Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021 14.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2326
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 14.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2326
Date of entry into force
24.02.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI VA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA QONUN HUJJATLARINING TURKUMLAShTIRILGAN HISOBINI YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2326]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 14-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3311, 19.06.2021-y.) asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridan keng foydalanishni ta’minlash, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanish va qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatori asosida barcha normativ-huquqiy hujjatlarga kodlar berish hamda qonun hujjatlarini hisobga olish va turkumlash kartotekasini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yil 14-iyundagi 112-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1689, 2007-yil 14-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 256-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 226-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1689-1, 2011-yil 3-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 436-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatning manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi (Sh. Yaminov) bilan birgalikda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir N. YO‘LDOShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 14-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-mh-son

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 39-mh-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar hamda ularning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida (keyingi o‘rinlarda matnda davlat boshqaruvi organlari deb yuritiladi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa organlarga qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritishda mazkur Qoidalar talablaridan foydalanish tavsiya etiladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-yanvardagi 23-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2326-1, 21.01.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish — ularni markazlashtirilgan tartibda yig‘ish, mazkur Qoidalarning 1-ilovasidagi Qonun hujjatlarining rasmiy davriy nashrlarini hisobga olish jurnalida (keyingi o‘rinlarda matnda Jurnal deb yuritiladi) hisobga olish hamda nazorat nusxalarini olib borishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va bevosita ushbu tashkilotlar faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish ixtiyoriy bo‘lib, tegishli davlat boshqaruvi organi rahbarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda quyidagi sohalarga oid normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ramzlari, poytaxt, davlat mukofotlari, faxriy unvonlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’muriy-hududiy tuzilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendumlar, saylov tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga doir siyosat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik tashabbusi, norma ijodkorligi faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-yanvardagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikoh va oila, fuqarolik holati dalolatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat, aholi bandligi, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘liqni saqlash, sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim;

uy-joy qonunchiligi, kommunal xizmat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi (Toshkent shahar hokimligidan tashqari);
(3-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo va xizmat ko‘rsatish, transport, yo‘l xo‘jaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va boshqa majburiy to‘lovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik muhofazasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlardan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ularning o‘zlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning, shuningdek tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari qarorlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tuman (shahar) hokimliklarida tegishincha tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining, viloyat, Toshkent shahar hokimining hamda viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi qarorlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish vazifasi yuridik xizmat xodimiga (yuriskonsultga) yuklatiladi. Uning yo‘qligida ushbu vazifa davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari tomonidan boshqa shaxsga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatori asosida barcha normativ-huquqiy hujjatlarga kodlar berish hamda qonun hujjatlarini hisobga olish va turkumlash kartotekasini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qonun hujjatlarining rasmiy davriy nashrlarini jurnalda hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan qonun hujjatlarining rasmiy davriy nashri (keyingi o‘rinlarda — rasmiy nashrlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 6-bandida ko‘rsatilgan xodimlar tomonidan Jurnalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jurnalga rasmiy nashr to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatga olish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy nashrning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy nashrning chop etilgan yili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy nashrning soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy nashrning bahosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izoh.

III. Qonun hujjatlarining nazorat nusxalarini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qonun hujjatining nazorat nusxasi bo‘lib, shu hujjatga kiritilgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar, hujjatning to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanganligi, hujjatning to‘liq yoki qisman amal qilish muddatini uzaytirish yoxud amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi ma’lumotlar kiritilgan nusxasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yoki uning bo‘limi, kichik bo‘limi, bobi, paragrafi, moddasi, qismi, bandi, kichik bandi, xatboshisi (keyingi o‘rinlarda matnda tuzilmaviy birliklari deb yuritiladi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanganda yoki yangi tahrirda qabul qilinganda, so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatdagi normaga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatning nazorat nusxasiga ushbu hujjat nomining yoki tegishli tuzilmaviy birliklarining chap tomoniga “x” belgisi qo‘yiladi, matn egri chiziq bilan o‘chiriladi hamda shu normaning mazmunini yorituvchi yozuv, so‘nggi hujjatning turi, qabul qilingan sanasi, raqami va e’lon qilingan manbasi aks ettiriladi (2-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat tuzilmaviy birliklarining alohida jumlalari, so‘zlari, raqamlari almashtirilganda yoki chiqarib tashlanganda, so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatdagi normaga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat nazorat nusxasidagi tegishli jumlalar, so‘zlar va raqamlar “” (almashtirilganda) yoki “” (chiqarib tashlanganda) shaklidagi gorizontal to‘g‘ri chiziq bilan o‘chiriladi hamda shu normaning mazmunini yorituvchi yozuv, so‘nggi hujjatning turi, qabul qilingan sanasi, raqami va e’lon qilingan manbasi aks ettiriladi (3-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga qo‘shimchalar kiritilganda, so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatdagi normaga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat nazorat nusxasining tegishli tuzilmaviy birliklariga “” belgisi qo‘yiladi, shu normaning mazmunini yorituvchi yozuv hamda so‘nggi hujjatning turi, qabul qilingan sanasi, raqami va e’lon qilingan manbasi aks ettiriladi (4-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Normativ-huquqiy hujjat to‘liq yoki uning tuzilmaviy birliklarining amal qilish muddati uzaytirilganda, yoxud amal qilishi to‘xtatib turilganda, so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatdagi normaga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat nazorat nusxasi tegishli tuzilmaviy birliklarining chap tomoniga “x” belgisi qo‘yiladi, shu normaning mazmunini yorituvchi yozuv, so‘nggi hujjatning turi, qabul qilingan sanasi, raqami, e’lon qilingan manbasi hamda hujjatning amal qilishi uzaytirilganligi yoki to‘xtatib turilganligi muddati aks ettiriladi (5-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nazorat nusxalardagi yozuvlar faqat havo rangdagi sharikli ruchka bilan tushunarli yozuvda kiritilishi kerak. Agar yozuv butun hujjatga taalluqli bo‘lsa, belgi normativ-huquqiy hujjat nomining chap tomoniga qo‘yiladi. Agarda yozuv normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birliklariga taalluqli bo‘lsa u holda belgi tegishli tuzilmaviy birliklarning chap tomoniga qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning nazorat nusxalari ular qabul qilingan tillarda yuritilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning nazorat nusxalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar aks ettirilgan matn yopishtiriladi (normativ-huquqiy hujjat yoki uning tuzilmaviy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan yoxud alohida raqamlar, so‘zlar, jumlalar, grafalar, bloklar va pozitsiyalar chiqarib tashlangan, shuningdek normativ-huquqiy hujjat yangi tahrirda qabul qilingan hollar bundan mustasno).
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-yanvardagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qonun hujjatlarini saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Rasmiy nashrlar qat’iy hisobga olinishi, saqlanishi va har 5 yilda kamida bir marta xatlovdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy nashrlar yil bo‘yicha xronologik tartibda yig‘iladi va muqovalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy nashrlar har bir nusxasining birinchi va o‘n yettinchi sahifalariga tamg‘a (shtamp) va inventar raqami qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Rasmiy nashrlar ushbu Qoidalarning 6-bandida ko‘rsatilgan xodimlar tomonidan saqlanadi. Bu xodimlar moddiy javobgar shaxs hisoblanadi va ular bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida ko‘rsatilgan xodimlar o‘zgarganda qonun hujjatlari topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ushbu Qoidalarning bajarilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan keng foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan foydalanilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarining rasmiy davriy nashrlarini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI

T/r‎

Ro‘yxatga olish sanasi‎

Rasmiy davriy nashrning nomi‎

Rasmiy davriy nashrning chop etilgan yili‎

Rasmiy davriy nashrning soni‎

Rasmiy davriy nashrning bahosi‎

Izoh‎

1‎

2‎

3‎

4

5

6

7

1.‎

11.12.2011-y.‎

O‘zR QHT‎

2011‎

2‎

12000‎

49-soni‎

2.‎

3.‎

...‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga
2-ILOVA

3-ILOVA

4-ILOVA

5-ILOVA

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 7-son, 72-modda; 2015-y., 3-son, 38-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)