Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2019 11.07.2012 yildagi 205-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.07.2012 yildagi 205-son
Date of entry into force
11.07.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O‘TAB BO‘LGAN FUQAROLARNI OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarga hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ—1765-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 11-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 205-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi ushbu Nizomda nazarda tutilmagan barcha holatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov abituriyentlar arizasida ko‘rsatilgan har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ketma-ket ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Hujjatlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirayotgan fuqaroning (keyingi o‘rinlarda abituriyent deb yuritiladi) o‘qishga qabul qilish haqidagi arizasi oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha qabul qilinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 25-son, 306-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Barcha oliy ta’lim muassasalari veb-sayti va oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari e’lonlar taxtasida ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim tili bo‘yicha qabul kvotasi, oliy ta’lim muassasalarining bir ta’lim sohasiga tegishli ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini yoki o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasining asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasportning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy guvohnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5 x 4.5 sm o‘lchamli 6 ta rangli fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnat daftarchasidan ko‘chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo‘lim abituriyentlari uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent tomonidan pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaysi chet tilidan test topshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasining raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi va ikkinchi oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim yo‘nalishi nomlari (bunda yo‘nalish bo‘yicha test sinovlari topshiradigan fanlar majmuasi (bloki) va ta’lim sohasi mos bo‘lishi shart) kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent arizada ikkinchi oliy ta’lim muassasasi sifatida birinchisini belgilab, undagi boshqa ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishga haqli (bunda yo‘nalish bo‘yicha test sinovlari topshiradigan fanlar majmuasi (bloki) va ta’lim sohasi mos bo‘lishi shart).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi oliy ta’lim muassasasi sifatida belgilanishi mumkin bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishlari) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlarning qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oliy ta’lim muassasaci qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlar birinchi va ikkinchi oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv shakli va tili ko‘rsatilgan holda belgilangan shakllar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga kunduzgi va maxsus sirtqi bo‘limlar uchun 16-iyulda taqdim etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 25-son, 306-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Abituriyentlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan barcha fuqarolarga respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 186-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Abituriyentning to‘plagan ballari uning arizasida ko‘rsatilgan birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarlicha bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasida e’lon qilinadi va unga arizasida ko‘rsatilgan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, ammo ular uchun imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha ballarni hisobga olgan holda birinchi oliy ta’lim muassasasi tanlovidan o‘ta olmagan abituriyentlarning respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalari test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyent test sinovi topshirgan ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun yetarli ball to‘plamagan, biroq tanlagan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tili bo‘yicha qabul kvotasi doirasida belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, ushbu ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida Davlat komissiyasining qarori bilan belgilangan kvotadan tashqari o‘qishga tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu abituriyentning test sinovi natijalari uning arizasida ko‘rsatilgan birinchi va (yoki) ikkinchi oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, talabalikka tavsiya etilgan harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega abituriyentlarga tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari qo‘llaniladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.Abituriyent o‘z arizasida ko‘rsatilgan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham yetarlicha ball to‘play olmagan taqdirda, unga mazkur va boshqa oliy ta’lim muassasasidagi boshqa ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shimcha ravishda tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.Abituriyentlar o‘z arizasida ko‘rsatilgan boshqa oliy ta’lim muassasasiga Davlat komissiyasining qaroriga binoan o‘qishga qabul qilingan hollarda ularning hujjatlari bir oliy ta’lim muassasasidan ikkinchi oliy ta’lim muassasasiga taqdim etish uchun tilxat bilan abituriyentga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent hujjatlarni test sinovlari e’lon qilingan kundan keyin bir hafta muddatda olishi va ikki hafta muddatda o‘qishga qabul qilingan oliy ta’lim muassasasiga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablar bilan ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmagan hujjatlar oliy ta’lim muassasasining bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirliklar va idoralar tomonidan istisno tariqasida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 28-son, 320-modda; 2016-y., 25-son, 306-modda; 2017-y., 14-son, 229-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)