29.04.2004 yildagi 615-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 29.04.2004 yildagi 615-II-son
Date of entry into force
22.05.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QIZIL YaRIM OY VA QIZIL XOCh TIMSOLLARIDAN FOYDALANISh HAMDA ULARNI HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan, farqlovchi signallardan, shuningdek “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoch” nomlaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-transport vositalari — yarador bo‘lgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni, shuningdek tibbiy xodimlarni va tibbiy mol-mulkni tashish uchun mo‘ljallangan tashish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy tuzilmalar — yarador bo‘lgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirib topish, tashish, ularga tashxis qo‘yish yoki ularni davolash, shu jumladan ularga birinchi yordam ko‘rsatish uchun, shuningdek kasalliklarning oldini olish uchun tashkil etilgan statsionar, ko‘chma tibbiy muassasalar (bo‘linmalar) hamda boshqa fuqaro va harbiy tibbiy tuzilmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xodimlar — yarador bo‘lgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirib topish, tashish, ularga tashxis qo‘yish yoki ularni davolash, shu jumladan ularga birinchi yordam ko‘rsatish, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek tibbiy tuzilmalarni xo‘jalik, moddiy-texnika va boshqa jihatdan ta’minlash uchun doimiy yoki vaqtinchalik asosda tayinlangan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farqlovchi signallar — tibbiy tuzilmalar va sanitariya-transport vositalarini tanib olish uchun foydalaniladigan radiosignal, yorug‘lik signali, elektron tanuv belgisi yoki boshqa signal.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oq fonda ifodalangan, birinchi yoki to‘rtinchi choragi holatidagi qizil rangli yarim oyning xalqaro normalarda e’tirof etilgan tasviri qizil yarim oy timsoli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oq fonda ifodalangan, to‘rttala tomoni teng uzunlikka ega bo‘lgan qizil rangli xochning xalqaro normalarda e’tirof etilgan tasviri qizil xoch timsoli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan faqat insonparvarlik maqsadlarida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollari ulardan foydalanishda bir xil ahamiyatga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi foydalanadigan timsol
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qizil yarim oy timsolidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi foydalanadigan qizil yarim oy timsoli oq fonda oyning birinchi choragidagi holatda, unga qarab turgan odamga nisbatan olganda har ikkala uchi chap tarafga qaratilgan tarzda ifodalangan qizil rangli yarim oy tasviridan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Qizil yarim oy timsolidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy timsolidan farqlovchi yoki himoyalovchi timsol sifatida foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy timsolidan binolar, inshootlar, transport vositalari, boshqa mol-mulk, shuningdek xodimlar Qizil Yarim oy va Qizil Xoch Xalqaro harakati tashkilotlariga mansubligini belgilash uchun farqlovchi timsol sifatida foydalaniladi. Umum e’tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq farqlovchi timsol o‘lchami kichikroq bo‘lishi va undan qo‘lbog‘ichlarda foydalanilmasligi hamda bu timsol binolarning tomiga o‘rnatilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurolli mojarolar davrida qizil yarim oy timsolidan yarador bo‘lgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarga yordam ko‘rsatuvchi tibbiy tuzilmalarni, tibbiy xodimlarni, shuningdek sanitariya-transport vositalarini belgilash uchun himoyalovchi timsol sifatida foydalaniladi. Himoyalovchi timsol tekis sirtga yoki bayroqqa tushirilgan bo‘ladi va u hamma tarafdan hamda uzoq masofadan ko‘rinib turishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Qizil yarim oy timsolidan harbiy tibbiy tuzilmalarning foydalanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy tibbiy tuzilmalar qizil yarim oy timsolidan o‘z tibbiy xodimlarini va sanitariya-transport vositalarini belgilash uchun himoyalovchi timsol sifatida foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy timsolidan himoyalovchi timsol sifatida foydalanuvchi harbiy tibbiy xodimlar qizil yarim oy timsoli tushirilgan qo‘lbog‘ich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma bo‘lishi lozim.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Qizil yarim oy timsolidan fuqaro tibbiy tuzilmalarining foydalanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bepul tibbiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro tibbiy tuzilmalari O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining roziligi bilan tinchlik davrida qizil yarim oy timsolidan sanitariya-transport vositalarini va birinchi tibbiy yordam punktlari joylashgan yerlarni belgilash uchun farqlovchi timsol sifatida foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurolli mojarolar davrida fuqaro tibbiy tuzilmalari, tibbiy xodimlar, shuningdek sanitariya-transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatiga binoan himoyalovchi timsol sifatida qizil yarim oy timsoli bilan belgilanadi. Tibbiy xodimlar qizil yarim oy timsoli tushirilgan qo‘lbog‘ich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma bo‘lishi lozim.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Qizil yarim oy timsolidan O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining foydalanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati qizil yarim oy timsolidan o‘z binolari, inshootlari, transport vositalari, boshqa mol-mulki, shuningdek xodimlari mansubligini belgilash uchun farqlovchi timsol sifatida foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tibbiy tuzilmalari, tibbiy xodimlari, shuningdek sanitariya-transport vositalari qurolli mojarolar davrida harbiy tibbiy tuzilmalarning ixtiyoriga berilgan taqdirda qizil yarim oy timsolidan himoyalovchi timsol sifatida foydalaniladi. Tibbiy xodimlar bunday paytlarda urush davri qonunlariga bo‘ysunadilar hamda qizil yarim oy timsoli tushirilgan qo‘lbog‘ich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma bo‘lishi lozim.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlari foydalanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlari, agar ularning vakillari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lsa, qizil yarim oy yoki qizil xoch timsolidan O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining nazorati ostida farqlovchi timsollar sifatida foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurolli mojaro yuz bergan taqdirda betaraf davlatlarning hamda qurolli mojaroda ishtirok etmayotgan boshqa chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlarining tibbiy tuzilmalari, tibbiy xodimlari, shuningdek sanitariya-transport vositalari insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsati bilan va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining nazorati ostida harbiy tibbiy tuzilmalarning ixtiyoriga berilishi hamda qizil yarim oy yoki qizil xoch timsolidan himoyalovchi timsol sifatida foydalanishi mumkin. Tibbiy xodimlar bunday paytlarda urush davri qonunlariga bo‘ysunadilar hamda qizil yarim oy yoki qizil xoch timsoli tushirilgan qo‘lbog‘ich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma bo‘lishi lozim.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakati tashkilotlarining foydalanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi hamda Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlarining Xalqaro Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda qizil yarim oy yoki qizil xoch timsolidan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollarini himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollari davlat tomonidan himoya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladigan farqlovchi signallar hamda “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoch” nomlari ham davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Qizil yarim oy va Qizil xoch timsollaridan, farqlovchi signallardan, “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoch” nomlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan, farqlovchi signallardan, “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoch” nomlaridan yoki ularga o‘xshatib qilingan boshqa belgilar hamda nomlardan tijorat faoliyatida foydalanishga, shuningdek qurolli mojarolar davrida ulardan xiyonatkorlik bilan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 29-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
615-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 234-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)