Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.02.2002 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.02.2002 yildagi 72-son
Date of entry into force
28.02.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikamizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, isteʼdodli yoshlarning milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, aʼlo xulqi, zukkoligi, izlanuvchan va tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan noyob isteʼdodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (taqdirlanganlar roʻyxati ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 Mart xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A.Koʻchimov) hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M.Hazratqulov)ga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 28-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-fevraldagi 72-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Artikova Anifa Kalilayevna‎ —‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi tasviriy va amaliy sanʼat litseyining 9-sinf oʻquvchisi‎
Dadaxoʻjayeva Nilufar Rafuqjanovna‎ —‎‎ Andijon viloyati Andijon shahridagi Biznes-maktabning 3-kurs talabasi‎
Xamroyeva Orzigul Jalolovna‎ —‎‎ Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 5-oʻrta maktabning 9-sinf oʻquvchisi‎
Moʻminova Shohida Yoqubovna‎ —‎‎ Jizzax viloyati Jizzax shahar tibbiyot kollejining 1-kurs talabasi‎
Raxmonova Shahnoza Muxitdinovna‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi 4-maktabning 9-sinf oʻquvchisi‎
Temirova Muhabbat Temirovna‎ —‎‎ Navoiy davlat konchilik institutining 4-kurs talabasi‎
Ulugʻxoʻjayeva Muqaddasxon Naimxonovna‎ —‎‎ Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 42-oʻrta maktabning 9-sinf oʻquvchisi‎
Ulashova Mamlakat Ahmadovna‎ —‎‎ Samarqand viloyati Madaniyat kollejining 1-kurs talabasi‎
Gʻaybiyeva Malika Movlonovna‎ —‎‎ Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 2-oʻrta maktabning 7-sinf oʻquvchisi‎
Xolmirzayeva Manzura Abdumuratovna‎ —‎‎ Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 2-oʻrta maktabning 9-sinf oʻquvchisi‎
Umarova Mastura Moʻydinboyevna‎ —‎‎ Toshkent davlat agrar universitetining aspiranti‎
Oʻsarova Nafosat Xomidovna‎ —‎‎ Fargʻona davlat universitetining 3-kurs talabasi‎
Roʻzmetova Moʻʼtabar Qurbonbayevna‎ —‎‎ Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi pedagogika kasb-hunar kollejining 1-kurs talabasi‎
Berdiyeva Dilorom Bobomurodovna‎ —‎ 1-Toshkent davlat tibbiyot institutining 7-kurs talabasi‎