Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 13.06.2012 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.06.2012 yildagi 171-son
Date of entry into force
13.06.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qarorini bajarish yuzasidan, Bolalar uylari faoliyatini takomillashtirish, yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni, psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirish hamda tibbiy-ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish, ularni tarbiyalash, jamiyatga integratsiyalash, ularga ta’lim berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalar uylari to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar uylarining amaldagi shtat normativlarini qayta ko‘rib chiqsin, ularda tarbiyalanuvchi bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish ishlari uchun xodimlarni, shuningdek pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi kichik xodimlar yuklamasining amaldagi hisoblangan normalari kamaytirilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Bolalar uylarining ko‘rsatib o‘tilgan xodimlari sonining ko‘paytirilishi munosabati bilan budjetning qo‘shimcha xarajatlari sog‘liqni saqlash muassasalarining tarmog‘i va o‘rinlar fondini maqbullashtirish hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Bolalar uylari tarbiyalanuvchi bolalarini tarbiyalash, ta’lim berish, psixologik va intellektual rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini hisobga olgan holda pedagoglar hamda tarbiyachilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini muntazam ravishda amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Bolalar uylarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va ularda tarbiyalanuvchi bolalarga yordam berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘rsin, shuningdek Bolalar uylari faoliyati yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama ko‘maklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 13-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarini tashkil etish va ularning faoliyati, shuningdek ularda yetim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy, psixologik-pedagogik yordam berish va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bolalar uyi yetim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar (keyingi o‘rinlarda tarbiyalanuvchilar deb ataladi) uchun davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bolalar uyi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek ushbu Nizomga va o‘z Ustaviga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bolalar uyi qonunchilikka muvofiq tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik faoliyatni takomillashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bolalar uyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Bolalar uyini tugatishda tarbiyalanuvchilarni boshqa tegishli muassasalarga o‘tkazish ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bolalar uyi davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi va yuridik shaxs sifatida tegishli tuman hokimligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, g‘aznachilikning tegishli hududiy bo‘linmasida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bolalar uyi ustavi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy ustav asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bolalar uyi quyidagi tiplarga bo‘linadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bolalar 3 yoshgacha bo‘ladigan umumiy tipdagi Bolalar uyi. Zaruriyat bo‘lganda ushbu muassasalarda 4 yoshgacha qabul qilinadigan, ular 7 yoshgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4 yoshgacha qabul qilinadigan, ular bu yerda 7 yoshgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi Bolalar uyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bolalar uyining tipi va o‘rinlari soni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Bolalar uyi kecha-kunduz faoliyat ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bolalar uyi faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Bolalar uylarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Bolalar uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni tibbiy yordam bilan ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish, ularni kamol toptirish va qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni to‘laqonli psixologik reabilitatsiya qilishga, ijtimoiy moslashishga va jamiyatga integratsiyalashga ko‘maklashadigan uy sharoitiga yaqinlashtirilgan shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni psixologik, intellektual va jismoniy kamol toptirishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni dispanserizatsiyalash, profilaktika, davolash va sog‘lomlashtirishni, psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun korreksiya-tiklash tadbirlarini, tarbiyalanuvchilarni tibbiy-psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilishni o‘z ichiga oladigan davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolash-sog‘lomlashtirish, ta’lim-tarbiya va, zaruriyat bo‘lganda, korreksiya-rivojlantirish jarayoni sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur tarzdagi sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimlarni ta’minlash, infeksiyalar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Bolalarni Bolalar uyiga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalari vafot etgan, ota-onalar ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan, ota-onalarning ota-ona huquqlari vaqtincha cheklangan, ota-onalar huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan, ota-onalar kasal bo‘lgan, ota-onalar uzoq vaqt (6 oydan ortiq) bo‘lmagan, shu jumladan ota-onalar o‘z bolalarini tibbiyot muassasalaridan olishni rad etgan hollarda, shuningdek ota-ona qarovi mavjud bo‘lmagan boshqa hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashlandiq (topilgan) bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoldirib ketilgan bolalar (tug‘ruq muassasasidagi yoki statsionardagi hamda tekshirish va davolashning to‘liq kursidan o‘tgan, biroq uzrli sabablarsiz uch kun muddatda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan olinmagan bolalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoni yo‘qligi tufayli doimiy ravishda yakka tartibda parvarish qilishga muhtoj psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar ota-onalar roziligi bilan va ota-onalari bor-yo‘qligidan qat’i nazar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjat bo‘yicha kam ta’minlangan oilalarning bolalari, shuningdek faqat ota-onasining biriga (ona yoki otaga) ega bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimining qarori bo‘yicha, bolaning bu yerda bo‘lishi muddatini uzaytirish keyinchalik qayta ko‘rib chiqilgan holda 1 yilgacha muddat bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bolalar uyiga bolalar yangi tug‘ilgan paytdan boshlab qabul qilinadi va 3 yoshgacha tarbiyalanadi, bolada psixofizik rivojlanish buzilishi mavjud bo‘lgan hollarda esa – 4 yoshgacha tarbiyalanadi, tuman (shahar) hokimining belgilangan tartibdagi qarori asosida bu yerda ularga 7 yoshgacha bo‘lish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilishga vaqtinchalik monelik hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teri va sochning yuqumli kasalliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkir, shu jumladan virusli yuqumli kasalliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy asab tizimining o‘tkir kasalliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teri-tanosil kasalliklari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatib o‘tilgan kasalliklarga chalingan bolalar statsionar davolanish uchun hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuborilishi zarur va davolanish tugallangandan keyin Bolalar uyiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bolalar uyiga yuboriladigan bola uchun vasiylik va homiylik organi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tashlandiq (topilgan) bolalar Bolalar uyiga ichki ishlar organlarida tuzilgan dalolatnoma yoki Bolalar uyida ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha, hududiy davolash-profilaktika muassasalarida tashlandiq (topilgan) bolaning sog‘lig‘i holati to‘g‘risida tibbiy dalolatnoma majburiy tartibda tuzilgan, shuningdek keyinchalik tashlandiq (topilgan) bolani 1 oy muddatga Bolalar uyiga vaqtincha joylashtirish to‘g‘risidagi bitim rasmiylashtirilgan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma 3 nusxada tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi hududiy ichki ishlar organida, ikkinchi nusxasi – bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida, uchinchi nusxasi – fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashlandiq (topilgan) bolani Bolalar uyiga vaqtincha joylashtirish to‘g‘risidagi bitim bola topilgan tuman (shahar)ning vasiylik va homiylik organi va Bolalar uyi ma’muriyati tomonidan imzolanadi. Ushbu bitimning bir nusxasi vasiylik va homiylik organida, ikkinchi nusxasi bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik va homiylik organlari Bolalar uyining tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik xizmati bilan birgalikda tashlandiq bolaning yoshini aniqlaydilar, uning tug‘ilgan sanasini belgilaydilar, unga familiya, ism va ota ismini beradilar hamda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnoma asosida bolani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bola ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tashlab ketilgan taqdirda tug‘ruqxonada yoki boshqa davolash-profilaktika muassasasida ushbu muassasaning ma’muriyati va yuristi tomonidan vasiylik va homiylik organlari va muassasa joylashgan joy bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma muassasaning muhri bilan tasdiqlanadi. Uning asosida bola qoldirilgan bolani Bolalar uyiga bir oy muddatga vaqtincha joylashtirish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq qabul qilinadi. Ushbu bitim vasiylik va homiylik organi hamda muassasa ma’muriyati tomonidan imzolanadi. Bitimning bir nusxasi vasiylik va homiylik organida, ikkinchi nusxasi bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ham tashlandiq (topilgan), ham qoldirib ketilgan bolalar uchun ko‘rsatib o‘tilgan oy mobaynida vasiylik va homiylik organlari qonunchilikda belgilangan tartibda bolaga hujjatlarni rasmiylashtiradilar, keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan yo‘llanma rasmiylashtirilgan holda bolani Bolalar uyiga joylashtirish zarurligi to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarorini chiqarish uchun tavsiyanoma tayyorlaydilar.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolani tarbiyalashni rad etgan taqdirda bolalar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan hujjatlar taqdim etilgan holda tuman (shahar) hokimining qarori asosida Bolalar uyiga qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Har bir tarbiyalanuvchi uchun bolaning rivojlanishi tarixi rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tarbiyalanuvchilar Bolalar uyida bo‘lgan davr uchun tarbiyalanuvchilarning barcha hujjatlarini saqlash tartibi bosh vrach tomonidan belgilanadi. Barcha tarbiyalanuvchilarning hujjatlari alohida temir sandiqda saqlanishi kerak, hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati bosh vrach tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bolalar uyiga qabul qilingan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qabul qilish jurnaliga yoziladi. Jurnalga tartib raqami qo‘yiladi, u ip o‘tkazib tikiladi, muhr bilan tasdiqlanadi va Bolalar uyi arxivida saqlanadi. Jurnalni saqlash muddati — 75 yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchilar hududiy davolash-profilaktika muassasalariga joylashtirilgan taqdirda ular Bolalar uyidan chiqib ketgan deb hisoblanmaydi, qaytganlaridan keyin yangi qabul qilinganlar deb hisoblanmaydi va qabul qilish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchi hududiy davolash-profilaktika muassasasiga davolanish uchun yuborilganda Bolalar uyi ma’muriyati bu haqda ota-onalarga yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarga xabar berishi, bolaning sog‘lig‘i holatini kuzatib borishi, uning rivojlanishi tarixiga davolashning borishi, u boshqa hududiy davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozib qo‘yishi, shuningdek Bolalar uyining unga qaraydigan xodimlari tomonidan kecha-kunduz navbatchilik qilinishini tashkil etishi va bolani bir yoshgacha sut aralashmasi bilan ta’minlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Bolalarni Bolalar uyi hisobidan chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bolalar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq oilaga qaytarilgan, “Mehribonlik” uyiga, “Muruvvat” bolalar internat-uyiga o‘tkazilgan, farzandlikka, patronatga, vasiylik va homiylikka hamda joylashtirishning boshqa muqobil shakllariga o‘tkazilgan hollarda Bolalar uyi hisobidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tarbiyalanuvchini ota-onalarga yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish vasiylik va homiylik organlarining xulosalari hamda ularning yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchining Bolalar uyida bo‘lish muddati tamom bo‘lgandan keyin ota-onalar uzrli sabablarsiz o‘z bolasini qabul qilishni rad etgan taqdirda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida muassasa ma’muriyati ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tarbiyalanuvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimining “Mehribonlik” uylariga o‘tkazish ular 3 yoshga to‘lganidan keyin majburiy ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixofizik nuqsonlari bo‘lgan, o‘qitilishi kerak bo‘lgan tarbiyalanuvchilar 7 yoshga to‘lganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimining “Mehribonlik” uylariga o‘tkaziladi, o‘qitilishi kerak bo‘lmagan psixik nuqsonli tarbiyalanuvchilar esa 4 yoshga to‘lganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining “Muruvvat” bolalar internat-uylariga o‘tkaziladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mehribonlik” uylariga va “Muruvvat” bolalar internat-uylariga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘tkazish muddatidan 6 oy oldin vasiylik va homiylik organlariga hamda tarbiyalanuvchining yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga ma’lum qilinadi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari qoshidagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga muvofiq amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchini o‘tkazishda tegishli ravishda Nizomga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha uning barcha hujjatlari o‘tkaziladi va har bir bola uchun alohida tuman (shahar) hokimining qarori majburiy tartibda chiqariladi. Bunda barcha hujjatlarning nusxalari Bolalar uyida qoladi.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tarbiyalanuvchilarni farzandlikka (patronatga), vasiylik va homiylikka hamda joylashtirishning boshqa muqobil shakllariga berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchini farzandlikka berishda qabul qilish jurnaliga, farzandlikka oluvchining familiyasi va manzili ko‘rsatilmagan holda bola farzandlikka berilganligi, farzandlikka berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori va sanasi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi. Ushbu ma’lumotlar belgilangan tartibda bosh vrachda saqlanadi va faqat tergov va sud organlarining rasmiy so‘rovi bo‘yicha taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aka-ukalar va opa-singillarni farzandlikka berishda, shuningdek ularni “Mehribonlik” uylariga va “Muruvvat” bolalar internat-uylariga hamda joylashtirishning boshqa shakllariga o‘tkazishda ularni ayirishga tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki boshqa sabablarga ko‘ra ular alohida tarbiyalanishi va saqlanishi kerak bo‘lgan alohida holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda faqat istisno sifatida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun bilan muhofaza qilinadigan farzandlikka olish siri oshkor etilganligi uchun Bolalar uyi xodimlari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(25-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tarbiyalanuvchilarni tibbiy-ijtimoiy ta’minlash, tarbiyalash, moddiy ta’minlash, hayotiy ko‘nikmalarga o‘qitish to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Bolalar uylariga tarbiyaga olingan yetim bolalarga (yigirma besh yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba tarbiyalanuvchi bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tarbiyalanuvchilar belgilangan tartibda quyidagilar bilan ta’minlanadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga nisbatan inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insonparvarlik munosabatida bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilasi bilan aloqada bo‘lish, miqdorlari cheklanmagan holda jo‘natmalar, banderollar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy ta’minlashning boshqa buyumlari hamda tasdiqlangan normalar bo‘yicha yumshoq anjomlar bilan ta’minlanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat bo‘lganda tarbiyalanuvchilar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam shtatdagi tibbiyot xodimlari tomonidan, zaruriyat bo‘lganda esa – belgilangan tartibda tegishli hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchining sog‘lig‘i holati yomonlashgan yoki u vafot etgan taqdirda Bolalar uyi ma’muriyati bu haqda darhol yuqori tashkilotni va ota-onalarni yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarni, bunday shaxslar bo‘lmaganda – tarbiyalanuvchi doimiy yashaydigan joy bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Vafot etgan tarbiyalanuvchilarni dafn etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vafot etgan tarbiyalanuvchi dafn etilganda Bolalar uyi ma’muriyati tomonidan dafn xarajatlari budjet mablag‘lari, shuningdek xayriya ehsonlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tarbiyalanuvchining Bolalar uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat Bolalar uyi xodimlari yoxud ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamrohligida, Bolalar uyi ma’muriyatining yozma ruxsati bilan, ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organining tegishli xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchi hududdan tashqariga o‘zboshimchalik bilan chiqqan taqdirda Bolalar uyi ma’muriyati bu haqda uning ota-onalarini yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarni, ichki ishlar organlarini, yuqori sog‘liqni saqlash organlarini va tarbiyalanuvchining yashash yoki bo‘lish joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qiladi hamda birgalikda uni topish va qaytarish choralarini ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tarbiyalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishning tasdiqlangan o‘rtacha sutkalik oqilona normalariga binoan oziq-ovqat, shuningdek mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq normalar bo‘yicha kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar tarbiyalanuvchilarni kelib ko‘rish, Bolalar uyining tibbiy va tarbiyaviy faoliyati, agar bu bolaning manfaatlariga zid bo‘lmasa o‘z bolalarining tibbiy-pedagogik reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tarbiyalanuvchilar “Mehribonlik” uylariga yoki “Muruvvat” bolalar internat-uylariga o‘tkazilganda ularga ichki kiyim, kiyim-bosh va mavsumiy poyabzal beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bosh vrach ushbu Nizom talablariga muvofiq tarbiyalanuvchilarni Bolalar uyiga qabul qilish va undan chiqarish yuzasidan shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Bolalar uylarida tibbiy-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tarbiyalanuvchilarni tibbiy ta’minlash, tarbiyalash va moddiy ta’minlash tartibi ularning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, psixik va jismoniy holati hisobga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy shart-sharoitlar reabilitatsiya jarayoniga ko‘maklashishi, tarbiyalanuvchilardagi hissiy zo‘riqishni yumshatish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bolalar uyining binosi, qattiq va yumshoq anjomlar, tibbiy va xo‘jalik jihozlari, o‘yinchoqlar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, bolalarning yoshi, sog‘lig‘ining holati va psixik rivojlanishiga muvofiq bo‘lishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bolalar uyidagi davolash-sog‘lomlashtirish ishlari kasallikka chalinish xavfi omillarini barvaqt aniqlashga, ular rivojlanishining oldini olishga, bolalarni kompleks tibbiy-pedagogik reabilitatsiya qilishga, shuningdek asoratlarning, nogironlikning oldini olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tarbiyalanuvchilar shtatdagi tibbiyot xodimlari, pediatr va tor ixtisosli mutaxassislar tomonidan kuzatib boriladi. Tarbiyalanuvchilar hududiy davolash-profilaktika muassasasining mutaxassislari tomonidan bir yilda 2-marta puxta tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va zaruriyat bo‘lganda, profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari amalga oshiriladi; izolyatordagi bemor bolalarni davolash ta’minlanadi; psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar davolanadi va ular o‘rtasida korreksiya-tiklash tadbirlari o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasal bo‘lib qolgan tarbiyalanuvchilar tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hududiy, viloyat va respublika bolalar davolash-profilaktika muassasalariga yotqiziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Bolalar uyida yangidan qabul qilingan bolalar uchun karantin guruhi va statsionar davolashni talab etmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun izolyator tashkil etiladi. Izolyatordagi o‘rinlar soni Bolalar uyidagi shtatli o‘rinlar sonining kamida 10 foizini tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tarbiyalanuvchilar yoshi, jismoniy holati, aqliy rivojlanish darajasi hisobga olingan holda guruhlarga ajratiladi. Guruhlardagi bolalar soni 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 8 nafar bolani va 1 yoshdan katta yoshdagi bolalar uchun – 10 nafar bolani, ixtisoslashtirilgan guruhlarda, yoshidan qat’i nazar – 8 nafar bolani tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’lim-tarbiya faoliyati Bolalar uyining pedagoglari va tarbiyachilari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Bolalar uylaridagi tarbiyaviy ishlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat ta’lim talablari asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya dasturiga muvofiq olib boriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda maqbul texnologiyalar, tarbiyalash shakllari va usullari tanlanadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Psixofizik rivojlanishi buzilgan tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya jarayoni ularning rivojlanishidagi buzilishlarga muvofiq, ta’lim va tarbiyaning individual yo‘naltirilgan dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tarbiya, dam olish va turli tadbirlarning tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik asoslangan holda birga qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning Bolalar uyida kecha-kunduz bo‘lishi hisobga olingan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik kuzatib borishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik yordam berish maqsadida Bolalar uyida tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik xizmat (keyingi o‘rinlarda xizmat deb ataladi) tashkil etiladi. Xizmat tarkibi mutaxassislardan – Bolalar uyi xodimlaridan iborat bo‘ladi. Xizmatning tarkibi bosh vrachning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Xizmat tarkibiga xizmatga boshchilik qiladigan Bolalar uyining bosh vrachi, ijtimoiy maxsus xodim, psixolog, vrach-pediatr, katta tarbiyachi va defektolog kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Xizmat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik, profilaktik, korreksion, maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vrachlar, tarbiyachilar, pedagoglar, muassasa ma’muriyati va Bolalar uyining boshqa xodimlari bilan profilaktik, maslahat berish, ta’lim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Xizmat a’zolari ishlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini o‘rganish va uning ijtimoiy maqomi barqarorligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning mulkiy va nomulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishmayotgan hujjatlarni izlash va to‘plash ishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarga va ularning mol-mulkiga nisbatan qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortishga ko‘maklashish;
(45-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning qarindoshlarini aniqlash va ular bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud majlislarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Bolalar uyidagi hayotga moslashish uchun bolaning zarur bo‘lgan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlanishning tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik muammolari tashxisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning individual-psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishning yakka tartibdagi dasturlarini tuzish, pedagogik ta’sir ko‘rsatish metod va usullarini tizimli rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ijobiy his-tuyg‘ularini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni atrofdagi voqelikka moslashtirish, ijobiy ko‘nikma va odatlarni, muayyan bilimlar va uquvlarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tarbiyalanuvchilarni joylashtirishning boshqa muqobil shakllari sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarni tarbiyalanuvchini oilaga qabul qilishga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchini tayyorlash va o‘z oilasiga qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchini qabul qiladigan oila hayotiga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni joylashtirishning oilaviy shakllarini va bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilishni xohlovchi shaxslarni tanlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Xizmat tomonidan Bolalar uyi hayotiga to‘laqonli kirishib ketishni va keyinchalik uni jamiyatga ijtimoiy moslashtirishni ta’minlash uchun tarbiyalanuvchilar bilan yakka tartibda korreksion-tarbiyaviy ishlar dasturi ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Bolalar uyi xodimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Xodimlarni ishga qabul qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tibbiy xizmat ko‘rsatish Bolalar uyining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (hududiy davolash-profilaktika muassasalaridan mutaxassislar jalb etilgan holda). Tibbiyot xodimlari (Bolalar uyi ma’muriyati bilan birgalikda) tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, rejim va ovqatlanish sifati, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi va sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uyidagi davolash-maslahat yordami va amalga oshirilgan davolash-profilaktika tadbirlari tahlili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Bolalar uyida ta’lim-tarbiya jarayoni pedagog xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Bolalar uyida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik ta’minlash psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Bolalar uyida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy kuzatib borish ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Bolalar uyi ma’muriyati tibbiyot xodimlari, pedagog, psixologik va ijtimoiy xodimlarning kasb mahorati doimiy ravishda takomillashtirib borilishi, qonunchilikda belgilangan tartibda ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tashkil etilishi uchun javob beradi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Xodimlar ushbu Nizom normalariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishga, kasb odob-axloqiga qat’iy amal qilishga, ta’lim-tarbiya jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlashga, tarbiyalanuvchilarni tibbiy-ijtimoiy kuzatib borishga, o‘z kasb malakasini muntazam oshirib borishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Xodimlar qonunchilikda belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lish huquqiga egadir.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Xodimlar Bolalar uyi ustavida belgilangan tartibda uni boshqarishda qatnashish, kasb obro‘-e’tiborini himoya qilish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Xodimlarning lavozim huquqlari va majburiyatlari, rahbarlarning vakolati va funksiyalari qonunchilikda, ushbu Nizomda, shuningdek Bolalar uyi ustavida belgilanadi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Bolalar uyini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Bolalar uyida bolalarning Bolalar uyida bo‘lishining quyidagilarni nazarda tutadigan maxsus shart-sharoitlari ta’minlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududni qo‘riqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hudud tashqarisiga erkin chiqishni cheklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni kecha-kunduz, shu jumladan uyqu uchun ajratilgan vaqtda nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Bolalar uyiga bevosita rahbarlikni oliy tibbiy ma’lumotli, maxsus tayyorgarlikka, kamida 5 yil tibbiy stajga va malaka toifasiga ega bo‘lgan bosh vrach amalga oshiradi. Bosh vrachni ishga qabul qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Bosh vrach Bolalar uyining barcha ishlarini tashkil etadi hamda tibbiy-ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatish, tarbiya, ta’lim jarayonlari va Bolalar uyidagi hayot faoliyatining holati uchun to‘liq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Bosh vrach Bolalar uyi nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilikda belgilangan tartibda Bolalar uyining mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Bosh vrach:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uyining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va Bolalar uyiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarligi darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, tarbiya va ta’lim ishlari, malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha ayrim masalalarni hal etish va Bolalar uyi faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni to‘xtatadi;
(61-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli buyruq chiqarish yo‘li bilan rag‘batlantirish va intizomiy jazolash choralarini ko‘radi hamda qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(61-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Moliya-xo‘jalik faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Bolalar uyining moddiy-texnika bazasi zarur imoratlarni, kommunikatsiyalar, asbob-uskunalar, transport vositalarini hamda tibbiy ta’minlash va tarbiyalash uchun foydalaniladigan boshqa mol-mulkdan iborat bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uyi binosi texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi va undan foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Bolalar uyi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda maqsadli badallari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Bolalar uyini moliyalashtirish tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Budjet mablag‘larini va budjetdan tashqari mablag‘larni sarflash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Shtat jadvali namunaviy shtat normativlariga muvofiq ishlab chiqiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Bolalar uyi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Bolalar uyi moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni Bolalar uyiga qabul qilish uchun hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolani Bolalar uyiga joylashtirish zarurligi to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori (bola, uning oilasi, turar joyni sotish huquqisiz bolaga biriktirish to‘g‘risidagi aniq ta’rif bilan birga turar joy mavjudligi to‘g‘risidagi dalillangan va to‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lgan qaror).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan berilgan yo‘llanma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (guvohnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda – rasmiylashtirish va bolani qabul qilish Nizomning 17-bandiga muvofiq amalga oshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Analizlar natijalari va bola turgan yoki yashagan joy bo‘yicha davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi xulosasi ilova qilingan holda bolaning sog‘lig‘i va rivojlanishi holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilangan tartibda berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi (agar nogironlik mavjud bo‘lsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilangan tartibda berilgan nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi (agar nogironlik mavjud bo‘lsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari va o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari, sud hukmlari yoki qarorlari, ota-onalarning uzoq vaqt kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, boladan voz kechilgan taqdirda – ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarning notarial tasdiqlangan arizasi va ota-onalar yo‘qligini yoki ular o‘z bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mol-mulk qayerdaligi, uni saqlash ta’minlanishi uchun qanday choralar ko‘rilganligi va ularning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda ota-onalardan keyin qolgan bolaning mol-mulki ro‘yxati (agar u mavjud bo‘lsa).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan turar joy maydoni bolalarga biriktirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, kadastr ishi nusxalari, turar joyning egasi va turar joyni xususiylashtirish fakti to‘g‘risidagi), ular mavjud bo‘lganda.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya oluvchi bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi qarori nusxasi, jamg‘arma daftarchasi (ular mavjud bo‘lgan taqdirda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bolalar uyida rasmiylashtiriladigan bolaning 2 dona fotosurati (6 sm x 4 sm o‘lchamli).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomning 12-bandi “b” va “v” kichik bandlariga muvofiq bolani Bolalar uyiga yuborishda bolaning ota-onalarining yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarning bolani Bolalar uyiga rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi taqdim etiladi. Bunda ushbu Nizomning 8, 9, 10 va 11-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishining o‘rtacha sutkalik oqilona normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

grammlarda‎‎

T/r

Mahsulotlar nomi‎

0-6
‎oylik‎

6-12
‎oylik

1-3
‎yosh‎

4-7
‎yosh‎

1. 1-navli bug‘doy non ‎ - 30 175 250
2. Bug‘doy uni‎ - 10 35 35
3. Bolalar ovqati uchun un (guruchli, grechixali,‎‎suli yormali va boshqalar)‎ 10 10 - -
4. Kartoshka uni‎ 8 8 8 8
5. Yorma, dukkakli, makaron mahsulotlari‎ 20 40 85 85
6. Kartoshka‎ 50 100 350 350
7. Har xil sabzavotlar, shu jumladan ko‘katlar — 10 gr‎ 100 200 400 400
8. Ho‘l mevalar‎ 50 100 150 200
9. Meva, sabzavot sharbatlari‎ 30 100 100 200
10. Quruq mevalar, shu jumladan na’matak — 10 gr - 20 30 30
11. Qandolatchilik mahsulotlari‎ - 20 50 70
12. Tabiiy asal‎ - - - 10
13. Qand-shakar‎ 20 30 50 50
14. Sariyog‘‎ 10 20 45 55
15. O‘simlik moyi‎ 5 10 20 20
16. Pomidor pastasi, pomidor pyuresi‎ - - - 3
17. Tuxum (dona)‎ 0,5sarig‘i‎ 0,5sarig‘i‎ 1 1
18. Sut‎ 100 250 600 600
19. Tvorog‎ - 20 40 40
20. Go‘sht, parranda go‘shti, jigar‎ - 120 150 175
21. Baliq‎ - - 75 75
22. Kolbasa mahsulotlari‎ - - 40 40
23. Smetana‎ - - - 25
24. Qaymoq‎ 10 20 50 50
25. Qatiq mahsulotlari (bolalar kefiri,
‎biolakt, atsidofil pastasi)‎
150 200 200 200
26. Pishloq‎ - 20 20 25
27. Choy‎ - - 2 2
28. Kakao‎ - - 3 3
29. Yodlangan tuz‎ - - 6 6
30. Xamirturush‎ - - 1 1
31. Sutli aralashma‎ 150 150 - -
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Bolalar uylarining bosh vrachlariga, almashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining teng qiymatliligini hamda ularning mavjudligini va tegishli mavsumda foydalanishni hisobga olgan holda, bolalar ratsioniga ayrim o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎‏

‎‏Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq anjomning nomi

Quyidagi yoshdagi bolalar uchun:‎‎

1 yoshgacha‎‎

1 yoshdan 2 yoshgacha

2 yoshdan 4 yoshgacha‎‎

4 yoshdan 7 yoshgacha‎‎

1 o‘ringa soni

eskirish muddati (yil)‎

1o‘ringa soni‎

eskirish muddati (yil)

1 o‘ringa soni‎

eskirish muddati (yil) ‎

1 o‘ringa soni ‎

eskirish muddati (yil)

‎‎ICHKI KIYIM HAMDA CHOYSHAB, YOSTIQ JILDI VA SHU KABILAR

1.

Ichki ko‘ylak, chaqaloqlar yaktakchasi, maykalar

12 1 6 1 6 1 4 1
2. Ichki koftachalar, pijamalar, tungi ko‘ylaklar‎ 4 1 4 1 3 1 2‎ 1
3. Polzunkalar, kalta ishtonlar, triko (qalin)‎ 40 1 40 1 6 1 5 1
4. Polzunkalar, kalta ishtonlar, triko (yozgi)‎ 30 1 30 1 10 1 5 1
5. Bolalar choyshablari‎ 7 1 7 1 6 1 5 1
6. Yozgi yo‘rgaklar‎ 130 1 50 1 10 1 - -
7. Qalin yo‘rgaklar 10 1 10 1 - - - -
8. Bolalar ko‘rpajildlari (konvertlar) ‎ 7 2 7 2 5 2 2 1
9. Yostiq uchun ustki yostiqjildlar ‎ 7 2 7 3 5 3 4 1
10. Yostiq uchun ichki yostiqjildlar‎ 1,5 2 1,5 2 1,5 2 1,5 2
11. Bolalar sochiqlari‎ 4 1 4 2 4 2 4 1
12.

Uchburchak ro‘mollar, chepchiklar (issiq bosh kiyimlar)‎

5 1 5 1 5 2 - -
FORMALI KIYIMLAR
13. Qalin kiyimlar (ko‘ylaklar)‎ - - 4 2 4 2 1 1
14. Yozgi kiyimlar (ko‘ylaklar)‎ -‎ - 2 1 4 2 2 2
15. Trikotajli mashq qilish kiyimlari ‎ - - - - 2 2 1 1
16. O‘g‘il bolalar uchun ustki paxta ipli ko‘ylaklar ‎ - - - - - - 3 1
17. Fartuklar (oshxo‘raklar) 6 0,5 3 1 3 2 1 1
18. Paypoqlar, golflar‎ 5 1 5 1 7 1 6 1
19. Kolgotkalar‎ 6 1 10 1 10 1 6 1
20. Jundan (ip aralash jundan) to‘qilgan sviterlar, nimchalar, koftalar‎ 1,5 2‎ 2 2 2 2 2 2
21. Suv o‘tmaydigan kurtkalar, kombinezonlar‎ 1 2 1 2 1 2 1 2
22. Yengil paltolar ‎ - - 1 2 1 2 1 2
23. Qishki paltolar‎ - - 1 2 1 2 1 2
24. Yozgi bosh kiyimlar (panamkalar, pilotkalar)‎ 2 1 3 3 3 2 1 1
25. Jundan to‘qilgan shapkalar‎ 1,5 2 1,5 2 2 2 2 1
26. Sharflar, kashne‎ 1 1 1 2 1 2 1 2
27. Boshmaldoqli qo‘lqoplar‎ - - 2 2 3 3 2 1
28. Junli paypoqlar‎ 4 2 3 1,5 3 1,5 3 1
29. Tuflilar, krossovkalar‎ - - 2 1 2 1 2 1
30. Botinkalar‎ - - 1 1 1 1 1 1
31. Sovuq o‘tmaydigan botinkalar, etiklar‎ - - 1 2 1 1 1 1
32. Qalin etiklar‎ - - 1 1 1 1 1 1
33. Pamperslar* 730 - 730 - 730 - 280 -
TO‘SHAK, ADYOL, YOSTIQ JILDI VA SHU KABILAR
34. To‘shak‎ 2 3 2 3 2 3 2 3
35. Issiq yoki momiqli adyol ‎ 2 3 2 3 1 3 1 6
36. Junli, ip aralash junli adyollar‎ 1,2
‎5
5 1,2
‎5
5 1,1 5 1 3
37. Paxmoq adyol‎ 2,5 3 2,5 3 2 3 2 3
38. Choyshablar‎ 1 5 1 5 1 5 1 5
39. Yostiqlar‎ 2 4 1,5 4 1,5 4 1,5 4
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*) Bir bola uchun bir yilga hisobidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Bolalar uyining bosh vrachlariga Bolalar uyida kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash tabelida bir bola uchun ularning to‘liq komplekti qiymati doirasida ayrim o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 23-24-son, 265-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)