Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 06.04.2010 yildagi PQ-1317-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 06.04.2010 yildagi PQ-1317-son
Date of entry into force
06.04.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BANK TIZIMINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YaNADA OShIRISh VA INVESTITSIYaVIY FAOLLIGINI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini o‘stirish, ularning investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish hamda ichki manbalar hisobidan iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan kreditlar hajmlarini ko‘paytirish, shuningdek aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-yanvardagi PQ-1461-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-yil, 1-2-son, 3-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aksiyadorlik tijorat banklarining aksiyadorlari va Kuzatuvchi kengashlarining 2010-yilda qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish va banklarning jami kapitallarini 2-ilovaga* muvofiq 490 mlrd so‘mga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaroriga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 milliard so‘m qilib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019-yilning 19-yanvariga kadar tijorat banklarining ustav kapitali miqdorlari mazkur bandda ko‘rsatilgan talablarga yetkazilishini ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tijorat banklari tomonidan, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarga, yangi investorlarga sotilgunga qadar, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoniga muvofiq, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 6-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1317-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda; 2011-yil, 1-2-son, 3-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)