OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-mayda 1954-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi va “Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Jeneva, 1999-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v. b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
17/QQ-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
8-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 21-apreldagi 17/QQ, 8-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu nizom oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning mehnatga oid munosabatlarida qoʻllanishi shart.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
2. Ushbu Nizom talablari taʼlim tizimidagi uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqishda va ishlab chiqarish amaliyotida eʼtiborga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
II. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun yuklarni koʻtarishlari va tashishlari uchun ruxsat etiladigan normalar
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq holda belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning ish vaqti faqat yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kg dan ogʻir boʻlmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
5. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, qoʻlda yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi: oʻgʻil bolalar uchun — 6,5 kg, qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan ogʻir boʻlmasligi lozim.
6. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan ogʻir boʻlmasligi lozim.
7. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.
III. Yakuniy qoida
Ushbu Nizom Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2009-yil 15-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-aprel
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1954-1, 11.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
| Koʻtarish va tashish turlari | Yuk normasining chegarasi | Koʻtarish va tashish shartlari | |
| oʻgʻil bolalar uchun | qizlar uchun | ||
| Qoʻlda | 13 kg gacha | 7 kg gacha | qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmaganda ruxsat etiladi |
| Bir gʻildirakli aravachada | 39 kg gacha | qizlarga ruxsat etilmaydi | qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan faqat taxtali yoʻlakda harakatlanishga ruxsat etiladi |
| Ikki gʻildirakli aravachada | 47 kg gacha | qizlarga ruxsat etilmaydi | qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan tekis yoʻlda harakatlanishga ruxsat etiladi |
| qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmagan notekis yoʻlda va koʻpriklarda harakatlanishga ruxsat etiladi | |||
| Uch va toʻrt gʻildirakli aravachada | 67 kg gacha | 52 kg gacha | qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan tekis yoʻlda harakatlanishga ruxsat etiladi |
| Vagonetkalarda | 405 kg gacha | 224 kg gacha | qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmagan temir yoʻllarda harakatlanishga ruxsat etiladi |
Izoh:
1. Barcha yuk normalari yukning ogʻirligi bilan birgalikda ularni koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan moslamalarni ham oʻz ichiga oladi.
2. Ruxsat etilgan qiyalikning balandligi deganda qiyalikning eng yuqori balandligini yoʻlning uzunligiga nisbati tushuniladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son)