14.12.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1882-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 14.12.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1882-2
Date of entry into force
24.12.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUGʻURTALOVChILARNING SUGʻURTA ZAXIRALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1882-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 454-modda) muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 529-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-noyabrdagi 69-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 6-bandning birinchi xatboshidan “Davsugʻurtanazorat bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 26-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OChZni shakllantirish va undan foydalanish tartibi sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sugʻurtalovchi OChZdan moliyalashtiriladigan ogohlantirish chora-tadbirlarining aniq roʻyxatini belgilashi va uni Davsugʻurtanazoratga kelishish uchun taqdim etishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 28-bandning ikkinchi xatboshidagi “sugʻurtalovchi tomonidan belgilanadi va Davsugʻurtanazorat bilan kelishiladi” degan soʻzlar “sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan falokatlar zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 29-bandning uchinchi xatboshidagi “sugʻurtalovchi tomonidan belgilanadi va Davsugʻurtanazorat bilan kelishiladi” degan soʻzlar “sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan zararlilikning tebranishi zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 30-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ANZni shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlari sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 31-banddagi “bunday zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shartlarini Davsugʻurtanazorat bilan kelishilgandan” degan soʻzlar “bunday zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlarini nazarda tutuvchi tegishli zaxira toʻgʻrisidagi nizom sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanganidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 532-modda)