15.02.2002 yildagi 55-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.02.2002 yildagi 55-son
Date of entry into force
15.02.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY XIZMATCHILARINING SHAXSIY GUVOHNOMASINI VA HARBIY XIZMATGA MAJBURLARNING GUVOHNOMASINI AMALGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini va harbiy xizmatga majburlarni harbiy hisobga olish tizimini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitseri shaxsiy guvohnomasi, bitimga binoan harbiy xizmatchi shaxsiy guvohnomasi, zaxiradagi ofitserning guvohnomasi va harbiy guvohnomasining yangi namunalari 1—4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin va 2002-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurolli Kuchlar ofitserlari shaxsiy guvohnomasi va haqiqiy harbiy xizmatdagi bitimga binoan harbiy xizmatchilarning shaxsiy guvohnomasi 2002-yil 1-sentabrgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxiradagi ofitserlarning guvohnomasi 2003-yil 31-dekabrgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari 2005-yil 31-dekabrgacha almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va harbiy xizmatga majburlarning guvohnomalari mavjud namunalari ularni yangi namunadagi hujjatlarga almashtirish uchun belgilangan davr mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining, bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomalari va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy guvohnoma toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R.H. Haydarov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.R. Inoyatov) va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita (M.I. Oʻtaganov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomalarni almashtirish davrida harbiy xizmatchilarga shaxsiy guvohnomalar tashkiliy berilishi maqsadida markaziy apparatlarda vazirliklar va idoralarning kadrlar organlari, MXX maxsus boʻlimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, kirish, chiqish va fuqarolik boshqarmasi vakillaridan iborat tarkibda ikki hafta muddatda tegishli ishchi guruhlar tuzsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomalar blanklari saqlanishi, hisobga olinishi, toʻldirilishi va berilishini taʼminlash uchun markaziy apparatlar kadrlar tuzilmasida vazirliklar va idoralarning belgilangan shtatdagi xodimlari soni doirasida tegishli boʻlinmalar tashkil etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) Mudofaa vazirligining belgilangan shtatdagi xodimlari soni doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlinmalarida zaxiradagi ofitser guvohnomalari va harbiy guvohnomalar hisobga olinishi, saqlanishi, rasmiylashtirilishi va berilishi boʻyicha boʻlinmalar tashkil etsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (S.X. Xudoyqulov) uch oy muddatda Mudofaa vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha ofitser shaxsiy guvohnomasi, bitimga binoan harbiy xizmatchi guvohnomasi, zaxiradagi ofitserning guvohnomasi va harbiy guvohnoma blanklarini zarur miqdorda tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M.B. Nurmurodov) Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va harbiy xizmatga majburlar guvohnomalari blanklarini tayyorlashga, ularni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish va toʻldirish uchun maxsus asbob-uskunalar va texnika sotib olishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2002-yildan boshlab bosqichma-bosqich budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) va Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov) bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Kotibi M.X. Rahmonqulov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoyberganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 15-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 15-fevraldagi 55-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining, bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomalari va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
N I Z O M
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining, bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomalari (keyingi oʻrinlarda — “harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi” deb yuritiladi) va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi toʻgʻrisidagi Nizom guvohnomalarni berish, almashtirish, hisobga olish, toʻldirish, ulardan foydalanish, shuningdek ular yaroqsiz holga keltirilganligi, yoʻqotilganligi va ehtiyotsizlik bilan saqlanganligi uchun javobgarlik tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi amaldagi qonunchilikka muvofiq harbiy xizmat nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari harbiy tuzilmalarida ofitser va bitimga binoan harbiy xizmatchi sifatida haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi ofitser va bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsini va xizmat mavqeyini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi ofitserga va bitimga binoan harbiy xizmatchiga harbiy xizmatchining haqiqiy harbiy xizmatda boʻlish butun davrida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti oʻrnini bosadi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida haqiqiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi fuqaroga pasport oʻrnini bosmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga mansubligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish huquqini beruvchi hujjat hisoblanmaydi. Chet elga chiqayotgan Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilariga Pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi tegishli vazirliklar va idoralarning kadrlar xizmatlari tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxiradagi ofitserining guvohnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan beriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Harbiy xizmatchi shaxsiy guvohnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxiradagi ofitserining guvohnomasi blanklari barcha vazirliklar va idoralar uchun yagona namunada oʻzbek (lotin harflarida) va rus (kirillitsa harflarida) tillarida tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur unga berilgan guvohnoma saqlanishi uchun shaxsan javob beradi. Guvohnoma yaroqsiz holga keltirilganligi, yoʻqotilganligi, ehtiyotsizlik bilan saqlanganligi va boshqa shaxslarga berilganligi uchun aybdorlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ofitser va bitimga binoan harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan boʻshatilgan taqdirda harbiy qism shtabi (kadrlar organi) harbiy xizmatchi shaxsiy guvohnomasining “Xizmat mavqeyidagi oʻzgarishlar” ustuniga shaxsiy tarkib boʻyicha buyruqning tartib raqamiga va sanasiga havola qilgan holda harbiy xizmatdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvni qayd etadi, ushbu yozuv harbiy qism shtabi boshligʻi (kadrlar organi boshligʻi)ning imzosi bilan tasdiqlanadi va unga gerbli muhr bosiladi. Bunda “tayinlangan” soʻzining ustidan chiziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi u harbiy hisobga qoʻyilganda mudofaa ishlari boʻlimida olib qoʻyiladi. Harbiy xizmatchining olib qoʻyilgan shaxsiy guvohnomasi oʻrniga zaxiradagi ofitserning guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchidan olib qoʻyilgan shaxsiy guvohnoma mudofaa ishlari boʻlimida dalolatnoma asosida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vafot etishi (halok boʻlishi) munosabati bilan yoki boshqa sabablarga koʻra Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi harbiy qism shtabi tomonidan guvohnomani bergan kadrlar organiga yuboriladi va u yerda dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi. Dalolatnomada harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yoʻq qilingan shaxsiy guvohnomaning seriyasi va tartib raqami koʻrsatiladi. Dalolatnoma kadrlar organining shaxsiy guvohnomalar boʻyicha yozishmalar yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. SHAXSIY GUVOHNOMA BERISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ofitser shaxsiy guvohnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchiga birinchi ofitserlik unvoni berilganda va u Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitser kadrlar tarkibiga oʻtkazilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiyoriy tartibda yoki chaqiriq boʻyicha zaxiradagi ofitser Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga haqiqiy harbiy xizmatga jalb etilganda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi harbiy xizmatchiga yoki harbiy xizmatga majburga u bitimga binoan harbiy xizmatga qabul qilingandan va lavozimga tayinlangandan keyin (kichik mutaxassislar tayyorlash markaziga qabul qilingandan keyin) beriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega boʻlgan, haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatilgan va zaxiraga oʻtkazilgan harbiy xizmatchiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyaga koʻra ofitserlar tarkibiga oʻtkazilgan bitimga binoan harbiy xizmatchiga u harbiy xizmatdan boʻshatilganda va zaxiraga chiqarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxiradagi ofitserlar tayyorlash dasturi boʻyicha taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga zaxira boʻyicha birinchi ofitserlik unvoni berilganda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy harbiy xizmatda turgan harbiy xizmatchilarning guvohnomasi umumiy tarzda almashtirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomaning barcha ustunlari toʻlib qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi yoki millati oʻzgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma yaroqsiz holatga kelgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchi harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirlik yoki idoraga xizmatni davom ettirish uchun safarbar qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchiga “mayor” va “polkovnik” harbiy unvoni berilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida 10 va 20 kalendar yil xizmat qilgan bitimga binoan harbiy xizmatchiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idora rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha boshqa hollarda almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Harbiy xizmatchilarning shaxsiy guvohnomalari vazirliklar va idoralarning nomlari oʻzgargan, vazirliklar va idoralar tarkibida mustaqil harbiy tuzilmalar tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda vazirlik va idora rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Shaxsiy guvohnomani toʻldirish va uni harbiy xizmatchiga berish vazirlik (idora)ning kadrlar organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Urush davrida harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi harbiy okrugning kadrlar organi tomonidan toʻldiriladi va beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davolanishda, uzoq muddatli xizmat safarida, shuningdek shtatdagi lavozimdan ozod etilmagan holda oʻqishda boʻlgan harbiy xizmatchiga shaxsiy guvohnoma xizmat joyida beriladi, almashtiriladi va qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi. Agar guvohnomani berish, almashtirish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish muayyan muddatlar bilan cheklangan boʻlsa, bunday hollarda shaxsiy guvohnoma harbiy xizmatchi boʻlgan joyga yuboriladi va tilxat bilan unga topshiriladi. Yangi shaxsiy guvohnoma olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat va eski shaxsiy guvohnoma harbiy xizmatchi xizmat qilgan joydagi qismga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga binoan harbiy xizmatchiga shaxsiy guvohnoma berishda harbiy guvohnoma undan olib qoʻyiladi va uning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildida saqlanadi. Bu haqda shaxsiy hujjatlar yigʻma jildining qoʻshimcha materiallaridagi roʻyxatga belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Harbiy xizmatchi tomonidan shaxsiy guvohnoma, harbiy xizmatga majburlar tomonidan — zaxiradagi ofitserning guvohnomasi yoʻqotilgan (yaroqsiz holga kelgan) taqdirda, yoʻqotishning barcha holatlari aniqlangandan keyin, yoʻqotishda (yaroqsiz holga kelishda) harbiy xizmatchining aybi boʻlgan taqdirda unga yangi guvohnoma intizomiy jazo berilgandan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchining yangi guvohnomasi va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi harbiy xizmatchilar guvohnoma blanki qiymatini toʻlagan holda birinchi berishdagi singari asoslarda va tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. SHAXSIY GUVOHNOMANI TOʻLDIRISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Harbiy xizmatchining guvohnomasi va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi ushbu maqsadlar uchun maxsus belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi (zaxiradagi ofitserning qisqartirilgan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi) asosida toʻldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi birinchi – uchinchi sahifalari maxsus bosma yozuv uskunalari qoʻllangan holda guvohnomani beradigan vazirlik (idora)ning kadrlar organi tomonidan toʻldiriladi. Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi birinchi va ikkinchi sahifalarini toʻldirish va uni berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnomaning birinchi sahifasi barcha zarur maʼlumotlar kiritilgandan, fotosurat yopishtirilgandan, vazirlik (idora) kadrlar organi gerbli muhri bilan tasdiqlangandan keyin oʻzi yelimlanadigan shaffof plastik plyonka bilan muhofazalanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Fotosuratlar (byust, anfas) 3x4 sm oʻlchamda tayyorlanadi. Harbiy xizmatchi kundalik harbiy kiyim-boshda (shinel, palto va bosh kiyimisiz), zaxiradagi ofitserlar fuqaro kiyimida suratga tushadilar. Fotosuratlardagi farqlash belgilari harbiy xizmatchining guvohnoma toʻldirilgan kundagi harbiy unvoniga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shaxsiy guvohnomaga kiritiladigan barcha keyingi yozuvlar, guvohnoma egasining shaxsiy imzosi va guvohnomaga yozuvlarni qayd etgan mansabdor shaxslarning imzolari oʻchirib yozilmasdan va tuzatilmasdan aniq, tushunarli xusnixat bilan qora rangdagi tushda yoziladi. Shaxsiy guvohnomalar boshqa rangdagi tush va siyohlar, sharikli ruchkalar bilan yozilishiga, shuningdek shtamplar qoʻllanilishiga (FHDY organlari shtamplari va qonning guruhi va rezus-faktori toʻgʻrisidagi shtamplardan tashqari) yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. “Oilaviy ahvoli va oilasining tarkibi” ustunida nikohdan oʻtganlik yoki uning bekor qilinganligi, voyaga yetmagan bolalar borligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy ahvoli toʻgʻrisidagi yozuvlar (guvohnoma toʻldirilgan kunda bolalarning borligi, keyinchalik bolalar tugʻilishi haqida) FHDY organlari tomonidan beriladigan hujjatlar asosida yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Alohida qaydlar” ustunida qonning guruhi va rezus-faktori toʻgʻrisida shtamp qoʻyiladi. Bu ustunga vazirlik (idora) rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha boshqa qaydlar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Guvohnomani yangidan qayd qilish belgilari” ustunida yangidan qayd qilish sanasi toʻgʻrisida yozuv yoziladi (yil, kun, oy koʻrsatiladi) va u guvohnomani imzolash huquqi berilgan tegishli komandir (boshliq)ning imzosi bilan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. GUVOHNOMALAR BLANKLARINI TAYYORLASH, ULAR BILAN TAʼMINLASH, ULARNI HISOBGA OLISH VA SAQLASH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi, zaxiradagi ofitserning guvohnomasi blanklari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan qalbakilashtirishdan himoya qilish elementlariga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan vazirliklarga (idoralarga) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalariga, ular orqali esa tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga joʻnatiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Olingan harbiy guvohnomalarning hisobi vazirliklar va idoralarning kadrlar organlarida, mudofaa ishlari boshqarmalarida va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida qatʼiy hisobda turadigan blanklar daftarida olib boriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy guvohnomalarni hisobga olish uchun zarur boʻlgan daftarlar va blanklar vazirliklar, idoralar va mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Nakladnoylar va blanklarni berish vedomostlari, zarur hollarda esa olingan blanklar mavjudligini tekshiruvchi komissiyalar dalolatnomalari blanklarni hisobga olish va hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Harbiy guvohnomalarni yuborish, hisobga olish va saqlash rasmiy davlat hujjatlariga nisbatan qoʻllaniladigan amaldagi qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Guvohnomalar kamomadi aniqlangan, ular yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan hollarda tekshirish oʻtkaziladi hamda aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Vazirliklar, idoralar va mudofaa ishlari boshqarmalarida va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida guvohnomalar saqlanishi va hisobga olinishi uchun ofitserlarni, bitimga binoan harbiy xizmatchilarni va zaxiradagi ofitserlarni harbiy hisobga olish bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalar boshliqlari masʼul hisoblanadilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Almashtiriladigan shaxsiy guvohnoma harbiy xizmatchi tomonidan guvohnomani bergan vazirlik (idora)ning kadrlar organiga yuborish uchun shtabning mansabdor shaxsiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Toʻldirish paytida buzib qoʻyilgan guvohnoma blanki va almashtirishda olib qoʻyilgan guvohnoma barcha sahifalarni chizib tashlash yoʻli bilan bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buzib qoʻyilgan guvohnoma blanki vazirlik (idora)ning kadrlar boʻlimida dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kadrlar organlari va mudofaa ishlari boshqarmalarida va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida guvohnomalar blanklari kirimi, chiqimi va mavjudligi shaxsiy tarkibni hisobga olishning holatini tekshirish uchun tayinlangan, ushbu maqsadlar uchun maxsus tashkil etilgan komissiyalar tomonidan har yili birinchi chorakda tekshiriladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalarning dalolatnomalari shaxsiy guvohnomalar boʻyicha yozishmalar yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. GUVOHNOMALAR BLANKLARINING TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ofitserning shaxsiy guvohnomasi: oʻlchamlari — 77x110 mm, joylashishi — vertikal, hajmi — 24 sahifa, muqovaning rangi — yashil, rangli ofset usulida bosiladi, seriya — “A”, tartib raqami qoʻyish — yetti belgili, qogʻoz — sakkiz qirrali koʻrinishdagi umumiy suv belgisi boʻlgan 100 foiz paxta asosida tayyorlangan. Guvohnomaning birinchi sahifasidagi yozuvlar va fotosurat sovuq holatda silliqlangan plyonka bilan muhofazalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga binoan harbiy xizmatchi guvohnomasi: oʻlchamlari 77x110 mm, joylashishi — vertikal, hajmi — 24 sahifa, muqovaning rangi — kul rang, rangli ofset usulida bosiladi, seriya — “S”, tartib raqami qoʻyish — yetti belgili, qogʻoz — sakkiz qirrali koʻrinishdagi umumiy suv belgisi boʻlgan 100 foiz paxta asosida tayyorlangan. Guvohnomaning birinchi sahifasidagi yozuvlar va fotosurat sovuq holatda silliqlangan plyonka bilan muhofazalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi: oʻlchamlari 77x110 mm, joylashishi — vertikal, hajmi — 32 sahifa, muqovaning rangi — yashil, rangli ofset usulida bosiladi, seriya — “V”, tartib raqami qoʻyish — yetti belgili, qogʻoz — sakkiz qirrali koʻrinishdagi umumiy suv belgisi boʻlgan 100 foiz paxta asosida tayyorlangan. Guvohnomaning birinchi sahifasidagi yozuvlar va fotosurat sovuq holatda silliqlangan plyonka bilan muhofazalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 15-fevraldagi 55-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy guvohnoma toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Harbiy guvohnoma toʻgʻrisidagi Nizom harbiy guvohnomani berish, almashtirish, hisobga olish va toʻldirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Harbiy guvohnoma muddatli harbiy xizmatdagi xizmatchining va harbiy taʼlim muassasasi kursanti (tinglovchisi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi uchun harbiy guvohnoma harbiy hisobga olishga doir asosiy hujjat hisoblanadi va uning egasining harbiy xizmatga majburiyati munosabatini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida kuchga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga chaqirilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirganda;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasiga oʻtkazilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatligiga koʻra harbiy hisobdan chiqarilganda harbiy guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Harbiy guvohnoma muddatsiz hujjat hisoblanadi hamda muddatli harbiy xizmatda va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida rezervida va zaxirasida boʻlishning butun davrida haqiqiydir.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Harbiy guvohnoma faqat harbiy qism (harbiy muassasa) shtabiga, mudofaa ishlari boʻlimiga, sud-tergov organlariga, yashash yoki ish joyida harbiy-hisobga olish ishlari uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsga tilxat bilan topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Rsspublikasi fuqarosi unga berilgan harbiy guvohnomaning saqlanishi uchun shaxsan javob beradi. Harbiy guvohnoma yaroqsiz holga keltirilganligi yoki uni yoʻqotilishiga sabab boʻluvchi ehtiyotsizlik bilan saqlanganlik uchun aybdorlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchi harbiy guvohnomani yaroqsiz holga keltirganligi yoki yoʻqotganligi uchun intizomiy tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Harbiy guvohnoma yoʻqotilganda yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yangi harbiy guvohnoma yoʻqotish yoki yaroqsiz holga kelish sabablari tekshirilgandan va aniqlangandan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. HARBIY GUVOHNOMALARNI BERISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fuqaroga harbiy guvohnoma berish hamda uni harbiy hisobga qoʻyish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqaro uchun — chaqiruv komissiyasining qarori va harbiy qismga joʻnatish uchun komandaga qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bitimga binoan harbiy xizmatni oʻtagan va rezerviga, zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchi uchun — uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi, bitimga binoan harbiy xizmatchi guvohnomasi (harbiy guvohnoma) hamda harbiy qismning koʻrsatmasi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan va zaxiraga boʻshatilgan muqobil xizmat xizmatchisi uchun — muqobil xizmat boʻlimi koʻrsatmasi, hisobga olish kartochkasi va muqobil xizmat xizmatchisi guvohnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) harbiy taʼlim muassasasi kursanti (tinglovchisi) uchun — uning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) zaxiraga oʻtkazilgan chaqiriq yoshidagi fuqaro uchun — chaqiriluvchining hisobga olish kartochkasi hamda zaxiraga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror ilova qilingan chaqiruv komissiyasining protokollari daftaridan koʻchirma;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tibbiy yoki boshqa maxsus maʼlumot olgan xotin-qizlar uchun — tibbiyot bilim yurtini tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom yoki oliy va oʻrta taʼlim muassasasida, mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazlarida, kurslarda yoki amaliy ishda olingan tegishli tayyorgarlikni tasdiqlovchi boshqa hujjat (shahodatnoma, guvohnoma, maʼlumotnoma);
(8-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan yoki sud hukmiga koʻra jazoning boshqa turini oʻtab boʻlgan fuqaro uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organining ozod qilinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi, unga berilgan pasport va harbiy guvohnoma berish toʻgʻrisidagi shaxsiy ariza asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fuqaroning shaxsiy arizasi yoʻqolgan, yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelgan harbiy guvohnoma oʻrniga takroran harbiy guvohnoma berish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy ofat natijasida yaroqsiz holga kelgan harbiy guvohnomani almashtirish zaruriyati tugʻilganda arizaga tegishli organning tabiiy ofat sodir boʻlganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Harbiy guvohnoma mudofaa ishlari boshqarmasida yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida taqdim etilgan hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Harbiy guvohnomaning birinchi sahifasi oʻzi yelimlanadigan shaffof plastik plyonka bilan muhofazalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy guvohnomani harbiy xizmatga majburga topshirish va uni harbiy hisobga olish qoidalari bilan tanishtirish tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy guvohnomaning birinchi va ikkinchi sahifalari maxsus bosma yozuv uskunalari qoʻllangan holda rasmiylashtiriladi, boshqa yozuvlar qora rangli tush bilan yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda, mudofaa vazirining qaroriga asosan harbiy guvohnomaning birinchi va ikkinchi sahifalarini qora rangli tushda qoʻlda yozish yoʻli bilan rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Harbiy guvohnomalar harbiy guvohnoma blanki uchun undirilgan holda takroriy beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. HARBIY GUVOHNOMALAR BLANKLARINI TAYYORLASH, ULAR BILAN TAʼMINLASH, ULARNI HISOBGA OLISH VA SAQLASH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Harbiy guvohnomalar blanklari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan qalbakilashtirishdan himoya qilish elementlariga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari, ular orqali esa tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boʻyicha taqsimlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Olingan harbiy guvohnomalarning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida qatʼiy hisobda turadigan blanklar daftarida olib boriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy guvohnomalarni hisobga olish uchun zarur boʻlgan daftarlar va blanklar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nakladnoylar va blanklarni berish vedomostlari, zarur hollarda esa olingan blanklar mavjudligini tekshiruvchi komissiyalar dalolatnomalari blanklari hisobga olish va hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Harbiy guvohnomalarni yuborish, hisobga olish va saqlash rasmiy davlat hujjatlariga nisbatan qoʻllaniladigan amaldagi qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Harbiy guvohnomalar kamomadi aniqlangan, ular yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan hollarda tekshirish oʻtkaziladi hamda aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mudofaa ishlari boshqarmalarida va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida harbiy guvohnomalar saqlanishi va hisobga olinishi uchun zaxiradagi soldatlar (matroslar)ni va serjantlarni harbiy hisobga olish bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalar boshliqlari masʼul hisoblanadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Toʻldirish paytida buzib qoʻyilgan guvohnoma blanki guvohnomaning barcha sahifalarini chizib tashlash yoʻli bilan bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buzib qoʻyilgan guvohnoma blanki mudofaa ishlari boshqarmasida dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mudofaa ishlari boshqarmalari va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari har chorakda kamida bir marta harbiy guvohnomalarning mavjudligini hamda ularni hisobga olish, saqlash va berishning toʻgʻriligini ushbu maqsadlar uchun maxsus tayinlangan komissiyalar tomonidan ichki tekshirishdan oʻtkazadilar. Tekshirish natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. HARBIY GUVOHNOMANING TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy guvohnoma: oʻlchamlari — 77x110 mm, joylashishi — vertikal, hajmi — 24 sahifa, muqovaning rangi — qora, rangli ofset usulida bosiladi, seriya — “QK”, tartib raqami qoʻyish — yetti belgili, qogʻozi — sakkiz qirrali koʻrinishdagi umumiy suv belgisi boʻlgan 100 foiz paxta asosida tayyorlangan. Guvohnomaning birinchi sahifasidagi yozuvlar va fotosurat sovuq holatda silliqlangan plyonka bilan muhofazalanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 31-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)