Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 15.06.2005 yildagi PQ-102-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 15.06.2005 yildagi PQ-102-son
Date of entry into force
15.06.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eng ulugʻ, eng aziz umummilliy bayramimiz — Mustaqillik kunini keng nishonlash istiqlol yillarida muhim ijtimoiy-siyosiy voqeaga, qutlugʻ anʼanaga aylanib qoldi. Ayniqsa, keyingi yillarda bu bayramni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda uyushqoqlik bilan, yuksak saviyada oʻtkazishga katta eʼtibor berilayotganini qayd etish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda xalqimiz mustaqillikning mohiyati va ahamiyatini avvalo oʻzligimizni anglash, biz kimlarning, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanimizni chuqur idrok etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi ruhida yashash, istiqlol gʻoyalarini yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlod qalbi va ongiga yanada teran singdirish, jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallash, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishning eng asosiy va muhim sharti, milliy taraqqiyotimiz kafolati sifatida qabul qilayotgani alohida eʼtiborga sazovor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik bayramining katta tarixiy-siyosiy ahamiyatini nazarda tutib hamda bu ulugʻ sananing 14 yilligini munosib nishonlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, Toshkent shahrida oʻtkaziladigan asosiy bayram tomoshasi dasturini tayyorlash boʻyicha ijodiy guruh tarkibi 2-ilovaga, bayramning badiiy dasturi uchun gʻoyaviy tavsiyalar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika va hududiy komissiyalar Mustaqillik bayramini poytaxt Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, yurtimizdagi barcha shahar, tuman va qishloqlarda yuqori saviyada uyushqoqlik bilan oʻtkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy tadbirlar ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar oʻn kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Mustaqillik bayramini oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, respublika komissiyasiga taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— joylarda oʻtkaziladigan bayram dasturlarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun yangi ijodiy kuchlarni, yosh isteʼdod egalarini keng jalb qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha hududiy komissiyalarning tarkibini xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi, ommaviy tadbirlar, badiiy dastur va tomoshalarning maʼno-mazmuniga oid taklif va mulohazalarni umumlashtirgan holda, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarining umumiy gʻoyaviy-badiiy konsepsiyasini ishlab chiqsin (3-ilovada bayon etilgan gʻoyalar, tushuncha va qarashlar asosida).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mustaqillik bayramini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-iyuldagi 357-son qarorining 3-bandida belgilangan tartibda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 15-iyunya,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-102-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi PQ-102-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sh. Mirziyoyev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi‎
R. Qosimov‎ —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari‎
X. Sultonov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)‎
Sh. Qurbonov‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya masʼul kotibi‎
‎‎Komissiya aʼzolari:
A. Azizxoʻjayev‎ —‎ Madaniyat va sport ishlari vaziri‎
Z. Almatov‎ —‎ Ichki ishlar vaziri‎
R. Inoyatov‎ —‎ Milliy xavfsizlik xizmati raisi‎
T. Joʻrayev‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
F. Nazirov‎ —‎ Sogʻliqni saqlash vaziri‎
E. Gʻaniyev‎ —‎ Tashqi ishlar vaziri‎
Q. Gʻulomov‎ —‎ Mudofaa vaziri‎
A. Toʻxtayev‎ —‎ Toshkent shahar hokimi‎
B. Matlyubov‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisi‎
B. Parpiyev‎ —‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisi‎
A. Xoʻjayev‎ —‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi‎
B. Abdurahimov‎ —‎ “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori‎
B. Alimov‎ —‎ Matbuot va axborot agentligi bosh direktori‎
M. Hazratqulov‎ —‎ Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Q. Aʼzamov‎ —‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari‎
A. Bahromov‎ —‎ “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasi raisi‎
E. Boqiboyev‎ —‎ “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi‎
A. Gadoyboyev‎ —‎ “Mahalla” jamgʻarmasi raisi‎
D. Jahongirova‎ —‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi‎
B. Ubaydullayev‎ —‎ Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi‎
A. Isʼhoqov‎ —‎ “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi‎
Sh. Minovarov‎ —‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi‎
A. Izbasarov ‎ —‎ Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari‎
M. Abdurahmonov‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
A. Oripov‎ —‎ Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
A. Usmonov‎ —‎ “Xalq soʻzi” gazetasining bosh muharriri‎
Z. Fayziyev‎ —‎ “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi raisi‎
T. Qoʻziyev‎ —‎ Badiiy akademiya raisi‎
‎‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi PQ-102-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida oʻtkaziladigan mustaqillik bayrami dasturini yaratish boʻyicha ijodiy guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baxtiyor Sayfullayev‎ —‎ Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari, rahbar‎
Omonilla Rizayev‎ —‎ “Oʻzbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori‎
Usmon Qoraboyev ‎ —‎ Behzod nomidagi Rassomlik va dizayn instituti rektori‎
Nabi Abdurahmonov‎ —‎ Oʻzbekiston yoshlar teatri badiiy rahbari‎
Olimjon Salimov‎ —‎ Yosh tomoshabinlar teatri badiiy rahbari‎
Haydarali Qosimov‎ —‎ A. Navoiy nomidagi opera va balet katta teatri bosh rejissori‎
Shapiro Vladimir‎ —‎ Oʻzbekiston rus drama teatri badiiy rahbari‎
Yusuf Roziqov‎ —‎ “Oʻzbekfilm” studiyasi rejissori, ssenarist‎
Nuriddin Qosimov‎ —‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi rejissori‎
Sirojiddin Sayyid‎ —‎ Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari, shoir‎
Minhojiddin Mirzo‎ —‎ Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri‎
Mahmud Toir‎ —‎ Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat boʻlimi masʼul kotibi, shoir‎
Iqbol Mirzo‎ —‎ “Assalom, Oʻzbekiston” teledasturi bosh muharriri, shoir‎
Abduvali Qutbiddin‎ —‎ Oʻzbekiston televideniyesi “Musiqa” direksiyasi direktor oʻrinbosari, shoir‎
Rustam Abdullayev‎ —‎ Bastakorlar uyushmasi raisi‎
Anor Nazarov‎ —‎‎ Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, bastakor‎
Bahrullo Lutfullayev‎ —‎‎ Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, bastakor‎
Farhod Alimov‎ —‎‎ Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor‎
Baxtiyor Toʻrayev‎ —‎‎ Oʻzbekiston milliy teatri bosh rassomi‎
Tolib Gʻoziyev‎ —‎‎ rassom‎
Shuhrat Malikov‎ —‎‎ rassom‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi PQ-102-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik bayramining badiiy dasturi uchun gʻoyaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIYALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlarga maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning maʼno-mohiyatini, ularning siyosiy ahamiyati va oʻziga xos jihatlarini chuqur tushunadigan yangi ijodiy kuchlarni — taniqli adabiyot va sanʼat namoyandalarini, ijrochi va xonanda, bastakor va rejissorlarni jalb etish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik kuniga bagʻishlab Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida oʻtkaziladigan bayram dasturlarining mazmuni, asosiy yoʻnalishlari, falsafasi, umuman, gʻoyaviy-badiiy konsepsiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Avvalo, Andijon voqealarini hisobga olgan holda, bu yilgi bayramning badiiy dasturini tayyorlashga butunlay yangicha asosda yondashish, bu sana bilan bogʻliq ommaviy-maʼrifiy tadbirlarni koʻtarinki ruhda tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram boʻlmaydi!” degan daʼvatni dasturning bosh gʻoyasi sifatida mujassam etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillikning mohiyati va ahamiyatini, xalqimizning istiqlol yillarida bosib oʻtgan murakkab va tarixiy yoʻlini, erishgan ulkan marra va yutuqlarini, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini badiiy-falsafiy yoʻsinda ifodalash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Mustaqillik — bu huquq” ekanini har tomonlama chuqur aks ettirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat mustaqillik orqaligina shaxs oʻz qadr-qimmati, or-nomusi va gʻururini anglashi, “Men — odamman, men — erkin insonman” degan tuygʻu-tushunchani his etib yashashi mumkinligini, istiqlol — inson huquq va erkinliklarini taʼminlashning asosiy omili ekanini ochib berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Bu muqaddas zamin — mening Vatanim, ajdodlarimning tabarruk xoki yotgan bu tuproqni himoya qilish uchun soʻnggi tomchi qonim qolguncha kurashishga tayyorman” degan azmu qaror bilan yashayotgan ming-minglab asl insonlarning koʻnglidagi hissiyotni taʼsirchan lavhalarda koʻrsatish, Oʻzbekistonning azal-azaldan hech kimga bosh egmagan haqiqiy mardlar yurti, er yigitlar vatani boʻlib kelganini badiiy shakllarda tasvirlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqimizning ozodligi va mustaqilligini, ezgu orzu-intilishlarini, yuksak insoniy tuygʻularini toptashga urinadigan, ularga mensimay qaraydigan kuchlarga munosib javob berishga el-yurtimiz hamisha qodir ekanini aks ettirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi keskin kurash borayotgan bugungi kunda, ayrim kuchlar tomonidan Oʻzbekistonga nohaq taʼna va malomat toshlari otilayotgan bir paytda oʻzini shu zamin farzandi degan har qaysi insonning bu kurashdan chetda turishga, beparvo va loqayd boʻlishga haqqi yoʻq ekanini koʻrsatib berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Men — oʻzbek farzandiman” degan gʻoyani taʼsirchan shaklda ifodalash. Bunda istiqlol tufayli hayotimizdan oʻzining munosib oʻrnini topgan, ming yillar davomida qon-qonimizga singib ketgan, ayni vaqtda hozirgi zamon bilan uygʻun boʻlgan milliy urf-odat va qadriyatlarimiz, muqaddas dinimizni asrab-avaylash va himoya qilish mavzusini keng yoritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bugungi kunda “Biz hech kimdan kam boʻlmaganmiz va hech qachon kam boʻlmaymiz” degan daʼvat xalqimiz qalbidan chuqur joy olgani, uning ruhiy-maʼnaviy intilishlarining oʻziga xos ifodasiga aylanganini tasvirlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbek xalqi oʻz hayotining maʼno-mazmunini farzandlarining baxti va kamoli bilan bogʻliq holda koʻrishini badiiy lavhalar orqali ifodalash. Istiqlol yillarida barkamol avlod tarbiyasi yoʻlida qanday katta ufqlar ochilayotgani, mustaqillik ana shunday beqiyos imkoniyatlar manbai ekanini badiiy gavdalantirish. Mustaqillik davrida voyaga yetgan bolalar va yoshlar hayotini, ular erishayotgan yutuq va marralarni koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Shuhrating porlasin toki bor jahon”. Oʻzbekistonning jahondagi obroʻ-eʼtibori yuksalib, oʻzbek nomi butun dunyoda tanilib borayotganini aks ettirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bayram dasturlarini tayyorlashda jamiyatimizning barcha qatlam va toifalariga mansub kishilarning kayfiyati, xohish-istaklarini inobatga olish, badiiy nomer va ijrolarni, sahna bezaklarini shu mezon asosida tanlash.