06.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1951
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 06.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1951
Date of entry into force
16.05.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KANOP-JUT ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-mayda 1951-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir v.b. A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 3-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-1/B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 3-apreldagi 13-1/B-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi kanop-jut ishlab chiqarishi korxonalariga (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmati zimmasiga yuklatiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kanop-jut ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir korxonada mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan korxonada yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan korxonada mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur korxona faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlari sinovdan oʻtkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Korxonalarda zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsirini kamaytirish yoki ularni bartaraf etish uchun jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik elektr, uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kanop-jut ishlab chiqarish korxonalarining xodimlari “Paxta tozalash va kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy meʼyorlari”ga (roʻyxat raqami 1925, 2009-yil 18-mart – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 138-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yakka tartibdagi himoya vositalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus kiyim-kechak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus poyabzal;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus bosh kiyimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafas aʼzolarining himoya vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlni himoyalash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh uchun himoya vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻzni himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Korxona maʼmuriyati xodimlarni belgilangan meʼyorlarga muvofiq, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va taʼmirlash boʻyicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini taʼminlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Korxonalarda kasbiga koʻra tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Korxona mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga, kanop-jut mahsulotlarini ishlab chiqarishni unga qoʻyilgan talablarga javob beradigan darajada tashkil etish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan boshqa ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻta xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Sanitariya va gigiyena talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Korxonalarning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish zonasida havodagi zararli moddalarning miqdori GOST 12.1.005-2000 SSBT “Ish zonasidagi havo. Umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga binoan ruxsat etilgan eng koʻp toʻyinganlik darajasidan oshmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalarida ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalarida shovqin va tebranma darajasi GOST 12.1.003-89 SSBT “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.1.012-90 SSBT “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablarida belgilangan miqdordan oshmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga javob berishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega va singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tokining odamga taʼsir etishini oldini olish boʻyicha xavfsizlik talablari GOST 12.1.019-86 SSBT “Elektr xavfsizlik. Umumiy talablar”ga javob berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statik elektrdan himoya qilish tadbirlari GOST 12.1.18-93 SSBT “Statik elektr. Uchqun xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Ishlab chiqarish binolari va xonalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Korxonalarni ishlab chiqarish binolarini qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlari SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Korxonaning barcha hududi toza saqlanishi lozim. Yoʻllar, oʻtish yoʻllari va binolar, qurilmalar hamda inshootlar orasidagi hududlarda materiallarni saqlash, ularga uskunalar yoki ishlab chiqarish chiqindilarini taxlab qoʻyish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Korxona hududida chekishga faqat maxsus ajratilgan, SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” talablariga muvofiq jihozlangan joylarda ruxsat etiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar avtomatik ravishda yongʻinni oʻchirish vositalari va avtomatik yongʻindan xabar beruvchi signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Korxona maʼmuriyati binolar va inshootlarni saqlash, ularni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ishlab chiqarish xonalarida havo oqimini boshqaruvchi uskunalar va harorat, namlik, tozalanish samaradorligi va filtrlarda bosim oʻzgarishini oʻlchash moslamalari bilan jihozlangan ventilyatsiya tizimi mavjud boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Maishiy xonalarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Korxonalarda SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qoʻshimcha xonalar qurilishi lozim.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy va qoʻshimcha binolarni loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yuvinish xonalarida elektr quritgichlar, koʻzgu, kiyim ilgichlar, sovun uchun idishlar, shuningdek eng koʻp xodimlar ishlovchi smenada 40 kishiga bitta qurilma hisobidan kelib chiqqan holda qoʻlni xlorli eritmada yuvish moslamasi koʻzda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Maxsus kiyimni yuvish uchun korxonalarda kir yuvish xonalari nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Kir yuvish xonalarining tarkibi va maydoni aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarini loyihalashtirish boʻyicha qurilish meʼyorlari va qoidalariga binoan belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Garderoblar koʻcha va ish kiyimlarini saqlash uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§9-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(9-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos boʻlishi kerak.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ishchilarni ichimlik suv bilan taʼminlashni SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ni hisobga olgan holda loyihalash kerak.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Agar ichimlik suvining sifati xavfsizlikni taʼminlay olmasa, maxsus xona ajratilib, unda qaynatib sovutilgan suv yoki issiq choy sifatida tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ichimlik suv saqlanadigan idishlar zanglamaydigan va yengil tozalanadigan va dezinfeksiyalanuvchi materiallardan hamda zichlab berkitiladigan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ichishga tarqatiladigan suvning harorati 20°S dan koʻp va 8°S dan kam boʻlmasligi va qaynatilgan suv har smenada kamida bir marta yangilanib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Ish joylari va xonalarni yoritishga boʻlgan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning tabiiy yoritilishi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi kerak.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Bir tekis taqsimlangan umumiy yorugʻlik qandillari mashinalar guruhi orasidagi yoʻlaklarda, poldan 4,5-6 m. balandlikda, lokallashgan umumiy yorugʻlik qandillari esa ish kameralari tarafidan dastgohlarni boshqarish balandligida va operator tarafidagi maydonchadan 2-2,5 m. balandlikda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ishlab chiqarish sexlari, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlari qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ishlab chiqarish laboratoriyasida yoritishning kombinatsiyalashgan (umumiy va mahalliy) yoki lokallashgan sistemasini qoʻllash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Korxonalarning asosiy ishlab chiqarish sexlariga, laboratoriyalariga, tarozixonalariga lyuminessent lampalar qoʻyilishi kerak. Bunda asosiy texnologik sexlarda oq rang beruvchi (LB) lampalar, laboratoriya va tarozixonalarda LDS-1 va LD turdagi lampalar ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar omborida, hamda akkumulyatorlarni zaryadlash xonalarida faqat portlashdan himoyalangan qandillar ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Barcha ishlab chiqarish sexlarida tabiiy yorugʻlik maksimal qoʻllanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Qandillarni, oynalarni, fonar va shunga oʻxshashlarni muntazam ravishda har oyda bir marta yuvuvchi moddalar bilan tozalab turiladi. Kuygan lampalarni almashtirish, bu ishlarni bajarishda xavfsizlikni taʼminlovchi uskuna va moslamalar yordamida bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Qandillarni oʻrnatish va tozalash, lampalarni almashtirish hamda elektr tarmoqlarini sozlash ishlari elektr toki oʻchirib qoʻyilgan holda va bu ishlarni bajarishga ruxsati bor shaxs tomonidan bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Kuygan lampalarni yoritish uskunalarining loyihasida koʻrsatilgan mos quvvatli lampa bilan almashtirish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Yoritish uskunalarini toʻgʻri ishlatish va texnik holatini nazorat qilish zavod boʻyicha buyruq bilan tayinlangan va texnik tayyorgarligi yetarli boʻlgan shaxsga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Xom ashyo tayyorlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Lenta harakatlanadigan roliklarni faqat transportyor toʻxtaganda moylash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Toʻsiqlari yechilgan holatda transportyorni yurgizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Transportyorni yurgizishdan oldin ogohlantirish signali chalinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Xom ashyoni tayyorlash va hoʻllash sexlarida ichki oʻtish joylarining kengligi aravacha va odamlarning xavfsiz harakatlanishi uchun yetarli kenglikda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Ishning xavfsizligini taʼminlash uchun aravachalarning tormoz va tovushli signallari holatini doimo kuzatib borish va nosozliklarni oʻz vaqtida tuzatib turish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Kanopni quritishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Bugʻli quritgichlardan foydalanilganda ishchi zonasidagi barcha bugʻ quvurlarini shlaktola bilan oʻrash va yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori bosimga moʻljallangan manometr, berkituvchi ventil va saqlovchi klapanlar hamda kondensat chiqarib turuvchi kran bilan taʼminlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Quritgich ishlatilganda kameradagi havo harorati meʼyordan oshib ketmasligi kerak. Oʻrnatilgan darajadan harorat oshib ketganda (issiqlik signali paydo boʻlganda) oʻtxonadagi issiq gaz joʻnatishni darhol toʻxtatish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun quritgich oʻt oʻchirish jihozlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xom ashyoga mexanik ishlov berishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Oʻrash barabanlarining kichik yon tomonidagi kirish tirqishlarini tozalash va yigʻilib qolgan tola hamda oʻzaklarni olib tashlash faqat mashina toʻliq toʻxtagandan soʻng ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Smena masteri har smenada kamida 2-3-marta, hamda bosh muhandis va bosh mexanik har sutkada kamida 1-marta mashinani va ayniqsa uning silkitish qismini koʻzdan kechirib turishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Kamera yoki qutilardagi eshikchalar tolaning ichki bosimidan ochilib ketmasligi uchun ishonchli ilgaklar boʻlishi kerak. Ularning ishonchliligi ish boshlanishidan oldin tekshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Nafas olish organlari va koʻzlarni himoya qilish uchun press yonida F-146 respirator va changga qarshi koʻzoynakda ishlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Uzun va qisqa tolani navlarga ajratish sexida changni yoʻqotish uchun chang yutgichlar qisqa tola navlarga ajratiladigan, uzun tola ajratilgan stol va presslash qutisini yuklash joyida oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Sex ichiga yetarlicha toza havo yetkazish uchun, chiqarib tashlash zonasini havo olinadigan joydan kamida 5-8 m. balandda joylashtirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Shovqin va titrashga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Ish joylarida shovqin belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlganda uni kamaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga izolyatsiyalovchi qobiqlar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) izolyatsiyalangan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ishchilar dam olishi uchun shovqindan izolyatsiyalangan xonalar tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, unda shovqindan shaxsiy himoyalanish vositalari yordamida saqlanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Ishlab chiqarishda qoʻllanilmagan yongʻin va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Texnologik obyektlarda portlash xavfliligi holati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir aniq holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va shu kabi) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan shart-sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xom ashyo va tayyor mahsulot omborxonalari, maʼmuriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Omborlarga va yuk ortish-tushirish maydonchalariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Korxona hududiga keladigan materiallar va uskunalar uchun shu maqsadga ajratilgan va tayyorlangan maxsus omborlar va yuk ortish-tushirish maydonchalari boʻlishi va ularning tuzilishi va joylashishi “Umumiy maqsadlar uchun ombor binolari va inshootlari” QMQ talablariga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Omborlarda materiallarni taxlash usullari yoritilgan mehnatni muhofaza qilish va yongʻin profilaktikasi boʻyicha yoʻriqnomalar koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi. Bu yoʻriqnomada ushbu omborda qanday materiallar, qancha miqdorda, qanday idishda saqlanishi mumkinligi koʻrsatiladi. Koʻrinarli joylarga yuklarni joylash va ortish sxemasi osib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Kanop tolasi toyini, tola chiqindilarini, qurilish materiallari, toylarning tasmalari, oʻrash materiallari va boshqa materiallarni alohida omborlarda saqlashni tashkil etish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Korxonalardagi yuk ortish-tushirish estakadalari, maydonchalari, platforma pollari vagon poli yoki avtomobil kuzovi tekisligi bilan barobar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Yuk ortish maydonchasi perimetri boʻyicha (bundan yuk tashish transporti yoʻli mustasno) balandligi 30 sm. li mustahkam himoyalovchi toʻsiq bilan toʻsiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Kalsiy karbidi zaxirasi quruq, yaxshi shamollatiladigan, yonmaydigan va tashqaridan yoritiladigan xonalarda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Kalsiy karbidini yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Bitta omborda kalsiy karbidi barabanlari bilan birga, siqilgan gaz toʻldirilgan ballonlar hamda kislorodli ballonlar va yonuvchi gazlar saqlanishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Kislota alohida xonada saqlanishi kerak. U xonada faqat distillangan suv boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Yuklarni koʻtarish va tushirishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Qoʻlda koʻtarish va tashishda belgilangan meʼyorlaridan ortiq yuklarni koʻtarish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Barcha mexanizm va yuk koʻtarish uskunalari “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yuk koʻtarish kranlarini xavfsiz ishlatish Qoidalari”ga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Yukni iluvchilar ishi, shu ishlarni xavfsiz bajarish yoʻriqnomasiga binoan bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Kanop toylari, bogʻlam va shu kabi narsalarni elektrotelfer bilan koʻtarishda ilgakni koʻtarish chegaralagichi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Elektrotelfer ilgagiga toylarni tushib ketishining oldini oluvchi himoya qurilmalarini oʻrnatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Yuklarni koʻtarish va tashish vaqtida tugun va sirtmoqlarni toʻgʻrilash va sirpanib ketgan arqonni toʻgʻrilash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Yuk koʻtarish uskunasiga koʻtarishi mumkin boʻlgan yukning ogʻirligi, oʻtkazilgan sinovning vaqti va kelgusi sinov vaqti yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Transport vositalari oʻlchamlari va konstruksiyasi, tashiladigan yukning oʻlchamiga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Chilangarlik ishlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Chilangarlik ishlarining barcha asboblari faqat soz holda ishlatilishi kerak. Sexda chilangarlik asboblarini saqlash, topshirish va qabul qilib olishning qattiq nazorati va tartibi oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Sex maʼmuriyati chilangarlarga berilayotgan asboblarning sifatini har kuni, ish joylaridagi va omborlardagi barcha asboblarning sifatini esa kamida bir oyda bir marta tekshirib turishi kerak. Tekshirish vaqtida aniqlangan nosoz asboblar yigʻib olinib, alohida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Egovlarning va metall arralovchi qoʻl arralarning dastaklari asbobning oʻlchamlariga mos boʻlishi va mahkam ushlab turuvchi halqalari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Elektr payvandlash ishlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Elektr payvandlash uskunalarining tok ostida boʻlmagan metall qismlari (transformatorlar, generatorlar qobiqlari) hamda payvandlanayotgan konstruksiyalar va buyumlar yerga ulanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Elektr payvandlash ishlarini boshlashdan oldin simlarning va elektr dvigatellarining izolyatsiyalarini hamda barcha kontaktlarning qattiq biriktirilganligini tekshirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Simlarni bir joydan ikkinchi joyga oʻtkazishda ularning izolyatsiya qobiqlari shikastlanishiga, poʻlat simlarga, atsetilen apparatlari ichaklariga, gaz apparatlariga va issiq quvurlarga tegib ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Elektr payvandlash agregat va apparatlarini tokka ulash yopiq rubilniklar orqali amalga oshiriladi. Koʻchma payvandlash agregatlarida rubilnik qopqoqlari blokirovka qilingan boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Payvandlash agregatlarini tokka ulash, uzib qoʻyish hamda ularni sozlash ishlarini faqat elektr montyorlari bajarishlari kerak. Bu ishlarni payvandlovchilarning bajarishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Elektr payvandlash apparat va agregatlarining sozligini ish boshlashdan avval tekshirish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Yerga ulovchi sifatida binolarning metall konstruksiyalari, kommunikatsiyalarning quvurlari va texnologik uskunalardan foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Tasodifan tegib ketishi mumkin boʻlgan tok yuruvchi qismlar (elektr simlari, rubilniklar, kontaktlar) payvandlovchini tokdan himoyalash maqsadida toʻsib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Ochiq elektr yoyi bilan ishlaganda elektr payvandlovchining yuzi va koʻzini himoyalash uchun shlem-maska yoki himoyalovchi oynasi boʻlgan toʻsiq bilan ishlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Yomgʻir yogʻib turganda va momaqaldiroq boʻlayotganda elektr payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Payvandlash ishlari maxsus ajratilgan xonalarda, boshqa hollarda esa elektr payvandlash ish joyi boshqa ish joylaridan yonmaydigan materialdan qilingan koʻchma toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Bosim ostida turgan apparat va idishlarni payvandlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Gaz bilan payvandlash va qirqish ishlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Gaz bilan payvandlash ishlarini bajarishda metallarni kislorod, atsetilen va gaz bilan ishlov berish sanoat sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi Qoidalariga rioya qilish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Koʻchma atsetilen generatorlari (keyingi oʻrinlarda generatorlar deb yuritiladi) ochiq havoda yoki bostirmalar tagida ishlatilishi kerak. Generatorlarni, zarur paytlarda, har bir generator uchun hajmi 300 m3 toʻgʻri kelgan xonalarda yoki generator bir xonada, payvandlash boshqa xonada boʻlsa 100 m3 hajmli xonalar ichida ham payvandlashga ruxsat etiladi lekin ikkala holda ham xona yaxshi shamollatib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Generatorlarni kompressorlarning va ventilyatorlarning havo soʻruvchi joylari yaqiniga yengil alangalanuvchan moddalar yoki atsetilen bilan birikib oʻz-oʻzidan portlovchi modda ajralib chiqadigan xonalarga kiritish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Generatorni qiya holatda oʻrnatish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Metallarga gaz alangasi bilan ishlov beriladigan xonalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir ish joyi uchun, uskunalardan va yoʻlaklardan tashqari kamida 4x2 metr maydon ajratilishi, yoʻlaklarning eni esa 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metallarga gaz alangasi bilan ishlov berish ishlarini yertoʻlalarda, ikkinchi va undan yuqori qavatlarda bajarish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz bilan payvandlash sexlarining pollari yonmaydigan, issiqlik oʻtkazmaydigan va yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Payvandlash va gaz bilan qirqish ishlari sexlarni ichida maxsus ajratilgan va maxsus jihozlangan joylarda va xonalarda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Gaz alangasi bilan ishlov berish joylaridan 5 metrdan yaqinda joylashgan yogʻoch devorlar, pardevorlar va eshiklar asbest bilan yoki namatni loysuvoq qilib, ustidan tunuka bilan qoplanishi kerak. .
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Metallarga gaz alangasi bilan ishlov berish sexlari xonalari havo soʻruvchi ventilyatsiya bilan taʼminlanishi kerak. Ventilyatsiya ishlamagan hollarda gaz bilan payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Gaz bilan payvandlovchining doimiy ish joyi, ishlov berilayotgan mahsulotni oʻrnashtirish va joyini almashtirish uchun maxsus stol yoki moslama bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Doimiy ish joylarida oʻchirilgan gorelkalarni ilib qoʻyish uchun maxsus ilgak boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Doimiy ish joyining poli beton yoki asfalt boʻlsa yogʻoch panjaralar bilan toʻsilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Gaz alangasi bilan ishlashda ish joyi yaxshilab koʻrib chiqilishi, ortiqcha, ishga xalaqit beruvchi buyumlar yengil alangalanuvchi suyuqliklar olib tashlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Kalsiy karbidini qopqogʻi yaxshi berkitiladigan, quruq idishlarda, oʻtga chidamli, yengil konstruksiyali, yaxshi shamollatiladigan, tashqi elektr yoritgichli xonalarda saqlanadi. Ularni yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Ballonlarni, maxsus jihozlangan alohida xonalarda, vertikal holatda maxsus uyalari bor moslamalarda saqlanadi. Boʻsh ballonlar alohida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Karbid kalsiy solingan barabanlarni uchqun chiqarmaydigan maxsus asboblar bilan ochish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Koʻchma atsetilen apparatlarini ishlatish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kalsiy karbidini hoʻl yashik va korzinkalarga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir generatordan birnecha gorelka orqali qirqish ishlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karbidni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomada koʻrsatilganidan ortiqcha solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kislorod va atsetilen ballonlaridan 10 metrgacha boʻlgan masofada chekish, gugurt yoqish va ochiq alanga ishlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazni belgilangan miqdoridan ortiqcha chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha gazni chiqarib yuborish maqsadida generator qopqogʻini ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atsetilen generatorlarini yoʻllarda, yoʻlaklarda, zinapoya maydonchalarida, yertoʻlalarda, qorongʻu joylarda va odamlar koʻp toʻplanadigan joylarga oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manometrsiz, buzuq manometrli yoki ishlatish muddati tugagan manometrli reduktorlarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish tugagach, dam olish paytida yoki ish orasidagi qisqa tanaffus paytlarida kislorodli ballonlarni yoki atsetilen generatorlarini nazoratsiz qoldirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Muzlagan atsetilen generatorlarini faqat moy aralashmagan bugʻ yoki issiq suv bilan eritishga ruxsat beriladi. Koʻchma generatorlarni xonalarda isitishni ochiq alanga manbaidan va havo soʻruvchi ventilyatsiya mavjud boʻlgan taqdirda kamida 10 metr masofada bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Generatorlardan chiqadigan ishlatib boʻlingan kalsiy karbidi balchiqsimon qoldigʻi, yaxshilab metall yashiklarga yigʻib olinishi va maxsus joylarga olib borib tashlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar) ishonchli ravishda toʻsilgan boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Tez-tez ochish kerak boʻladigan joylarga ochiladigan toʻsiq va qopqoqlar oʻrnatilishi, ular mashinaning harakat uzatuvchi qismlari bilan elektr blokirovka qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Ishlab chiqarish uskunalarida toʻsiqlar, himoya moslamalari yoki changli havoni soʻruvchi moslamalar boʻlmasa yoki nosoz boʻlsa ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Ishlab chiqarish uskunalari ish davomida oʻzidan changli havo chiqarsa, zichlab berkitilishi va meʼyordagi ish sharoitlarini yaratuvchi changli havoni soʻruvchi moslamalar oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Ikki, uch va undan ortiq kishilar bilan boshqariladigan mashinalar, uni yurgizish va toʻxtatish haqida ikki tomonlama signal bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Mashina, mexanizm va dastgohlarning yurgizish tugmalari oʻz-oʻzidan yurib ketish hollaridan mustasno boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish faqat texnik sozlangan holatda va zavodlar texnologik uskunalarining xavfsizlik texnikasi talablariga mos boʻlgandagina ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Mashinalarga oʻrnatilgan chang soʻruvchi moslamalar soʻrilgan changli havoni va boshqa zararli chiqindilarni uzluksiz ravishda konteynerlarga va bunkerlarga uzatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Chang yigʻiladigan bunkerlar zich yopilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Ochiladigan va olinadigan toʻsiq, qobiq va eshiklarning ichki tarafi toʻq sariq yoki toʻq qizil rangga boʻyaladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻriladi va ular qoʻllanganda xavfsizlik talablari taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Koʻtarilgan yuk ostida ishlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Ishlab turgan sexlarda montaj ishlari olib borilsa, ham montajchilarni, ham sex ishchilarining xavfsizligini taʼminlash koʻzda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Ishlab turgan zavodlarda montaj va demontaj ishlarini olib borishda ochiq alanga hamda uchqun chiqaruvchi turli mexanizm va moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(149-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Har bir korxonada maʼmuriyat buyrugʻi bilan energiya xizmati muhandis-texnik xodimlaridan, korxona elektr xoʻjaligi umumiy holati uchun javobgar shaxs tayinlanadi va undan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablari bajarilishini taʼminlash talab etiladi.
(150-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xom ashyoni ortish va tushirish mexanizmlariga talablar
Oldingi tahrirga qarang.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Mexanizatsiyalash vositalarida ishlashga mexanizmlarni ishlatish boʻyicha maxsus oʻqishni tugatgan va ushbu kasbda ishlash huquqi boʻyicha guvohnomasi bor shaxslar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Mexanizatsiya vositalarini ularning barcha qismlari, uzel va detallari, himoyalovchi va ogohlantiruvchi vositalari soz boʻlgandagina ishlatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Mexanizatsiya vositalarini tok manbai shkafiga ulash va undan uzib qoʻyish ishlarini faqat navbatchi elektr montyori bajarishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Tasmali transportyorlardan gʻaramlar ustidagi odamlarni tushirish va chiqarish uchun foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Transportyorni yurgizishdan avval xavfli zonada odamlar yoʻqligiga ishonch hosil qilish, tovush yoki ogohlantiruvchi tovush chiqaruvchi asboblar bilan signal berish va faqat shundan soʻng yurgizuvchi tugmani bosish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Transportyor aravasining oʻz-oʻzidan yurib ketmasligi uchun gʻildiraklari tagiga ponalar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Transportyorni sozlash va tozalashdan avval uni oʻchirish va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Transportyorning 1,5 metrdan balandda joylashgan mexanizmlarini sozlash va tozalashda narvonlardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Transportyor tasmasi zoʻriqib ishlayotganda uning tezligini oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Tasmaning boʻsh qismida, roliklar boʻynida, harakatga keltiruvchi va taranglovchi barabanlarda oʻralib qolgan tolani transportyor toʻxtatilgandan soʻng ilgak bilan olib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Transportyorni 20 metrgacha surishni qoʻlda bajarishga ruxsat etiladi, 20 metrdan ortiq joyga 5-6 km/s tezlik bilan traktor yoki avtomobil yordamida olib borish kerak. Bunda odamlarning 10 metr yaqinga kelishlari, transportyor ostida turishlari taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Yuk ortuvchi mashinalarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Akkumulyatorli yuk ortgichlar va pnevmatik shinali elektrokaralar tekislangan, suv toʻplanmaydigan va qattiq yuzali maydonchalarda ishlashga moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Yuk ortgichlar harakati paytida yukni koʻtarish, tushirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Yuk ortuvchi mashinalarning yuk maydonchalarida odamlarni olib yurish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Yuk ortuvchi mashinalarda va avtoyuklagichlarda ishlashga 18 yoshga toʻlgan, haydash huquqi berilgan guvohnomasi bor, tibbiy koʻrikdan oʻtgan, maxsus oʻqishni bitirgan va bilimi tekshirilgan shaxslar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Yuk ortgichlarni va elektrokaralarni sozlash va texnik nazorat qilishi maxsus jihozlangan xonalarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Metallarga sovuq holatda ishlov berish dastgohlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Zavodlarda metallarga sovuq holda ishlov berish amaldagi sanoat sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga mos holda olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Ishlov berish vaqtida, uzluksiz qirindi chiqaradigan metallarni qirqayotganda maxsus qirquvchi yoki qirindilarni maydalovchi moslamalar qoʻllanadi. Sinuvchi qirindi chiqadigan metallarga ishlov berishda, qirindilarni chiqarib turuvchi moslama ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Dastgohlarda mahsulotni sayqallash, tozalash va yaltiratish ishlarini bajarish vaqtida xavfsizlikni taʼminlovchi maxsus moslamalar qoʻllanishi kerak. Bu moslamalarni qoʻllash texnologik hujjatlarda koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Stanok yurib turganda, qoʻlda sayqallash ayniqsa, murakkab konfiguratsiyali detallarni sayqallash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Gorizontal va vertikal parmalash dastgohlarining uzatish vallari toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Dastgohlar ishlayotganda, ishlov berilayotgan materialga tegib turmayotgan frezalarning kesuvchi qismlari ishlatishga qulay boʻlgan toʻsqichlar bilan toʻsilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Gorizontal va uzunasiga parmalovchi dastgohlarda vintning chiqib turgan kallagi toʻsilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Dastgoh ishlab turgan paytda detalni almashtirish yoki qotirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Parmalashdan chiqqan qirindini faqat, dastgoh toʻxtaganda va asbob uzoqlash-tirilgandan soʻng yigʻishtirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Qirib silliqlovchi dastgohning uzatish mexanizmi, ishchining qoʻli yoki kiyimi tushib qolishini oldini oluvchi toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Dastgohlar qirindini chiqarish va yigʻish moslamasi bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Begona kishilarning qaychini yurgizib yuborishini oldini olish uchun, ular elektr dvigatelini oʻchirib qoʻyuvchi moslama bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Metallarni arralashga moʻljallangan diskli arralarning ish yuzalari ochiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Presslarda mahsulotni uzatish va olishda ishlovchining qoʻlini shikastlamaslik uchun himoyalovchi moslama qoʻllanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Charxlash dastgohlaridan foydalanish, koʻrikdan oʻtkazish, asboblarni saqlash, charx doiralarini mustahkamligini sinash, himoya vositalari, charx doiralarini oʻrnatish va ishlatish amaldagi charxlash dastgohlarida xavfsiz ishlash yoʻriqnomalari talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Har bir charx toshini dastgohga oʻrnatishdan oldin, uni butunlay berkituvchi maxsus qobiqli dastgohda sinab koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Sayqallovchi dastgohlar, odamlarni jarohatlamasligi va sovutuvchi suyuqlik sachratmasligi uchun yon tomonidan toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Sayqallovchi dastgohlar doiralarni toʻgʻrilash uchun maxsus asbob va moslamalar bilan taʼminlanishi kerak. Toʻgʻrilovchi asbobni uzatish ishlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Sovutgichlarsiz ishlaydigan, charxlash dastgohlari chang soʻrish uskunasi bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Metallarga ishlov beruvchi dastgohlar atrofidagi pol tekis va sirpanmaydigan boʻlishi kerak. Pol sementlangan boʻlsa ustiga yogʻochdan yasalgan panjara tashlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Dastgohlarga ogʻir va qoʻpol (20 kg. dan ortiq) detallarni oʻrnatish va olish ishlari mexanik moslamalar yordamida bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Dastgohlar kuchlanishi 36 V boʻlgan mahalliy yoritgichlar bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Ish joyi maydoni, yordamchi uskunalarni, asboblarni (javon, stol, shkaf) saqlash joylari amaldagi talablarga mos boʻlishi va dastgohda ishlayotgan ishchiga xalaqit bermasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(191 va 192-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qoidalar “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi F. OMONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 27-mart

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. XANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 27-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 27-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 27-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 27-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 27-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 27-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 238-modda; 2010-y., 44-45-son, 404-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.06.2023-y., 10/23/1951-2/0386-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)