10.06.1999 yildagi PF-2326-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.06.1999 yildagi PF-2326-son
Date of entry into force
10.06.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINI TAʼSIS ETISH BOʻYICHA TAKLIFLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom koʻrsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi boʻlgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos oʻrnini yana bir bor eʼtirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarga eʼtiqodining yuksalishi yoʻlidagi ibratli faoliyati, keng koʻlamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini ragʻbatlantirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, Meʼmorlar uyushmalari, “Oltin meros”, “Kamolot”, “Umid”, “Ulugʻbek”, “Navroʻz” jamgʻarmalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida berish maqsadga muvofiq deb topilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5389-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5389/0962-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga beriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida tayinlanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari boʻlgan oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga tegishli yoʻnalish va ixtisoslik boʻyicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 06/24/34/0107-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “Maʼnaviyat va maʼrifat”jamoatchilik markazi va boshqa tegishli jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan koʻkrak nishoni hamda diplomi namunasi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga, mukofot komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga va komissiya tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatishi hamda unga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi rahbarlik qilishi belgilab qoʻyilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 06/24/34/0107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish, uning koʻkrak nishonlari va diplomini tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar mazkur maqsadlar uchun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mukofot Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi keng jamoatchilik fikrini atroflicha oʻrganib, talabgorlar faoliyatini har tomonlama muhokama qilib chiqargan xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan berilishi belgilab qoʻyilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 10-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2326-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga
1-ILOVA

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga beriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan talabgorlarga beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5389-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5389/0962-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olish uchun talabgorning soʻnggi uch yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 06/24/34/0107-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorlar vazirliklar, mahalliy hokimiyat organlari, ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijodiy, ilmiy va taʼlim muassasalari yuqorida qayd etilgan tashkilotlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olishga nomzod koʻrsatish boʻyicha takliflar kiritish, shuningdek, tavsiya etilgan ishlarga doir oʻz fikr-mulohazalarini mukofot komissiyasiga maʼlum qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlar faoliyati va asarlari muhokamasini tashkil qilish, shuningdek, zarur materiallarni oʻz vaqtida taqdim etish tegishli vazirliklar, kompaniyalar, ijodiy uyushmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan talablar bajarilmagan taqdirda komissiya ishlarni koʻrib chiqishni rad etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlarini berishga doir takliflar toʻgʻrisidagi qaror komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirokida, yashirin ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorining faxriy nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti takroran berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi eng nufuzli arboblardan, ijodiy uyushmalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, taʼlim, madaniyat, tibbiyot va sport muassasalarining taniqli vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi har toʻrt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur Komissiya aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi rahbarlik qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 06/24/34/0107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiyaga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olish boʻyicha takliflarni ushbu mukofot toʻgʻrisidagi Nizomga qatʼiy muvofiq holda koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori uchun zarur boʻlgan takliflarni tayyorlashga doir barcha ishlar yuklanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-martdagi PF-3578-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 4-son, 43-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlarini qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabgorlar roʻyxati, ularning ibratli faoliyatlari, asarlari haqidagi maʼlumotlarni tavsiya etgan tashkilotlarni koʻrsatgan holda, mukofot berilishidan ikki oy oldin respublika ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati, asarlarining jamoatchilik tomonidan keng va oshkora muhokama qilinishini tashkil etadi, ularning jamoatchilik va mutaxassislar tomonidan xolisona baholanishiga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Davlat mukofoti yuzasidan tushgan takliflarni oʻrganib chiqib, mukofotlarni berish toʻgʻrisidagi qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Davlat mukofoti sovrindori yorliqlarini, faxriy nishonlarini rasmiylashtiradi xamda ularni topshirishni tashkil etadi, shuningdek, mukofotlar pulini toʻlashni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiyaga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati, asarlarini oldindan koʻrib chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun pul toʻlash yoʻli bilan mutaxassis-ekspertlarni taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat mukofotini olishga tavsiya etilgan talabgorlarning ibratli faoliyatlari va ijodiy ishlariga doir materiallarni tegishli tashkilotlarga ekspertlarning koʻrib chiqishi uchun yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va ijodi bilan joylarda tanishish uchun komissiya aʼzolarini, ekspertlar yoki ekspert komissiyalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga yuborish.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 6-son, 151-modda; , 2000-y., 9-10-son, 275-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 22-modda; 2013-y., 4-son, 43-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5389/0962-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; 07.02.2024-y., 06/24/34/0107-son; 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)