Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.02.2012 yildagi PQ-1717-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 27.02.2012 yildagi PQ-1717-son
Date of entry into force
27.02.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MUSTAHKAM OILA YILI” DAVLAT DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatimizning asosi boʻlmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, sogʻlom oilani shakllantirishda mahallaning mavqeyini mustahkamlash va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek 2012-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Mustahkam oila yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-dekabrdagi F-3760-son farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat hamda nohukumat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oila sogʻlom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror” degan insonparvar tamoyildan kelib chiqqan holda, quyidagilar “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishning eng muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bugungi kun talablarini hisobga olgan holda qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, bu masalaga jamiyatimiz eʼtiborini yanada kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh oilalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, moddiy va maʼnaviy jihatdan keng qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan taʼminlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda mahalla va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning taʼsirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur koʻmak va yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan gʻamxoʻrlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam koʻrsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni oʻz yelkasiga olgan ayollarga alohida eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom ona – sogʻlom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatimizning maʼnaviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak maʼnaviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalityetimizga mutlaqo yot boʻlgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli taʼsirlarga qarshi turishda oilaning oʻrni va ahamiyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining taʼlim hamda tarbiya muassasalari bilan oʻzaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev) zimmasiga “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining amalga oshirilishini tashkillashtirish va monitoring qilish vazifalari yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda, “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlari va tadbirlaridan kelib chiqqan holda, respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari tomonidan har bir idora, viloyat, shahar, tuman va aholi punkti boʻyicha “Mustahkam oila yili”ning hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida bajarish boʻyicha respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar darajasida ishlar aniq-puxta muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dastur amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi materiallarni yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakunlari boʻyicha “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M.Mirziyoyev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlarda (shaharlarda) “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar, tumanlar hokimlari boshchiligida hududiy komissiyalar tuzilishini taʼminlasin, ularning zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar tegishli hududlarda ogʻishmay va toʻliq hajmlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlikni yuklasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, ayniqsa yosh oilalar oʻrtasida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalarini, davlat tomonidan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish hamda mustahkamlash boʻyicha unda belgilangan chora-tadbirlarni muntazam va keng koʻlamda tushuntirib borilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qoʻshgan aniq hissasini aks ettirgan holda “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida keng jamoatchilik doimo xabardor qilib turilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 27-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1717-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbir nomi Ijro muddati Masʼul ijrochilar Xarajatlar (mln. soʻm) Moliyalash manbalari Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija
I. Bugungi kun talablarini hisobga olgan holda oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan qonunchilik normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu masalaga jamiyatimiz eʼtiborini yanada kuchaytirish
1.‎

Bugungi kun talablarini hisobga olgan holda oila institutini rivojlantirish hamda takomillashtirishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2012-yilning III choragi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Ayollar kengashi” respublika jamoat birlashmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi -‎ -‎

Oʻzbekiston Respublikasining oila qonunchiligi sohasida milliy xususiyatlar va anʼanalarni, xalqaro tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda oila institutin� rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha qoidalarni, xususan quyidagilarni nazarda tutadigan qonun loyihasi:
‎ xotin-qizlar uchun nikoh yoshini oʻn sakkiz yoshgacha oshirish, bunda nikoh yoshini bir yilgacha kamaytirishi mumkin boʻlgan istisno qilinadigan holatlarni aniqlashtirish;
‎ bolalarni asrab olish mexanizmini takomillashtirish;
‎ bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirilgan bolaning ota-onasidan sud tomonidan undiriladigan alimentlarni bankda shu bola nomiga ochilgan hisob-raqamda jamgʻarish va unga voyaga yetganidan soʻng toʻlashni koʻzda tutuvchi tartibni joriy qilish.

2.‎

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi qonunlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish.

2012-yilning III choragi Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi -‎ -‎

Oʻzbekiston Respublikasining quyidagilarga qaratilgan qonunlari loyihalari:
‎ ‎Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish instituti - mahalla faoliyat koʻrsatishining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, yordamga muhtoj oilalarga manzilli ijtimoiy koʻmak berish, yosh oilalar shakllanishini qoʻllab-quvvatlash, oilaviy biznesni rivojlantirishda mahallaning ahamiyati va rolini oshirish.

3.‎

“Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2012-yilning III choragi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mehr nuri”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari -‎ -‎

Oʻzbekiston Respublikasining quyidagilarni koʻzda tutuvchi qonuni loyihasi:
‎ vasiylik va homiylikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, vasiylik va homiylik organlarining huquq hamda majburiyatlarini belgilash;
‎ Vasiylik va homiylikni belgilash, vasiylik va homiylikka olingan shaxslarning mulkini saqlash hamda boshqarish mexanizmini takomillashtirish;
‎ Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

4.‎

“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish va qabul qilish.

2012-yilning I yarim yilligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (kelishuv boʻyicha), Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Mehr nuri” jamgʻarmasi -‎ -‎

Oʻzbekiston Respublikasining quyidagilarni koʻzda tutuvchi qonuni loyihasi:
‎ xoʻjalik faoliyatining oilaviy korxona koʻrinishidagi yangi tashkiliy-huquqiy shaklini joriy etish;
‎oilaviy korxona ishtirokchilari, faoliyat sohasi va uni tashkil etishning huquqiy asoslarini aniq belgilash;
‎oilaviy korxona uchun roʻyxatga olish va tugatish, kommunal infratuzilma obyektlaridan, tadbirkorlik faoliyati jarayonida uy-joy inshootlaridan fo�dalanishning soddalashtirilgan tartibini belgilash.

5.‎

“Bolalar uylari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi.

2012-yilning II choragi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi -‎ -‎

Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni koʻzda tutuvchi qarori loyihasi:
‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida bolalar uylarini barpo qilish va faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek ularning asosiy vazifa va funksiyalari;
‎ yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishning davlat kafolatlari;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlashda Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vazifalari.

II. Yosh oilalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, moddiy va maʼnaviy jihatdan yosh oilalarni keng koʻlamda qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan taʼminlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish

6.‎

Respublika shaharlarida yosh oilalarga sotish uchun 2012-2013-yillarda 48 xonadonli 100 ta uylarni qurishni nazarda tutuvchi “Yosh oilalarga turar joy” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularga Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan oshmaydigan foizli stavka boʻyicha ipoteka kreditlarini 15 yilgacha muddat bilan berish.

Ishlab chiqish — 2012-yilning I-choragi. Amalga oshirish — 2012-yildan boshlab har yili Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Markaziy bank, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyaar va Toshkent shahar hokimliklari 2012-yilda
‎192 000,0
Tijorat banklari kreditlari, ijrochilar va aholi mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarga turar joy” dasturini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutuvchi qarori loyihasi:
‎ ‎har yili uy joyga muhtoj kamida 2400 yosh oilani turar-joy bilan taʼminlash;
‎ qurilish va yosh oilalarga ipoteka kreditlarini berish uchun resurslarni shakllantirish manbalari va mexanizmi;
‎ mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda transfertlar ajratish yoʻli bilan yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan bir qismini yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taqdim etish

7.

Yosh oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va quyidagilar orqali amalga oshirish:

Yil davomida Markaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat sugʻurta nazorat, sugʻurta kompaniyalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamgʻarmasi Jami 114 620,0 shundan: Tijorat banklari kreditlari, ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Ijrochilarning quyidagilarni koʻzda tutuvchi qoʻshma qarorlari:
‎ ‎Viloyatlar boʻyicha kreditlar ajratishning prognoz parametrlarini tasdiqlash;
‎ oila�ar aʼzolari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan iborat yoshlarni kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilishni ragʻbatlantirish;
‎ ‎kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni qaytarmaslik xavfidan sugʻurta polislarini berish boʻyicha takomillashtirilgan tartibni joriy etish va kengaytirish.

yosh oilalarga, ularning tadbirkorlik faoliyatini moliyalash uchun mikrokreditlar va grantlar taqdim etish;‎

68 210,0‎

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-loyihalarini moliyalash;‎

28 310,0‎

har bir qishloq tumanida 50 nafardan kam boʻlmagan yosh oilalarga bir boshdan qoramol va 200 nafardan kam boʻlmagan yosh oilalarga — 20 tadan uy parrandasi berishni taʼminlash.‎

18 100,0‎

8.‎

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar, jumladan mebel, murakkab maishiy texnika va boshqalarni xarid qilish uchun imtiyozli foiz stavkasi boʻyicha, eng kam ish haqining 200 baravari miqdorida uch yilgacha muddatga beriladigan “Yosh oilalarga isteʼmol kreditlari” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Yil davomida Tijorat banklari 60 000,0 Tijorat banklari kreditlari

“Yosh oilalarga isteʼmol kreditlari” dasturini amalga oshirish boʻyicha tijorat banklari qarorlari.
‎ Yosh oilalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, mamlakatimizning isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchilarini ragʻbatlantirish.

9.‎

Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, ularga keng koʻlamli moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish:

2012-yilning I-choragi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mehr nuri”, “Mahalla”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.
‎Yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, ularga keng moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Yosh oilalar aʼzolarining soliq solinadigan daromadlarini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni (muzlatgich, televizor, mebel va hokazo) xarid uchun olingan isteʼmol kreditini qaytarishga yoʻnaltirilgan mablagʻiga teng miqdorda jismoniy shaxslar daromad soligʻidan ozod etish;‎

2012-yilning 1-aprelidan boshlab ‎

2 900,0‎

Budjet mablagʻlari‎

yosh oilalar aʼzolari uchun mulk va yer soligʻiga 3 yildan oshmagan muddatga soliq stavkalarini ikki barobarga kamaytirish;‎

1 900,0‎

Budjet mablagʻlari‎

“Mehribonlik” uyining 30 yoshgacha boʻlgan va endi oila qurayotgan har bir bitiruvchisi uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli koʻrinishidagi maxsus sovgʻani taʼsis etish.‎

2012-yilning 1-aprelidan boshlab ‎

800,0‎

Budjet va homiylar mablagʻlari‎

10.‎

Taʼlim muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar va boshqalarni ish bilan taʼminlash uchun korxona va tashkilotlarda kamida 107 ming ish oʻrnini zaxira qilib qoʻyish. Kamida 16 ming nafar ishsiz yoshlarni mehnatga tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek qariyb 52 ming nafar yoshlar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish.

Yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tijorat banklari, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, “Yoshlarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti 900,0 Ijrochilar mablagʻlari

2012-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini amalga oshirish.
‎Yosh oilalardan ishga joylashishga muhtoj shaxslar uchun bandlik kafolatlarini kuchaytirish. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilarini muayyan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi va kelajakda mazkur korxonalarda ishga joylashishini tashkil etish asosida ish bilan taʼminlash, ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish.

11.

Quyidagilar koʻmagida yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish:

‏Yil davomida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi Ijrochilar mablagʻlari

Ijrochilarning qarorlari. Yosh oilalar, ayniqsa xotin-qizlarning moddiy ahvolini yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi koʻmagi bilan asosan qishloq joylarda yosh oilalar uchun 1500 ta yangi ish oʻrinlarini tashkil qilgan holda kichik korxonalar barpo etish;

100,0‎

Oʻzbekiston Ishbilarmon ayollar uyushmasi yordamida 100 ta kichik oilaviy korxona tashkil etish va kamida 300 nafar xotin-qizni ishga joylashtirish.‎

280,0‎

12.‎

Oliy oʻquv yurtlari talabalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilarini oila hayotiga tayyorlash maqsadida “Siz oilangiz uchun masʼulsiz”, Yosh oilada oʻzaro munosabatlar madaniyati” mavzuida bukletlar, maqolalar va broshyuralar tayyorlash.

Yil davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (OʻMKHTM), “Ijod” jamgʻarmasi, “Tasviriy oyina” birlashmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura markazi, vazirliklar va idoralar 30,0 Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Ijrochilar tomonidan tadbirlarni birgalikda oʻtkazish jadvalini tasdiqlash.
‎Yosh avlodni oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash.

13.

Quyidagi mavzularda sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish:

2012-yilning III-choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, Mehnat va �holini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, IIV, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi “Ijtimoiy fikr” markazi mablagʻlari

Tadqiqotlar natijasi boʻyicha tahliliy qaydlar.
‎Yoshlar bandligini taʼminlash, oila institutini mustahkamlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

“Yoshlar bandligi”;‎

46,0‎

“ Oilaviy toʻylar va marosimlar”;‎‏

35,0

“Oila yoshlar nigohida”.‎

35,0‎

III. Jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda mahalla va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning taʼsirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur koʻmak va yordam berish
14.‎

Jamiyatda va oilalar kundalik hayotida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini yanada kuchaytirish boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutuvchi kompleks tadbirlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash:
‎ Respublikamizning barcha hududlarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini, mahallalarda jamoat va ijtimoiy ishlar ahvolini kompleks ravishda oʻrganib chiqish, shu jarayon davomida aniqlangan muammoli masalalarni hal etishga oid aniq takliflarni ishlab chiqish;
‎ Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga mahallaning roli hamda maqomini oshirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

T�sdiqlash — 2012-yilning I-choragi, amalga oshirish — 2012-yil mobaynida “Mahalla” jamgʻarmasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori.
‎ Oilaning kundalik muhim muammolari va masalalarini hal etishda mahallaning roli va maqomini kuchaytirish, mahallalarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash uchun sharoitlarni yaratish.

15.‎

Qishloq joylardagi mahallalarda mahalla hududida yashayotgan va maishiy xizmatlar (sartaroshlik, tikuvchilik, poyabzal, maishiy va tashkiliy-texnika va boshqalarni tuzatish ustasi) koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni 2012-yilning 1-aprelidan boshlab, uch yil muddatga qayd etilgan soliq toʻlashdan ozod etish orqali ish oʻrinlarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish.

Tasdiqlash — 2012-yilning I — choragi, amalga oshirish — 2012 — 2015-yillar Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2012-yilda 2 295,0 Budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Qishloq joylarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish darajasini yanada oshirish, ish oʻrinlarini yaratishni ragʻbatlantirish, aholini sifatli xizmat turlari bilan taʼminlash.

16.‎

“Navroʻz” va “Mustaqillik” bayramlari arafasida oʻtkaziladigan hasharlardan “Mahalla” jamgʻarmasiga kelib tushadigan mablagʻlarning kamida 50 foizini muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida yoʻnaltirishni amalga joriy etish.

Muntazam “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 7 500,0 “Mahalla” jamgʻarmasi

Vazirlar Mahkamasining qarori.
‎ Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan “Mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlash.

17.‎

Mahallalarda, ayniqsa chekka qishloq joylarda yashayotgan yolgʻiz qariyalar, nogironlar, kam taʼminlangan fuqarolarga ularning uylarini taʼmirlash va reabilitatsiya vositalarini sotib olish (nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va hokazolar) orqali yordam koʻrsatish.

Yil davomida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, SSV, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sogʻlom avlod uchun”, jamgʻarmalari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Nogironlar jamiyati 3 500,0 Budjet, ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, tabiiy ofatlardan aziyat chekkan oilalar, yolgʻiz qariyalar, nogironlarning manzilli roʻyxati hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish jadvalini tasdiqlash.
‎ Aholining muhtoj qatlamlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash.

18.‎

Barcha viloyatlar markazlarida, Nukus va Toshkent shaharlarida, shuningdek respublika va hududiy ahamiyatga ega shaharlarda, shaharchalar va boshqa aholi yashash punktlarida mavzelar ichi hududlarini obodonlashtirish, shu jumladan, yoʻllar va yoʻlaklarni taʼmirlash, bolalar oʻyin maydonchalarini qurish va rekonstruksiya qilish.

Yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar 10 000,0 Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlangan holda ijrochilar qarori.
‎ Turar joy mavzelarini obodonlashtirish va qiyofasini yaxshilash, aholi zich yashaydigan joylarda ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarni yaxshilash.

19.‎

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahallalar) raislari va diniy maʼrifat hamda maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar ishtirokida “Mustahkam oila — mahalla tayanchi” mavzuida Respublika konferensiya-sini hamda “Mustahkam oila jamiyat taraqqiyoti garovi” mavzuida seminar oʻtkazish.

Yil davomida Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Adliya vazirligi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy gʻoya va milliy mafkura MTM, Respublika maʼnaviyat markazi 65,0 Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Konferensiyalar va seminarlar rejalari va dasturlarini ishlab chiqish.
‎ ‎Mahalla raislari va maslahatchilarining hozirgi davr jamiyatida oilaning roli va ahamiyati haqidagi bilim darajalarini oshirish hamda tajriba almashish.

20.‎

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoshida ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida “Ota-onalar universitetlar”ini tashkil qilish.

Yil davomida “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, OʻMKHTM, SSV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari 60,0 Ijrochilar mablagʻlari

Ijrochilarning qoʻshma qarori.
‎ Ota-onalarning bilimini va barkamol avlodni tarbiyalash yoʻlidagi masʼuliyatini oshirish.

21.‎

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida fuqarolar yigʻinlari raislari va kotiblari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi aʼzolarining bilim darajasini oshirish hamda sotsial va jamoat ishlarini bajarish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini yaxshilash maqsadida ular uchun amaliy seminarlar oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Yil davomida “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura MTM, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2012-yilda 250,0 “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy dasturlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari

22.‎

Yilning eng yaxshi mahallasini aniqlash uchun har yili uch bosqichli (tuman (shahar) — viloyat — respublika darajasida) tanlov oʻtkazish, gʻoliblarga mahalla hududida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga maqsadli pul mablagʻlarini ajratish.

Har yili “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xarajatlar ijrochilar qarori bilan belgilanadi Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Tanlovlarni oʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash tartibini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning qoʻshma qarori.
‎ Mahallalarda faol jamoat va ijtimoiy ishlar olib borilishini, ularda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni ragʻbatlantirish.

23.‎

2012—2016-yillarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahallalar)ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashning quyidagilar nazarda tutilgan Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:

Alohida reja boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, homiylar 2012-yilga
‎12 000,0
‎shundan:
“Mahalla” jamgʻarmasi va homiylar mablagʻlari

Joylardagi ijroiya hokimiyati organlarining 2012—2016-yillarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining (mahallalar) moddiy-tex�ik bazasini mustahkamlash boʻyicha hududiy dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari.
‎ “Mahalla” jamgʻarmasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarining namunaviy loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori

mavjud binolarni rekonstruksiya qilish (taʼmirlash) hisobidan yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan binolar (binolarning bir qismi) bilan taʼminlash, shundan 2012-yilda — oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan 500 tasiga berish;‎

10 000,0‎

bir toʻplamdan kompyuter texnikasi va mebel bilan taʼminlash.‎

2 000,0‎

IV. Oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan gʻamxoʻrlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam koʻrsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni oʻz yelkasiga olgan ayollarga alohida eʼtibor qaratish

24.‎

Kam taʼminlangan oilalarning maktabda oʻqiydigan 576 ming nafar farzandlarini qishki kiyim toʻplami va bosh kiyimlari bilan bepul taʼminlash.

2012-yilning III-IV choraklari Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi 27 862,6 Budjet mablagʻlari

Kam taʼminlangan oilalar farzandlarini aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish.

25.‎

492 ming nafarga yaqin birinchi sinf oʻquvchilarini 12 nomdagi oʻquv anjomlari toʻplami, shuningdek, uyda taʼlim oladigan 10,7 ming nafar imkoniyati cheklangan bolalarni oʻquv anjomlari, shu jumladan, 512 ta maxsus doska va 472 ta mak�ab partasi bilan taʼminlash.

2012-yil III-IV choragi. Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi 12 267,5 Budjet mablagʻlari

Oilalarni, shuningdek imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalash.

26.‎

Har yili xalqaro xotin-qizlar kuni— 8-mart bayram arafasida sport musobaqalarini va oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish paytida kam taʼminlangan oilalarning qizlariga, ragʻbatlantirish tartibida 190 mingta sport kiyimlari toʻplamini topshirish.

2012-yil mart oyi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fond Forum jamgʻarmasi, “Forum Yunior Sport” bolalar sport kompleksi 2 930,0 Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Kam taʼminlangan oilalarning qizlarini jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishiga keng jalb etish va ragʻbatlantirish.

27.‎

Yoz oylarida bolalarning mazmunli dam olishi va sogʻlomlashtirilishini quyidagilar orqali taʼminlash:
‎260 ming nafar bolalar uchun sogʻlomlashtirish oromgohlarida imtiyozli yoʻllanmalar boʻyicha, ularning 12 ming nafari (koʻp bolali va kam taʼminlangan oilalar farzandlari) bepul yoʻllanmalar boʻyicha dam olishini uyushtirish;
‎bolalar uchun 28 ta harbiy-sport lagyerlari, intellektual rivojlanish lagyerlari, ekologik va turistik yoʻnalishdagi lagyerlarni, shuningdek yuqori sinf oʻquvchilari uchun dam olish va mehnat lagyerlarini yaratish. ‎

Yil davomida‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kelajak ovozi” YOTM, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar va tashkilotlar, “Kamolot” YIH ‎ 22 000, shundan 800,0 tasi budjet hisobidan‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, budjet, korxonalar, tashkilotlar va homiylar mablagʻlari‎

Yoz mavsumida maktab yoshidagi bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tizimli ravishda tashkil etish.
‎ Yozgi taʼtillar davrida bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishining turli shakllarini joriy qilish, ularda ijtimoiy foydali mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish
. ‎

28.

Quyidagi tadbirlarni bepul tarzda oʻtkazish yoʻli bilan bolalar, yoshlar va kam taʼminlangan oilalarning foydali madaniy dam olishini tashkil etish:‎

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻMKHTM, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan”, “Mahalla”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, “Kelajak ovozi” YOTM, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ayollar kengashi” RJB, Oʻzekspomarkaz “Oʻzbekturizm” MK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Kamolot” YIH, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Toshshaharyoʻlovchitrans”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ijrochilar mablagʻlari

Ijrochilarning qarorlari.
‎Yosh oilalarga ijtimoiy yordam berish, qoʻllab-quvvatlash, bolalarning foydali dam olishini tashkil etish, yoshlarda Vatan uchun faxrlanish tuygʻularini shakllantirish, ularning mamlakatimiz tarixi va madaniyati, uning diqqatga sazovor joylari haqidagi bilimlarini boyitish.

“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni oʻtkazish doirasida “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari va kam taʼminlangan oilalarning farzandlari uchun muzeylar, botanika bogʻi, hayvonot bogʻi, “Tashkentlend” va boshqa madaniyat va istirohat bogʻlariga sayohatlarni uyushtirish;‎

2012-yil 30-may — 3-iyun ‎

1 000,0‎‎

kam taʼminlangan oilalar farzandlari, shuningdek taʼlimda yuksak natijalarga erishayotgan oʻquvchilar va talabalar uchun respublikaning tarixiy maskanlari va diqqatga sazovor joylariga sayohatlarni uyushtirish;‎

2012-yil. may-iyun ‎

Tasdiqlan- gan smeta boʻyicha ‎

respublikamizning har bir tumani va shahridan ijtimoiy yordamga muhtoj 100-150 yosh oilalar uchun guruhli sayohatlarni, shu jumladan, temir yoʻl transportida tarixiy maskanlar va diqqatga sazovor joylarga sayohatlarni uyushtirish, sayohatga artistlar, yozuvchilar va mahalliy axborot vositalari vakillarini taklif qilish.‎

Navroʻz bayrami, Hayit bayrami, Davlat Mustaqilligi kuni bayramlarini nishonlash doirasida ‎

2 700,0‎

29.‎

Kichik korxonalar va mikrofirmalarni rivojlantirish hisobidan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash uchun 240 mingta ish oʻrinlarini yaratish, shu jumladan xizmat koʻrsatish va servis sohasida — 114 mingta, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan — 90 mingta, sanoatda — 20 mingta, qurilishda — 16 mingta ish oʻrinlarini yaratish.‎

Yil davomida‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, tijorat banklari‎ 2012-yilda ish oʻrinlarini yaratish Dasturiga muvofiq‎ ‎Korxonalar mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari

Ish oʻrinlarini yaratish va tasdiqlangan hududiy dasturlar doirasida aholi bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
‎ Xotin-qizlarni ishga joylashtirish va bandligini taʼminlash uchun shart-sharoitlarni yaratish orqali ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. ‎

30.‎

Quyidagi yoʻllar orqali xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarish va oilaviy biznesga jalb qilish, oilalarning farovonligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:‎

Yil davomida Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi, Markaziy bank, tijorat banklari, Moliya vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Ayollar kengashi” RJB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Kamolot” YIH, “Mahalla”, jamgʻarmalari ‎Jami 690 165,0 shundan: Tijorat banklarining kreditlari

“Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun oilalarga kreditlar” dasturini amalga oshirish boʻyicha ijrochilarning birgalikdagi qarori, u quyidagilarni nazarda tutadi:
‎Viloyatlar boʻyicha kreditlar ajratishning prognoz parametrlarini tasdiqlash;
‎Kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik sohasiga oila aʼzolarini, ayniqsa ayollarni, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etishni ragʻbatlantirish; Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni qaytaraolmaslik xavfi sugʻurta polislari berishning takomillashtirilgan tartibini joriy etish va kengaytirish.

oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish;‎

60 041‎

ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb etish uchun ularga kreditlar berish;‎

365 364‎

qoramolni xarid qilish uchun shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklariga mikrokreditlar ajratish;‎

62 123‎

meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish (koʻchatlar, mevali daraxtlar koʻchatlari, sabzavot urugʻlari xarid qilish, kichik issiqxonalar tashkil etish va h.k.), qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, parrandachilikni, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish uchun kichik biznes subyektlari, dehqon, fermer va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklariga kreditlar ajratish.‎

202 637‎

31.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamgʻarma kassalari fondi (Germani) tomonidan berilgan “Xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash boʻyicha qayta tiklanuvchi kredit fondi” mablagʻlari hisobiga boshlangʻich sarmoyani toʻldirish uchun tadbirkor ayollarga mikrokreditlar ajratish.‎

‎Yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hokimliklari, “Xalq banki”, “Mikrokredtbank”, Xotin-qizlar qoʻmitasi 267,8 ming yevro‎ “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamgʻarma kassalari fondi (Germaniya)‎

Xorijiy hamkor bilan kelishilgan holda “Xalq banki” va “Mikrokreditbank”ning qarorlari. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining olis va yetib borish qiyin boʻlgan tumanlarida ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishni kengaytirish yoʻli bilan ayollar va ular oilalarining moddiy farovonligi oshishini ragʻbatlantirish. ‎

32.‎

Quyidagilarni amalga oshirish orqali xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishni kengaytirish choralarini amalga oshirish:‎

Yil davomida‎

Oʻzbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi, SSP, “Ayollar kengashi” RJB‎ Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari va grantlari tadbirkorlar va ijrochilar mablagʻlari

Ijrochilar qarorlari.
‎Qizlarni va yosh ayollarni biznes yuritish koʻnikmalariga, yangi kasblarga oʻrgatish, ayollarni oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish.

tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan qizlar va yosh ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida uchta hududiy Biznes-inkubatorlarni yaratish, respublikaning barcha hududlarida xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishini ragʻbatlantirish maqsadida biznes forumlar oʻtkazish (shu jumladan tadbirkor ayollar boshqarayotgan muvaffaqiyatli korxonalarni borib koʻrish);‎

120,0 ming dollar ‎

respublikaning ish oʻrinlariga talab kuchli boʻlgan 32 ta tumanida 1,3 ming nafar yosh ayollar va qizlarni biznes yuritish asoslariga va mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblarga oʻqitib oʻrgatish uchun “Oʻz biznesingni yoʻlga qoʻy” mavzusida seminarlar oʻtkazish.‎

48,0‎

33.

Quyidagi yoʻllar orqali xotin-qizlarning ijtimoiy-maishiy turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:‎

2012-yilning I choragida ishlab chiqish 2012— 2014-yillarda amalga oshirish. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Oʻzbekneftgaz” MXK, isteʼmol mollarini ishlab chiqaruvchilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari 44 040,0, shundan 2012-y - 33 000,0 ‎

Vazirlar Mahkamasi qarori.
‎ Mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mamlakatimizning mavjud ishlab chiqaruvchilari quvvatlarini kengaytirish, maishiy mollar turlarini kengaytirish, shu jumladan, chang yutgichlar, kir yuvish mashinalari, oshxona kombaynlari, elektr goʻsht qiymalagichlar, kir yuvish vositalari va maishiy kimyo buyumlari ishlab chiqarilishini koʻpaytirish.
‎ Oilalarning maishiy va oshxona elektrjihozlari bilan taʼminlanganligini yaxshilash, ayollarning uy-roʻzgʻor mehnatini yengillashtirish maqsadida isteʼmol kreditlari berishni kengaytirish

2012—2014-yillarda mahalliylashtirish dasturi va isteʼmol mollarini ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi loyihalarini amalga oshirish doirasida xotin-qizlar mehnatini yengillashtiruvchi uy-roʻzgʻor elektr mollari, oshxona texnikasi, kir yuvish vositalari va maishiy kimyo buyumlari ishlab chiqarilishini koʻpaytirish;‎

3 000‎

Ijrochilar mablagʻlari ‎

xotin-qizlarning uy-roʻzgʻor mehnatini yengillashtirish maqsadida oilalarga 3 yil muddatga eng kam ish haqining 50 baravarigacha boʻlgan hajmda maishiy va oshxona elektr asboblarini sotib olish uchun isteʼmol kreditlarini ajratish;‎

30 000‎

tijorat banklari kreditlari ‎

34.‎

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ajratilgan mavzelarda quyidagilarni koʻzda tutuvchi avtomat kir yuvish mashinalari bilan jihozlangan jamoat kirxonal�ri faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash va amalga oshirish:‎
‎kirxonalarning faoliyatini taʼminlash boʻyicha barcha tashkiliy-texnik masalalar kompleksini hal qilish, bunda tegishli hokimliklar tomonidan yer maydonlari ajratilishi, muhandislik tarmoqlariga ulash (suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr taʼminoti);
‎kirxona xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalarni (tadbirkorlarni) 5 yil muddatda barcha turdagi soliqlardan ozod etish;
‎tijorat banklari tomonidan kirxonalar faoliyatini tashkil etish uchun kreditlar ajratish.

‎2012-yilning I choragida tasdiqlash, 2012-yilda amalga oshirish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tijorat banklari‎ ‎2 760,0 Tadbirkorlar mablagʻlari‎

Vazirlar Mahkamasining qarori.
‎ Xotin-qizlar mehnatini yengillashtirish, ularning vaqtini faol ijtimoiy, madaniy, sotsial va iqtisodiy sohalarda, bolalar tarbiyasida samaraliroq foydalanishga yoʻnaltirish imkoniyatini yaratish. ‎

35.‎

Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yanada yaxshilash dasturini amalga oshirish.‎

‎2012-yilning III choragi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
‎“Oʻzkommunxizmat” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi‎
50 795

‎57 000
Budjet mablagʻlari

‎Homiylar mablagʻlari‎

Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlanishini yaxshilash.‎

36.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda quyidagi loyihalarni amalga oshirish:‎

Yil davomida “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyat hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Xalqaro taraqqiyot agentligi (XTA)‎

Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini yanada oshirish hamda respublika shahar va tumanlari kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish.

Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oq oltin tuman markazlari va qishloq aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash;‎

1 690,0 ming dollar‎

OTB krediti‎

Surxondaryo viloyatidagi suv taʼminoti va sanitariya ahvolini yaxshilash;‎

13 520,0 ming dollar‎

XTA krediti‎

Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish;‎

13 500,0 ming dollar‎

OTB krediti‎

Qoʻqon va Andijon shaharlari suv taʼminoti hamda kanalizatsiya tizimlarini va Fargʻona, Margʻilon shaharlari hamda Rishton tuman markazi suv taʼminoti tizimlarini rekonstruksiya qilish;‎

44 500,0 ming dollar‎

OTB krediti‎

Damxoʻja mintaqalararo suv quvurini unga Navoiy va Buxoro viloyati tuman markazlarini ulagan holda modernizatsiyalash, Termiz shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish.‎

22 500 ming dollar‎

OTB krediti‎

37.‎

Quyidagilarni nazarda tutadigan “Oʻzbekistonda uzluksiz inklyuziv taʼlim” loyihasini amalga oshirish:‎
‎jismoniy imkoniyatlari cheklangan farzandlari boʻlgan oilalarni uzluksiz taʼlimga jalb etish;
‎pedagoglar, ota-onalar va bolalar uchun seminar-treninglarni oʻtkazish yoʻli bilan inklyuziv taʼlim berish sifatini yaxshilash;
‎40 ta sinov tariqasidagi muassasalarni, jumladan 10 ta maktabgacha tarbiya muassasalar, 18 ta maktab, 12 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini kompyuter texnikasi, oʻquv-metodik materiallar, mebel va boshqalar bilan jihozlash.

Yil davomida‎ Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston maxsus olimpiadasi,
‎Oʻzbekiston Milliy paraolimpiada assotsiatsiyasi, xalqaro tashkilotlar‎
85,0‎ Ijrochilar va homiylar mablagʻlari‎

Ijrochilarning birgalikda amalga oshiradigan tadbirlari rejasi.
‎Imkoniyati cheklangan insonlarni ijtimoiy va sotsial hayotga jalb etish.‎
‎Jamoat tashkilotlari mutaxassislarining inklyuziv taʼlim dasturini samarali roʻyobga chiqarish yoʻllari va yoʻnalishlari haqidagi bilimlar darajasini oshirish.

38.‎

“Yordamga muhtoj oilalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish jarayoniga nohukumat notijorat tashkilotlarini jalb etish” loyihasini amalga oshirish.‎

Yil davomida‎ Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Fond Forum‎ 200,0‎ Ijrochilar va homiylar mablagʻlari‎

Ijrochilarning birgalikda amalga oshiradigan tadbirlar rejasi. Aholining kam taʼminlangan tabaqalariga sifatli ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha jamoa tashkilotlarining vakillarini oʻqitish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini tashkil etish. ‎

39.‎

Kam taʼminlangan oilalarga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga notijorat nohukumat tashkilotlari tomonidan konsultativ, huquqiy va tashkiliy yordam koʻrsatish uchun “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash axborot markazlarini barpo etish” loyihasini amalga oshirish.‎

2012-yilning I-choragi ‎ “Mehr nuri” jamgʻarmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM, “Ayollar kengashi” RJB, EOAVMA, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ Xarajatlar hajmi ijrochilar va homiylarning qarorlari bilan belgilanadi‎ Ijrochilar va homiylar mablagʻlari‎

Kam taʼminlangan oilalarga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yordam koʻrsatilishini yanada kuchaytirish maqsadida yangicha shakldagi ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish yoʻli bilan qator NNT va ijtimoiy jihatdan masʼul tashkilotlar hamda fuqarolarning kuch-gʻayratlarini birlashtirish.‎

40.‎

“Yil ayoli — 2012-y.” respublika tanlovini oʻtkazish.‎

2012-yil. III-VI choraklari ‎ “Ayollar kengashi” RJB, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ 180,0‎ Ijrochilar va homiylar mablagʻlari‎

Mamlakatimizning ij�imoiy hayotida va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishda, ayollarning rolini kuchaytirish, faol ijtimoiy hamda sotsial nuqtai nazarga ega boʻlgan ayollarni ragʻbatlantirish va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

V. “Sogʻlom ona — sogʻlom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish

‎‏41.

Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish:‎

Yil davomida

SSV, Adliya vazirligi,
‎Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, IIV,
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
‎ viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
‎Xotin-qizlar qoʻmitasi,
‎“Mahalla” jamgʻarmasi,
‎“Ayollar kengashi” RJB

Normativ hujjatlarni, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan YUNFPA, YUNISEF, Global jamgʻarma yoʻli bilan va “Salomatlik-3” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
‎ ‎Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish (Sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotchilari, umumiy amaliyot vrachlari, akusher-ginekologlar, pediatrlar, neonatologlar, akushyerlar va tibbiyot hamshiralari).
‎ Zamonaviy kontratseptiv vositalar barcha uchun bemalol mavjudligini taʼminlash.
‎ VICh-infeksiyalanganlarga boshlangʻich tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish darajasida IPPP va VICh-infeksiyasi diagnostikasi va profilaktikasini integratsiyalash boʻyicha dasturni ishlab chiqish va tatbiq etish. Homilador ayollarga, oila qurmoqchi boʻlgan shaxslarga va xorijiy migrantlarning barchasiga maslahatlar berish va ularning hammasini VICh-infeksiyasi testidan oʻtkazish. VICh-infeksiyalangan bemorlarni ARV terapiyasidan oʻtkazish. OITSga qarshi kurash markazlarini 3 va 4-avlod zamonaviy test-tizimlari bilan taʼminlash.
‎ Ayollarga, bolalarga va umuman oilalarga koʻrsatilayotgan yordam sifatini yaxshilash. Onalar va bolalar oʻlimini, aholi, ayniqsa, onalar va bolalar or�sidagi turli kasalliklar sonini kamaytirish.

Fertil yoshidagi ayollar va bolalarning 100 foizini qamrab olgan xolda ularni chuqurlashtirilgan kompleks tibbiy koʻriklardan oʻtkazish yoʻli bilan fertil yoshdagi ayollarni va bolalarni sogʻlomlashtirish Haftaligini oʻtkazish va kelgusida, zarur hollarda, sogʻliqni saqlash muassasalarida sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish;‎

200,0‎

Budjet va ijrochilar mablagʻlari ‎

diagnostika va davolashning klinik qoʻllanmalari va standartlarini ishlab chiqish, ularni takomillashtirish hamda tatbiq etish;‎

250,0 ming dollar‎

YUNFPA granti

sogʻliqni saqlash xodimlarining salohiyatini yanada mustahkamlash, onalar va bolalar hamda oila salomatligini asrash maqsadida amaliy tibbiyotda, tibbiy oliy oʻquv yurtlarida va Toshkent shahar vrachlar malakasini oshirish institutida JSST va YUNISEFning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish;‎

250,0 ming dollar 18,0 ming dollar 368,1 ‎

YUNISEF granti XRA kredit mablagʻlari Ijrochilar mablagʻlari

fertil yoshdagi ayollarni kontratsepsiyaning zamonaviy uslublari va vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish yoʻli orqali sogʻlom oilani shakllantirish boʻyicha sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatish;‎

900,0 ming dollar‎

YUNFPA granti ‎

homilador ayollarda VICh-infeksiyasi mavjudligini aniqlash maqsadida ularni testdan va antiretrovirus profilaktikasidan oʻtkazish orqali onadan bolaga VICh-infeksiyasi oʻtishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni kuchaytirish; ‎

672,2 ming dollar ‎

OITSga, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha global jamgʻarma mablagʻlari

nikohdan oʻtmoqchi boʻlgan shaxslarni va mehnat migrantlarini VICh-infeksiya testlaridan oʻtkazish;‎

517,0‎

Budjet mablagʻlari‎

Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, sogʻlom oilani shakllantirish, ularning farzandlari salomat tugʻilishini va tarbiyalanishini taʼminlash masalalari boʻyicha oila qurmoqchi boʻlgan yoshlar va yosh oila aʼzolari orasida tushuntirish ishlarini olib borish.‎

241,6‎

Ijrochilar mablagʻlari‎

42.

Bolalikdan nogironlar tugʻilishining oldini olish uchun xatarli guruhga mansub 160 mingdan kam boʻlmagan homilador ayollarni miqdordagi prenatal skrining bilan maksimal qamrab olish, neonatal skrining sifatini oshirish, shu jumladan 800 chaqaloq orasida yangicha skrining uslubi hisoblangan tandem mass-spektrometriya usuli yordamida Tugʻma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash Davlat dasturini amalga oshirishni davom ettirish.

Yil davomida SSV, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi 2 407,2 ming dollar ekvivalentida Budjet mablagʻlari

Homiladorlar va chaqaloqlarni skriningdan oʻtkazish zamonaviy selektiv skrining usuli, yaʼni tandem mass-spektrometriyasini tatbiq etish.
‎ Bolalarning tugʻma kamchiliklar va irsiy xastaliklar bilan tugʻilishining oldini olish.
‎ Bolalar nogironligini kamaytirish

43.

Bolalar salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish, jumladan:

Profilaktik emlashning Milliy kalendariga muvofiq
‎2012-yilning aprelida
SSV, Moliya vazirligi, XTV‎‏

Bolalar orasida gelmintozlarga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning qarorlari.
‎Profilaktik emlashlarni oʻtkazishning milliy kalendariga koʻra emlash jadvallarini tasdiqlash boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligining qarorlari.
‎Bolalar orasida yuqumli kasalliklarni oldini olish va kamaytirish, degelmentizatsiya hamda sil kasalligini oldini olish yoʻli orqali ularning salomatligini mustahkamlash.

virus va boshqariladigan virus infeksiyalariga qarshi emlash jarayoniga barcha bolalarni qamrab olish;‎

5 400,0‎

Budjet mablagʻlari‎

Bolalar orasida gelmintozlar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha Strategik dasturni ishlab chiqish va tatbiq etish;‎

69,0 ming dollar‎

YUNISEF grant mablagʻlari ‎

Sil kasalligiga chalingan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan bolalarni silga qarshi preparatlar bilan kimyoviy profilaktika qilishni taʼminlash.‎

Tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha yil mobaynida

200,0‎

Budjet mablagʻlari‎

44.

Imkoniyati cheklangan va kam taʼminlangan oilalarda tugʻilgan tibbiy yordamga muhtoj bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish:
‎Imkoniyati cheklangan bolalarga Germaniya klinikalarida tibbiy yordam koʻrsatish;
‎tayanch-harakat tizimi va boʻyin umurtqa pogʻonasi shikastlangan bolalarga “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida mamlakat klinikalarida jarrohlik yordamini koʻrsatish;
‎tanasi kuygan bolalarni davolash, yurak xastaligiga chalingan bolalarga jarrohlik yordami koʻrsatib sogʻlomlashtirish.

Yil davomida “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, “Ayollar kengashi” RJB “Hayot uchun!” uyushmasi, Xotin -qizlar qoʻmitasi, Germaniya klinikalari, SSV, “Fridensdorf Interneshnl” (Germaniya), “Save the children” (Janubiy Koreya) xalqaro tashkilotlari, “Mehr nuri” jamgʻar?asi 182,8 ming dollar Homiylar mablagʻlari

Ijrochilar qarorlari.
‎ Yangi tibbiyot texnologiyalari va davolash usullarini qoʻllagan holda, kam taʼminlangan oilalarda tugʻilgan bemor bolalarni sogʻlomlashtirish

45.

Davolash fizkulturasi uchun zali boʻlgan ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya basseyni qurilgan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining moddiy-texnika bazasini yangilash, shuningdek, Fargʻona, Samarqand va Qarshi shaharlarida tegishli infratuzilmasi bilan uning filiallarini barpo etish.

2012 — 2014-yillar XTV, SSV, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari Mablagʻlar amalga oshira borish mobaynida aniqlashtiriladi Budjet mablagʻlari, homiylar mablagʻlari va xorijiy grantlar

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazlarini modernizatsiya qilishga va uning filiallarini barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan:
‎ ‎Respublika markazida davolash fizkulturasi zali bilan ixtisoslashtirilgan basseyn qurish, shuningdek ularni tegishli uskunalar bilan jihozlash;
‎ ‎Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlarining hokimliklari tomonidan Markazning mintaqaviy filiallarini joylashtirish uchun tegishli binolarni ajratib berish;
‎ ajratib berilayotgan binolarni rekonstruksiya qilish hamda ixtisoslashtirilgan uskunalar va asbob-anjomlar bilan jihozlash, shuningdek tegishli infratuzilmani yaratish;
‎ mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy grantlarni jalb etish.

46.

Aholining ovqatlanishi sifatini yaxshilash va mikronutriyent yetishmovchiligi profilaktikasi dasturlarini amalga oshirishni quyidagi yoʻllar bilan davom ettirish:

Yil davomida SSV, Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, osh tuzini ishlab chiqaruvchi korxonalar, “Dori-darmon”AK, XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi

Homilador, ayniqsa, qishloq hududida yashovchi homilador ayollarni baquvvatlantiruvchi, tugʻma kasallikka chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish uchun tarkibida foliy kislotasi mavjud boʻlgan polivitamin komplekslari bilan taʼminlash.
‎Mikronutriyentlar yetishmovchiligi oqibatida vujudga keladigan kasalliklarning oldini olish va ularning sonini kamaytirish, oilalarda toʻgʻri ovqatlanish madaniyatini va shunga oid bilimlarni shakllantirish.

qishloq joylarida yashovchi kamida 400 ming homilador ayolni maxsus baquvvatlantiruvchi polivitamin komplekslari, shu jumladan tarkibida foliy kislotasi mavjud boʻlgan vitaminlar bilan bepul taʼminlash; ‎

9 600,0‎

Budjet mablagʻlari‎

6 oydan 5 yoshgacha boʻlgan 2,1 million bolalar orasida A vitaminini saplementatsiya qilish;‎

80,0 ming. dollar‎

YUNISEF mablagʻlari‎

aholini fortifikatlangan un va yodlangan tuz bilan taʼminlash;‎

1 410,1 ming. dollar‎

Ijrochilar mablagʻlari‎

yangi meva va sabzavot bilan boyitilgan, tarkibida m�l yogʻi kam miqdordagi ratsional oziq-ovqatni isteʼmol qilish foydasini targʻib etish.‎

131,7‎

Ijrochilar mablagʻlari‎

47.

Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi xodimlari va mutaxassislari tomonidan respublikamizning olis qishloq tumanlarida 30 ming oilani qamrov olgan holda chuqur tibbiy koʻriklardan oʻtkazish. Oilalarga konsultativ-diagnostika, profilaktika va davolash yordamini koʻrsatish boʻyicha 264 ta modellik QVPlarni shakllantirish.

Yil davomida SSV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hayot uchun!” uyushmasi 175,0 Ijrochilar mablagʻlari

Tadbirlarni oʻtkazish jadvallarini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning qarorlari.
‎Sogʻliqni saqlash tizimining boshlangʻich boʻgʻinida tibbiy yordam koʻrsatishning sifatini oshirish, oilalarning salomatligini mustahkamlash yoʻlida zarur sharoitlarni yaratish.

‎‏48.

Quyidagilar tashkil etilishi lozim:‎

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, SSV, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK

‎‏Ijrochilar qarorlari, tadbirlar qoʻshma dasturini tasdiqlash.
‎ Oʻquvchi yoshlar orasida kasalliklarning oldini olish va ularning salomatligini yaxshilash, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish.

oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining 6,2 million oʻquvchilarini sifatli tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, oʻquv yurtlarida joylashgan tibbiyot xonalarining ish unumdorligini oshirish, ularning dori-�armonlar bilan taʼminlan-ganligini yanada yaxshilash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi turli nashrlarni chop etish;‎

2012-yilning II—IV choragi

300,0‎

Budjet mablagʻlari‎

ekologik sharoitlari yaxshi boʻlmagan hududlarda yashaydigan aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.‎

150,0 ming dollar‎

“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi mablagʻlari‎

49.

Mamlakatning barcha hududlarida ayollar orasida onkologik kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash maqsadida 10 mingdan ortiq ayollarni bepul ravishda diagnostikadan oʻtkazish, “Ayollarning reproduktiv tizimi raki paydo boʻlishining psixologik sabablari” mavzusi boʻyicha respublikaning yetakchi onkologlari va xorijlik mutaxassislar ishtirokida maxsus treninglar va seminarlar oʻtkazish. respublikaning yetakchi onkologlari va xorijlik mutaxassislar ishtirok etishi, ayollar orasida onkologik kasalliklarning oldini olishga bagʻishlangan videoroliklar va filmlar, broshyuralar va bukletlar tarqatish.

Yil davomida

“Hayot uchun!” uyushmasi, “Ayollar kengashi” RJB, SSV, “Dori-darmon” AK, UNFPA, MTRK, EOAVMA, Oʻzbekiston psixologlari Uyushmasi 133,0 Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Ijrochilarning treninglar va seminarlar jadvallarini tasdiqlash haqidagi tegishli qarorlari.
‎Umumiy amaliyot vrachlarining ayollarda onkologik kasalliklar paydo boʻlishi xavfiga nisbatan eʼtiborini kuchaytirish, ayollar orasida onkologik kasalliklarning oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida keng tushuntirish va axborot ishlarini olib borish.

50.

2012-yil davomida respublikamizda mavjud boʻlgan shahar poliklinikalari zamirida 69 oilaviy poliklinika barpo etish orqali oilaviy tibbiyot tizimini yanada rivojlantirish.

Yil davomida SSV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
‎Toshkent shahar hokimliklari
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida‎ Budjet mablagʻlari‎

SSV qarorlari.
‎ ‎Umumiy amaliyot vrachlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish.

51.

Oilada tibbiy madaniyat darajasini yanada oshirish va sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish maqsadida:

‏Yil davomida SSV, XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, “Kamolot” YIX, NANNOOʻz, EOAVMA, “Kelajak ovozi” YOTM, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‏Ijrochilar, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijrochilar qarorlari.
‎Aholining, ayniqsa yoshlarning sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom oilani shakllantirish, atrof-muhitning inson sogʻligʻiga taʼsiri, kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlari xususidagi xabardorligini yaxshilash, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali kuchaytirish.

aholi orasida yosh bolal�kdan sogʻlom turmush tarzini, unumli ovqatlanish va jismoniy faollikni, zararli odatlarga toqat qilmaslikni, chekishga hamda ichkilikbozlikka qarshi kurashni kengroq targʻib qilish;‎

181,7‎

oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida “Yosh oila maktabi”, “Oila psixologiyasi”, “Sogʻlom turmush tarzi” mavzularida maxsus kurslar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish orqali oʻquvchi yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish va ularni oilaviy turmushga tayyorlashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;‎

100,0‎

aholi orasida profilaktik va tushuntirish ishlarini qishloq vrachlik punktlari orqali kuchaytirish yoʻli bilan Orolboʻyi hududida ona va bolaning salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga koʻmaklashish.‎

60,0‎

52.

200 mingdan ortiq pubertat yoshidagi qizlarni, homilador va fertil yoshidagi ayollarni qamrab olgan holda, tibbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan “Sogʻlom ona—sogʻlom farzand” loyihasini amalga oshirish;

Yil davomida‏ Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, SSV, Xalq taʼlimi vazirligi,Salomatlik instituti, Reproduktiv salomatlik markazi, “Kelajak ovozi” YOTM, “Mehr nuri” jamgʻarmasi, “Ayollar Kengashi” RJB, “Salomatlik plyus ekologiya” NNT, BMTning Oʻzbekistondagi aholini oʻrganuvchi fondi (UNFPA va Y-PEER yoshlar tarmogʻi) 70,0 Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Tadbirlarning Kompleks rejasini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning qarorlari.
‎Fertil yoshidagi ayollarning homiladorlik davri, bolalarni parvarish qilish, toʻgʻri ovqatlantirish va ularning gigiyenasi borasidagi tibbiy bilimlarini oshirish.
‎Yoshlarni sogʻlom turmush tarziga muntazam ravishda jalb etish hamda ularga VICh/OITS va IPPP muammolari haqida maʼlumot berish.
‎Maktab yoshidagi bolalar ongida sogʻlom turmush tarzi gʻoyalarini shakllantirishga, ular isteʼmol qilayotgan ovqat sifatini yaxshilashga koʻmaklashish.

yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan “Sogʻlom yoshlar” loyihasini amalga oshirish;

40,0‎

44 ta maktab oʻquvchilariga qadoqlangan ultrapasterizatsiyalangan sutni har kuni bepul asosda berish boʻyicha “Maktab suti” namunaviy loyihasini amalga oshirish.

80,0‎

53.

Respublika kasaba uyushmalarining sogʻlomlashtirish muassasalari tizimi orqali quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

‏Yil davomida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Ayollar Kengashi” RJB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari. ‏Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ijrochilar mablagʻlari

Ijrochilar qarorlari.
‎ Yosh ayollar va oilalarning salomatligini mustahkamlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish.

koʻp bolalik va kam taʼminlangan oilalarga mansub 500 nafar ayollarni bepul davolash;‎

240,0‎

100 ta yosh oilaning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi uchun 200ta imtiyozli yoʻllanma ajratib berish;‎

100,0‎

100 ta yosh oilalarni sogʻlomlashtirish maqsadida ularga kasaba uyushmasi qoshidagi “Umid gulshani” sanatoriysiga 200ta yoʻllanmani imtiyozli ravishda berish;‎

101,3‎

1000 nafar yosh onalarni va ularning farzandlarini sogʻlomlashtirish;‎

1 000,0‎

qishloq joylarida istiqomat qiluvchi 5 ming ta oilaning aʼzolarini, 1,5 ming nafar yetimlarni, 500 nafar nogironni turar joylarida sifatli bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularga ambulatoriya davolash xizmatlarini koʻrsatish.‎

600,0‎
54.

Quyidagilarni tibbiy jihozlar va anjomlar bilan jihozlash va qoʻshimcha ravishda jihozlash yoʻli bilan aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlash:

Jadvalga muvofiq yil davomida SSV, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari. Budjet mablagʻlari Grantlar va Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari
‎Hindiston Hukumatining grant mablagʻlari
‎XXR Hukumatining grant mablagʻlari
‎OITSga, sil va bezgakka qarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari‏

Davolash-profilaktika muassasalarini jihozlash jadvalini tasdiqlash haqidagi ijrochilarning qarorlari.
‎Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimining barcha pogʻonalarida tashxis va davolash sifatini yaxshilash. Kasalga chalinish va oʻlim holatlari umumiy sonini kamaytirish.

tez tibbiy yordam koʻrsatish xizmatlarini (jumladan, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maxsus avtomobillarni sotib olish orqali);‎

2 978,9
‎780,0 ming
‎dollar ‎

respublika davolash-profilaktika muassasalarini;‎

350,0 ming
‎dollar ‎

bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi barcha darajadagi muassasalar va davolash profilaktika muassasalarining boʻlinmalarini.‎

6 610,0 ming dollar‎

Parenteral yoʻli orqali oʻtadigan kasalliklarning oldini olish maqsadida Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari davolash-profilaktika muassasalarini bir marotaba foydalaniladigan tibbiy buyumlari bilan taʼminlash.‎

3 000,0 ming dollar‎
55.

Kasaba uyush?alari Federatsiyasi tasarrufidagi sogʻlomlashtirish va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini quyidagilar hisobiga yaxshilash:

Yil davomida‏ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi 8 500,0
‎shu jumladan:
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari

Mehnatkashlar va ularning oila aʼzolari dam olishi, sogʻlomlashtirilishi va sport bilan shugʻullanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish

“Chinobod sanatoriysi” OAJning suv va fizioterapiya davolash boʻlimlari binolarida qurilish ishlarini bajarish;‎

2 100,0‎

“Kosonsoy sanatoriysi” OAJning xobxona binolarini rekonstruksiya qilish;‎

600,0‎

Surxondaryo viloyatidagi “Delfin” suzish havzasini rekonstruksiya qilish;‎

1 000,0‎

Toshkent viloyatidagi “Shabboda” bolalar oromgohida qurilish ishlarini amalga oshirish;‎

2 000,0‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari kasaba uyushmalari tashkilotlarining birlashmalari balansidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini rekonstruksiya qilishni yakunlash.‎

2 800,0‎
56.

Oilada sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, bolalar, homilador ayollar hamda yosh onalar salomatligini taʼminlashga jamoatchilik diqqat eʼtiborini jalb etish, oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga qaratilgan “Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat” telemarafonini oʻtkazish.

Maxsus dastur va alohida jadvalga koʻra yil davomida SSV, MTRK, EOAVMA, XTV, “Kamolot” YIX, OʻzAAA, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fond Forum, “Ayollar Kengash” RJB “Mehr nuri” jamgʻarmasi, “Kelajak ovozi” YOTM, Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoa jamgʻarmasining mablagʻlarini boshqarish Parlament komissiyasi. Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga binoan Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Telemarafon oʻtkazish jadvalini tasdiqlash haqidagi ijrochilarning qarorlari.
‎Sogʻlom turmush tarzini, oilaviy qadriyatlarni targʻib qilish, xotin-qizlar salomatligini yaxshilash.

VI. Jamiyatimizning maʼnaviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak maʼnaviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalityetimizga mutlaqo yot boʻlgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli taʼsirlarga qarshi turishda oilaning oʻrni va ahamiyatini oshirish

57.

Mamlakatimiz hududlarida quyidagi ishlarni amalga oshirish orqali oila qadriyatlarini saqlab qolish va mustahkamlashda oilaning roli va ahamiyatini kuchaytirishga oid chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish:
‎“Oila — jamiyatimizning muhim boʻgʻini”, “Maʼnaviyat oiladan boshlanadi”, “Oilaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularidagi targʻibot-tashviqot tadbirlari;
‎“Oiladagi tarbiya: tajriba va istiqboldagi vazifalar” mavzusi boʻyicha seminarlar;
‎“Oila sogʻlom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror” mavzusidagi tanlovlar va videokonferensiyalar;
‎oilalar va oʻquvchi yoshlar uchun “Vatan ravnaqi oiladan boshlanadi” mavzusi boʻyicha badiiy-publitsistik dasturlarni namoyish etish;
‎“Bizning mentalityetimizga yot boʻlgan taʼsirlarga qarshi turishda mahalla va oilaning ahamiyatini oshirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya.

Maxsus tayyorlangan reja asosida Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV, Maʼnaviyat targʻibot markazi; Milliy gʻoya va mafkura IAM, Oliy va maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi,
‎XTV, “Kamolot” YIX, “Mahalla” jamgʻarmasi, MTRK, EOAVMA, OʻzAAA, “Sogʻlom avlod uchun” Jamgʻarmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” IAM, tegishli vazirliklar va idoralar
170,0 Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Tadbirlarni oʻtkazish jadvallarini va konferensiyalarning oʻtkazish materiallarini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning qarorlari.
‎ Milliy mustaqillik gʻoyalarini, oilaviy qadriyatlar hamda milliy anʼanalarimizni, aholining keng tabaqalari orasida, ayniqsa yoshlar orasida targʻib qilish.

58.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga bagʻishlangan quyidagi ijodiy tadbirlarni oʻtkazish:

Yil davomida ‏“Kamolot” YIX, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Ijod” jamgʻarmasi, Badiiy Akademiya, Toshkent fotosuratlar uyi, “Tasviriy oyina” birlashmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura IAM, “Oʻzbekteatr” birlashmasi Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻtkaziladigan qoʻshma tadbirlar jadvalining ijrochilar tomonidan tasdiqlanishi.
‎ Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yosh avlodni ota-onaga nisbatan muhaabbat va hurmat ruhida tarbiyalash.

“Oila — mening qutlugʻ bogʻim” nomli sheʼrlar koʻrigini oʻtkazish, shuningdek, ushbu mavzuga bagʻishlangan toʻplamni chop etish;‎

20,0‎

Tegishli targʻibot vositalari (bannyerlar)dan foydalangan holda “Mening oilam” mavzuida rasmlar va suratlar tanlovini oʻtkazish;‎

15,0‎

“Mustahkam oilani barpo etishda ota-onalar burchi”, “Farzandlarning ota-onalar oldidagi burchi” kabi mavzularga bagʻishlangan koʻchma teatrlarni yoshlar ishtirokida tashkil etish.‎

59.

“Biz — yagona jamoamiz, biz yagona oilamiz” mavzuida yoshlarning ijtimoiy tadbirini tashkil etish, yoshlarga oid loyihalarni roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha anjumanlar, yarmarkalar va konferensiyalar oʻtkazish orqali 15-may - Xalqaro oila kuniga bagʻishlangan tadbirlar turkumini amalga oshirish.

2012-yilning may - iyun oylari “Ayollar kengashi” RJB, “Mehr nuri” jamgʻarmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, IIV, “Kamolot” YIX, MTRK, EOAVMA, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari Xarajatlar miqdori ijrochilar va homiylar qarori bilan belgilanadi Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Ijrochilarning qoʻshma qarori.
‎Yoshlar orasida maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, barkamol avlod tarbiyasi, uning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun shart- sharoitlar va negizlarni yaratish, yoshlarning yuksak maʼnaviyatga hamda tafakkurga intilishlarini ragʻbatlantirish.

60.

“ZiyoNET” tarmogʻining imkoniyatlari va axborot resurslaridan respublika oliy oʻquv yurtlari, litseylari, kollejlari, maktablarida foydalanishni yanada kengaytirish chora-tadbirlarini quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirish:
milliy mustaqillik gʻoyasi va mafkurasi, mamlakat tarixi mavzulariga bagʻishlangan veb-resurslarni yanada kengaytirish;
“ZiyoNET” tarmogʻi resurslarini axborotlar bilan boyitish.

Yil davomida OʻzAAA, TATU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, XTV, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat organlarining axborot xizmatlari 2 230,0 Budjet va ijrochilar mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va dasturlarini oʻquv jarayoniga tatbiq etishni davom ettirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning ijrochilar tomonidan tasdiqlanishi.
‎Oʻquvchi yoshlar oʻquv yurtlarining axborot resurslaridan unumli foydalanishlari, oʻquv va tadqiqot materiallarini oʻrganishlari, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosidan yaxshi boxabar boʻlishlari uchun keng yoʻl ochib berish.

61.

Qishloq joylarida yashaydigan yoshlarimizni Internet tarmogʻidan foydalanishga oʻrgatish uchun bepul kurslar tashkil etish.

Yil davomida OʻzAAA, Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Kamolot” YIX 50,0 Ijrochilar mablagʻlari

Tadbirlar dasturi ijrochilar tomonidan tasdiqlanishi.
‎Qishloq yoshlarida progressiv tafakkurni rivojlantirish va ularning bilim doirasini kengaytirish.

62.

Yosh avlodning maʼnaviy va axloqiy tarbiyasiga koʻmaklashish, ularda milliy gʻurur va oʻzini anglash hissini shakllantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish:
‎yoshlarimizning kasbiy koʻnikmalarini va shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish maqsadida taʼlim oromgohlarini tashkil etish;
‎“Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarni keng yoritayotgan yosh jurnalistlarimiz uchun media-oromgohlarni tashkillashtirish.

Yil davomida “Kelajak ovozi” YOTM,
‎Fond Forum, EOAVMA, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻztemiryoʻlovchitrans”, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoa jamgʻarmasining mablagʻlarini boshqarish Parlament komissiyasi.
175,0 Ijrochilar mablagʻlari

Ijrochilarning qoʻshma tadbirlari rejasi.
‎ Isteʼdodli yoshlarimizning qobiliyatlarini ochib berish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarini yaratish, seminarlar, amaliy mashgʻulotlar va tajribali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini oʻtkazish yoʻli orqali ularning badiiy-estetik didlari va dunyoqarashini tarbiyalash.

63.

Kam taʼminlangan 300 mingta oilani uch kanallik radiopriyomniklar bilan bepul taʼminlash choralarini koʻrish.

Yil davomida OʻzAAA, “Mahalla” jamgʻarmasi 5 000,0 Telekommunikatsiya tizimlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijrochilarning qoʻshma tadbirlari rejasi.
‎ Mamlakatimizda roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlar, demokratik yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar toʻgʻrisida aholining keng koʻlamda xabardor boʻlib turishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish.

64.

Maktabgacha yoshdagi, kichik, oʻrta va katta maktab sinf oʻquvchilari uchun quyidagi maxsus ruknlar boʻyicha teledasturlar va koʻrsatuvlar tayyorlash:
‎eng jajji bolajonlarimiz uchun bilim tarqatuvchi va qiziqarli dasturlar yaratish;
‎sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish mavzusiga bagʻishlangan koʻrsatuvlar;
‎Oʻzbekistonning boy tarixiy merosi, rang-barang hayvonot va nabotot dunyosi haqida telekoʻrsatuvlar tayyorlash.

Yil davomida MTRK, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, XTV, EOAVMA, “Kelajak ovozi” YOTM, OʻzNTT 500,0 Ijrochilar mablagʻlari

Telekoʻrsatuvlarni tayyorlashni tashkillashtirish chora-tadbirlari kompleksi.
‎ Maʼnaviy va jismoniy sogʻlom hamda barkamol avlodni tarbiyalashda yosh oilalarga ommaviy axborot vositalari orqali yordam koʻrsatish.

65.‎

Aniq oilalar misolida “Yoshlar” telekanal�da va hududiy telekanallarda “Mustahkam, sogʻlom oila” tok-shoular tashkil qilish va oʻtkazish.

Yilning I choragi “Kamolot” YIX, MTRK 20,0 Ijrochilar mablagʻlari

Tok-shou ssenariylarini ishlab chiqish.
‎ ‎Yoshlarimizni va yosh oilalarimizni ibrat boʻla oladigan oilalar misolida koʻp asrlar davomida sinalgan milliy urf- odatlarimiz va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash.

66.‎

Quyidagilarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:
‎zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanib, milliy va oilaviy qadriyatlarimizni madh etuvchi oʻzbek xalq ertaklari, dostonlari asosida bolalar va yoshlar uchun 4 ta badiiy va 10 ta multiplikatsion filmlar yaratish;
‎oʻzbek oilalarining boy milliy anʼanalariga bagʻishlangan, ayniqsa, oilaga boʻlgan sadoqat, ota-onaga hurmat haqida, shu jumladan atoqli sanʼat arboblari (Hamid Olimjon va Zulfiya, Said Ahmad va Saida Zunnunova va boshqalarning) hayoti va ijodi misolida 2 ta milliy serial va 5 ta hujjatli film ishlab chiqarish;
‎bolalar va oʻsmirlar uchun 3 ta milliy kompyuter oʻyinlarini yaratish;
‎saviyasi past “ommaviy madaniyat ning, oila va jamiyatdagi bedodliklarning noxush oqibatlarini koʻrsatib beruvchi media-loyihalar va maqolalarni tayyorlash;
‎avlodlarning uzviyligi, ota-onalar bilan bolalarning oʻzaro munosabatlari, oʻzbek oilalarining sogʻlom anʼanalari va urf-odatlarini saqlab qolishga bagʻishlangan teatrlar postanovkalarining repertuarlari.

Tasdiqlangan jadval boʻyicha “Oʻzbekkino” milliy agentligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MTRK, OʻzA, OʻzAAA, “Oʻzbekfilm” OAJ, “Oʻzbekteatr” birlashmasi, EOAVMA, OʻzNTT, Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM 5 000,0 Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlarning estetik qarashlari, axloqi va odobiga ijobiy taʼsir etuvchi, ularni yuksak gʻoyalarga va maqsadlarga yetaklovchi hamda milliy madaniyatimizga va buyuk tariximizga, yuksak maʼnaviyatimizga, oʻzbek xalqining boy oilaviy anʼanalariga boʻlgan qiziqishlarini qondirish va bu boradagi bilimlarini oshirish.

67.‎

Respublikaning barcha hududlarida Oʻzbek milliy kinosi kunlarini oʻtkazish va ushbu marosimlarda oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish va keng targʻib etish maqsadida maʼnaviy maʼrifiy, ilmiy ommabop, badiiy va hujjatli filmlarni namoyish etish.

2012-yilning III choragi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Fond Forum, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 60,0 Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Tadbirlarni oʻtkazish jadvalini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning qarorlari.
‎ Oilaviy qadriyatlarni, zamonaviy milliy kinosanʼatini yoshlar orasida keng targʻib qilish.

68.

Turli mavzularga bagʻishlangan, chiroyli va rangli ilova hamda qoʻshimchalar bilan boyitilgan, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy axborot bilan bir qatorda, sogʻlom oilani shakllantirish, bolalar tarbiyasi va taʼlimi, salomatlikni muhofaza qilish masalalarini keng yoritadigan, barcha oila aʼzolarini qiziqtirgan mavzular boʻyicha dolzarb va tezkor axborotni yetkazadigan “Oila davrasida” gazetasini chop etishni tashkil qilish.

Yil davomida Oʻz MAA, OʻzAAA, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “Matbuot tarqatuvchi” AK, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, SSV, XTV, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin- qizlar qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi 50,0 Ijrochilar mablagʻlari

Oila aʼzolari, ayniqsa yosh avlodning bilim doirasini kengaytirish va intellektual saviyasini oshirish, maʼnaviy va azaliy milliy qadriyatlarimizni, namunali axloq tamoyillarini hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, shuningdek yoshlarimizni sanʼat va sport olamiga oshno qilish.

VII. Jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining taʼlim hamda tarbiya muassasalari bilan oʻzaro amaliy hamjihatligi mexanizmini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini taʼminlash

69.‎

Quyidagilarni oʻz ichiga olgan “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish:
‎ota-onalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari, pedagoglar ishtirokida oila, umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va mahalla hamkorligi Jamoat kengashlarini tashkil etish;
‎tashkil etilgan Jamoat kengashlari ishtirokida taʼlim sifatini muntazam ravishda oʻrganish va uning belgilangan standartlarga mosligi borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
‎taʼlim muassasalariga bevosita yaqin hududda alkogol va tamaki mahsulotlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.‎

‎Ishlab chiqish va tasdiqlash 2012-yil may oyi amalga oshirish— 2012-y. XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻMKHTM, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” IAM, “Kamolot” YIH, Adliya vazirligi, IIV, Davlat soliq qoʻmitasi, SSV, “Kelajak ovozi” YOTM, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ Ijrochilar mablagʻlari‎

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
‎ Oʻsib kelayotgan yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish jarayonida taʼlim muassasasining oila, mahallalar bilan hamkorligini mustahkamlash.
‎ Bolalarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasida ota-onalar, mahalla va taʼlim muassasalari masʼuliyatini oshirish. ‎

70.‎

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, notinch oilalar bolalariga taʼlim-tarbiya berish jarayonida taʼlim muassasasi hamda mahalla oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash:‎
‎notinch oilalar farzandlarining darslarga qatnashi va bilimlarni oʻzlashtirishining muntazam monitoringi;
‎notinch oilalar farzandlarini oʻquv jarayoniga faol ravishda jalb etish, zarur hollarda ular uchun qoʻshimcha mashgʻulotlarni, sport va bolalar ijodi bilan shugʻullanishni tashkil etish;
‎notinch oilalarga bolalarni tarbiyalashda oʻquv-metodik va ijtimoiy koʻmakni taʼminlash.

2012-yilning I choragi ‎ XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻMKHTM, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH, “Kelajak ovozi” YOTM, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi‎ -‎ ‎-

Ijrochilarning qoʻshma qarori.
‎ Notinch oilalar farzandlariga taʼlim-tarbiya berish jarayonini yaxshilash boʻyicha ishlarni kuchaytirish. ‎

71.

Oilalarning taʼlim muassasalari bilan tarbiyaviy maqsadlarda amaliy hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish‎

‎‏Yil davomida

XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻMKHTM, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH, Maʼnaviyat targʻibot markazi‏

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Ijrochilar tomonidan tadbirlarni oʻtkazish jadvalini tasdiqlash.‎
‎ Barkamol avlodni tarbiyalashda oila bilan taʼlim muassasalarining yaqin va amaliy hamkorligini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

“Barkamol avlodni tarbiyalashda oila va taʼlim muassasasi hamkorligi” mavzusidagi uchrashuvlarni tashkil etish;

notinch oilalarga maktab va kollej oʻqituvchilarini biriktirgan holda “Bir ziyoli oʻn oilaga maʼnaviy homiy” loyihasini amalga oshirish.‎

25,0‎

72.‎

Oilaviy sport bilan shugʻullanish va ijodiy toʻgaraklarni tashkil etish uchun mavjud sport zallari, maydonchalari hamda maktab, kollej, litsey, mahalla guzarlari binolaridan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish hamda amalga oshirish.‎

Yil davomida‎ XTV, OʻMKHTM, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari‎ Xarajatlar ijrochilarning qaroriga binoan belgilanadi.‎ Ijrochilar mablagʻlari‎

Chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash yuzasidan ijrochilarning qoʻshma qarorlari.
‎ Jismonan va maʼnan sogʻlom, barkamol avlodni tarbiyalashni taʼminlashda oila, taʼlim muassasasi hamda mahalla hamkorligini mustahkamlash.‎

73.

Quyidagilar taʼminotini yaxshilash:‎

Yil davomida XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻMKHTM, Moliya vazirligi, OʻzMAA, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi

Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning intellektual salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
‎ ‎1-sinf oʻquvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktablarni va maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.
‎ ‎Taʼlim muassasalarini belgilangan standartlar hamda zamonaviy talablarga javob beradigan yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash.
‎Oʻquvchilarda tanlangan kasb yoʻnalishi boʻyicha kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar kollejlarida amaliy mashgʻulotlar samaradorligini yanada oshirish.

4,9 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim muassasalarining bolalarini maktabda oʻqishga samarali tayyorlashda oilalarga yordam berish maqsadida 73,8 ming nafar bolalarning intellektual qobiliyatlari, mantiqiy fikrlashi va motorikasini rivojlantiruvchi mantiqiy intellektual oʻyinlar toʻplamlari bilan;‎

3 000, 0‎ Budjet mablagʻlari‎

1033,2 ming nafar oʻquvchilarni bepul darslik va qoʻllanmalar bilan taʼminlash, ularning 492 ming nafari umumtaʼlim maktablarining 1-sinf oʻquvchilari, 5,2 ming nafari “Mehribonlik” uyi va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, salkam 536 ming nafari kam taʼminlangan oilalar farzandlari;‎

9 800, 0‎

Budjet mablagʻlari‎

kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3,5 milliondan ortiq umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini ijara tizimi asosida darsliklar bilan taʼminlash;‎

9 700, 0‎

Respublika maqsadli kitob fondi mablagʻlari‎

oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari va oliy oʻquv yurtlari kutubxona fondlarini 381 nomdagi 576,6 mingta oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash;‎

7 054,1‎

Budjet mablagʻlari‎

322 ta kasb-hunar kollejlari oʻquv ustaxonalarini oʻquv-amaliy jihozlar, shuningdek, 828 ta kasb-hunar kollejlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda qoʻllaniladigan xomashyo hamda materiallar bilan taʼminlash;‎

6 000,2‎

Budjet mablagʻlari‎

915 ta umumtaʼlim muassasalarini kompyuter sinfxonalari bilan taʼminlash.‎

36 724,3‎

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari‎

74.‎

“Elektron taʼlim” loyihasi doirasida 2012—2015-yillarda oliy oʻquv yurtlari kutubxona fondini elektron shaklga oʻtkazish Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.‎

Tasdiqlash — 2012-yil mart oyi, amalga oshirish 2012—2015-yy. ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻzAAA, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi‎ 750,0 shundan 2012-yili 100,0 ‎ Budjet mablagʻlari‎

Ijrochilarning qoʻshma qarori.
‎Oliy oʻquv yurtlarining elektron kutubxonasini yaratish va rivojlantirish, talabalarni axborot bilan taʼminlash va oʻqitishning yangi shakllarini tatbiq etish.‎

75.‎

Toshkent shahrida badiiy gimnastika boʻyicha RSDYuSShOR uchun turar joy, mashgʻulotlar oʻtkazish va ovqatlanishni tashkil etish binolarini qurish.‎

2012-yil III choragi ‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi‎ 10 000,0‎ Budjet mablagʻlari‎

Iqtidorli bolalarni, oʻquvchi yoshlarni badiiy gimnastika bilan muntazam shugʻullanishga faol jalb etish, ular orasidan mamlakat terma jamoalarining ishonchli zaxirasini shakllantirish.‎

76.‎

‎Bolalarning oilada boʻsh vaqtlarini foydali tashkil etish, ularning qiziquvchanligi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dastlabki kasbiy koʻnikmalarini shakllantirishga yordam berish uchun respublika mintaqalarida 51 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlash.

‎2012-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar vaToshkent shahar hokimliklari, XTV, Moliya vazirligi.‎ 28 965,0‎ Mahalliy budjet mablagʻlari‎

Shaxsning barkamol rivojlanishiga yoʻnaltirilgan maktabdan tashqari ishlar tizimini takomillashtirish, yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish va rivojlantirish, mehnatsevarlikka odatlantirish, shuningdek oʻquvchilarning boʻsh vaqtdan oqilona foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish.‎

77.‎

Navoiy shahrida “Umid nihollari — 2012” sport oʻyinlarini oʻtkazish.‎

2012-yil may-iyun ‎ XTV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH,
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
4500,0‎ Budjet mablagʻlari budjetdan tashqari mablagʻlar, Navoiy viloyat hokimligi mablagʻlari,
‎Budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar

Vazirlar Mahkamasining protokol topshirigʻi. Ijrochilarning tegishli qarorlari.
‎ Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.

Har bir tuman (shahar)da 5800 oilani jalb qilgan holda “Quvnoq startlar” sport musobaqalarini oʻtkazishni tashkil qilish.‎

2012-yil iyun— oktyabr ‎

80,0‎

78.

Quyidagi yoʻllar bilan bolalarni sport bilan shugʻullanishga yanada keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish:‎

‎‏Yil davomida ‎‏Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari 1700,0 ‎ Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Bolalarni sport bilan muntazam shugʻullanishga yanada keng jalb etish, yosh avlod salomatligini mustahkamlash.

1,2 mlndan koʻproq bolalar ishtirokida 4,4 ming tuman (shahar), viloyat va respublika sport musobaqalari va tadbirlarini oʻtkazish;‎

58 ta xalqaro sport musobaqalarida 697 nafar respublika musobaqalari gʻoliblarining ishtirokini taʼminlash.‎

700,0 ming dollar‎

79.‎

Taʼlim muassasalari va mahallalarda “Baxtli oila”, “Oila bolalar nigohida” mavzularidagi mustahkam oilalar hayotini aks ettiradigan koʻchma fotokoʻrgazmalar tashkil etish.‎

Yil davomida‎

Badiiy akademiya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” YIH, XTV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ‎

20,0‎

Ijrochilar mablagʻlari‎

Ijrochilar qarorlari.
‎ Oila va oilaviy qadriyatlar, oilada ota-onalar va farzandlar majburiyatlarini mustahkamlash boʻyicha tarbiyaviy ishlarni keng targʻib qilish va kuchaytirish. ‎

80.‎

Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida 6—14 yoshli bolalar uchun “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivalini oʻtkazish.‎

Yil davomida alohida jadval boʻyicha‎

Fond Forum, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, XTV, “Kamolot” YIH, “Kelajak ovozi” YOTM‎

Tasdiqlangan smeta boʻyicha‎

Ijrochilar mablagʻlari‎

Jadvalni tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning qarorlari.
‎ Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini erta aniqlash, ularni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, iqtidorli bolalarni mukofotlash va ragʻbatlantirish. ‎

81.‎

“Mustahkam oila — oqibatli bolalar” shiori ostida quyidagi tadbirlarni oʻtkazish:‎
‎1—4-sinf oʻquvchilari oʻrtasida viloyat darajasida gʻoliblarni
‎aniqlash bilan rasmlar tanlovi;
‎5—7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovi;
‎8—9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida bilimdonlarni aniqlaydigan viktorinalar;
‎umumtaʼlim maktablari yuqori sinflari uchun mushoira va boshqa ijodiy kechalar.

2012-yil aprel-may ‎

XTV, SSV, OʻzMAA, “Oila” IAM ‎

—‎

—‎

Tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etish boʻyicha ijrochilarning qarorlari.‎
‎ Sogʻlom turmush tarzi, mustahkam va ahil oila qadriyatlarini targʻib qilish, bolalarni barkamol shaxs etib tarbiyalash. Yoshlarda masʼuliyatlilik, sodiqlik, adolatlilik, tartiblilik kabi yuksak maʼnaviy sifatlarni shakllantirish.

VIII. “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi maqsad va vazifalari hamda uni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish

82.‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi maʼruzasini oʻz ichiga olgan “Mustahkam oila yili” broshyurasini tayyorlash va nashr qilish.

2012-yil I choragi ‎

‎OʻzMAA

‎Budjet ajratmalari doirasida

‎Budjet mablagʻlari

‎“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi mohiyati va mazmunini ochib beruvchi broshyurani aholi oʻrtasida tarqatish.

83.

‎Quyidagi yoʻllar bilan aholining barcha qatlamlari oʻrtasida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ahamiyati va maqsadlari toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilish:

Yil davomida

OʻzA, OʻzMAA, MTRK, EOAVMA, “Mahalla” jamgʻarmasi, Respublika “Baynalmilal” madaniyat markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YIH, “Oydin hayot” markazi, OʻzNTT, “Oila” IAM, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

300,0‎

Ijrochilar mablagʻlari

Ijrochilarning qarorlari.
‎ “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, OAVning oila institutini mustahkamlash borasidagi davlat siyosatini hayotga tatbiq etishning ahamiyati va borishini yoritish boʻyicha faoliyatini avj oldirish.

ommaviy axborot vositalarida “2012-yil — Mustahkam oila yili”, “Ahil mahalla”, “Mustahkam mahalla”, “Baynalmilal mahalla”, “Mahalla: bugun va ertaga” maxsus ruknlarini tashkil qilish;‎

“Oila-mahalla-maktab” konsepsiyasiga bagʻishlangan maxsus telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar turkumini tashkil qilish;‎

mustahkam oila qurish masalalariga bagʻishlangan, oilada Ona Va�an haqidagi bilimlarni oshirishga yordam beradigan 10 nomdagi kitoblarni chiqarish.‎

84.

‎Aholi oʻrtasida “Mustahkam oila yili: mohiyati va ahamiyati” mavzusida quyidagi vositalar bilan keng targʻibot ishlarini tashkil qilish:

‎‏2012-yil fevral-mart

Milliy gʻoya va mafkura IAM, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, “Oila” IAM, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, XTV, OʻMKHTM, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot” YIH

Ijrochilarning qarorlari.
‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Bizning yoʻlimiz demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarini izchil davom ettirish yoʻlidir” deb nomlangan maʼruzasining mazmuni va mohiyatini aholi oʻrtasida, ayniqsa olis tumanlar, qishloq va ovullar aholisi, taʼlim muassasalarining oʻquvchilari orasida keng tushuntirib, targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.

aholining barcha qatlamlari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida foydalanish uchun broshyuralar tayyorlash, nashr qilish va tarqatish;‎

15,0‎

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari‎

talabalar va taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining mohiyati va ahamiyatini oʻrganish boʻyicha oʻquv-metodik komplekslar tayyorlash va shu asosda maxsus oʻquv kursini tashkil etish.‎

10,0‎

Homiylar mablagʻlari‎

85.‎

‎“Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” shiori ostida ijodiy tanlov va tadbirlar oʻtkazish, jumladan: bosma OAV xodimlari oʻrtasida tanlov;
‎“Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishda OAVning roli va ahamiyati” mavzusida konferensiya;
‎yosh jurnalistlar oʻrtasida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” ikki bosqichli Respublika koʻrik-tanlovi;
‎“Ozod yurt toʻlqinlari” va “Yoshlar parvozi” media festivallari;
‎‎“Media-lager—2012”ni tashkil etish;
‎“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishga bagʻishlangan ijtimoiy teleradioroliklar milliy festivalini oʻtkazish.

Yil davomida‎

‎OʻzA, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Badiiy akademiya, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, EOAVMA, OʻzNTT, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” IAM, MTRK, OʻzMAA, Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, OʻMKHTM, “Kamolot” YIH, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

‎—

‎Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

‎Ijrochilarning qarorlari.
‎ ‎Oila institutini mustahkamlash sohasidagi davlat siyosatining ahamiyati, mohiyati, mazmuni va natijalarini har tomonlama ochib beradigan bosma va fotomateriallarning ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, fotoasarlar koʻrgazmasini tashkil etish.

86.‎

‎Zamonaviy axborot texnologiyalari, sunʼiy yoʻldosh aloqa kanallaridan foydalangan holda “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi mohiyati va ahamiyatini xorijda axborot- tushuntirish ishlarini tizimli tashkil qilish.

‎2012-yil.

‎MTRK, “Jahon” axborot agentligi, OʻzA, “Uzbekistan Today” axborot agentligi, EOAVMA, OʻzNTT

‎3 000,0

‎Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

‎Chora-tadbirlar reja-jadvallarini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning qarorlari.
‎ Oʻzbekistonda oilani ijtimoiy muhofaza qilish, shu jumladan, yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, barkamol avlodni tarbiyalash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish institutlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan kompleks va maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar haqida chet ellarda axborot tarqatish.

87.‎

‎Quyidagi plakatlar majmuini tayyorlash va chop etish:
‎“Mustahkam oila — mustahkam jamiyat poydevori”;

2012-yil
‎I choragi ‎

‎‏Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura IAM, “Maʼnaviyat” nashriyoti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi XTV, OʻMKHTM

400,0‎

‎‏Budjet, “Mahalla” jamgʻarmasi, Milliy gʻoya va mafkura IAM mablagʻlari

Ijrochilarning qarorlari.
‎ Sogʻlom turmush tarzini, koʻp asrlik oilaviy qadriyatlar va anʼanalarni, mamlakat hayotida Konstitutsiyaning roli va ahamiyatini, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni targʻib qiladigan plakatlar majmuini tayyorlash va chop etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bagʻishlangan “Baxtimiz qomusi”.‎

2012-yil
‎III choragi ‎

400,0‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat turlari qayta koʻrib chiqilishi yoki tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga bogʻliq holda yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yilda Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirishning yakuniy xarajatlari: 1 478,7 mlrd. soʻm va 114,0 mln. dollar.
‎‎Jumladan:
‎‎

Soʻmda‎

-‎ dollarda‎
Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari‎ -‎

238,6 mlrd. soʻm‎

-‎ 3,1 mln. dollar‎
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari‎ -‎ 219,4 mlrd. soʻm‎ -‎ 1,8 mln. dollar‎
Tijorat banklari kreditlari‎ -‎ 1020,6 mlrd. soʻm‎ -‎ 0,2 mln. dollar‎
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablagʻlari‎ -‎ -‎ 95,9 mln. dollar‎
Grantlar‎ -‎ 0,05 mlrd. soʻm‎ -‎ 13,0 mln. dollar‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 99-modda)