O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mustaqillik kuni va Navro‘z umumhalq bayramlarini tashkil etish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-iyuldagi 357-sonli “Mustaqillik kuni va navro‘z umumxalq bayramlariga tayyorgarlikni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Halqimizning Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramlarini har yili ommaviy tarzda nishonlash an’anasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumhalq bayramlari — Mustaqillik kuni va Navro‘zni har yili nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha doimiy ishlovchi respublika tashkiliy qo‘mitasi ilovaga muvofiq tuzilsin.
2. Tashkiliy qo‘mitaga:
Qoraqalpog‘iston Respublika, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalarni jalb qilgan holda Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramlarining joylarda keng nishonlanishini tashkil etish;
har yili ochiq tanlovlar asosida mamlakatimiz poytahtida o‘tadigan bayram dasturlarini tanlab olish vakolati berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:
Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan;
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
4. Mazkur qarorning bajaralishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 23-fevral,
68-son