12.12.2008 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 12.12.2008 yildagi 24-son
Date of entry into force
12.12.2008
Hujjat 13.12.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FUQAROLIK ISHLARI BOʻYICHA EKSPERTIZA TAYINLASH, OʻTKAZISH VA EKSPERT XULOSASIGA BAHO BERISHDA SUD AMALIYOTIDA KELIB CHIQADIGAN AYRIM MASALALAR HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertizani tayinlash, oʻtkazish, shuningdek ekspert xulosasiga baho berish boʻyicha sud amaliyotini muhokama qilib, fuqarolik protsessida ekspertizaning tobora keng tarqalayotganligini taʼkidlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ekspertiza tayinlashda protsessual qonun normalarini asosan toʻgʻri qoʻllamoqdalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baʼzan ish holati boʻyicha albatta ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlsada, ishlarni ekspertiza tayinlamasdan hal etish, aksincha, ayrim hollarda maxsus bilim talab etilmaydigan savollarni aniqlash borasida ekspertiza tayinlash yoki ekspertlar oldiga ularning vakolat doirasiga kirmaydigan huquqiy va boshqa masalalarni qoʻyish hollari ham uchramoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish, shuningdek ekspert xulosasini baholash borasidagi sud amaliyotini takomillashtirish maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori fuqarolik ishi holatlarini har taraflama, obyektiv tekshirish maqsadida sud muhokamasida fan, sanʼat, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qilinadigan masalalarni aniqlash uchun ekspertiza tayinlash orqali ushbu soha yutuqlaridan toʻgʻri va toʻliq foydalanish zarurligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sud ekspertizasi deganda, sudning maxsus bilim talab qilinadigan masalalar boʻyicha tekshiruv olib borish va xulosa berishdan iborat protsessual harakati tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlik faoliyati — bu ekspertizani tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar tizimidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlar ekspertiza tayinlash va oʻtkazish masalasini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼatining 1997-yil 19-fevraldagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasi oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 1994-yil 21-iyuldagi 336-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Takroriy, komissiyaviy va kompleks sud-tibbiy ekspertizasi boʻyicha ish yuritish qoidalari”ga, 2006-yil 19-sentabrda tasdiqlangan “X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini tayinlash, tadqiqot uchun yoʻllanadigan materiallarni tayyorlash va rasmiylashtirish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga, shuningdek boshqa normativ huquqiy hujjatlarga amal qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlar FPK 841-moddasi mazmuniga koʻra ekspertiza quyidagi davlat muassasalari tizimi, shuningdek boshqa organlar tomonidan oʻtkazilishini nazarda tutishlari lozim:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy boʻlinmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash sohasidagi vakolatli organining Sud-tibbiy markazi va uning hududiy boʻlinmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga ekspertiza oʻtkazish yuklanishi mumkin boʻlgan (ekspertiza oʻtkazishga ixtisoslashmagan) boshqa muassasalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalari ekspertizani Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Respublika Ilmiy-tekshirish kriminalistika markazi tomonidan belgilangan xizmat koʻrsatish hududlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish materiallarini xizmat koʻrsatish hududiga kirmaydigan ekspertiza muassasasiga yuborilishi sud tomonidan asoslantirilgan boʻlishi lozim (takroriy ekspertiza tayinlanganda, tegishli hududdagi ekspertiza muassasasida kerakli mutaxassis yoki asbob-uskuna yoʻqligi yoki boshqa holatlarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudlarning eʼtibori FPKning 841-moddasiga muvofiq ekspertiza tadqiqotlari qonunda belgilangan tartibda ekspert etib tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga qaratilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sud eksperti sifatida oliy maʼlumotga, istisno hollarda oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlgan, ekspertizaning tegishli sohasi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va sud eksperti malakasiga ega boʻlgan davlat sud-ekspertiza muassasasining xodimi (davlat sud eksperti); sud tomonidan jalb etilgan boshqa (sud-ekspertlik ixtisosiga ega boʻlmagan) muassasa xodimi yoki mutaxassis ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan ekspertiza oʻtkazish yuklatilgan boshqa (sud-ekspert ixtisosiga ega boʻlmagan) muassasa xodimi ekspertiza tayinlagan sudning muassasaga bergan topshirigʻini bajarish tartibida ekspertiza oʻtkazishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlarga tushuntirilsinki, protsessual qonun mazmuniga koʻra, sudya nafaqat ishni koʻrish jarayonida, balki ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida ham ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini hisobga olib, ish holatlari va taqdim etilgan dalillarga muvofiq, ekspert xulosasi zarur boʻlgan barcha hollarda ish boʻyicha tegishli ekspertiza (tibbiy, psixiatriya, tovarshunoslik, buxgalteriya va boshqa) oʻtkazishni tayinlash huquqiga ega (FPK 160-moddaning 7-bandi). Ekspertiza tayinlashda FPKning 84—89-moddalari talabi eʼtiborga olinishi, xususan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertlar oldiga ekspert xulosasi boʻyicha javob berilishi lozim boʻlgan savollarni qoʻyish huquqi tushuntirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish holatlari boʻyicha shaxsning maʼlum harakatni sodir etish vaqtidagi ruhiy holatini aniqlash lozim boʻlgan barcha hollarda sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishi lozim, masalan, bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni koʻrishda bitim tuzilgan vaqtda shaxs oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmasligi yoki ularni boshqara olmasligi (FK 121-moddasi), shuningdek protsessual qonunda ekspertiza tayinlash nazarda tutilgan hollarda, xususan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi (FPK 293-moddasi) va sogʻligining sezilarli darajada yaxshilanganligi yoki sogʻayganligi sababli uni muomalaga layoqatli deb topish haqidagi ishlar boʻyicha (FPK 296-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tushuntirilsinki, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomasi yoki oʻzining tashabbusi bilan ish materiallarida mavjud boʻlgan yoki taraflar tomonidan qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlar asosida ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlgan holatlarda, shuningdek, ish apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasida koʻrilayotganda ekspert tekshiruvi oʻtkazish zaruriyati mavjudligi aniqlanib, lekin uni oʻtkazish yangi holat va dalillarni oʻrganishni talab qilgan holatlarda ham ekspertiza tayinlash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlarga ekspertiza tayinlash haqida sud ajrimi chiqarishni tartibga soluvchi protsessual qonun (FPK 84 — 88-moddalari) normalariga aniq rioya etish zarurligi tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza tayinlash haqidagi sud ajrimi asoslantirilgan boʻlishi, xususan ajrimda ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan holatlar, tarafning aynan qaysi vaji yoki ishning aynan qaysi holati tekshirilishi va ushbu holatni tekshirish uchun qaysi sohadagi mutaxassis fikri talab qilinishi aniq va batafsil qayd etilmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Materiallar ekspertizaga yuborilayotganda sud tomonidan ekspert ixtiyoriga quyidagilar taqdim qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ekspertizani tayinlash haqida ajrim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert tekshiruvi obyekti boʻlgan predmetlar va hujjatlar, zarur hollarda esa taqqoslash tekshiruvini oʻtkazish uchun namunalar hamda oʻzida ekspertiza predmetiga taalluqli maʼlumotlarni mujassamlashtirgan boshqa hujjatlar (koʻzdan kechirish, soʻroq qilish va boshqa protsessual harakatlar bayonnomalari, maʼlumotnomalar, koʻchirmalar, fotosuratlar va boshqa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza tayinlash haqidagi sud ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ekspertiza tayinlagan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ekspertiza tayinlangan ish toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) ekspertiza tayinlash asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) ekspertiza oʻtkazish yuklatilgan muassasaning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) ekspert oldiga qoʻyilgan savollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) taqdim etilgan obyektlar va materiallar, zarur hollarda esa ekspert tekshiruvi obyekti bilan muomala qilishning alohida shartlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza oʻtkazish turli muassasa shtatida boʻlgan ikki yoki undan ortiq ekspertlarga topshirilganda, ajrimda tekshiruv qaysi ixtisosdagi ekspertlar tomonidan oʻtkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil qilish qaysi ekspert muassasasiga yuklatilganligi, tekshirilishi lozim boʻlgan obyektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilayotganligi ham koʻrsatilishi lozim. Sudning ajrimi har bir ekspertiza muassasasiga yoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Materiallarning saqlanilishini taʼminlash maqsadida, ular sud tomonidan oʻralib, muhrlangan holatda yuboriladi. Oʻramda uning ichidagi predmetning nomi, u qachon, qayerda, kimdan va qaysi ish boʻyicha olinganligi koʻrsatilib, sudyaning imzosi va sud muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertlar ixtiyoriga kseronusxa tarzida yuborilayotgan hujjatlarning asliga mosligi haqida sudya tomonidan belgi qoʻyilishi va imzolanishi hamda sudning muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni ekspert ixtiyoriga yuborish mumkin boʻlmagan hollarda (uy, katta hajmdagi predmetlar va boshqalar) sudlar FPKning 192-moddasi talabiga muvofiq, obyektlarni joyida koʻzdan kechirish va tekshirishni tashkil etishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ekspertiza oldiga hal qilish uchun faqat javobi nizoni toʻgʻri hal qilish uchun dalil boʻla oladigan va fan, sanʼat, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qiladigan savollar qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ekspert oldiga vazifa qoʻyishda ekspertlar xizmatiga qayta murojaat etmaslik uchun javobi muayyan bir ishning toʻgʻri hal etilishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan, barcha kompleks savollarni qamrab olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qilinishi sudning vakolatiga kiruvchi huquq toʻgʻrisidagi savollar ekspert oldiga qoʻyilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tegishli ekspertiza tayinlashda, ishning murakkabligi, oʻziga xosligi va lozim boʻlgan ekspert tekshiruvi xarakteridan kelib chiqib, sudlar tekshiruv obyektlarini rasmiylashtirish va ekspertga taqdim etish tartibiga aniq rioya etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, sud-xatshunoslik ekspertizasi boʻyicha ekspertning ixtiyoriga tegishli tekshiruv obyektlarini yuborishda bevosita sud tomonidan eksperimental nusxalar olinishiga yoʻl qoʻyiladi. Mazkur eksperimental yozuv va imzo nusxalarini talab qilib olish, shuningdek ekspert oʻrganayotgan obyektni koʻzdan kechirish taraflar albatta xabardor qilingan holda ularning ishtirokida oʻtkaziladi va bayonnoma tuziladi. Lekin tegishli tarzda xabardor qilingan tarafning hozir boʻlmaganligi mazkur protsessual harakatning amalga oshirilishiga monelik qilmaydi. Ekspert ixtiyoriga yuborish uchun olingan eksperimental nusxalarning haqiqiyligi uchun ishni koʻruvchi sudya masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi oʻtkazish uchun materiallarni yuborishda sudlar Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Otalikni belgilash haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan qonun hujjatlarining tatbiq etilishi toʻgʻrisida”gi 6-sonli qarorining 14–16-bandlaridagi tushuntirishlaridan ham kelib chiqishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa vazifalar qatorida ona va ota tarafidan yaqin va uzoq qarindoshlikni aniqlash masalasini hal etuvchi molekulyar genetikani qoʻllashga asoslangan odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tekshiruvlari usullarining zamonaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, sudlar marhumning merosxoʻrlari oʻrtasidagi qarindoshlik munosabatlarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqishda, har bir aniq holat boʻyicha ona yoki ota tomonidan yaqin va uzoq qarindoshlikni belgilash haqida ish boʻyicha ekspertiza tayinlash masalasini muhokama qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sudlarning eʼtibori ekspertiza tayinlanayotgan hamma holatlarda tegishli ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda sudlar FPKning 113-moddasi talablariga muvofiq ekspertiza oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash masalasi hal etilishi lozimligiga qaratilsin. Agar ekspertiza oʻtkazish haqidagi iltimosnomani har ikkala taraf kiritsa yoki sud oʻz tashabbusi bilan ekspertiza tayinlagan hollarda ekspertiza oʻtkazish haqidagi ajrimda xarajatlar taraflar oʻrtasida teng taqsimlanganligini koʻrsatilishi shart. Qolgan hollarda, ekspertiza oʻtkazish xarajatlari sud ajrimida ekspertiza oʻtkazish haqida iltimosnoma kiritgan taraf zimmasiga yuklatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ekspertizaga yuborilayotgan materiallarni rasmiylashtirish qoidalarining buzilishi ekspertizani oʻtkazishga toʻsqinlik qilgan taqdirda, ekspertiza muassasasi (uning tarkibiy boʻlinmasi) rahbari ekspertizani tayinlagan sudga yozma tarzda xabar berib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur boʻlgan choralarni koʻrishni talab qilishga haqli. Agar koʻrsatilgan kamchiliklar bir oy ichida bartaraf qilinmasa, muassasa rahbari materiallarni ijrosiz qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza ish yurituviga taqdim etilgan materiallar tayinlangan ekspertizani oʻtkazish mazkur muassasada koʻzda tutilmagan, shuningdek muassasa tegishli mutaxassislar yoxud jihozlarga ega boʻlmagan taqdirda ham qaytarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taqdim etilayotgan materiallar toʻliq boʻlmagan taqdirda, ekspert ekspertiza tayinlagan sudga qoʻshimcha materiallar taqdim qilinishi haqida ekspertiza muassasasi rahbari (uning tarkibiy boʻlinmasining rahbari) orqali yozma ravishda iltimosnoma yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha materiallar bir oy ichida taqdim qilinmagan taqdirda, ekspert mavjud materiallar asosida tekshiruv oʻtkazadi. Birorta ham masalani hal qilish imkoni boʻlmasa, bu haqida ekspert dalolatnoma tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga FPKning 87-moddasi 2-qismi mazmunidan kelib chiqqan holda ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch. hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudlarning eʼtibori, fuqarolik ishlarini koʻrishda sansalorlik va ishlarni koʻrish muddati choʻzilib ketishining oldini olish maqsadida oʻz vaqtida ekspertiza tayinlash, uni oʻtkazish muddatlariga qatʼiy rioya qilish lozimligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimining oʻz vaqtida bajarilishini aniqlashda, sudlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasi oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan ekspertiza oʻtkazish muddatlaridan kelib chiqishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, ekspertiza oʻtkazish muddatlarini ekspertiza oʻtkazuvchi muassasa (uning tuzilmaviy boʻlinmasi) rahbari ekspertlarning bandligini inobatga olgan holda quyidagicha belgilaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 kun — obyektlar soni koʻp boʻlmagan yoki murakkab tekshiruvlarni talab etmaydigan ishlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 kun — obyektlar soni koʻp boʻlgan yoki murakkab tekshiruvlarni talab etadigan ishlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 kun — obyektlar soni koʻp boʻlgan ishlar boʻyicha (masalan, qurilish-texnik ekspertizalari, DNK sud-biologik ekspertizasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlar qoʻshimcha, qayta, kompleks va komissiyaviy ekspertiza tayinlash asoslari va tartibini qatʼiy farqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan qoʻshimcha ekspertiza ekspertning dastlabki xulosasidagi boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida, xulosa toʻliq boʻlmagan yoki yetarli darajada aniq boʻlmagan hollarda, xulosa yuzasidan ekspertni soʻroq qilish orqali bartaraf etish imkoni mavjud boʻlmagan va majburiy qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish talab etiladigan, shuningdek ilgari tekshiruv oʻtkazilgan fuqarolik ishining holatlari boʻyicha yangi savollar tugʻilgan taqdirda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. FPK 194-moddasining 2-qismiga koʻra, ekspertning xulosasi asoslantirilmaganligi yoki bir necha ekspertning bir-biriga zid xulosalari mavjud boʻlganligi uning toʻgʻriligiga shubha tugʻdirganda qayta ekspertiza tayinlanadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir necha ekspertlarning xulosalari bir-biriga zidligi deganda ekspertlar komissiyasining xulosalaridagi tafovut (qarama-qarshilik, jiddiy farq) tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta ekspertiza muqaddam xulosa berilgan obyektlarga nisbatan sud tomonidan avval qoʻyilgan savollar yuzasidan tayinlanadi, biroq uni oʻtkazish boshqa ekspertga (yoki ekspertlar komissiyasiga) topshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta ekspertizani oʻtkazish ekspert xulosasiga asos qilib olingan dalillar haqiqiy emas deb tan olingan yoki ekspertiza oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert xulosasi ishning haqiqiy holatlariga zid boʻlsa yoki ishni koʻrish vaqtida ekspert xulosasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yangi holatlar aniqlansa, sud tomonidan qayta ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspert xulosalariga qoʻshilmasa, qayta ekspertiza tayinlash majburiy emas. Ushbu masalani hal etayotganda ekspertiza predmeti boʻlgan holatlarga doir ishda boshqa dalillarning mavjudligi, shuningdek takroriy ekspertiza oʻtkazishning amaliy imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish boʻyicha taraflarning ekspert xulosasiga qoʻshilmasligi, mutaxassis fikri mavjudligi va boshqa vajlar qayta ekspertiza oʻtkazish uchun asos boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta ekspertiza xulosasida ekspertning oldingi ekspertiza xulosasining toʻgʻriligi yoki notoʻgʻriligi haqidagi xulosasi qaysi maʼlumotlarga asoslanganligi koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kompleks ekspertiza u yoki bu holatlarni alohida ekspertiza oʻtkazish orqali aniqlash mumkin boʻlmagan, yoxud u bir ekspert mutaxassisligining eksperti yoki ekspertlar komissiyasining vakolati doirasidan chiqqanida sud tomonidan tayinlanadi. Kompleks ekspertiza oʻtkazilayotgan vaqtda har bir ekspert tekshiruvni oʻz vakolati doirasida oʻtkazishi lozim. Xulosada har bir ekspert qanday hajmda qanaqa tadqiqotlar oʻtkazganligi, u shaxsan qanday faktlarni aniqlaganligi va qanday xulosaga kelganligi koʻrsatilishi lozim. Har bir ekspert xulosaning oʻzi tekshiruv oʻtkazgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Bunda ekspertlar birgalikda xulosa tuzish huquqiga ham ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiyaviy ekspertiza tarkibi sud yoki shu ekspertiza turini oʻtkazishni tashkil etayotgan sud-ekspertlik muassasasi rahbari tomonidan belgilanadigan bir ixtisosdagi bir nechta (2 tadan kam boʻlmagan) ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ekspertiza oldiga qoʻyilgan topshiriqni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda har bir komissiyaviy ekspert tekshiruvni mustaqil va alohida holda olib boradi. Olingan natijalar birgalikda tahlil qilinib, umumiy fikrga kelingach, ekspertlar birgalikda xulosa (yoki xulosa berib boʻlmaslik toʻgʻrisidagi dalolatnoma) tuzadilar va imzolaydilar. Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, komissiya tarkibidagi har bir ekspert kelishilmagan masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 88-moddasiga koʻra, ekspert xulosasi yetarlicha tushunarli boʻlmaganda sud ekspertni chaqirish yoʻli bilan xulosasini ogʻzaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega va bu sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, oʻqib beriladi hamda ekspert tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga faqat xulosa bergan ekspert chaqirilishi va bergan xulosasi doirasida soʻroq qilinishi mumkin. Agar sudda tugʻilgan qoʻshimcha savollarga javob olish uchun tadqiqotlar oʻtkazish zarur boʻlsa, qoʻshimcha ekspertiza tayinlash masalasi muhokama qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning chaqiruvi boʻyicha kelish va oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan xolis xulosa berish ekspertning majburiyati ekanligidan kelib chiqqan holda ekspert zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari toʻgʻrisidagi protsessual qonun talablariga ogʻishmay rioya qilish, shuningdek bila turib yolgʻon xulosa berganlik, sud uzrsiz deb topgan sababga koʻra xulosa berishdan bosh tortganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari asosida javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantirilishi lozimligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ekspert xulosasi deganda, sud eksperti tomonidan yozma shaklda taqdim etilgan, muayyan fuqarolik ishini toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan, sud ajrimi asosida uning oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, batafsil tadqiqot qilingan va asoslantirilgan xulosalarni ifoda etgan, dalil turining biri tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga muvofiq, ekspert xulosasi kirish, tekshiruv va xulosadan iborat boʻlishini sudlar nazarda tutmoqlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi FPK 67-moddasining 4-bandiga koʻra hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emasligini hisobga olgan holda, sudlar ekspert xulosasi boshqa dalillar qatorida ishning hamma holatlarini jamlagan holda har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan sudyalarning ichki ishonchiga koʻra baholanishi lozimligini nazarda tutishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ekspert xulosalarini baholashda uning malakasini, taraflarning manfaatlariga rioya qilinganligini, qoʻllanilgan usullarning ishonchli asoslantirilganligini, shuningdek ekspertlarga yetarli materiallar va tegishli tekshiruv obyektlari taqdim etilganligini hisobga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertning ehtimol tutilgan xulosasi sud qaroriga asos qilib olinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning ekspert xulosasiga qoʻshilmaganligi ish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorida yoki ajrimda batafsil asoslantirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Taraflar uzrsiz sabablarga koʻra tadqiqot predmetini ekspertga topshirishdan yoki ekspertiza oʻtkazishda shaxsan ishtirok etishdan bosh tortgan holatlarda, sudlar Oliy sud Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 11-sonli qarorining 26-bandidagi tushuntirishiga asoslanishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 12-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-son