Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 28.11.2008 yildagi PF-4058-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.11.2008 yildagi PF-4058-son
Date of entry into force
28.11.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI KORXONALARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh, ULARNING BARQAROR IShLAShINI TAʼMINLASh VA EKSPORT SALOHIYATINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon moliya-iqtisodiy krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiyot real sektori bazaviy tarmoqlarining iqtisodiy oʻsishi barqaror surʼatlari va makroiqtisodiy mutanosibligi hamda barqaror ishlashini taʼminlash, aholi bandligiga koʻmaklashish, eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalari hamda kichik biznesni aniq manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar respublika iqtisodiyoti real sektori sohasida jahon moliya-iqtisodiy krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etishning hal qiluvchi omillari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini faollashtirish, sifatli, eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy moslashuvchan minitexnologiyalarni tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish, eksport qiluvchi korxonalar tomonidan yangi tovarlar turlarini sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisod qilishning qattiq tartibini joriy etish, jumladan, texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash, ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya sarfini hamda boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini keskin kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, mahsulot sifatini boshqarishning xalqaro standartlarini tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moslashuvchan narx-navo siyosatini amalga oshirish, jahon bozorlarida narx-navo konyunkturasi tez oʻzgarib borayotgan sharoitda eksport mexanizmlarini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturida belgilab qoʻyilgan korxonalarning muttasil barqaror ishlashini taʼminlash, eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, shuningdek, jahon moliya-iqtisodiy krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasidagi qoʻshimcha omillar hamda resurslarni safarbar etish chora-tadbirlarini soʻzsiz bajarish Vazirlar Mahkamasining, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining eng muhim vazifasi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringi hamda tizimli nazoratini taʼminlash uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Ishchi guruhi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhi (R.S. Azimov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmon bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining amalga oshirilishi ustidan qattiq tizimli nazoratni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Farmon bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturida nazarda tutilgan hukumat qarorlari va dasturlar loyihalari oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda tasdiqlash uchun belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumladan, tarmoqlar, mintaqalar va alohida korxonalar miqyosida qabul qilingan chora-tadbirlar natijalarining muntazam monitoringi oʻtkazilishi va har oyda koʻrib chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dunyoda narx-navo oʻsishi, jahon va mintaqa bozorlari konyunkturasining oʻzgarishi, iqtisodiyot rivojining ichki tendensiyalari tahlilidan kelib chiqib, korxonalarning barqaror va samarali ishlashini taʼminlash borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga tezkorlik bilan kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini, shuningdek, eksportni kengaytirishda, mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish hamda korxonalarning barqaror ishlashini taʼminlashda iqtisodiyotning real sektori korxonalariga har tomonlama yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz vaqtida zarur chora-tadbirlar koʻrish, ularning asosli buyurtmanomalari boʻyicha aylanma mablagʻlarni toʻldirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kredit resurslarini tezkor, shu jumladan, imtiyozli asosda ajratib berish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4058-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 477-modda; 2010-y., 1-2-son, 1-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 8-9-son, 76-modda)