23.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2073
ONLINE TRANSLATE
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 23.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2073
Date of entry into force
02.02.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi BOSHLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2073]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq I. XOLMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 21-dekabrdagi 271-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar sirka kislotasi ishlab chiqaruvchi barcha turdagi tashkilotlar (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maʼmuriyat barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ish joylarida ishlovchilarni yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot boʻlinmasining rahbari zimmasiga yuklanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun quyidagi asosiy xavfli va zararli omillar xosdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyi hududi havosining changlanishi va gazlanishi (sirka kislotasi, atsetaldegidi, azot oksidi, metilatsetat marganets karbonati, nikel karbonati, kalsiyli soda va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin, tebranish, issiqlik nurlanishi va noqulay mikroiqlim (harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bugʻ, gaz, chang koʻrinishida ajratishi mumkin boʻlgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻta xavfli ishlarga faqat maxsus oʻqitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda masʼul xodim qoʻl qoʻyib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tashkilot rahbariyati quyidagilarni taʼminlashi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ish beruvchi Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) muvofiq ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashi lozim. Ish joyiga mos maxsus kiyimi, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalari toʻplami boʻlmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻta xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarning kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tashkilot maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 9-yanvardagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2073-1, 15.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 3-son, 41-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ishlab chiqarish binolari, inshootlari, uskunalari, texnologik jarayonlari ishlovchining sogʻligʻi va mehnatini himoyalash talablariga javob berishi kerak va SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Oʻtish, chiqish yoʻllari, koridor va tambur, narvonlar, turli predmetlar, asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha oson ochilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va qavariq joylari boʻlmasligi, SHNQ 2.03.13-24 “Pollar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga binoan bajarilgan boʻlishi kerak. Pollarni taʼmirlashda pollar qanday materiallardan tayyorlangan boʻlsa, xuddi shu materiallarni qoʻllash zarur.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Portlash xavfi boʻlgan va portlash xavfi boʻlmagan xonalar orasidagi ichki devorlar gazlarni oʻtkazib yubormaydigan qilib qurilgan boʻlishi kerak. Devorlarning suvogʻi va choklarning ulanish holatiga jiddiy eʼtibor qaratish va ular buzilganda shikastlangan joylarni tezda tuzatish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Bir xodimga ishlab chiqarish xonalari hajmi 15 m³. dan, maydoni 4,5 m². dan kam boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining soni, ularning joylanishi SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bajariladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Boshqarish pultlari — zararli va portlash xavfi boʻlgan bugʻ, gaz va changlar ajralib chiqadigan, shuningdek yuqori vibratsiyaga ega boʻlgan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Xom ashyo va tayyor mahsulot yetkazib beriladigan devordagi ochiq teshiklar yongʻin, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishiga yoʻl qoʻymaydigan moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m. balandlikda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrta ogʻir ishda 17°C, ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarning isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m., tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m. dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(2-bobning 10-paragrafi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Tashkilotning ishlab chiqarish oqova suvlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga oqizishdan oldin zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Tozalangandan soʻng suvda zararli moddalarning tarkibi sanoat tashkilotlarini loyihalashtirish sanitar normalari oʻrnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari boʻlmagan taqdirda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m. dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Sanoat tashkiloti hududidagi hojatxonalar issiq va maishiy oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi boʻlmaganida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak. Montaj paytida va undan soʻng ham har qanday oʻzgarish va qoʻshimchalar amaldagi meʼyorlarga javob berishi va loyihaga tegishli oʻzgartirish kiritilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Bir tekis taqsimlangan umumiy yorugʻlik qandillari mashinalar guruhi orasidagi yoʻlaklarda, poldan 4—6 m. balandlikda, lokallashgan umumiy yorugʻlik qandillari esa ish kameralari tarafidan shneklarni boshqarish balandligida va operator tarafidagi maydonchadan 2—2,5 m. balandlikda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiyga qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni har yili ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar miqdori yigʻilishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan himoyalangan holda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V. dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V. dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlar metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida GOST 12.1.003-2014, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-2014 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agar u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga oʻxshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak. Bu agregatlarni bino konstruksiyalariga qattiq mahkamlab qoʻyish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchilar dam olishi uchun shovqindan izolyatsiyalangan xonalar tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchilarning eshitish aʼzolarini shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Maishiy xonalarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga: kiyim almashtirish, yuvinish, choʻmilish, ayollarning shaxsiy gigiyenasi, chekuvchilar, ishlovchilarning isinish, dam olish, quritish, ish kiyimini changsizlashtirish va yogʻsizlantirish, kir yuvish xonalari kiradi va ular SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Ovqat isteʼmol qilish uchun maxsus binolar jihozlanadi. Suvni faqat ichimlik favvoralaridan yoki gazlangan suv avtomatidan ichishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Ishlab chiqarish binolarining ish joylaridan hojatxona, chekish joylari, isinish xonasi, dushxona, ichimlik suvi taʼminoti moslamalarigacha boʻlgan masofa 75 m. dan koʻp boʻlmasligi, ishlab chiqarish maydonchalaridagi ish joylaridan 150 m. dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Kiyim yechish xonasi, dushxona va dushxona oldi xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, maxsus kiyimning changdan tozalash, quritish uchun xonalarning devorlari va toʻsiqlari, yuvish vositalarini qoʻllab, issiq suv bilan yuvish mumkin boʻladigan materiallardan qilingan, balandligi kamida 2 m. boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Ishlab chiqarish xonalarida koʻzni yuvish uchun favvorachalar, terini yuvish uchun bosimi katta boʻlgan dushlar, shuningdek sexda dori qutichasi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Har bir smenadan keyin ishchilar dush qabul qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Sirka kislotasi ishlab chiqarish texnologik jarayonlari ushbu Qoidalarga, SanQvaM 0208-06 “Texnologik jarayonlarni tashkillashtirish sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish jihozlariga gigiyenik talablar”ga muvofiq tashkil qilinishi va oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish tizimi, avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqarish tizimlari, avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimi (AQAH tizimi), shuningdek avariya holatlaridan xabar beruvchi va aloqa (aloqa va xabar berish tizimi) tizimlari, shu jumladan asbob-uskunalar bilan komplekt yuborilayotganlar tizimlar amaldagi normativ-texnik hujjat, loyiha, reglamentlar talablariga javob berishi va texnologik parametrlarni berilgan aniqlikda ushlab turish, texnologik jarayonlarni ishonchli va xavfsiz olib borilishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Tarkibiga asboblar, regulatorlar, signalizatorlar va boshqa avtomatlashtirish, masofadan boshqarish vositalari kiradigan texnologik jarayonlar avtomatlashtirilishi uchun moslamalar kompleksi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nazorat va jarayonlarni boshqarish xavfsizligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) suyuqliklar toʻkilishining oldi olinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chegaraviy qiymatlarga yetganda yoki mexanizm buzilganda uzuvchi blokirovkalar ishga tushishligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sex boʻyicha xizmat koʻrsatadigan xodimlarning ortiqcha harakatlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun nazorat va jarayonni boshqarishning markazlashtirilishini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Sirka kislotasi ishlab chiqarishda asosiy texnologik parametrlar meʼyordan ogʻganda uskunani xavfsiz holatga avtomatik tarzda oʻtkazish uchun moʻljallangan blokirovka sxemalari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Quyidagi texnologik koʻrsatkichlar blokirovka qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oksidlovchi moddalar kengaytirgichida himoyalovchi azotning sarflanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kislorod kollektorida va oksidlash kolonnasi kengaytirgichida bosimlar farqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oksidlash kolonnasi kengaytirgichidagi bosim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oksidlash kolonnasining istalgan qavatidagi (sargasidagi) harorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oksidlash kolonnasiga katalizatorli eritmaning berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) atsetaldegid toʻplagichidagi sathi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Avariya — ogohlantirish signalizatsiyasi (yorugʻlik va tovush yordamida) quyidagi texnologik parametrlar uchun moʻljallanilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sexga kirish joyida nazorat oʻlchov asboblari va avtomatikada havo bosimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sexga kirish joyida aylanma suvning bosimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oksidlash kolonnasi kengaytirgichidagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) atsetaldegid toʻplagichidagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oksidlash kolonnasidan keyingi sirka kislotasi toʻplagichidagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oksidlash kolonnasida katalizatorli eritmaning sarflanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) oksidlash kolonnasi istalgan qavatidagi harorat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) oksidlash kolonnasi qavatiga azot berilishi toʻxtatuvchisining ochilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) blokirovkalovchi parametrlar zanjiridagi nosozlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) sirka kislotasi saqlanadigan toʻplagichdagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) rektifikatsiya kolonnasidan keyin kub suyuqlik toʻplagichidagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) tayyor sirka kislotasi yigʻuvchi — toʻplagichidagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) haydash kubidagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) rektifikatsiya kolonnalaridan keyin yengil uchuvchan fraksiya toʻplagichidagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) yengil uchuvchan fraksiya toʻplagichidagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) rektifikatsiya kolonnalari avariyali boʻshatilishi uchun idishdagi sath;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) sirka kislotasi toʻplagichidagi, oʻlchov idishidagi va reaktordagi sath.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Saqlovchi klapanlar soni va ularni oʻtkazish qobiliyati GOST 12.2.085-2017 “Bosim ostida ishlaydigan idishlar. Saqlovchi klapanlar. Xavfsizlik talablari”ga muvofiq hisob boʻyicha tanlab olingan, sozlangan va rostlangan boʻlishi lozim.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalarda va ochiq portlash xavfi boʻlgan qurilmalarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Gazoanalizatorlarning datchigi eng kam masofada gaz va bugʻlarning chiqish ehtimoli koʻp boʻlgan joyda oʻrnatilishi, asboblarga xizmat koʻrsatish va rostlash uchun qulay boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Sirka kislotasi ishlab chiqarishning qisqacha tavsifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Sirka kislotasi — tez alangalanuvchi, rangsiz, shaffof va oʻtkir hidli suyuqlik. Formulasi — SN3SOON.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Sirka kislotasi TSh64-0397360201-2005 “Sintetik ozuqa sirka kislota” texnik shartlari talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Sirka kislotasi kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoatda ishlatiladi. Sirka kislotasining tuzlari — qoʻrgʻoshin va mis atsetatlari pigmentlar tayyorlanishida koʻp ishlatiladi. Sirka kislotasi murakkab efirlar (atsetatlar), atsetilsellyuloza, atsetilxlorid, monoxlor sirka kislota, dori vositalari (atsetil salitsil kislota, fenatsetin), oʻsimliklarni himoyalash vositalari ishlab chiqarishda qoʻllaniladi, shuningdek laklar va lateks koagulyanti erituvchisi sifatida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Sirka kislotasi sanoatda butan, pentan, geksanni oksidlashda, metanolni karbonillashtirishda, spirtli suyuqliklarni achitishda hamda katalizator ishtirokida texnik kislorod bilan suyuq fazali oksidlash orqali atsetaldegid olishda ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Sirka kislotasini ishlab chiqarish oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan texnologik reglament boʻyicha olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Kislorod bilan atsetaldegidni suyuq fazali oksidlash usuli boʻyicha sirka kislotasi ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) katalizator eritmasini tayyorlash (marganets atsetatining sirka kislotasidagi eritmasi yoki tarkibida marganets, nikel, kobalt atsetati aralashmasi boʻlgan eritma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) atsetaldegidni oksidlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sirka kislotasi xom ashyosini rektifikatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) permanganat kaliy bilan texnik sirka kislotasini kimyoviy tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tozalangan sirka kislotasini rektifikatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) kub qoldiqlarini qayta ishlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) sirka kislotasini saqlash uchun kichik idishlarga (1 litrdan kam boʻlmagan hajmda), butil, sisternalarga va omborxona rezervuarlariga quyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Sirka kislotasini ishlab chiqarishda inson organizmiga toksinli taʼsir qiladigan moddalar ishlatiladi va hosil boʻladi (atsetaldegid, sirka kislotasi, marganets karbonati, nikel karbonati, kalsiyli soda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Sirka kislotasi ishlab chiqarishi yongʻin va portlash uchun xavfli hisoblanadi. Atsetaldegid va sirka kislotasi uchun portlashning past chegarasi mavjud. Kommunikatsiyalar, gardishli birikmalar va apparatlar orqali atsetaldegid yoki sirka kislotasining sizib chiqib ketishi portlash, yongʻin, shuningdek atrof- muhitning gazlanishiga olib kelishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari tomonidan xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi, texnologik tartib meʼyorlari buzilishi quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) portlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) atsetaldegid, sirka kislotasi, marganets, nikel, kobalt tuzlari, sirka kislotasi xom ashyosi bilan zaharlanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) azot bilan boʻgʻilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) teriga xom ashyo va mahsulotlar (atsetaldegid, sirka kislotasi, katalizatorli eritma) tushishi natijasida kimyoviy kuyishlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) bugʻ, bugʻli kondensat, qaynoq suv bilan termik kuyishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) elektr toki taʼsiridan tan jarohati olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mexanik jarohat olish yoki yonishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Ishlab chiqarish jarayonlarining yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablar” iga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Har bir sex, uchastka, omborda mavjud meʼyorlar asosida mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma hamda yongʻin sodir boʻlgan vaqtda xodimlarni evakuatsiya qilish chizmasi ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomasi ishlab chiqarishdagi oʻqitish tizimiga kiritilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Har bir tashkilotda maʼmuriyat tomonidan tayinlangan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim boʻlishi lozim. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs familiyasi, yongʻin xavfsizligi xizmati qutqaruv telefonlari yozilgan peshtaxtalar koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs majburiyatlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Har bir tashkilotda yongʻinga qarshi asboblar toʻplami, yongʻin oʻchirish vositalari, soni va joylashtirilishi mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha xodimlar bilan belgilangan dasturlar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va mashgʻulotlar oxirida xodimlarning olgan bilimlari sinovdan oʻtkazilishi hamda sinov natijalari hujjatlashtirilib, unda oʻtilgan mavzular boʻyicha baholar koʻrsatilishi lozim. Yongʻinga qarshi tayyorgarlikdan oʻtmagan shaxslar ishga qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda va maʼmuriy binolarda (egallagan lavozimidan qatʼi nazar) ishlayotgan har bir xodim yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq va qatʼiyan bajarishi, yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Boʻlinmalar rahbarlari quyidagilarni bajarishlari shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha ishchi va muhandis xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi qoidalarini oʻrganish va bajarishni tashkil qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishlab chiqarishni portlash xavfi va yongʻin xavfi kamayishiga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqishi va tatbiq etishni taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) hamma boʻlinmalarda yongʻinga qarshi qattiq rejim oʻrnatish (chekish uchun joyni aniqlash va jihozlamoq, olovli ishlarni bajarish tartibini oʻrnatish, ish tugaganidan soʻng binolarni koʻrib chiqish va yopish tartibi) va uni bajarilishini doim nazorat qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar shaxslarni tayinlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yongʻinga qarshi yoʻriqnomalardan va yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkillashtirishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Xodimlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yongʻin xavfsizligi qoidalarini bilishlari va bajarishlari, mahsulot va xom ashyoni zaharlovchi va yonish - portlash xavfi xususiyatlarini bilishlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yongʻin oʻchirish vositalarining joylashgan joylarini, ularning mavjudligini va soz holatda ekanligini hamda ulardan foydalanish qoidalarini bilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yongʻinga olib keladigan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Chekishga ruxsat etilgan joylarda plakatlar osilgan boʻlishi shart. Chekish uchun joylar “Yongʻin xavfsizlik qoidalari”ga koʻra jihozlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Elektr uskunalarda yongʻin sodir boʻlganda birinchi galda elektr manbasidan oʻchirish lozim. Yongʻinni oʻchirish uchun quruq qum yoki uglekislotali yongʻin oʻchiruvchilardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Ishlab chiqarish binolarida yongʻin manbai paydo boʻlganda, tezda shamollatgichni oʻchirish zarur va harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismiga xabar qilib, “Yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma” ga koʻra yonish manbaini bartaraf etishga kirishish kerak. Hamma yonish holatlar haqida ishlab chiqarish rahbariga xabar berish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Portlash jihatidan xavfli texnologik jarayonlar uchun texnologik uskunalarda avariyaga qarshi himoya tizimlari nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Avariyaga qarshi himoya tizimlari texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga ulangan holda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Avariyalarni oldini olish maqsadida texnologik tizimlarda avariyaga qarshi qurilmalarni, jumladan qulflash, qulflash-tartibga solish temirini, klapanlarni, ajratuvchi va boshqa oʻchiruvchi qurilmalarni hamda bosim qiymati oshib ketishiga qarshi saqlovchi qurilmalarini qoʻllash tavsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Texnologik jarayonni olib borish xavfsizligi aniq bir parametrlar (harorat, bosim, namlik va boshqalar) bilan belgilanadigan barcha apparatlarda (signal beruvchi asboblar, rostlovchi asboblar, oʻzi yozar asboblar va koʻrsatuvchi asboblar) oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Mehnat sharoitlari xavfsizligini taʼminlash va texnologik jarayonning fizikaviy-kimyoviy parametrlarini nazorat qilish uchun, ishlab chiqarishlar nazorat-oʻlchov asboblari, avariya, ogohlantiruv va texnologik signalizatsiyalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Apparatlar ichidagi toksik tez alangalanuvchi va oʻyuvchi suyuqliklarning sathini oʻlchash ishlari sath oʻlchagich yordamida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Tashkilot va sex rahbariyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq, zararli ish sharoitlarini bartaraf etish, baxtsiz hodisalarni oldini olish va ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena holatda saqlanishini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.
(127-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Yonuvchi gazlar ajralib chiqishi ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida gazlarning portlash xavfi darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (gazlarning ajralish ehtimoli yuqori boʻlgan joylarda) avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Signalizatorlar avariya ventilyatsiyasiga ulangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Avariyani bartaraf etish planida, ishchi zonasi uchun zararli moddalarning sizib chiqishi va yigʻilishi, chegaraviy ruxsat etilgan havodagi konsentratsiyalaridan oshib ketganida, chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati masʼul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek, sexda avariya holati eʼlon qilinishi hamda bu toʻgʻrisida tashkilotning rahbari xabardor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Maxsus talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Ximik moddalar bilan ishlarni xavfsiz tashkillashtirish amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Bir ishlab chiqarish xonasida har xil zararli moddalar bilan ishlovchi ishlab chiqarish uchastkalari joylashganda, ishlab chiqarish xonalariga zararli moddalarni tarqalib ketmaslik choralari nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Pollarni qoplovchi materiallari ximiyaviy taʼsirga chidamli va zararli moddalarni shimmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Havo almashuvi tashkil qilinganida zararli moddalari koʻp boʻlgan yoki portlashga xavfli gazlar, bugʻlar va changi boʻlgan xonadagi havoni boshqa xonalarga chiqib ketishini bartaraf etish uchun, keyingi xonalarda havoning ortiqcha bosimini ushlab turish lozim (berilayotgan havo hajmi chiqarib yuborilayotganidan koʻp boʻlishi lozim).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Ishlab chiqarish xonalari ventilyatsiyasining loyihasi eng koʻp xavfli va zararli moddalar ajraladigan, ishlarni ogʻirlik kategoriyasini hisobga olgan holda, muayyan ishlab chiqarish uchun hisoblanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Umumiy soʻrma qurilmalariga chang va yengil kondensatsiyalanadigan bugʻlar soʻrmalari, bundan tashqari aralashganda zararli aralashmalar yoki kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi moddalarni birlashtirilishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Kimyoviy moddalar bilan ish olib borish xonalarida, ventilyatsiya tizimida va havo bilan isitilganda havoni retsirkulyatsiyasi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Isitish-ventilyatsiya jihozlari, quvurlari va havo quvurlari, agressiv muhitli xonalarda joylashtirilganida, ular korroziyalanmaydigan materialdan qilinishi nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Berilayotgan havoni uzatilishi asosan sozlanadigan havo taqsimlagichlar orqali ish zonasiga, mahalliy soʻrmalarni ishiga taʼsir qilmaydigan qilib berilishi nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Kutilmaganda katta miqdorda zararli yoki yonuvchi gazlar, bugʻlar yoki aerozollar birdaniga kirib qolishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish xonalariga, avariya ventilyatsiyasi nazarda tutilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Sirka ishlab chiqarishining elektr simlari va elektr qurilmalari, elektr tarmoqlarini montaj qilish va foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarida belgilangan xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilinishi lozim.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Xonaning havo muhiti xarakterini hisobga olib (ishlab chiqarish xonasining havosida chang, namlik, agressiv moddalarni boʻlishi) himoyalangan yoritgichlar nazarda tutilishi kerak (chang-nam oʻtkazmaydigan, oʻtga va portlashga xavfsiz).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Avariya yoritish (xavfsizlik va evakuatsiya yoritish) yoritgichlari ishchi yoritish tizimiga bogʻlanmagan holda ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Chang va yengil yonuvchi bugʻlarning soʻrmalarini, ular aralashganda zararli aralashma yoki kimyoviy birikmalar hosil qilsa, umumiy soʻrma qurilmasiga birlashtirish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Kimyoviy moddalar bilan ish olib boriladigan xonadagi ventilyatsiya tizimlarida va havo bilan isitilganda havo retsirkulyatsiyasi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Berilayotgan havoni asosan ishchi zonaga sozlanuvchi havo taqsimlovchi orqali shunday uzatilishi kerakki, mahalliy soʻrmalar ishini buzmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Soʻrma tizimlarining jihozlari uchun xonalar, oʻt portlashi va oʻtga xavfli har xil toifali bir nechta xonalarga xizmat koʻrsatsa, xavfli toifali deb hisoblanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Kutilmaganda katta miqdorda zararli yoki yonuvchi gazlar, bugʻlar yoki aerozollar kirishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish xonalariga avariya ventilyatsiyasi oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Xonaning havo muhitini hisobga olgan holda (ishlab chiqarish xonasining havosidagi chang, namlik, agressiv moddalar boʻlishi) yoritgichlar himoyalangan (chang, namlik oʻtkazmaydigan, oʻt va portlashga xavfsiz) boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Avariya holatida yoritish (xavfsizlik va evakuatsiya yoritish) yoritgichlari ishchi yoritish tizimiga bogʻlanmagan holda tizimga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Oʻtga va portlashga xavfli xonalarning elektr sim oʻtkazilishi portlashga xavfsiz qilib ishlangan boʻlishi lozim. Bu xonalarda oʻchiruvchi elektr moslama, saqlagichlar va hokazolar oʻrnatilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Zararli kimyoviy moddalar bilan ish olib boriladigan ishlab chiqarish xonalarida koʻz va tanani yuvish uchun dush va favvoralar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Kimyoviy moddalarning ishchi aralashmasi ish joyiga ishlatishga tayyor holda berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Kimyoviy moddalarning ishchi aralashmalarini tayyorlash markazlashgan boʻlib, maxsus xizmatchilar tomonidan texnolog boshchiligida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Ish joyiga berilayotgan kimyoviy moddalarning miqdori bir smenada ishlatiladigan miqdordan ortiq boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Korroziyadan himoyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Ishlab chiqarishning bino ichida va ochiq maydonchalarda joylashgan barcha asbob-uskunalari, kommunikatsiya va metall konstruksiyalari loyihaga binoan tashqi korroziyadan himoyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Quvurlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoya qilish tizimi va turini tanlash, ularni oʻtkazilish sharoitlari va usullari, tashqi muhitning korroziyaga aktivlik darajasi va xususiyati, elektr korroziyaga xavflilik darajasi, tashiladigan moddalarning turlari va parametrlariga bogʻliq holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Ishlab chiqarishda atrof muhitni agressiv taʼsiri darajasini baholash, yer ustidagi quvurlarning tashqi yuzasini, shuningdek, qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(158-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Ishlab chiqarishda agressiv muhit taʼsiriga uchraydigan apparat, kommunikatsiya va ularning birikmalari maxsus qoplamalar bilan himoyalangan, korroziyaga uchramaydigan materiallardan qilingan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Korroziya keltirib chiqaradigan sharoitlarda ishlaydigan apparaturalar holati ustidan, davriy reglamentlangan koʻrikdan oʻtkazish va apparat devorlari qalinligi va yoyilish kattaligini (tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha) aniqlash yoʻli bilan, bosh mexanik xizmatining maxsus nazorati oʻrnatilishi kerak. Apparatlar holatini tekshirish natijalari maxsus jurnal yoki pasportda yozilgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Devorlar qalinligini tekshirish usuli, joyi va davriyligi aniq sharoitlarga bogʻliq holda, tashkilot bosh mexanigi xizmati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Agressiv muhitlar uchun moʻljallangan apparaturalarni tayyorlash uchun materiallar, shu muhitning agressiv taʼsiriga ularning chidamliligini hisobga olgan holda, tanlanishi kerak. Sirka ishlab chiqarishda kimyo apparaturalarini tayyorlash uchun materiallarni tanlashda quyidagilar hisobga olinishi kerak: korroziyaga chidamliligi, mustahkamliligi, yuqori haroratga bardoshliligi, materiallarga ishlov berish va payvandlash mumkinligi, uning qulayligi va bahosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Pana joy, havo quvuri, tortuvchi ventilyatorlar va boshqa materiallar ventilyatsiya qurilmalari chiqarib tashlayotgan havo gaz aralashmasi tarkibidagi korroziyalovchi moddalarga nisbatan chidamli boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Kondensatli havoni soʻrib oladigan ventilyatorlarning gʻildiragi va gʻilofi korroziyadan saqlash uchun himoya qoplamalariga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Ishlab chiqarish xonalari havosida agressiv moddalarning bugʻlari mavjudligini hisobga olib, apparaturalar sirtini korroziyaga chidamli qoplamalar bilan himoya qilish kerak. Izolyatsiya qoplamalarining tashqi qatlamidagi barcha nuqsonlar tezda, kechiktirmasdan bartaraf etilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga va poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Oʻzidan changli havo chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Mashinani sozlash, tozalash, moylash va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni bajarish elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilgan holatda bajarilishi lozim. Mashinani yurgazish belgini osib qoʻygan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex (boʻlinma) rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻrilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va masofadan boshqarishni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ergonomik talablarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) foydalanish, taʼmirlash, yigʻish, transportda tashish va saqlash boʻyicha xavfsizlik talablariga amal qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Ishlab chiqarish uskunasini tozalash ishlari maxsus asboblar yordamida (shyotka, qirgʻich, ilmoq va boshqalar) amalga oshirilishi lozim. Ishlab turgan uskunada tozalash va yigʻishtirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Uskuna ishlab turgan vaqtda uning harakatlanuvchi qismlarini qoʻlda moylash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ishlab chiqarish uskunasini joylashtirishdagi xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Ishlab chiqarish xonalarida va ish joylarida ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirilishi xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xavf tugʻdirmaydigan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Sexda oʻtish yoʻlaklari kengligi quyidagidan kam boʻlmasligi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) magistral oʻtish yoʻlaklari — 1,5 m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uskunalar oraligʻidagi oʻtish yoʻlakchalari — 1,2 m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) devorlar va uskunalar oraligʻidagi oʻtish yoʻlaklari — 1,0 m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) uskunaga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan oʻtish yoʻlaklari — 0,7 m.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Ishlab chiqarish binolari, galereya, tunnellar va estakadalarda konveyerlar tuzilmasi va joylashtirilishi GOST 12.2.022-80 “Konveyerlar. Xavfsizlik umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Oʻtish yoʻllarining bir tomonida joylashgan ish joylaridagi oʻtish yoʻlakchalarining kengligi 0.75 m. dan va oʻtish yoʻlining ikki tomonida joylashgan ish joylaridagi oʻtish yoʻllarining kengligi esa 1,5 m. dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Konveyerlarga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish yoʻlaklari kengligi quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir tomondan xizmat koʻrsatiladigan konveyer uchun — 0,7 m.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) parallel joylashgan konveyerlar oraligʻida — 1,0 m.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qattiq yoki toʻrsimon toʻsiqlar bilan butun trassa boʻyicha yopilgan parallel joylashtirilgan konveyerlar oraligʻi — 0,7 m.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) konveyerlar oraligʻida joylashgan oʻtish yoʻlaklaridagi ustunlar boʻlganda ustun va konveyer oraligʻi — 0,6 m.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ikki tomondan xizmat koʻrsatiladigan parallel joylashtirilgan plastinasimon konveyer oraligʻi — 1,2 m.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yuk yuklovchi yoki tushiruvchi qurilmalar ustidan oʻtuvchi konveyer trassa uchastkalari ikki tomonida — 1 m.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Konveyer boʻylab oʻtish yoʻlagini balandligi quyidagidan kam boʻlmasligi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishlab chiqarish xonalarida — 2,2 m.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) galereya, tunnel va estakadalarda — 1,8 m.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Ishlaganda chang chiqaruvchi (maydalash, elash, transport va boshqa) uskuna zich yopilgan boʻlishi lozim. Chang chiqaruvchi uskunani zich yopish uchun moʻljallangan qoplamalar aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Gaz-chang ushlovchi qurilmalardan foydalanishda amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Bosim ostida ishlovchi qurilma, moslama hamda ularni taʼmirlash va foydalanish amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Ishchi bosimi 0,07 MPa (0,7 kgs/sm2)dan yuqori boʻlgan bugʻ qozonlari, bugʻ isitgichlari, ekonomayzerlari va suv harorati 115oS dan yuqori boʻlgan suv isitish qozonlarini tuzilishi, joylashtirilishi va ulardan foydalanish, amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Quvvati 14 kW va yuqori boʻlgan statsionar va porshenli kompressorlar, shuningdek 0,2 dan 40 MPa gacha bosimli havo va inert gazlarda ishlovchi, havo uzatish va gaz uzatishlarni joylashtirish va foydalanish, amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Nasoslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni haydash uchun qoʻllaniladigan nasoslar GOST 15110-87 “Kimyoviy ishlab chiqarishlar uchun markazdan qochma nasoslar” va GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni bir joydan boshqasiga oʻtkazadigan nasoslar, uchqun paydo boʻlishini yoʻqotadigan konstruksiyaga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni bir joydan boshqasiga oʻtkazish uchun — qochma bessalnikli ikki gʻoʻlali zichlash yoki boshqa konstruksiyalar bilan jihozlarni zichlaydigan yuqori mustahkam nasoslar ishlatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Salniklar orqali — tez alangalanuvchi suyuqliklar chiqib ketishi mumkin boʻlgan nasoslarni ishlatilishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Qoidaga koʻra, soʻrib oladigan yoʻlni minimal masofasini taʼminlash uchun nasoslar texnologik topshiriq boʻyicha guruhlar boʻyicha joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Nasoslarda taglik, ishlatish jarayonida suyuqliklarni salniklardan qaytarish va yigʻish uchun hamda, yuvdirish va taʼmirlash paytida drenaj sigʻimida qiyalik boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Oquvchi-soʻruvchi ventilyatsiya oʻchirilgan yoki tuzatilmagan tizimlarda tez alangalanuvchi suyuqliklarni bir joydan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha nasosli stansiyalarni ishlatilishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Joydagi salniklardan bugʻlarni soʻruvchi, tez alangalanuvchi suyuqliklarga moʻljallangan nasoslar joydagi soʻruvchilar ishlagan vaqtida ishga tushirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Nasoslarni ishlash vaqtida — ishqalanadigan sirtni moylanishi, nasoslarni salniklari va podshipniklari harorati doimo kuzatib borilishi lozim. Nasoslarni pastida moylanadigan materiallar va tashiladigan tez alangalanuvchi suyuqliklarning toʻplanishi, sepilishi va tarqalishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Nasoslarni normal ish tartibini buzadigan nosozliklar aniqlangan taqdirda nasosni toʻxtatish va nosozlikni bartaraf qilish zarur. Nasoslar, agregatlar va quvurlarni oʻchirmasdan, yuvdirmasdan va inert gaz bilan puflamasdan taʼmirlov ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Nasoslar texnologik qurilmalarning ostida joylashganda ularni masofadan boshqarish moslamalar orqali toʻxtatilishi inobatga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Nasoslarning poydevorlari, suv yigʻilish chuqurchalari, nov va pollari doimo tozalikda saqlanishi va toʻkilgan mahsulot va moylardan darhol tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni boshqa joyga oʻtkazish uchun nasosxonalarni havo muhiti nazorat qilinishi va tegishli asboblar bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Nasosxonalarda tez alangalanuvchi suyuqliklar va shunga oʻxshash materiallarni saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qopqogʻi zich yopiladigan maxsus metalldan tayyorlangan idishlarda bir sutkalik ehtiyoj boʻlgan moylash materiallari saqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Har bir markazdan qochuvchi nasos agregati ish vaqtida nasos toʻldirilmaganda, zatvor suyuqligining bosimi belgilangan birlikdan past boʻlganida, podshipnik harorati belgilangan birlikdan yuqoriga koʻtarilganida, ishlab turgan nasosning ishini blokirovka va himoya qiluvchi avtomatlashtirilgan tizim bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Nasos qismlarining materiallari statistik elektrlarning koʻpayishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§.Ustunli apparatlar (oksidlovchi ustun, rektifikatsion ustun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. Rektifikatsion kolonnaning issiqlik izolyatsiyasi, kimyoviy mustahkam boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Atsetaldegidni oksidlanish jarayoni xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagilar zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) azotni yoʻqligida oksidlanish boʻlinmasi ishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) portlash xavfi boʻlgan aralashmalar kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tarkibida atsetilen boʻlgan atsetaldegidni oksidlangan uskunaga berishga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) reaksiyali zonada sirkali kislota tagida va uning portlashda parchalanishini oldini olish uchun, oksidlangan uskunada haroratni kamida 50oS pasayishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) reaksiya zonada haroratni 80oS dan koʻp koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oʻz-oʻzidan yonish va portlash roʻy bermasligi uchun, gazda kislorodni hajmiy qismi 10 % dan koʻp koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Asbob-uskuna zichligining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Zichligini buzilishiga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) texnologik jarayon meʼyorining buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) apparatlar, quvurlar, armaturalarni mexanik shikastlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yemirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tebranishi va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Bosimni juda koʻtarilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, uskunalar blokirovkalar bilan taʼminlangan, oqim tizimiga mahsulotlarni bugʻini yuboradigan, ajratadigan liniyalar va saqlaydigan qopqoq bilan jihozlangan boʻlishi hamda tashlama liniyalarda oʻt toʻsiqlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Tozalash ustuni ishga tushishidan oldin, uni azot bilan puflash zarur.Tozalash ustunini ishga tushirish paytida texnologik qoʻllanma boʻyicha ish bajarilishi ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Suyuqli kuchli zarbani oldini olish va bunda kondensatni yoʻq qilish uchun bugʻni bugʻlatgichga berishdan oldin bugʻ tarmogʻini puflash zarur, shundan soʻng bugʻ armaturani sekin ochgan holda sekin bugʻ berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Tozalash ustunidan foydalanish jarayonida apparatlar majmui tuzatilganligi va jarayon koʻrsatkichi doimo nazorat qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Sirka kislotasini tozalash uskunasida havo olib boradigan tarmoqda oʻt toʻsiqlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Ishlab chiqarish binosi ortiqcha issiqlik oʻtkazmaydigan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. Tozalash boʻlim apparaturasi muntazam katalizator tuzlaridan va kubli qoldiqlardan tozalab turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Reaktorlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Oʻtga xavfi boʻlgan texnologik jarayonlarni aralashtiradigan qurilmalar bilan reaktorlarda ishonchli avtomatik nazorat vositalari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Oʻchirilgan yoki buzuq nazorat oʻlchov asbobi va himoya moslamasi bilan reaktorlardan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Reaktordan buzuq sinalgan moslama orqali sinovlarni tanlab olinishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Foydalanish jarayonida aralashtirgichlar salnik zichlanishini germetigligi nazorat qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Rezervuarlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni (sirka kislotasi, atsetaldegid) saqlash uchun rezervuarlar armatura va asboblar bilan (sath oʻlchagichlari, maxsus toʻplagichga chiqish bilan toshish quvurlari, toʻldirish darajasini chegarali signalizatsiyalari, saqlagich qopqoqlari, havo quvuri bilan ulangan, tashqariga chiqarilgan va oʻt toʻsiqlari bilan) taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. Havo olish klapan qurilmasi har bir rezervuarni foydalanadigan sharoitiga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Tez alangalanuvchi suyuqliklar bilan rezervuarlarni belgilangan chegaradan koʻp toʻldirilishi man etiladi. Idishni toʻldirish chegarasining darajasi texnologik ish tartibida koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Toʻldirishning chegarasi avtomatik tartibga keltirish tizimi bilan taʼminlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Rezervuarlardan tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻldirish yoki boʻshatish vaqtida sinash tanloviga yoʻl qoʻyilmaydi. Suyuqlik harakati toʻliq toʻxtatilgandan soʻng sinovlar tanlovini ishlab chiqishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Rezervuarlarning koʻrigida, daraja oʻlchovida yoki sinovlarni tanlovida uchqun bermaydigan moslama yoki asboblarni ishlatish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Rezervuarlarni qopqogʻini ehtiyotlik bilan zarbasiz ochish va yopish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Sirka kislotasini saqlash uchun moʻljallangan rezervuarlar, kislotani isitish uchun (reshiferlar) qurilmalar yoki gʻiloflar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Har bir rezervuarga tayyorlash boʻyicha, foydalanish va taʼmirlov boʻyicha texnikaviy hujjatlar tutilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Quvurlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Quvurlarni joylashishi, yotqizish usullari, qurilmalar SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari hamda SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(227-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Quvur materiallarini, qismlari va armaturalarini tanlashda quvurlarning tasnifi hisobidan tashqari, ularning shartli oʻtish va transportlash parametrlari, ularning agressiv va nurash xususiyatini inobatga olish, hamda sirka kislotasini kimyoviy tarkibining saqlanishini hisobga olgan holda, faqat temirdan boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Quvurlarni montajida material sifati, quvur qismlari va armaturalarini ularning sertifikatlari, standartlari, texnik shartlari va boshqa texnik hujjatlarga muvofiq kirish nazorati hamda normativ-texnik hujjatlarga muvofiq bajarilgan ishlar sifati operatsiya nazorati oʻtkazilishi kerak. Kirish nazorati natijalari buyum sifatini tasdiqlovchi barcha hujjatlar ilovasi bilan dalolatnoma orqali rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230. Tashkilot ishlab chiqaruvchining hujjatlarida koʻrsatilgan (bunday koʻrsatmalar yoʻqligida — ishlab chiqarish sanasi mobaynida) kafolat muddati tugagan material va buyumlar faqat taftish, nuqsonlarni bartaraf etish, tajriba va boshqa ishlar oʻtkazilgandan keyin montajga topshiriladi. Oʻtkazilgan ishlar natijalaridagi maʼlumotlar tashkilot ishlab chiqaruvchi ilova hujjatlariga kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Xodimlarni evakuatsiya yoʻllarida (koridorlarda), kompleks transformator kichik stansiyalarida, taqsimlovchi qurilmalar, elektrpodstansiyani tashqi devorlaridan, maishiy, maʼmuriy, xoʻjalik binolari, elektr binolari, texnologik jarayon bilan boshqariladigan binolar, shamollatish kameralari, issiq punktlar va shunga oʻxshash boshqa binolardan — yonuvchi, tajovuzkor va zaharli moddalarni transportlantiruvchi texnologik quvurlarning oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Sexlar ichidagi atsetaldegid va sirka kislotasi quvurlari qoidaga koʻra, yer ustida tayanchlarga oʻtkazilishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Quvurlar va zanglamaydigan poʻlat va ularning tayanchi orasiga prokladka joylashtirish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Atsetaldegid oʻtkazgichlar — kislota oʻtkazgichlar yoki tepaligining harorati 50o dan koʻp isitilgan apparatlar va quvurlar yonida oʻtkazilishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Tashqi material oʻtkazgichlar — payvandlangan boʻlishi kerak, ularni yonmaydigan materiallardan tayyorlangan estakadalarda oʻtkazish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Sirka kislotasini ishlab chiqarish tashqi quvurlarini oʻz ishlab chiqarish binolarini korpus devorlari boʻyicha kranshteynlarga yotqizish mumkin, quvurlar deraza oʻrnini kesib oʻtmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237. Quvurlarni idish yoki sex apparatiga toʻliq boʻshatish imkoniyatini taʼminlanadigan, qiyalik bilan loyihalash lozim. Asosli hollarda quvurlarni boʻshatishini taʼminlaydigan, kichkina qiyalik bilan quvurlarning yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
238. Sirka kislotasini transportlovchi quvurlarni yotqizish vaqtida korpusda, etajerkada, ochiq maydonda, estakadada quyidagilarni bajarish kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha gardish ulanishlarni — ulardan kislotani yoʻq qilinishi bilan himoya qoplamasi bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kislota oʻtkazishning barcha koʻlamida xizmat koʻrsatish va koʻrib chiqish imkoniyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ularni boshqa birga yotqizilgan quvurlardan past va chetidan joylashtirish (estakadada oʻtkazish vaqtida) ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ularni bugʻ yoʻldoshi bilan birgalikda yotqizish (sirka kislotasining muzlamasligi uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239. Sirka kislotasi oʻtadigan quvurlar, payvandlangan choklarni eng kam soni boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
240. Sexlarda kirish quvurlarida texnologik tugunlar va oʻrnatishlarda — toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak. Diametri 400 mm va undan koʻp boʻlgan tez alangalanuvchi suyuqliklarni transportlash uchun quvurlarda — qoʻl bilan qayta takrorlash va masofadan boshqarish bilan toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241. Quvurlarni belgilanishi va boʻyalishi, mahsulot harakat yoʻnalishi koʻrsatgichlari GOST 14202 ning “Sanoat korxonalari quvurlari. Tanish boʻyoqlari, ogohlantirish belgilari, belgilash toʻsiqlari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
242. Quvurlardan foydalanishda, quvurlarni tashqi yuzasining ahvoliga va uning detallariga (armatura, krepej, gardish ulamalari, payvand choklari) antikorrozion himoyasi va izolyatsiyasiga, drenajli moslamalarga, moslashtirgichlarga, tirgovuch qurilmalar va boshqalarga puxta nazoratni amalga oshirish zarur. Koʻriklar natijalari jurnalda qayd qilinishi har smenada bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243. Portlash xavfi boʻlgan texnologik tizimlarda, qoidaga koʻra, egiluvchan shlanglarni qoʻllash man etiladi, toʻkish-quyish hollarida egiluvchan shlanglarni qoʻllash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
244. Sirka kislotasini nostatsionar moslamalarga (temir yoʻl sisternalar) quyish va toʻkish ish jarayoni uchun, hamda yordamchi ish jarayoni uchun egiluvchan shlanglar ishlatilishi mumkin. Yordamchi ish jarayonini bajarish uchun egiluvchan shlanglarni ulash — faqat shu ishlarni oʻtkazish davrida ruxsat etiladi. Quvurlar bilan shlanglarni ulanishi, standart boʻlinmalar yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
245. Shlanglarning tanlanishi — transportlanuvchi mahsulotning xususiyati va jarayoni oʻtkazish koʻrsatgichlarining hisobi bilan amalga oshiriladi. Shlanglarning xizmat muddati amaldagi texnikaviy shartlar bilan oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Laboratoriyada tez alangalanuvchi suyuqliklar bilan ishlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
246. Laboratoriya binolarida tez alangalanuvchi suyuqliklar (atsetaldegid va sirka kislotasi) bilan ishlash paytida kimyoviy moddalar va materiallarni yongʻin xavfini bilish shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
247. Tez alangalanuvchi suyuqlik faqat qoʻllanmada aniqlangan idishda saqlanishi shart. Tez alangalanuvchi suyuqlik bilan shisha idish maxsus — zich yopiladigan qopqoqli, devor va tagi asbest bilan yopilgan va isitish manbaidan uzoq oʻrnatilgan metalli qutida joylashtirilishi lozim. Qopqoqni ichkari tomonidan tez alangalanuvchi suyuqlikni umumiy mumkin boʻlgan saqlash meʼyori va nomlanishi koʻrsatilgan aniq yozuv qoʻllanadi. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni saqlash meʼyori laboratoriya boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni zichlik probkalari bilan taʼminlangan, sigʻimi 1 dm3 dan koʻp boʻlmagan, qalin shisha idishlarda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
248. Tez alangalanuvchi suyuqliklarning isitilishi faqat paydo boʻladigan bugʻlarni toʻliq kondensatsiyalanishini taʼminlaydigan qurilma va asboblarda tavsiya etiladi. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni isitishi bilan bogʻliq jarayonlarni bajarganda, suv muzlatgichdan foydalanish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
249. Isitish asboblari vazifasida ochiq spiralli eletroplitkani hamda ochiq alangani ishlatilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
250. Laboratoriya binolarida va tortish javonlarining elektr yorituvlari portlash himoyasiga ega boʻlishi kerak, vklyuchatellar tortish javonlaridan tashqarida oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Laboratoriyada tez alangalanuvchi suyuqlikni saqlanishi — tasdiqlangan meʼyorlar bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Tez alangalanuvchi suyuqliklarning sigʻimi 1 dm3 dan koʻp boʻlmagan zichli probkalari bilan taʼminlangan, qalin shisha idishlarda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi va shisha idishlar isitish maydonlaridan uzoqda oʻrnatilgan maxsus qutiga joylashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
252. Tez alangalanuvchi suyuqliklarning chiqindilarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga toʻkish man etiladi. Ishlatilgan suyuqliklar maxsus zich yopiladigan idishlarda saqlanishi va ish kuni oxirida idish laboratoriyadan regeneratsiya yoki yoʻqotish uchun beriladi.
(252-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
253. Tez alangalanuvchi suyuqliklar tasodifan toʻkilganda, toʻkilgan joyni qum bilan qoplash tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
254. Sirka kislotasi tayyorlovchi tashkilot qadogʻida yoki (GOST 5632 ning “Markalar. Issiqqa chidamli, Nurashbardoshli qotishmalar va yuqori legirlangan poʻlatlar”), 12X18N10T, 12X21N5T, 10X17N13M3T, 10X17N13M2T markali poʻlatdan tayyorlangan zichlik sigʻimida yopiq omborli binolarda yoki nam tegmaydigan soyabon tagida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255. Sirka aldegidi (atsetaldegid) ning harorati 40oS dan yuqori boʻlmagan, bosimi 2,94 105 Ra (3 kg/sm2) dan koʻp boʻlmagan azotli yostiqcha tagida, rezervuarlarda saqlanadi. Saqlash uchun sigʻimlar saqlagich qopqoqlari bilan taʼminlangan hamda 50oS da sirka aldegid bugʻ bosimiga bardoshli boʻlishi va binodan tashqarida joylashtirilishi lozim. Sirka aldegidini saqlash uchun, foydalanishda boʻlgan 12X18N10T va 12X18N9T markali poʻlatdan tayyorlangan rezervuarlarni ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. 1-chi navli sirka aldegidni karbonli poʻlatdan tayyorlangan rezervuarlarda saqlash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256. Sirka aldegidni sisternalarda, namuna uchun idishlarda, saqlash vaqtida, azotli yostiqni yaratishda qoʻllaniladigan azotda kislorodni hajmiy qismi 2% dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257. Karbonat angidrid marganets, karbonat angidrid nikel va sirkanordon kobalt ishlab chiqaruvchining qadoqlarida yopiq omborli binolarida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258. Tez alangalanuvchi suyuqliklar joyini almashtirish va saqlash boʻyicha texnologik ishlar bajarilishi, statsionar, joyini almashtiradigan, rezervuar-saqlagichlarni toʻldirish va boʻshatish tartibi, bu ishlarni xavfsiz bajarilishini aniqlaydigan jarayonni oʻlchamlari tanlovi tez alangalanuvchi suyuqliklarning fizik-kimyoviy xususiyati hisobida amalga oshiriladi va qatʼiy belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
259. Sirka kislotasining rezervuar-saqlagichlari, atsetaldegid va toʻkib-toʻldirgich punktlari nazorat vositalari va jarayonni xavfli oʻlchamlarini boshqarilishi bilan jihozlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
260. Avariya holatlarida tez alangalanuvchi suyuqliklarni boʻshatish uchun ularning rezervuarlarini avariya sharoitlarida xizmat koʻrsatishi uchun mumkin boʻlgan joylarda distansion boshqaruv bilan tez harakatchan, oʻchiradigan armatura bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Toʻsiq devorlaridan yoki oʻpirilishdan oʻtish uchun (toʻsiqqa qarama-qarshi) zinalar, rezervuarlarni guruhi uchun 4 dona va alohida turgan rezervuarlar uchun 2 donadan kam boʻlmagan oʻtish joylari oʻrnatilishi tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
262. Rezervuar parklarining maydonlari quruq barglar, quruq oʻtlar va axlatlardan tozalangan boʻlishi shart, ularning darajasi suvni koʻtarilishisiz chetlatishini taʼminlovchi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
(262-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
263. Quyosh nurlarining taʼsirini oldini olish uchun yerdagi rezervuarlar och boʻyoq bilan boʻyalgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264. Har bir rezervuarga rezervuar raqami, uning vazifasi, quyishning maksimal darajasi, minimal qoldigʻi, toʻldirish va boʻshatish tezligi koʻrsatilgan texnologik xaritasi tuzilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
265. Texnologik bloklarni, aylangan mahsulotdan avariyali boʻshatish uchun, texnologik qurilmalarni jihozi yoki avariyali boʻshatishni maxsus tizimini ishlatish mumkin. Avariyali boʻshatishni maxsus tizimlari doimiy tayyorgarlikda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
266. Avariyali boʻshatishni maxsus tizimining sigʻimi, texnologik jarayoni xavfsiz toʻxtatilishning shartlari bilan aniqlanadigan, miqdorda yonuvchi mahsulotlarni qabul qilinishiga moʻljallangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267. I-II toifali portlash xavfli texnologik bloklarni avariyali boʻshatish tizimi distansion (yoki) avtomatik boshqariladigan uzatmali toʻsiqli qurilmalar bilan taʼminlanadi, III toifa uchun xavfsiz joyda joylashtirilgan va yeyilish vaqti minimal reglamentlangan qoʻl uzatmali vositalar ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
268. Binolarda oʻrnatilgan xarajatli rezervuarlarni oʻzidan toʻkilib boʻshatilishining iloji boʻlmaganda, boshqa binoda yoki binodan tashqarida joylashgan nasoslar bilan suyuqliklarni tortib chiqarilishi oldindan eʼtiborga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
269. Rezervuarlardan tez alangalanuvchi suyuqliklarning bugʻini, oʻzlari oʻrnatilgan binolarga chiqarishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
270. Rezervuarlarni toʻldirilishi va boʻshatilishi, faqat muvofiq zulfinlarning ochilishi va yopilishini toʻgʻriligi tekshirilgandan keyin mumkin. Mahsulot suyuqlik qatlamining tagiga qabul qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271. Rezervuarlardan foydalanish jarayonida doim rezervuarlarni zichligini, sifon joʻmraklarning holatini, gardish qistirmalarni ulanishlarini, salnikli zulfinlarni doimiy nazorat qilish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
272. Olov toʻsiqlar va havo olish quvurlari toʻgʻrilangan va soz holda saqlanishi kerak. Ular joylashgan maydoncha, rezervuarning zinapoyali maydoni bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak. Rezervuarning tom qismida yurish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
273. Rezervuarlar, quvurlar va boshqa moslamalarni tozalash mexanizatsiyalangan usullarda portlash va yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Qoʻlda tozalash uchun asbob-uskunalar uchqun bermas materiallardan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
274. Rezervuarlarni toʻldirishdan oldin oʻlchov qurilmasini sozligini tekshirish kerak. Rezervuar oʻlchov teshigida oʻlchov tasma bilan oʻlchanganda, uchqun bermas metalldan yasalgan halqa yoki randa dastasi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
275. Rezervuarlarning darajasini oʻlchashda, tez alangalanuvchi suyuqliklarning namunasini tanlashda, toʻkib-toʻldirish ishlarida, faqat portlashdan himoyalangan akkumulyatorli (toʻplagichli) fonarlar qoʻllaniladi. Yoritish uchun gugurt, sham, mashʼal, kerosin lampa, chiroq va oddiy fonarlardan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
276. Tortib chiqarish yoki yuborish vaqtida namuna uchun tez alangalanuvchi suyuqliklarni ajratish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
277. Taʼmirlov, tiklov, tozalashdan keyin statsionar yoki joyini almashtiradigan rezervuarlarni sirka kislotasi bilan toʻldirishga tayyorlashda, shu qurilmada portlashni oldini oluvchi choralar oldindan koʻrilishi shart. Toʻldirishga tayyorlash vaqtida, portlash xavfini aniqlaydigan oʻlcham nazorati aniq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
278. Sisternaga tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻldirish va sisternadan toʻkish maxsus toʻkish-toʻldirish punktlarida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
279. Toʻkish-toʻldirish ishlarida, qatʼiy yongʻinga qarshi tartib oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Toʻkish-toʻldirish ishlari vaqtida taʼmirlov ishlarini bajarish, chekish, ochiq olovni ishlatish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
280. Toʻkish-toʻldirish ishlarini bajarishda, atmosferali va statik elektrdan himoya choralari oldindan koʻrilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
281. Toʻkish-toʻldirish ishlarini chaqmoq vaqtida bajarish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
282. Tez alangalanuvchi suyuqlikli temir yoʻl sisternalarni boʻshatish joyida, estakada chegaralaridagi relslar yerga mustahkam ulangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
283. Toʻkish-toʻldirish qurilmalari joylashgan temir yoʻllarda teplovoz va parovozlarning harakati man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
284. Toʻkish-toʻldirish estakadalari yon tomonida yonmaydigan materialli zinapoyalar boʻlishi hamda uzunligi boʻyicha bir-biridan 100 m. dan koʻp boʻlmagan masofada boʻlishi kerak. Vagon-sisternalarni ajratish, ulash va tartiblanishi toʻkish-toʻldirish punktlaridan tashqarida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
285. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻkish va toʻldirish uchun transport vositalarini uzatish, faqat maydonchani va temir yoʻlni oldindan toʻkilgan suyuqliklardan tozalanganidan keyin ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
286. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻkish va toʻldirish uchun temir yoʻl sisternalarini uzatish va ularni chiqarish, sekin va siltanishsiz amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
287. Toʻkish-toʻldirish qurilmalari hududida temir yoʻl sisternalarini metall boshmoq bilan toʻxtatish man etiladi. Toʻxtatish uchun, toʻxtash vaqtida uchqun bermaydigan material ishlatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
288. Vagon-sisternalarni toʻkish-toʻldirish joyiga dumalatish va joyidan qoʻzgʻatish uchun dastak sifatida poʻlatli buyumlarni ishlatish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
289. Agar vagon-sisternalarni toʻkish-toʻldirishga uzatish va chiqarish parovozlar bilan amalga oshirilsa, ikki qoʻsh oʻqli gʻovakdan qoplamalar yoki yonmaydigan yuk bilan yuklangan vagonlar (platformalar) boʻlishi kerak. Agar sisternalarni uzatilishi teplovozlar bilan amalga oshirilsa, qoplamalar talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
290. Toʻkish-toʻldirish qurilmalari hududida parovoz mashinistlarining sifonlash, oʻt qalashni ochish va jadallashtirish, oʻtxona teshigini ochiq tutish, mashʼal yoki olovni boshqa turlaridan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
291. Toʻkish-toʻldirish vaqtida estakadada manyovr ishlarini yoki boʻsh yoʻlga ayrim temir yoʻl sisternalarini uzatish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
292. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻkish va toʻldirish vaqtida xizmat qiluvchi xodimlar sisternalarni teshik va qopqoqlarini sekin ochishi va yopishi, sisternalarga shlang va boshqa asboblar ulash vaqtida zarbaga yoʻl qoʻymaslik kerak. Foydalanadigan asbob uchqun bermas materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak. Statik elektr paydo boʻlishini oldini olish va purkashning oldini olish maqsadida, tez alangalanuvchi suyuqliklarni quyish vaqtida shlangning uchi sisternani tagigacha tushirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
293. Toʻkish-toʻldirish ishlari vaqtida sirka kislotali sisternani liq toʻldirib yuborish man etiladi. Sisternani liq toʻldirishga yoʻl qoʻymaslik uchun, sirka kislotasini toʻkib-toʻldirish punktlari ishonchli avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
294. Temir yoʻlda yuklarni tashish qoidalariga muvofiq, tez alangalanuvchi suyuqliklar uchun sisternalar armatura, nazorat vositalari, toʻkib-toʻldirish, himoyalovchi va boshqa qurilmalar bilan jihozlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
295. Texnik koʻrikni belgisiz, sizish alomatlari va boshqa nosozliklarsiz vagon-sisternalarni toʻldirishga qabul qilinishi man etiladi. Toʻkib-toʻldirish ishlarini boshlashdan oldin, toʻkib-toʻldirish qurilmalarining sozligini, qoʻshuvchi ventillarni, surilmalarni, shlanglarning zichligini va teleskopik quvurlarni tuzatilganligini tekshirish zarur. Nosozliklar aniqlanganda ularni tezda bartaraf etish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296. Temir yoʻl sisternalarini tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻkish va toʻldirishga oʻrnatish tartibi, ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini taʼminlashi kerak. Temir yoʻl sisternalarini toʻkish va toʻldirish vaqtida sisternalarni oʻz-oʻzidan joyini almashtirish, tez alangalanuvchi suyuqliklar bugʻini atmosferaga tashlanishi va toʻkish-toʻldirish qurilmalarini germetikligini buzilishi hamda zaharli gazlar bilan ifloslanishi mumkin boʻlgan zonalarda doimiy yoki tasodifan yondirish manbalari (mexanik, elektr va boshqa) mavjudligini bartaraf qiladigan choralar oldindan koʻrilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
297. Statsionar, omborli (chiqimli) sigʻimlar sifatida temir yoʻllarda boʻlgan temir yoʻl sisternalaridan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
298. Toʻkish-toʻldirish punktlarida vosita va usullar oldindan koʻrilishi shart, shu bilan birga shikastlangan sisternalarni avariyaviy boʻshatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun maxsus jihozlangan joylar oldindan koʻrilishi kerak. Ushbu ishlarni bajarishdagi xavfsizlik choralari tashkilotni bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomada ifoda etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
299. Toʻkish-toʻldirish tizimi sisternalari, saqlagichlari, quvurlari va boshqa moslamalari ishlatilishda zich, mustahkam, oddiy va qulay boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300. Toʻkish-toʻldirish ishlari oʻtkazilishida, atmosfera va statik elektrdan himoya choralari oldindan koʻrilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
301. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni omborlarda saqlanishi SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirish tavsiya etiladi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
302. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni yertoʻla va yarim yertoʻlali binolarda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
303. Omborli binolarni eshiklari yopiq holatda boʻlishi kerak. Ish kuni tamom boʻlgandan keyin eshiklar qulfga yopiladi va muhrlanadi, kalit, muhr va tamgʻalagich — moddiy javobgar shaxsga topshiriladi. GOST 12.4.026-2015 “Signal ranglar va xavfsizlik belgilari” omborlarda saqlanadigan materiallarni omborda saqlashda xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnomaga binoan har bir omborda koʻrinadigan joyda xavfsizlik belgilari osilishi kerak.
(303-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
304. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni mineral kislotalar, siqilgan va suyultirilgan gazlar, yonuvchi moddalar hamda organik moddalar bilan portlash xavfi boʻlgan aralashmani beradigan noorganik tuzlar bilan birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
305. Sirka kislotasini idishda omborlarda saqlanishi tagliklarda, gʻaram taxlamlarda yoki javonlarda amalga oshirilishi kerak. Javonlar yonmaydigan va barqaror boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
306. Ombor binolari olov bardoshlilik chegarasi 0,75 soatdan kam boʻlmagan, tez alangalanuvchi suyuqliklarni omborxonalarining har birini sigʻimi koʻpi bilan, 200 m3 boʻlgan yonmaydigan devorlar (toʻsiqlar) bilan boʻlinishi kerak. Tez alangalanuvchi suyuqliklar uchun ombor binolarining umumiy sigʻimi 1200 m3 dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
307. Yuk ortish va tushirish mexanizmlarining oʻtishi uchun javonlar bilan gʻaram taxlam oʻrtasidagi masofa 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak, oʻtish yoʻllari 0,8 dan 1,0 m gacha boʻlishi kerak. Bundan tashqari, har bir omborda oʻtish yoʻllari boʻlishi kerak, butun ombor boʻyiga 1,5 — 2 m kenglikda boʻylanma va koʻndalang — eshik oʻrni toʻgʻrisi kengligi shu eshik oʻrnidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
308. Polda, gʻaram taxlamda sirka kislotali bochkalarni qoʻlda taxlashda qatorlar orasidagi qistirma bilan bochkalarni gorizontal holati boʻyicha ikki qatlamdan oshmasligi va balandlikda bochkalarni vertikal holati boʻyicha bir qatordan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
309. Polda sirka kislotali bochkalarni mexanizatsiyalashtirilgan taxlashda, qatlamlarning soni qatorlar orasidagi qistirma bilan uchtadan ortmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
310. Sirka kislotali bochkalarni taxlanishi har bir javon qatlamida, balandlik boʻyicha bir qatorda bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
311. Javon yoki gʻaram taxlamining kengligi boʻyicha sirka kislotali ikkita bochkadan koʻp boʻlmay taxlanishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
312. Sirka kislotali bochkalarni saqlagichlarga yuklash va yumalatish vaqtida bochkalar zarbalarga va uchqun paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ehtiyotkorlikni saqlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
313. Sirka kislotali bochkalarning tiqinlari tepaga qaratib taxlanishi shart. Metall bochka idishlarning tiqinlari uchqun paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan rezbali va bevosita maxsus kalitlar bilan ochiladigan boʻlishi kerak. Tiqinlarni bolgʻa, keskich va boshqa asboblar yordamida ochish hamda yogʻoch tiqinlarni qoʻllash man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
314. Sirka kislotasini shisha idishlarda saqlashda, ular yonmaydigan panjara taxtada joylanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
315. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni isitish asboblari oldiga taxlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Javon yoki gʻaram taxlamdan isitish unsurigacha masofa 1 m. dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
316. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni omborlardan ochiq usul bilan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
317. Tez alangalanuvchi suyuqliklardan boʻshatilgan idish, omborlar va ishlab chiqarish binolaridan 30 m. dan kam boʻlmagan masofada, maxsus yopiq maydonlarda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
318. Idishni tez oʻt oluvchi suyuqliklardan tozalash va yuvish uchun, soʻruvchi-tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan maxsus joy (bino) boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
319. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni sexdagi omborxonalarda va omborli binolarda saqlash meʼyorlari, oʻt xavfsizligi bilan kelishuv asosida maʼmuriyat tomonidan oʻrnatiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
320. Sirka kislotasini ishlab chiqarish omborlarida, binodan tashqarida ochiq maydonlarda oʻrnatilgan ichki isitilishi mavjud rezervuarlarda saqlash tavsiya etiladi. Maydonlar (ochiq va soyabon tagidagi) — 0,5 m balandlikdagi yonmaydigan devor yoki tuproq koʻtarma bilan oʻralgan boʻlishi shart. Maydonga transport va odamlarni oʻtishlari uchun panduslar yoki qoʻsh oyoqli narvonlarni oldindan tayyorlash tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
321. Idishning tashqi holatini (butunligi, zichligi, tamgʻa mavjudligi) har doim nazorat qilish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
322. Sirka kislotasi maxsus maydonlarda idishlarda (bochka, kanistr, maxsus konteyner va boshqa) saqlanganda, 100 donadan ortiq boʻlmagan guruh bilan amalga oshiriladi, guruhlar orasidagi oraliq 1 m. dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
323. Sirka kislotali bochkalarni soyabon tagida va ochiq maydonlarda taxlashda ularni yogʻoch tagliklarda balandlik boʻyicha bir qatorda va kenglik boʻyicha ikki qatorda tiqinlari tepaga qaratilgan holda yotqizish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
324. Kimyoviy laboratoriyalarda tez alangalanuvchi suyuqliklarni sutkali ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda metall yoki mustahkam shishali, zich tiqinlangan idishlarda saqlanadi. Tez alangalanuvchi suyuqlikli sigʻimlar 2/3 dan koʻp boʻlmagan holda toʻldiriladi va ichkaridan shishatola yoki asbest bilan qoplangan metall yashikda joylashtirilishi kerak. Yashikni ichkari tomonidan laboratoriya mudiri imzolagan saqlanadigan moddalar roʻyxati biriktirilgan boʻlishi kerak. Yashik qopqogʻining tashqi tomonida “Tez alangalanuvchi suyuqliklar” yozuvi boʻlishi kerak. Yashik qulflanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Sirka kislotasini qadoqlash, tamgʻalash va transportda tashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
325. Isteʼmol uchun chakana savdoga moʻljallangan isteʼmol sirka kislotasining sigʻimi 200 ± 1 sm3, 330 ± 5 sm3, 500 ± 5 sm3, boʻlgan maxsuslashtirilgan shisha idishlarga qadoqlanadi. Isteʼmol sirka kislotasini turli sigʻimdagi sirka kislotaga chidamli materialli idishlarga qadoqlashga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
326. Sirka kislotali shisha idishlar polietilenli yoki poʻkak qobiqli tiqin bilan zich tiqinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
327. Yashik uchun bruttoning ogʻirligi 30 kg dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
328. Har bir sirka kislotali shisha idishga quyidagi koʻrsatmalar bilan etiketka yopishtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tayyorlash-tashkilot nomlanishi va tovar belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mahsulot nomlanishi va toʻplanmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Tsh 64-03973602-01-2005 “Isteʼmol sintetik sirka kislotasi” belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ishlab chiqarish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sof ogʻirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) isteʼmoldan oldin suv bilan aralashtirish darajasi (99%, 80%, 70% li sirka kislotasi uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tasodifan isteʼmolga yoʻl qoʻymaydigan joylarda saqlash boʻyicha talab.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
329. Isteʼmol sirka kislotasi yashiklarining transport tamgʻalanishi GOST 14192-96 “Yuklarni tamgʻalash” talablariga muvofiq boʻlishi, (yopiq yashiklar uchun) —“Baland”, (karton qutilar uchun) — “Namdan saqlash”, “Moʻrt — ehtiyot boʻling” manupulyatsiyaviy belgilar koʻrsatmasi bilan amalga oshiriladi va quyidagi yozuvlar qayd qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tayyorlash-tashkilot nomlanishi va tovar belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mahsulot nomlanishi va toʻplanmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Tsh 64-03973602-01-2005 “Isteʼmol sintetik sirka kislotasi” belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ishlab chiqarish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) partiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) sof ogʻirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) shisha idishlarning soni.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
330. Isteʼmol sirka kislotasining qozoni GOST 5632-2014 ning “Yuqori legirlangan poʻlatlar va nurashbardosh, olovbardosh qorishmalar. Tamgʻalar” talablariga muvofiq 12X18N10T, 10X17N13M2T, 12X21N5T, 10X17N13M2T tamgʻali poʻlatdan yasalgan maxsus temiryoʻl sisternalariga qoʻyiladi va sisternani yuklaydigan lyuk (teshik) yopilishi va plombalanishi lozim.
(330-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-4, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331. Isteʼmol sirka kislotasini amaldagi barcha transport turida (temir yoʻl, suv va avtomobil) yuk tashish qoidalariga muvofiq, tashiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
332. Sanoat tashkilotlarida tez alangalanuvchi suyuqliklarni (tushirish joyida, ombor hududida, ombordan sexga, sexdan sexga) tashish hamda texnologik sxemaga muvofiq, atsetaldegid apparatga yuklanishi mexanizatsiyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
333. Shisha idishda boʻlgan tez alangalanuvchi suyuqliklar joyini almashtirishda, tashish xavfsizligini taʼminlaydigan, shuning uchun moslashtirilgan maxsus arava va zambillarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
334. Shisha idishda boʻlgan sirka kislotasini avtomobil transportida tashish vaqtida, yuk harakat paytida, toʻxtash va burilishlarda siljimasligi yoki agʻdarilmasligi uchun har bir joyi kuzovga mahkamlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335. Shisha idishdagi yukni tashish vaqtida pastki qatorni yorilishdan saqlaydigan bir-biriga mustahkam qistirmasiz qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
336. Sirka kislotasini avtomobil transporti yordamida tashish vaqtida baxtsiz hodisaning oldini olish maqsadida yoʻl harakati varaqasida koʻrsatilgan marshrutga muvofiq aniq amalga oshirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
337. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni tashuvchi avtomobil transportining kuzov va kabinalarida bu ishga daxldor boʻlmagan shaxslarning boʻlishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
338. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni tashuvchi sisternalar quyidagilar bilan taʼminlangan boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikkitadan kam boʻlmagan kukunli yongʻin oʻchirgichlar va belkurak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sisternani qobigʻiga bir uchi bilan payvandlangan yoki yopishtirilgan va boshqa uchida metall oʻtkir uchi bilan taʼminlangan metall yertutashli zanjir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ishga yaroqsiz shlangni mustahkamlash uchun moslama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) chiqarib yuboriladigan kranlar va shlanglar toʻliq sozlangan boʻlishi hamda ularning holati va mahkamlanishi atsetaldegidni, sirka kislotasini toʻkilishiga va sepilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) chiqindi quvurlari radiator tagiga chiqarilgan va uchqun oʻchirgichlar bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
339. Oʻtish yoʻlida tez alangalanuvchi suyuqliklarning idishlardan toʻkilish aniqlansa, darhol toʻxtatish va ushbu yuklarni tashish boʻyicha maxsus yoʻriqnomaga muvofiq, xavfsizlik choralarini koʻrishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
340. Avtomobil transporti qisqa vaqtga toʻxtatilganida yoki turganida, u qoʻl tormozi bilan toʻxtatib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni yuklash va tushirish vaqtida, agar yuklash yoki tushirishni taʼminlaydigan nasoslarning uzatmalari yoki boshqa moslamalardan foydalaniladigan boʻlsa, avtomobil transporti dvigateli ishlab turmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
342. Odamlarning doimiy qatnov joylarida tez alangalanuvchi suyuqliklarni tashuvchi avtomobil transportlarining toʻxtashi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
343. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni avtomobil transportida tashishda, kabinada hamda yuklash va tushirish joylarida (10 m dan kam boʻlmagan masofada) chekish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
344. Har bir reysdan oldin yuk yuboruvchi avtomobil transportida himoya vositalari va oʻt oʻchirish vositalari mavjudligini tekshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
345. Atsetonni yuklash va tushirish, transportlash ushbu ishlarni amalga oshiruvchi xodimlar maxsus xavfsizlik yoʻriqnomalaridan oʻtkazilgandan keyin amalga oshirilishi kerak. Xodimlarning yoʻriqnomadan oʻtganligi tegishli jurnallarga qayd qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
346. 50 kg dan ortiq yuklarni 2 m dan yuqori balandliklarga koʻtarish-tushirish koʻtarma transport moslamasi va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida mexanizatsiyalangan usulda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
347. Moslama, qurilma va yuk koʻtarish moslamalarini ishlatilishi (tal, telfer, lebedka, barcha turdagi kranlar, yuk elektr aravalari) “Moslama va yuk koʻtarish kranlarini xavfsiz ishlatish qoidalari” ga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
348. Yuklash-tushirish ishlar ishlab chiqarish joylari xavfsizlik belgilari bilan jihozlangan va tungi vaqtda ishlarni bajarish uchun yetarlicha yoritilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
349. Yuklarni tashkilot hududida joylashtirish jarayonlari GOST 12.3.020-80 “Yuklarni tashkilotda joylashtirish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
350. Yuklash-tushirish ishlari “Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari” (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§.Taʼmirlash ishlarini tashkil etishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
351. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni (sex) yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek, koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
352. Barcha uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
353. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim. Yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
354. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
355. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
356. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz mahsulotlaridan boʻshatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
357. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
358. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
359. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek, ish tugaganidan keyin uzish, sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
360. Taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, foydalanishga qabul qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§.Uskuna va moslamani taʼmirlashga topshirish va uni foydalanishga qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
361. Bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
362. Asbob va moslamalar holati bir oyda bir martadan kam boʻlmagan davrda tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
363. Texnik xizmat koʻrsatish, davriy va kapital taʼmir boʻyicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi — zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini koʻrsatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
364. Texnologik uskuna taʼmirlangandan soʻng sinovdan oʻtkazilishi va ishlatib koʻrilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
365. Ishlatib koʻrish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, ularni tarmoqlari toʻgʻri yigʻilganligiga, begona jismlar yoʻqligiga, havo uzatish pnevmatik tizimi toʻgʻri ulanganligi va mustahkam qotirilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
366. Agregatni harakatlantiruvchi elektrodvigatellarni yoqishdan oldin, yirik aralov va fugoval dastgoh ventilyatori patrubkalarini koʻzdan kechirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
367. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan tarmoq va agregatlarni barcha yigʻish defekti, elektrodvigatel va tarmoq podshibniklarini qizish darajasi, moy oqishi bartaraf qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
368. Uskuna yigʻilgandan yoki taʼmirlangandan soʻng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) odamlarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) himoya saqlovchi va nazorat oʻlchov asboblarini sozligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) uskuna yigʻilishini toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarni toʻliq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) uskunani boʻsh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
369. Uskunani taʼmirdan soʻng foydalanishga yaroqliligi, qabul qiluvchi komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI.Mehnat muhofazasi boʻyicha qoidalarni buzganligi uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
370. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
371. Mansabdor shaxslar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 32-modda; 2014-y., 3-son, 41-modda; 2017-y., 28-son, 677-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son; 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son; 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)