Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 23.07.2004 yildagi 357-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.07.2004 yildagi 357-son
Date of entry into force
23.07.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUSTAQILLIK KUNI VA NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMLARIGA TAYYORGARLIKNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy mustaqillik g‘oyalari va xalqimiz an’analarini keng targ‘ib qilish, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlarida Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan madaniy-ommaviy tadbirlarning yuqori tashkiliy darajada tayyorlanishi va chuqur g‘oyaviy mazmun bilan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlarini tashkil etish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalar bilan birgalikda tuman, shahar va viloyatlar markazlarida Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlarining keng nishonlanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramlarini nishonlashda O‘zbekiston taraqqiyotida, jamiyatni demokratik yangilashda, ma’naviy-axloqiy yuksalishda, xalqimiz mentalitetida, milliy o‘zligini anglashda, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini kuchaytirishda, respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni keng va to‘liq ochib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili o‘tkaziladigan tadbirlar mazmuni va mavzuyida mustaqillik yillarida hayotning barcha sohalarida, yangilanish va islohotlarning tanlangan yo‘lini amalga oshirishda, milliy davlatchiligimizni rivojlantirishda, xalqimizning turmush darajasini oshirish va sharoitlarini yaxshilashda O‘zbekiston erishgan aniq yutuqlarni, respublika shaharlari, tumanlari va aholi yashash joylarini obod qilishdagi ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nukus shahrida, viloyat markazlarida va Toshkent shahrida o‘tadigan bayram dasturlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshi shoirlar, shuningdek professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarini tanlov asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bayram tadbirlarini o‘tkazishda zarur darajada xavfsizlikni ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlarini moliyaviy ta’minlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mahalliy budjet mablag‘lari, ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar va jamg‘armalarning homiylik yordami hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramini tashkil etish haqida” 1995-yil 23-fevraldagi 68-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 15-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 23-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
357-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-iyuldagi 357-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlarini tashkil etish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

Mirziyoyev Sh.M.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

Aripov A.N.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari

Sultonov X.M.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha), Komissiya raisining o‘rinbosari

Sadikov Sh.M.

Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

Komissiya a’zolari:

Zakirov B.I.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

Usmonov R.J.

Toshkent shahri hokimi

Alimov A.V.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri

Axmedbayev A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri

Muratov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri

Ahmedov M.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Berdiyev K.R.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri

G‘aniyev E.M.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

Dusanov Z.A.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

Inog‘omov J.S.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

Abdullayev I.B.

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

Tashmatov B.X.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi v.b

Inoyatov U.I.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri

Komilov A.X.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Qosimov N.U.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining rahbari v. b.

Qosimov R.S.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Qo‘chqorov J.A.

Moliya vazirining o‘rinbosari

lavozimiga ko‘ra

Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi boshlig‘i

Mirzaliyev I.

(Iqbol Mirzo)

O‘zbekiston xalq shoiri

Mirzoxidov X.M.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

Musayev A.E.

“O‘zbekkino” milliy agentligining bosh direktori

Narbayeva T.K.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Nuridinov A.V.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

Rahmatov O‘.

“Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharriri

Rizayev F.M.

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi

Sayfullayev B.S.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rektori

Salixov Sh.I.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

Sodiqov A.X.

“Toshshaharyo‘lovchitrans” kompaniyasi raisi

lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori

Tyan V.N.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori

Usmonov Sh.G‘.

“Nuroniy” jamg‘armasi raisi

Fayziyev Z.O.

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi boshqaruvi raisi

Xadjayev A.D.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

Hazratqulov M.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Xaydarov I.U.

“O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi

Yusupov O.O.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son)