dasturi ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Bolalar uyi xodimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Xodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tibbiy xizmat koʻrsatish Bolalar uyining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (hududiy davolash-profilaktika muassasalaridan mutaxassislar jalb etilgan holda). Tibbiyot xodimlari (Bolalar uyi maʼmuriyati bilan birgalikda) tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, rejim va ovqatlanish sifati, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi va sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uyidagi davolash-maslahat yordami va amalga oshirilgan davolash-profilaktika tadbirlari tahlili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Bolalar uyida taʼlim-tarbiya jarayoni pedagog xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Bolalar uyida taʼlim-tarbiya jarayonini psixologik taʼminlash psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Bolalar uyida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy kuzatib borish ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Bolalar uyi maʼmuriyati tibbiyot xodimlari, pedagog, psixologik va ijtimoiy xodimlarning kasb mahorati doimiy ravishda takomillashtirib borilishi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tashkil etilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Xodimlar ushbu Nizom normalariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishga, kasb odob-axloqiga qatʼiy amal qilishga, taʼlim-tarbiya jarayonining yuqori samaradorligini taʼminlashga, tarbiyalanuvchilarni tibbiy-ijtimoiy kuzatib borishga, oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarga ega boʻlish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Xodimlar Bolalar uyi ustavida belgilangan tartibda uni boshqarishda qatnashish, kasb obroʻ-eʼtiborini himoya qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Xodimlarning lavozim huquqlari va majburiyatlari, rahbarlarning vakolati va funksiyalari qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek Bolalar uyi ustavida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Bolalar uyini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Bolalar uyida bolalarning Bolalar uyida boʻlishining quyidagilarni nazarda tutadigan maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududni qoʻriqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hudud tashqarisiga erkin chiqishni cheklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni kecha-kunduz, shu jumladan uyqu uchun ajratilgan vaqtda nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Bolalar uyiga bevosita rahbarlikni oliy tibbiy maʼlumotli, maxsus tayyorgarlikka, kamida 5 yil tibbiy stajga va malaka toifasiga ega boʻlgan bosh vrach amalga oshiradi. Bosh vrachni ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Bosh vrach Bolalar uyining barcha ishlarini tashkil etadi hamda tibbiy-ijtimoiy, psixologik yordam koʻrsatish, tarbiya, taʼlim jarayonlari va Bolalar uyidagi hayot faoliyatining holati uchun toʻliq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Bosh vrach Bolalar uyi nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Bolalar uyining mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Bosh vrach:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uyining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Bolalar uyiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarligi darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida barcha xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, tarbiya va taʼlim ishlari, malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha ayrim masalalarni hal etish va Bolalar uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni toʻxtatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli buyruq chiqarish yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy jazolash choralarini koʻradi hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Moliya-xoʻjalik faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Bolalar uyining moddiy-texnika bazasi zarur imoratlarni, kommunikatsiyalar, asbob-uskunalar, transport vositalarini hamda tibbiy taʼminlash va tarbiyalash uchun foydalaniladigan boshqa mol-mulkdan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uyi binosi texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi va undan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Bolalar uyi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda maqsadli badallari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Bolalar uyini moliyalashtirish tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Budjet mablagʻlarini va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Shtat jadvali namunaviy shtat normativlariga muvofiq ishlab chiqiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Bolalar uyi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Bolalar uyi moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni Bolalar uyiga qabul qilish uchun hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolani Bolalar uyiga joylashtirish zarurligi toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori (bola, uning oilasi, turar joyni sotish huquqisiz bolaga biriktirish toʻgʻrisidagi aniq taʼrif bilan birga turar joy mavjudligi toʻgʻrisidagi dalillangan va toʻliq maʼlumotlar mavjud boʻlgan qaror).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan berilgan yoʻllanma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (guvohnoma mavjud boʻlmagan taqdirda – rasmiylashtirish va bolani qabul qilish Nizomning 17-bandiga muvofiq amalga oshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Analizlar natijalari va bola turgan yoki yashagan joy boʻyicha davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi xulosasi ilova qilingan holda bolaning sogʻligʻi va rivojlanishi holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilangan tartibda berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma nusxasi (agar nogironlik mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilangan tartibda berilgan nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi (agar nogironlik mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ota-onalarning pasportlari va oʻlimi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari, sud hukmlari yoki qarorlari, ota-onalarning uzoq vaqt kasalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, boladan voz kechilgan taqdirda – ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarning notarial tasdiqlangan arizasi va ota-onalar yoʻqligini yoki ular oʻz bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yaqin qarindoshlarning mavjudligi yoki yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (ular mavjud boʻlganda).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mol-mulk qayerdaligi, uni saqlash taʼminlanishi uchun qanday choralar koʻrilganligi va ularning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda ota-onalardan keyin qolgan bolaning mol-mulki roʻyxati (agar u mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mavjud boʻlgan taqdirda bolalarga biriktirilgan turar joy maydoni toʻgʻrisidagi hujjatlar (order, uy daftari, uy-joy rejasi nusxalari, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan turar joyning egasi va xususiylashtirilganligi haqidagi maʼlumotnoma).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya oluvchi bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi, jamgʻarma daftarchasi (ular mavjud boʻlgan taqdirda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bolalar uyida rasmiylashtiriladigan bolaning 2 dona fotosurati (6 sm x 4 sm oʻlchamli).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomning 12-bandi “b” va “v” kichik bandlariga muvofiq bolani Bolalar uyiga yuborishda bolaning ota-onalarining yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslarning bolani Bolalar uyiga rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi, oila tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan maʼlumotnoma, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun esa oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli hujjat ham taqdim etiladi. Bunda ushbu Nizomning 8, 9, 10 va 11-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishining oʻrtacha sutkalik oqilona normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

grammlarda‎‎

T/r

Mahsulotlar nomi‎

0-6
‎oylik‎

6-12
‎oylik

1-3
‎yosh‎

4-7
‎yosh‎

1. 1-navli bugʻdoy non ‎ - 30 175 250
2. Bugʻdoy uni‎ - 10 35 35
3. Bolalar ovqati uchun un (guruchli, grechixali,‎‎suli yormali va boshqalar)‎ 10 10 - -
4. Kartoshka uni‎ 8 8 8 8
5. Yorma, dukkakli, makaron mahsulotlari‎ 20 40 85 85
6. Kartoshka‎ 50 100 350 350
7. Har xil sabzavotlar, shu jumladan koʻkatlar — 10 gr‎ 100 200 400 400
8. Hoʻl mevalar‎ 50 100 150 200
9. Meva, sabzavot sharbatlari‎ 30 100 100 200
10. Quruq mevalar, shu jumladan naʼmatak — 10 gr - 20 30 30
11. Qandolatchilik mahsulotlari‎ - 20 50 70
12. Tabiiy asal‎ - - - 10
13. Qand-shakar‎ 20 30 50 50
14. Sariyogʻ‎ 10 20 45 55
15. Oʻsimlik moyi‎ 5 10 20 20
16. Pomidor pastasi, pomidor pyuresi‎ - - - 3
17. Tuxum (dona)‎ 0,5sarigʻi‎ 0,5sarigʻi‎ 1 1
18. Sut‎ 100 250 600 600
19. Tvorog‎ - 20 40 40
20. Goʻsht, parranda goʻshti, jigar‎ - 120 150 175
21. Baliq‎ - - 75 75
22. Kolbasa mahsulotlari‎ - - 40 40
23. Smetana‎ - - - 25
24. Qaymoq‎ 10 20 50 50
25. Qatiq mahsulotlari (bolalar kefiri,
‎biolakt, atsidofil pastasi)‎
150 200 200 200
26. Pishloq‎ - 20 20 25
27. Choy‎ - - 2 2
28. Kakao‎ - - 3 3
29. Yodlangan tuz‎ - - 6 6
30. Xamirturush‎ - - 1 1
31. Sutli aralashma‎ 150 150 - -
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Bolalar uylarining bosh vrachlariga, almashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining teng qiymatliligini hamda ularning mavjudligini va tegishli mavsumda foydalanishni hisobga olgan holda, bolalar ratsioniga ayrim oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎‏

‎‏Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq anjomning nomi

Quyidagi yoshdagi bolalar uchun:‎‎

1 yoshgacha‎‎

1 yoshdan 2 yoshgacha

2 yoshdan 4 yoshgacha‎‎

4 yoshdan 7 yoshgacha‎‎

1 oʻringa soni

eskirish muddati (yil)‎

1oʻringa soni‎

eskirish muddati (yil)

1 oʻringa soni‎

eskirish muddati (yil) ‎

1 oʻringa soni ‎

eskirish muddati (yil)

‎‎ICHKI KIYIM HAMDA CHOYSHAB, YOSTIQ JILDI VA SHU KABILAR

1.

Ichki koʻylak, chaqaloqlar yaktakchasi, maykalar

12 1 6 1 6 1 4 1
2. Ichki koftachalar, pijamalar, tungi koʻylaklar‎ 4 1 4 1 3 1 2‎ 1
3. Polzunkalar, kalta ishtonlar, triko (qalin)‎ 40 1 40 1 6 1 5 1
4. Polzunkalar, kalta ishtonlar, triko (yozgi)‎ 30 1 30 1 10 1 5 1
5. Bolalar choyshablari‎ 7 1 7 1 6 1 5 1
6. Yozgi yoʻrgaklar‎ 130 1 50 1 10 1 - -
7. Qalin yoʻrgaklar 10 1 10 1 - - - -
8. Bolalar koʻrpajildlari (konvertlar) ‎ 7 2 7 2 5 2 2 1
9. Yostiq uchun ustki yostiqjildlar ‎ 7 2 7 3 5 3 4 1
10. Yostiq uchun ichki yostiqjildlar‎ 1,5 2 1,5 2 1,5 2 1,5 2
11. Bolalar sochiqlari‎ 4 1 4 2 4 2 4 1
12.

Uchburchak roʻmollar, chepchiklar (issiq bosh kiyimlar)‎

5 1 5 1 5 2 - -
FORMALI KIYIMLAR
13. Qalin kiyimlar (koʻylaklar)‎ - - 4 2 4 2 1 1
14. Yozgi kiyimlar (koʻylaklar)‎ -‎ - 2 1 4 2 2 2
15. Trikotajli mashq qilish kiyimlari ‎ - - - - 2 2 1 1
16. Oʻgʻil bolalar uchun ustki paxta ipli koʻylaklar ‎ - - - - - - 3 1
17. Fartuklar (oshxoʻraklar) 6 0,5 3 1 3 2 1 1
18. Paypoqlar, golflar‎ 5 1 5 1 7 1 6 1
19. Kolgotkalar‎ 6 1 10 1 10 1 6 1
20. Jundan (ip aralash jundan) toʻqilgan sviterlar, nimchalar, koftalar‎ 1,5 2‎ 2 2 2 2 2 2
21. Suv oʻtmaydigan kurtkalar, kombinezonlar‎ 1 2 1 2 1 2 1 2
22. Yengil paltolar ‎ - - 1 2 1 2 1 2
23. Qishki paltolar‎ - - 1 2 1 2 1 2
24. Yozgi bosh kiyimlar (panamkalar, pilotkalar)‎ 2 1 3 3 3 2 1 1
25. Jundan toʻqilgan shapkalar‎ 1,5 2 1,5 2 2 2 2 1
26. Sharflar, kashne‎ 1 1 1 2 1 2 1 2
27. Boshmaldoqli qoʻlqoplar‎ - - 2 2 3 3 2 1
28. Junli paypoqlar‎ 4 2 3 1,5 3 1,5 3 1
29. Tuflilar, krossovkalar‎ - - 2 1 2 1 2 1
30. Botinkalar‎ - - 1 1 1 1 1 1
31. Sovuq oʻtmaydigan botinkalar, etiklar‎ - - 1 2 1 1 1 1
32. Qalin etiklar‎ - - 1 1 1 1 1 1
33. Pamperslar* 730 - 730 - 730 - 280 -
TOʻSHAK, ADYOL, YOSTIQ JILDI VA SHU KABILAR
34. Toʻshak‎ 2 3 2 3 2 3 2 3
35. Issiq yoki momiqli adyol ‎ 2 3 2 3 1 3 1 6
36. Junli, ip aralash junli adyollar‎ 1,2
‎5
5 1,2
‎5
5 1,1 5 1 3
37. Paxmoq adyol‎ 2,5 3 2,5 3 2 3 2 3
38. Choyshablar‎ 1 5 1 5 1 5 1 5
39. Yostiqlar‎ 2 4 1,5 4 1,5 4 1,5 4
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*) Bir bola uchun bir yilga hisobidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Bolalar uyining bosh vrachlariga Bolalar uyida kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash tabelida bir bola uchun ularning toʻliq komplekti qiymati doirasida ayrim oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 23-24-son, 265-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)