Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017 18.06.2010 yildagi 118-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.06.2010 yildagi 118-son
Date of entry into force
18.06.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017
Hujjat 27.06.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish, shuningdek talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 12-iyuldagi 342-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi hamda mazkur qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 18-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qaroriga
1-ILOVA

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy taʼlim muassasalari qabulni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy taʼlim muassasalariga talabalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish tillari va shakllariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari, shuningdek ularni oʻtkazish tartibini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Test sinovlari uch tilda — oʻzbek, rus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tili, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent test sinovlarini oliy taʼlim muassasasida oʻqiydigan tilda topshiradi. Bunda oʻzbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent oʻz arizasiga asosan test sinovlarini oʻzbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va test boʻyicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi. Abituriyent oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari oʻtilmasdan boshqa chet tillari oʻqitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi oʻrniga koʻp balli tizim boʻyicha imtihon topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlimning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda qoʻshimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlariga qabul koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu taʼlim yoʻnalishlariga arizalar koʻrsatilgan tillarda oʻrta taʼlim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki koʻrsatilgan tillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, koʻp balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yigʻindisi shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 320-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur tilini (ingliz, nemis va fransuz tillari oʻqitilmagan holda) chet tili sifatida oʻqigan abituriyentlar mazkur tildan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar boʻyicha esa test sinovlaridan oʻtadilar.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham oʻqitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida (attestatida) mavjud boʻlganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur tilidan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va fransuz filologiyasi) yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu fanlar boʻyicha yagona dastur va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy taʼlim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va koʻp balli imtihonlarni oʻtkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Respublika tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik “Oliy hamshiralik ishi” taʼlim yoʻnalishiga qabul faqat oʻrta maxsus, kasb-hunar tibbiy maʼlumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda qoʻshimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oliy taʼlim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi boʻlimning taʼlim yoʻnalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh taʼlim yoʻnalishiga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish

11. Oliy taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika fuqarolarini xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga joʻnatish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy taʼlim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Hujjatlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha qabul qilinadi.
(12-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 306-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oliy taʼlim muassasasini tugatganligi yoki oliy maʼlumoti yoʻqligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishini koʻrsatishlari hamda test sinovlarini oʻtkazish qoidalari va javoblar varaqalarini toʻgʻri toʻldirish bilan tanishganligi koʻrsatiladi);
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
086-U — shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport (pasport yoshiga etmaganlar uchun tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma)ning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi boʻlim abituriyentlari uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza shakli Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovdan tashqari oʻqishga kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent arizasida “oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman” grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, chin etim va etim, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yoʻq) qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga etmaganlar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy qismlar qoʻmondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan soʻng hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy taʼlim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari oʻrnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi maʼlumotni imtiyozga ega boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan qoʻshib taqdim etadilar.
(12-bandining yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 306-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari oʻtkazilishiga qadar 11-iyuldan 25-iyulgacha, test majmualarida fanning oʻrniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizigacha boʻlgan oraliqda yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari boʻyicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 26-iyulga qadar boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat komissiyasi va Davlat test markaziga oliy taʼlim muassasalari tomonidan 30-iyulgacha taqdim etiladi.
(13-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Test sinovlari kunduzgi va maxsus sirtqi boʻlimlar uchun 1-avgustda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oliy taʼlim muassasasida tanlangan taʼlim yoʻnalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari boʻyicha test sinovlaridan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jurnalistika”, “Xalqaro jurnalistika” va “Nutq madaniyati va notiqlik sanʼati” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 75,6 ballgacha boʻlgan oraliqda baholanuvchi) ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test topshiriqlari oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi vaqt meʼyorlari belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 72 savolga — 2 soat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 108 savolga — 3 soat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majmualar quyidagi fanlar boʻyicha shakllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ona tili va adabiyoti: oʻzbek tili va adabiyoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Matematika (informatika bilan)
(16-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fizika
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kimyo
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Biologiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tarix
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Geografiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Chet tili: ingliz tili
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Chet tili: nemis tili
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Chet tili: fransuz tili
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani boʻyicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha oxirgi 6 ta savoldan iborat boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari boshlanishiga qadar 30 daqiqagacha abituriyentlar javoblar varaqasini toʻgʻri toʻldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozadilar. Bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli oʻtkazish masʼuliyati, test sinovlari qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovi sinov oʻtadigan xonada sinovni oʻtkazish qoidalari talablariga qatʼiy rioya etilgan tarzda toʻgʻri va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovi ertalab soat 8 dan 30 daqiqa oʻtganda boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastasi boʻlgan sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Javoblar varaqasini toʻldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt meʼyoriga qoʻshimcha 20 daqiqa ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni notoʻgʻri belgilagan abituriyentlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qatʼiy man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, abituriyent test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi.
(16-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varagʻi yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent test sinovlari natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kun davomida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma tartibda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qaroriga asosan oʻttizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish, oʻqish uchun toʻlov tartibi va miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin oliy taʼlim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi taʼsis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalarining mos taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili oʻtkaziladigan pedagogika oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari bitiruvchilari va taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining “Tarbiyachi” respublika tanlovi gʻolibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻolibi, Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamgʻarmalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalariga, mos taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy taʼlim yoʻnalishlari oʻrtasidagi kasbiy muvofiqlik Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarining arizalari haqidagi maʼlumotlarni, taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22-iyulgacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31-iyulgacha gʻolib boʻlganlar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan abituriyentlarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 320-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat komissiyasining abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 15-avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy taʼlim muassasalarida 20-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov-kontrakt asosida abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun kontraktda belgilangan mablagʻ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng, oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Oliy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

1. Oliy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar (keyingi oʻrinlarda — imtihonlar deb ataladi) test sinovlari boshlangunga qadar Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Test sinovlariga qoʻshimcha tarzda nazarda tutilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat komissiyasi tasdiqlagan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik boʻyicha oʻqish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar boʻyicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy koʻnikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Imtihonlar savollari va topshiriqlarining mazmuni umumiy oʻrta taʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari dasturlariga qatʼiy muvofiqlashtirilgan boʻlishi lozim. Sport fanlari boʻyicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi boʻyicha) belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiq tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish uchun oliy taʼlim muassasasida fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektorning buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasasida tegishli fanlar boʻyicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish masalalari boʻyicha tajribali, malakali va masʼuliyatli oʻqituvchilar tarkibidan fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim hollarda oliy taʼlim muassasasi fan boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibiga boshqa taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyi maʼmuriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasi idoraviy boʻysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishgan holda fan boʻyicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishi boʻyicha imtihon komissiyalarining raislari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyentlarning yozma shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab belgilangan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraligʻida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 320-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihonlarni baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, abituriyentlarga qoʻyilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, oliy taʼlim muassasasining fan imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha yagona dastur va baholash mezonlarini tasdiqlaydi va tegishligiga qarab oliy taʼlim muassasalariga yetkazadi.

Agar imtihon taʼlim yoʻnalishi doirasidagi qator mustaqil fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan boʻlsa, unda uni baholash uchun belgilangan ballarning umumiy miqdori, har bir fanning xususiyatlari hisobga olingan holda, differensial tartibda, uning tarkibidagi fanlarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar eʼtiboriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini maʼlum qiladi. “Oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishi boʻyicha ushbu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon roʻyxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon qaydnomalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan oʻz vaqtida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jadval boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun appelyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarini qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan oliy taʼlim muassasalarida, Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda, qabul koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu taʼlim yoʻnalishiga arizalar faqat umumiy oʻrta taʼlim muassasasini yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini koʻrsatilgan tillarda bitirgan abituriyentlardan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida qabulni amalga oshiruvchi oliy taʼlim muassasalari koʻrsatilgan holda oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxatini, kasbiy imtihonlar va test sinovlari fanlarini Davlat komissiyasi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Savollar mazmuni va imtihonlar topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari dasturlariga qatʼiy muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qilish uchun oliy taʼlim muassasasida belgilangan tartibda fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasi idoraviy boʻysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fanlar boʻyicha imtihon komissiyalarining raisligiga nomzodlarni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab (tegishli ravishda 111,6 ball, 75,6 ball yoki 39,6 ball) belgilangan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraligʻida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihonlarni baholash mezonlari, har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, oliy taʼlim muassasasining imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin, abituriyentlar eʼtiboriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturi, ularni baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha yagona dastur va baholash mezonlarini tasdiqlaydi va tegishligiga qarab oliy taʼlim muassasalariga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon roʻyxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihonlar natijalariga koʻra, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi belgilangan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻrinlar kvotasiga tanlov oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari topshirilmaydigan taʼlim yoʻnalishlarining kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan belgilangan kvota doirasida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jadval boʻyicha imtihonga kelmagan abituriyentlar navbatdagi imtihonni topshirishga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy taʼlim muassasasida kasbiy imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (appelyatsiya) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va xolisona oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat oliy taʼlim muassasasi rektori va qabul komissiyasi masʼul kotibi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Koʻzi ojizlar toifasiga maxsus maktab-internatlar tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan yetuklik attestati, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan diplom, oʻrta taʼlim (11-sinf bazasida) hujjati yoki akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan koʻzi boʻyicha 1-guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan shakldagi maʼlumotnomasiga ega boʻlgan abituriyentlar kiradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 320-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻzi ojiz abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga kirish chogʻlarida kirish imtihonlarini taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasiga mos keluvchi koʻp balli yoki ularga keltirilgan besh balli baholash tizimi boʻyicha, anʼanaviy uslubda topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fanlar boʻyicha kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli (yozma yoki ogʻzaki) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻzi ojiz abituriyentlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish uchun oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan maxsus masʼul xodim ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi kirish imtihonlarini oʻtkazish uchun fanlar boʻyicha komissiyalarni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fan boʻyicha kirish imtihonlarining dasturlari umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari dasturlariga toʻla muvofiq holda tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kirish imtihonlarini oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga koʻzi ojizlar yoki nogironlar jamiyatining vakili kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari koʻzi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari fanlari boʻyicha maxsus tuzilgan jadvalga binoan maslahatlar tashkil etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻrsatilgan abituriyentlar toifasi uchun kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 26-iyulga qadar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur toifaga kiradigan abituriyentlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi maʼlumotlar 27-iyulga qadar Davlat komissiyasiga va Davlat test markaziga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan tanlovsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga (keyingi oʻrinlarda Magistratura deb yuritiladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom harbiy taʼlim muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining magistraturalariga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 549-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Magistraturaga qabul oliy taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Magistraturaga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga koʻra, toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistraturaga qabul tegishli taʼlim yoʻnalishi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul boʻyicha) oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega boʻlgan shaxslar turdosh taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha magistrlik mutaxassisligi, oʻqitish tili va shakliga koʻra alohida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kirish sinovlari uch tilda — oʻzbek, rus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistraturada oʻqitish tili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul koʻrsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy taʼlim muassasasida oʻqiydigan tilda topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Magistraturaga qabul qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy oʻquv yili uchun tayinlangan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari boʻyicha qabul komissiyasi masʼul kotibining oʻrinbosari tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yoʻnalishiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Hujjatlarni qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan oʻrinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega boʻlganlar, diplomli mutaxassislar) oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura mutaxassisligi koʻrsatilgan holda, oliy taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud boʻlgan holda);
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
086-U — shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan koʻrsatadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kirish sinovlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik boʻyicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbatdan oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) boʻyicha sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari boʻyicha sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki oʻzlashtirish koʻrsatkichi (oʻzlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha boʻlgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro (TOEFL boʻyicha kamida 58 yoki IELTS boʻyicha kamida 5 ball) sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qoʻyiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistraturaga oʻqishga kirishda eng koʻp (maksimal) toʻplanishi mumkin boʻlgan ball — 350 ni tashkil etadi.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Abituriyentlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) topshiradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi taʼlim yoʻnalishining maxsus fanlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 199-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 363-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) oʻtkazish shakli va fanlar boʻyicha sinov dasturlari hamda abituriyentlarning bilimlarini baholash mezonlari oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish sinovlari boshlanishidan bir oy avval abituriyentlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlangan mutaxassislik boʻyicha maxsus fanlardan sinov uchun belgilangan ballning 30—50 foizi abituriyentning mutaxassislik boʻyicha ijodiy qobiliyatini, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli mustaqil tahlil qilish, xulosalar chiqarish boʻyicha bilimini aniqlashga ajratiladi;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 199-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 363-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbatdan oʻtkazish uchun tanlangan mutaxassislikka mos abituriyentning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlashga qaratilgan savollar yetakchi mutaxassislar tomonidan tuziladi va bir oy oldin abituriyentlar eʼtibori uchun qabul komissiyasi axborot doskasida eʼlon qilinadi. Mazkur savollar asosida imtihon biletlari tuziladi va suhbat vaqtida abituriyent imtihon biletiga javoblarini komissiyaga yozma ravishda taqdim etib, savollarga ogʻzaki javob beradi. Suhbat davomida abituriyentning ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) koʻrib chiqilib, suhbat natijalarini baholashda inobatga olinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kursi boʻyicha yagona dastur va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15-avgust kunlari oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) oʻtkazilishiga qadar, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari boʻyicha maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kirish sinovlarini oʻtkazish uchun rektorning buyrugʻi bilan har bir sinov fanlari boʻyicha komissiyalar tashkil etiladi. Fanlar boʻyicha komissiya raislari, oliy taʼlim muassasasining idoraviy boʻysunishiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sinov fanlari boʻyicha komissiya tarkibi oliy taʼlim muassasasining yetuk va tajribali professor-oʻqituvchilari tarkibidan tashkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boshqa oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sinov fanlari boʻyicha komissiya raislari zimmasiga quyidagi masʼuliyat yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish sinovlari sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-oʻqituvchilarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya aʼzolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov jarayoniga rahbarlik qilish va nazorat etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Fanlar boʻyicha sinovlarni oʻtkazish tartibi (oʻqituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan boʻyicha imtihon komissiyasining aʼzolari, qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlariga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqishga qabul qilinmaganlarning sinov ishlari 6 oy davomida saqlanadi, soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistraturaga mutaxassislik boʻyicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-iyundagi 172-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oliy taʼlim muassasasida belgilangan tartibda apellyatsiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent sinov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, sinov natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyatsiya qilish haqidagi ariza bilan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani koʻrib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Magistraturaga koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Abituriyentni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish va oʻqish uchun toʻlov tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilagan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kirish sinovlarining ballar reytingi boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish toʻgʻrisida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy taʼlim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Oʻqishga qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 20-avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy taʼlim muassasalarida 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun belgilangan mablagʻ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng, oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Magistraturada oʻqish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Magistraturada oʻqish muddati kamida 2 yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning amal qilishi harbiy oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash, odatda, yozgi taʼtil davrida, tegishli kurs (semestr)da oʻquv mashgʻulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Talabalar safidan chetlashtirish mazkur Nizomda belgilangan hollarda oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya deb yuritiladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo komissiya Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi. Uning tarkibiga tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo komissiyaning raisi va masʼul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oliy taʼlim muassasasi rektorining qarori asosida talabalar oʻqishini shu oliy taʼlim muassasasi doirasida oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha koʻchirish va tiklash amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirish va qayta tiklash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oliy taʼlim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalariga oliy taʼlimning turdosh boʻlmagan yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)ga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oliy taʼlimning turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Talabalarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash haqidagi arizalari mos ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan — oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tasarrufida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari hamda hududiy ishchi guruhlar talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash haqida kelib tushgan arizalar toʻgʻrisida belgilangan shaklda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga umumlashtirilgan maʼlumot topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi talabalar oʻqishini koʻchirish yoki tiklash haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Idoralararo komissiyaga qaror qabul qilish uchun yoʻllaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼlim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan nodavlat oliy taʼlim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarining filiallari (markazlar, boʻlimlar, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalar)dan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Birinchi kursga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash man etiladi (istisno tariqasida, talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilishi mumkin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻqishning barcha shakllari boʻyicha oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisligi) boʻyicha davlat grantlari oʻrinlariga koʻchirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar arizasiga koʻra muayyan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik)da oliy taʼlim muassasalariga tegishli oʻquv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Boshqa hollarda oʻqishni koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash haqidagi arizaga talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari ilova etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Talabalarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy taʼlim muassasasi rektori belgilangan tartibda oʻquv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (umumkasbiy va ixtisoslik fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (ikki oydan ortiq boʻlmagan), oʻqitish kursi hamda oʻqishga qabul qilishning boshqa shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Talabalarning oʻqishini shartli ravishda koʻchirish yoki qayta tiklash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda toʻlov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, toʻlov mablagʻlari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Talabalar oʻqishini koʻchirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini oʻz taʼlim yoʻnalishidan boshqa turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishiga koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash haqidagi ariza bir oy muddat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha oliy taʼlim muassasasi rektori tegishli qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya oliy taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʻllaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻqishi koʻchirilayotgan talaba darslarga qoʻyiladi hamda ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasiga uning shaxsiy yigʻma jildini joʻnatish uchun soʻrovnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnoma olingandan soʻng, talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrugʻi asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yigʻma jildi (roʻyxati bilan) uni oʻqishga qabul qilgan oliy taʼlim muassasasiga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasida talabaning akademik maʼlumotnomasi, reyting daftarchasi, oʻquv kartochkasi, shuningdek joʻnatilayotgan hujjatlar roʻyxatining nusxasi qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasidan uning shaxsiy yigʻma jildi olinib, akademik farqlar bartaraf etilgandan soʻng 10 kun muddatda chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy yigʻma jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda (yopiq yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash), talabani oʻqishga qabul qilish, oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik maʼlumotnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oliy taʼlim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar oʻqishini koʻchirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻqishni qayta tiklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻqishga qayta tiklash haqidagi ariza bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Quyidagi hollarda talabalikka qayta tiklashni soʻrab murojaat qilgan shaxsga rad javobi berilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilar soni doirasida boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning akademik qarzdorligi hamda tegishli mutaxassislik boʻyicha zarur bilimlarni oʻzlashtirishiga toʻsqinlik qilish darajasidagi oʻquv rejalari va dasturlarida farq mavjud boʻlganligi (mazkur Nizomning 17-bandi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Barcha oʻquv shakllari boʻyicha talabalar safiga qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida mazkur Nizom talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan etimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (zaxiraga boʻshagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik taʼtildan qaytgan shaxslar istisno tariqasida, oʻqishga davlat grantlari oʻrinlariga qayta tiklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻqishdan chetlashtirilgan oʻquv yilida talabani oʻqishga qayta tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Talabani boshqa oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qayta tiklashda uning ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi roziligi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻqishdan chetlatilgandan keyin 5 yildan ortiq muddat (harbiy xizmatda boʻlganlik, uch yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarish qilish bilan bogʻliq mehnat taʼtili hamda sogʻliqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) oʻtgan hollarda talabalar oʻqishini qayta tiklash Idoralararo komissiyaning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Talabalar safidan chetlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Talaba oliy taʼlim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻz xohishiga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) akademik oʻzlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oʻquv intizomini va oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) vafot etganligi sababli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida talabaga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik taʼtil berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyati tashabbusi bilan talabalarni oʻqishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Nizomning 30-bandi “d” kichik bandiga koʻra chetlashtirilayotgan holda, taʼlim muassasasining “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Talaba oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yigʻma jildga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash jarayonida hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan hujjatlar aniqlangan hollarda oliy taʼlim muassasasi rektori mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirgan yoki qayta tiklagan talabalarning shaxsiy yigʻma jildiga tegishli buyruqdan koʻchirma, ariza va akademik maʼlumotnoma tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oliy taʼlim muassasalari har yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga zarur miqdordagi akademik maʼlumotnoma blankalariga buyurtmalar beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik maʼlumotnoma blanklarining qatʼiy hisobi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik maʼlumotnoma blankalarining oliy taʼlim muassasalarida saqlanishi, roʻyxatga olinishi va berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik oliy taʼlim muassasalariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda rektor hujjatlarni yuborgan oliy taʼlim muassasalaridan rasmiy xat bilan maʼlumotlar toʻgʻriligini tasdiqlashni soʻrashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish va tiklashiga asos boʻlgan barcha hujjatlar vakolat doirasi boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida 3 yil davomida saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlganlar belgilangan tartibda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda; 2012-y., 22-son, 254-modda; 2012-y., 28-son, 320-modda; 2013-y., 28-son, 363-modda, 30-son, 389-modda, 38-son, 495-modda; 2014-y., 27-son, 325-modda; 2015-y., 1-son, 7-modda, 43-son, 549-modda; 2016-y., 25-son, 306-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 23-son, 472-modda)