18.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2184
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 18.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2184
Date of entry into force
28.01.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAʼLIM MUASSASALARIDA OʻQUV-TARBIYA JARAYONIDA OʻQUVCHILAR VA TALABALAR BILAN YUZ BERGAN BAXTSIZ HODISALARNI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2184]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 23-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 23-dekabrdagi 202-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 8-noyabrdagi 78/2023-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2184-1, 24.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 10/23/2184-1/0892-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 28-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2184-2, 27.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 10/25/2184-2/1230-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom taʼlim muassasalarining rejalashtirgan darslari, amaliy mashgʻulotlari, laboratoriya ishlari, harbiy taʼlim boʻyicha dars mashgʻulotlari, sport mashgʻulotlari, ijtimoiy foydali mehnati, hasharlar va musobaqalar hamda ushbu muassasalarda oʻtkaziladigan boshqa oʻquv-tarbiya ishlari vaqtida oʻquvchilar va talabalar (bundan buyon matnda taʼlim oluvchilar deb yuritiladi) bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 8-noyabrdagi 78/2023-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2184-1, 24.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 10/23/2184-1/0892-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tekshiriladigan va hisobga olinadigan baxtsiz hodisalar turiga mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan holatlarda roʻy bergan turli tan jarohatlarini olish, shikastlanish, issiqlik taʼsiri, portlash, falokatlar, imoratlar va konstruksiyalar buzilishi, kuyish, muzlash, qizish, elektr toki yoki yashin urishi, hayvonlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar tomonidan hamda terroristik harakatlar natijasida shikastlanishlar, zaharlanishlar, tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, suvga choʻkish, turli avariya holatlari va boshqalar) kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Baxtsiz hodisa tufayli olgan jarohati jabrlangan taʼlim oluvchining kamida bir kunlik oʻquv mashgʻulotlarini qoldirilishiga sabab boʻlsa, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Baxtsiz hodisa yuzasidan tekshirish olib borayotgan komissiyalar baxtsiz hodisalarni tekshirish yuzasidan ichki ishlar boʻlimlari, sogʻliqni saqlash muassasalari, yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari va yongʻin xavfsizligi xizmati organlari bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuz bergan baxtsiz hodisalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirilishi hamda hisobga olinishini, shuningdek baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organlari va tarmoq kasaba uyushmasi nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Taʼlim oluvchi bilan yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa jabrlanuvchi yoki uning yonida boʻlgan guvohlar tomonidan taʼlim muassasasi rahbariyatiga darhol xabar berilishi kerak, u esa oʻz navbatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatilishini va uni tibbiy-davolash qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish komissiyasi ish boshlaguniga qadar hodisa joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday boʻlsa, shundayligicha (agar bu atrofdagilar hayoti hamda salomatligiga tahlika solmayotgan boʻlsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuz bergan baxtsiz hodisa boʻyicha darhol yuqori turuvchi organiga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan oqibati ogʻir boʻlmagan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan oqibati ogʻir boʻlmagan baxtsiz hodisalarni tekshirish uchun taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga koʻra uning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari raisligida, taʼlim muassasasi kasaba uyushmasi va ota-onalar qoʻmitasi vakillari ishtirokida komissiya tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur baxtsiz hodisaning kelib chiqishida bevosita javob beruvchi taʼlim muassasasining tegishli xodimlari komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Baxtsiz hodisani tekshirish boʻyicha tuzilgan komissiya quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch kun ichida baxtsiz hodisaning roʻy berish sabablarini tekshirishi, guvohlar va baxtsiz hodisani kelib chiqishiga bevosita aloqador boʻlgan shaxslardan hamda imkoni boʻlsa jabrlanuvchilardan tushuntirish xatlari olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrsatilgan dalolatnomani uch nusxada tuzishi va imzo chekib, tasdiqlash uchun taʼlim muassasasi rahbariga berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasasi rahbari tekshirish tugaganidan soʻng uch kundan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakillariga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi dalolatnomani berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Taʼlim muassasasi rahbari baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish choralarini koʻradi va tekshirish tamom boʻlgandan soʻng uch kun davomida tasdiqlangan dalolatnomani jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakillariga, taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organiga yuboradi va tekshirish materiallari bilan birga bir nusxasi taʼlim muassasasining oʻzida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Baxtsiz hodisalar taʼlim muassasasi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Taʼlim oluvchilar bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisalarni hisobga olish jurnalida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakillari dalolatnomada voqeaning biror bir muhim tafsiloti tushirib qoldirilganligini, voqealar buzib koʻrsatilganligini aniqlaganda yoki boshqa noroziliklar yuzasidan taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baxtsiz hodisa natijasida taʼlim oluvchilarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararning ogʻirlik darajasi toʻgʻrisidagi xulosa davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Guruhiy, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisa toʻgʻrisida taʼlim muassasasi rahbari darhol quyidagilarga xabar berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organiga;

tuman (shahar) hokimligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi ichki ishlar boʻlimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq kasaba uyushmasi kengashiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchining qonuniy vakillariga.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Guruhiy, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar taʼlim muassasalarining boʻysunuvi boʻyicha tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari rahbarlarining buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan tekshiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 28-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2184-2, 27.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 10/25/2184-2/1230-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari, Kasbiy taʼlim agentligi direktori oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi direktori, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari boshliqlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosari raislik qiladi va uning tarkibiga tarmoq kasaba uyushmasi, taʼlim muassasasining mehnatni muhofaza qilish va ota-onalar qoʻmitasi vakillari kiritiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 28-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2184-2, 27.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 10/25/2184-2/1230-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guruhiy, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar yuz berganda maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan dalolatnoma mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan soʻng rasmiylashtiriladi va taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 8-noyabrdagi 78/2023-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2184-1, 24.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 10/23/2184-1/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ikki va undan ortiq taʼlim oluvchining oʻlimi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish taʼlim muassasalari boʻysunuvi boʻyicha tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari, Kasbiy taʼlim agentligi direktori oʻrinbosari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari raislik qiladilar hamda uning tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi direktori, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari boshliqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tarmoq kasaba uyushmasi raisi hamda baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taʼlim muassasasi rahbari va mehnatni muhofaza qilish ishlariga masʼul xodim hamda ota-onalar qoʻmitasi vakillari kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 28-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2184-2, 27.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 10/25/2184-2/1230-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maxsus tekshirish komissiyasi oʻn kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari jabrlanuvchi va ularning qonuniy vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzosi maxsus tekshirish komissiyasi chiqargan xulosalaridan norozi boʻlsa, shuningdek ular zarur deb hisoblagan boshqa hollarda oʻz fikrini yozma ravishda bayon qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Maxsus tekshirish komissiyasi talablariga koʻra baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taʼlim muassasasi rahbariyati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun oʻzlarining oralaridan ekspert guruhi tuzish mumkin boʻlgan ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan oʻtkazish va boshqa ishlarni tashkil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus tekshirish uchun zarur boʻlgan transport vositalari bilan taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq texnik vositalari bilan taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan oʻtkazish va taklif qilingan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa ishlar, shuningdek transport va aloqa vositalarining xarajatlari baxtsiz hodisa yuz bergan taʼlim muassasasi hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari maxsus tekshirish davomida taʼlim muassasasi rahbaridan, uning oʻrinbosarlaridan, guvohlar va boshqa aloqador shaxslardan yozma, ogʻzaki va audio (video) tasvirlarda tushuntirishlar olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ekspert guruhi maxsus tekshirish komissiyasi raisining farmoyishiga muvofiq tuziladi. Ekspert xulosasini talab qiluvchi masalalar va ekspert guruhi xulosasi boʻlgan materiallar yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maxsus tekshirish hujjatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi dalolatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi maxsus tekshirish dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalar, sxemalar, hodisa joyini koʻzdan kechirish bayonnomasi, baxtsiz hodisa yuz bergan joyning chizmasi, fotosuratlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushuntirish xatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va ogʻirligi, oʻlimi sabablari toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert guruhining (zarur boʻlganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus tekshirish komissiyasini tuzish haqidagi buyruq va boshqa hujjatlardan koʻchirmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Maxsus tekshirish tugagandan soʻng besh kun muddatda maxsus tekshirish komissiyasi tekshirish hujjatlarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joydagi ichki ishlar boʻlimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tarmoq kasaba uyushmasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Baxtsiz hodisa yuz bergan taʼlim muassasasi maxsus tekshirish hujjatlarini zudlik bilan koʻrib chiqib, baxtsiz hodisa kelib chiqish sabablarini bartaraf etish toʻgʻrisida maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizomga rioya qilmagan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr

Xalq taʼlimi vaziri A. MARAHIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎_______________________________________________

‎(taʼlim muassasasi rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi)

_______________‎

_________________‎

(imzo)

(sana)‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalaridagi talabalar va oʻquvchilar bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisa toʻgʻrisida

D A L O L A T N O M A

‎‎1. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taʼlim muassasasi nomi _______________________
‎2. Taʼlim muassasasi manzili _____________________________________________
‎3. Jabrlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi _______________________
‎4. Jinsi _______________________________________________________________
‎5. Yoshi, yil, oy, tugʻilgan kuni _____________________________________________
‎6. Jabrlanuvchi qaysi sinfda (guruhida) oʻqishi ______________________________
‎7. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joy ________________________________________
‎8. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan manzildagi oʻqituvchi, tadbir oʻtkazgan rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi _________________________________________
‎9. Xavfsizlik texnikasi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _____________
_______________________________________________________________________
‎10. Baxtsiz hodisa roʻy bergan vaqt _________________________________________
‎11. Baxtsiz hodisa turi ___________________________________________________
‎12. Baxtsiz hodisa toʻgʻrisida umumiy maʼlumot ______________________________
‎_______________________________________________________________________
‎13. Tashxis ______________________________________________________________
‎14. Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari ______________________________
_______________________________________________________________________
‎‎‎15. Baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish tadbirlari: ____________________
_______________________________________________________________________
‎‎16. Baxtsiz hodisa guvohlari ______________________________________________
‎‎Dalolatnoma tuzildi ____________________________________________________

‎(yil, kun, oy)

‎‎‎Komissiya raisi _________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

‎‎Komissiya aʼzolari ______________________________________________________

(F.I.O., imzo)

20___ yil “____” ______________‎‎‎

(sana)

(oy)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Taʼlim oluvchilar bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisalarni hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
T/r‎ Baxtsiz hodisa yuz bergan kun, vaqt‎ Jabrlanuvchining ismi, familiyasi, tugʻilgan yili Qaysi sinf (guruhda) oʻqigan‎ Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joy, (auditoriya, laboratoriya, sinf, ustaxona, tadbir moʻljallangan joy) Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari Baxtsiz hodisa toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot Baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma tuzilgan kun Baxtsiz hodisaning oqibatlari‎ Koʻrilgan choralar haqida maʼlumot‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baxtsiz hodisani maxsus tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DALOLATNOMASI

‎‎20 ___ yil “____” ____________________ soat _______________________ daqiqada
‎‎_______________________________________________________________________

(jabrlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎bilan yuz bergan _________________________________________________________

‎(guruhiy, oʻlim bilan tugagan, oqibati ogʻir)

‎_______________________________________________________________________

(taʼlim muassasasi nomi)

_______________________________________________________________________

(buyruq)

asosan quyidagi tarkibda tuzilgan maxsus tekshirish komissiyasi:‎‎
‎rais ___________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

‎_______________________________________________________________________
‎komissiya aʼzolari: ______________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

‎_______________________________________________________________________
‎‎taklif etilgan mutaxassislar ishtirokida
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

‎20 ___ y. “______” ______________ dan 20 ___ y. “______” gacha mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirdi va ushbu dalolatnomani tuzdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Guruhiy baxtsiz hodisalar tekshirilganda har bir jabrlanuvchi haqida alohida maʼlumotlar koʻrsatiladi. Oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar faqat oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar tekshirilganda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomada jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oʻqish joyi, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, qaramogʻidagi oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi) tugʻilgan yili, jabrlanuvchi bilan qarindoshlik munosabatlari), shuningdek baxtsiz hodisa yuz berishigacha nimalar boʻlgani, bu jarayonga kim boshchilik qilgani, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarning xatti-harakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligini bayon qilish zarur.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 29-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 25.11.2023-y., 10/23/2184-1/0892-son; 29.12.2025-y., 10/25/2184-2/1230-son)