16.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1940
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 16.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1940
Date of entry into force
26.04.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOGʻLIQNI SAQLASH MUASSASALARI VA KORXONALARINING OSHXONALARI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1940]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sogʻliqni saqlash muassasalari va korxonalarining oshxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir v.b. A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 16-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13/B-son

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 16-martdagi 13/B-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash muassasalari va korxonalarining oshxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar sogʻliqni saqlash muassasalari va korxonalarining oshxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlash muassasalari va korxonalarining oshxonalari (bundan keyingi oʻrinlarda oshxonalar deb yuritiladi) uchun qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Qoidalar qurilish meʼyorlari va qoidalari, sanitariya normalari va qoidalari, milliy standartlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 6-iyundagi 24-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1940-2, 14.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 10/23/1940-2/0376-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oshxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xavfli ishlarga, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish elektr qurilmalari, maxsus texnologik uskunalar va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish ishlariga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash korxona rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oshxonada ishga qabul qilishda kasbiy tanlov talab qilinadigan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ish beruvchi kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha kasbiy tanlovni tashkillashtirishi hamda amalga oshirishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ish beruvchi kasbiy tanlovdan oʻtgan va ishga qabul qilingan shaxslarni tanlov toʻgʻri boʻlganini amaliy tasdiqlash va zarur hollarda tuzatishlar kiritish maqsadida nazorat qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oshxonada ishlashga belgilangan tartibda dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtgan hamda tibbiy jihatdan sogʻlom boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Korxona rahbariyati (yoki ish beruvchi) har yili dastlabki va davriy majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Korxona rahbariyati majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, hamda dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Shaxsiy himoya vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishchi va xizmatchilar belgilangan tartib boʻyicha korxona tomonidan shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishni bilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va oshxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlarning amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Korxona rahbariyati quyidagilarni taʼminlashi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilish (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Oshxona xonalariga boʻlgan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ovqat tayyorlash, ovqatlanish xonalari, omborxona, maʼmuriy-maishiy va boshqa xonalar (keyingi oʻrinlarda oshxonalar deb yuritiladi) amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oshxona binolari vodoprovod, oqova suvlar, markaziy isitish, issiq suv taʼminoti hamda havoni kiritish va tortish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oshxona va unga tegishli sovutiladigan omborxonalar, mashina boʻlimlarini bemorlar xonalari tagiga oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oshxonalarni bemorlar xonalari oynalari oldida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Shifoxona va tugʻruqxonalarda markazlashtirilgan holda oshxonalarning umumiy yuzasi, yordamchi xonalar va omborxonalar bilan birga bemorlarning oʻrinlari soniga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Maishiy xizmat xonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Korxonada kiyinish xonalari boʻlishi shart. Bunda kiyimlarni saqlash uchun ikki tabaqali shkaflar boʻlishi nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xodimlar uchun maishiy xizmat xonalari quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar xonasi (dam olish va ovqatlanish uchun), bet-qoʻl yuvgichlar, stollar, stullar, divanlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuvinish joylarida koʻzgu bilan sovun qoʻyish uchun moslama, sochiq va kiyim uchun ilgichlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Hojatxonalarga kiraverishdagi eshiklar yaxshi yopilishi uchun ularga prujinalar oʻrnatish lozim. Hojatxonalarga kiraverishda bet-qoʻl yuvgichlar (har bir hojatxonaga bittadan bet-qoʻl yuvgich) va maxsus kiyimlar uchun ilgichlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Pollar tozalash uchun oson, silliq va sirgʻanmaydigan materiallardan qilinishi hamda mazkur xonadan foydalanish gigiyenasi talablariga javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Maʼmuriy va ishlab chiqarish xonalarining ish joylarida pollar issiq (linoleum bilan qoplangan taxtadan va boshqalar) boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yarim tayyor mahsulot tayyorlash sexlari va idish-tovoq yuvish xonalarida iflos suvlarni oqizish maqsadida pollar ariqchalar tomoniga qiyalikka ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Pollarga oʻrnatilgan iflos suvlarni oqizuvchi ariqchalar, quvur oʻtkazgichlari pol bilan bir xil balandlikda panjaralar bilan yopilgan va tozalash uchun qulay boʻlishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Isitish va ventilyatsiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Markaziy isitish tizimi issiqlik rejimi, issiqlik ajratishi va havoning namligiga qarab xonalarga issiqlik berilishini boshqarish imkoniga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Isitish asboblari ularning yuzasini doimo tozalab turilishini hisobga olgan holda oʻrnatilishi va joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Mahalliy isitish tizimi mavjud boʻlgan xonalarda pechkalar panjara bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Oshxonalar, idish-tovoq yuvish xonalari ventilyatsiya qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oshxona xodimlarining isib ketishining oldini olish maqsadida bevosita ish joylariga toza havo beradigan havo dushlari qurilmasini oʻrnatish nazarda tutilishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Havoni bevosita ifloslantiruvchi manbalarni (gaz, chang va boshqa) mahalliy tortish ventilyatsiyasi (zontlar, qalpoqlar, tortuvchi shkaflar) bilan jihozlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Oshxonalar oson ochiladigan fortochka va framugalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Oqova suvlar tizimi
(9-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oshxonalar oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi kerak.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tarkibida yogʻ moddalari boʻlgan oqova suvlar oqova suvlar tizimiga tushirilgunga qadar yogʻ tutib qoluvchi moslamalarda tozalanishi zarur.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Yogʻ tutib qoluvchi moslamalar binodan tashqarida oqova suvlar chiqishlarida oʻrnatiladi, ularga oshxonalardagi idish-tovoqlar, baliq va goʻsht yuvuvchi xonalar ulanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Oqizuvchi quvur yogʻ tutib qoluvchi moslamaga qadar iloji boricha qisqaroq va yetarli darajada taftish qilish va tozalash uchun qulay boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tarkibida koʻp miqdorda qum va boshqa qattiq moddalarga ega sabzavot yuvuvchi va kartoshka tozalovchi mashinalardan oqizilgan suvlar oqova suvlar tizimiga tushirilishidan oldin qum tutib qoluvchi qurilmalarda tozalanadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Yoritish tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Oshxonalar tabiiy yorugʻlik bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Kiyimxonalar, hojatxonalar, bet-qoʻl yuvgichlar, dushxonalar, omborxonalar, non kesuvchi xonalar, bufetlar, yoʻlaklar, yuvuvchi va muzlatgich moslamalarining mashina boʻlinmalarini sunʼiy yoritishda lyuminessent lampalardan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Sovutish kameralarida tabiiy yoritishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Derazalarni shkaflar, javonlar bilan toʻsish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Sunʼiy yoritishda ish joyiga yetarli darajada yorugʻlik berilishi va yorugʻlik bir tekisda tarqalishi lozim, shu bilan birga ish joyi va atrof yoritilishida keskin farqlar va keskin soyalar boʻlmasligi va yorugʻlik manbai koʻzni qamashtirmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Oshxonalarda, yoʻlaklar va zinapoyalarda odamlarni favqulodda hodisalardan evakuatsiya qilish uchun qoʻshimcha yoritish nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oshxonalarda ishlatiladigan asbob-uskunalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Texnologik elektr va mexanik uskunalarga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Texnologik, elektr va mexanik uskunalar (bundan keyingi oʻrinlarda uskunalar deb yuritiladi) bilan ishlash uchun ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha masʼul xodim biriktirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bitta uskunalarni xavfsiz ishlatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Uskunalar yaqinida yoki buning uchun maxsus ajratilgan joylarda xavfsizlik texnikasi boʻyicha plakatlar yoki ogohlantiruvchi yozuvlar osib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Uskunalarning xavfsiz ishlatilishi ustidan tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan xodim tomonidan nazorat oʻrnatiladi. Uning majburiyatlari uskunalarni tekshiruvdan oʻtkazishda qatnashish, uskunalardan xavfsiz foydalanish va ularni belgilangan muddatlarda profilaktik taʼmirlashni amalga oshirishni nazorat qilishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish har 15 kunda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Koʻrikdan oʻtkazish natijalari va oʻtkazilgan taʼmirlash haqidagi maʼlumotlar maxsus jurnalda qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir yangi oʻrnatilgan yoki taʼmirlangan uskunalar texnik koʻrikdan oʻtkazilishi va salt yurishda hamda yuk ostida sinab koʻrilishi kerak. Sinov haqida dalolatnoma tuziladi va jurnalga yozib qoʻyiladi, shundan soʻng uskunalar foydalanishga topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Uskunalarni oʻrnatishda, taʼmirlashda, joyini oʻzgartirishda uning agʻdarilib tushishi yoki oʻz-oʻzidan harakatlanib ketishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Elektr dvigatellar hamda mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi qismlari (vallari, roliklari va boshqalar) toʻsilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Uskunalarni ishlatishdan oldin unda hech qanday ishlar olib borilmayotganligiga ishonch hosil qilish va yaqin oradagi xodimlarni bu haqda ogohlantirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Elektr dvigatelini yoqqanda uzatma vali uskunadagi strelka bilan koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha aylanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Elektr dvigateli uskunani (kartoshka tozalovchi, goʻsht maydalovchi) mahsulot bilan yuklashdan oldin yoqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Ish kamerasini meʼyoridan ortiq yuk bilan toʻldirish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Uskunada ishlaganda elektr dvigatelining reduktor qutisi va podshipniklar korpusining qizib ketmasligini nazorat qilish lozim. (qizishi 60oS dan oshmasligiga ruxsat etiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Uskuna ishlayotgan vaqtda tezlikni oʻzgartirish faqatgina pogʻonasiz tezlik rostlagichlari boʻlganda yoʻl qoʻyiladi, qolgan hamma hollarda tezlikni oʻzgartirish uzatma uzib qoʻyilganida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Ishlayotgan mashinalarni qarovsiz qoldirish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Uskunalar ishlamayotgan vaqtda begona shaxslar tomonidan ishlatib yuborilishining oldini olish maqsadida ularni yoqish qurilmalarini oʻchirib qoʻyish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Avariya yuz berganida yoki uskuna oʻz-oʻzidan toʻxtab qolganida zudlik bilan uskuna uzatmasini toʻxtatish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Uskunalarni foydalanish yoʻriqnomalarida nazarda tutilmagan operatsiyalarni bajarish uchun qoʻllash man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Uskunalar faqatgina malakali mutaxassislar tomonidan taʼmirlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Uskunalarni tozalash, sozlash va taʼmirlash faqatgina dvigatel oʻchirilganidan va harakatlanuvchi qismlari toʻliq toʻxtaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Uskunalarni boʻlaklarga ajratish va yigʻishda belgilangan maqsadga nomuvofiq boʻlgan va oʻlchami toʻgʻri kelmaydigan asboblardan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Elektrotexnik qurilmalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Barcha qoʻllaniladigan elektr jihozlari (mashinalar, apparatlar, oʻlchov asboblari, simlar kabellar va boshqalar) xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Elektr jihozlarining barcha turlari, tipi, quvvati, tok kuchi, kuchlanishi belgilangan zavod markasi va pasportiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Elektr quvvati bilan harakatga keltiriladigan elektr jihozlarining barcha turlari, shuningdek elektr qurilmalari oʻrnatilgan metall konstruksiyalar yerga ulangan boʻlishi shart. Elektr jihozlaridan yerga ulanmasdan foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Yerga ulanganlikni tekshirish bir yilda bir marta oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Kuchli (asosiy) qurilmalarni harakatga keltiruvchi rubilniklarni tok oʻchirgichlar va yorugʻlik rubilniklari yoniga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Boshqa xonadan boshqariluvchi havo kiritish va soʻrish ventilyatsiyasi elektr dvigatellari kamerasiga toʻsiqlar bilan himoyalangan qoʻshimcha uch polyusli rubilniklar oʻrnatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Elektr jihozlari va yoritgichlarni tozalash, changini artish va taʼmirlash faqat elektr quvvati oʻchirilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Elektr jihozlarini tuzatish va taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Muzlatgich qurilmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Muzlatgich qurilmalarini ishlatishda mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Kompressor yaqinida koʻrinarli joyda freon muzlatgich qurilmalari yoki ammiakli muzlatgich qurilmalarini ishlatish boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari osib qoʻyilgan boʻlishi, shuningdek birinchi tibbiy yordam haqida, oʻt oʻchirish komandasi va tez yordamning telefon raqamlari, avtomatik qurilmalar oʻrnatilgan boʻlsa, mazkur qurilmani nazorat qiluvchi tashkilotning manzili, telefon raqami boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Isitish uskunalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Isitish uskunalariga xizmat koʻrsatish, ularni ishlatish va nazoratini olib borish boʻyicha belgilangan tartibdagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Bosim ostida ishlovchi uskunalarda yaroqsiz manometrlar, saqlovchi va havo klapanlaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Manometr siferblatida mazkur apparat ishlashi mumkin boʻlgan bosimni belgilovchi qizil chiziq oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Manometrlar korxona tomonidan har 6 oyda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi, saqlovchi klapan va produvka krani ishlovchilar tomonidan har kuni tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Har bir apparat oldida undan xavfsiz foydalanish uchun mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomasi osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Uskuna ishlayotganida uni qarovsiz qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Korxona rahbari yoki mexanigining ruxsatisiz issiqlik uskunalari, kommunikatsiyalarni taʼmirlash, shuningdek armaturani taʼmirlash, sozlash va montaj qilish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Bosim ostida ishlaydigan uskuna kapital taʼmirlanganidan soʻng texnik dalolatnoma rasmiylashtirilib, ikki hissali bosim ostida gidravlik sinovdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Qattiq yoqilgʻida qizitiluvchi ovqat pishirish plitalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Yangi loyihalanayotgan va qayta qurilayotgan oshxonalarda qattiq yoqilgʻida qizitiluvchi plitalar uchun oshxonadan pardevor bilan ajratilgan alohida eshikli oʻtxona qurish tavsiya etiladi. Koʻmirda ishlovchi plitalar uchun bunday xonaning qurilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Plitani yoqishda kerosin, benzin va boshqa tez alangalanuvchi suyuqliklardan foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Yoqilgʻi (koʻmir va boshqalar) uchun maxsus taralar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Qattiq yoqilgʻida qizitiluvchi plitalar oldida ulardan xavfsiz foydalanish uchun mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomasi osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Gazda ovqat pishirish apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Gaz apparaturasiga xizmat koʻrsatish gazda ovqat pishirish apparatidan foydalanish boʻyicha belgilangan tartibdagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning bilimlari har yili takroriy tekshirishdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Har bir apparat oldida kelayotgan gaz liniyasida kran boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Gorelkani yoqishdan avval xonani va yonish kamerasini shamollatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Xonani shamollatish uchun soʻruvchi ventilyatsiya yoqiladi, agar u yoʻq boʻlsa, fortochkalar va eshiklar ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Ishlayotgan apparatlarni qarovsiz qoldirish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Gaz kommunikatsiyasi, apparatlari yoki avtomatikasi buzilganida, shuningdek gaz hidi sezilganida gaz boʻyicha chilangarni chaqirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Xonada gaz hidi sezilsa, elektr chiroqlari, ventilyatorlar va boshqa elektr asboblarini yoqish va oʻchirish, shuningdek olov yoqish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Apparatlar ishi tugatilganidan soʻng gorelka kranlari, umumiy gaz krani va apparat shiberini yopish lozim. Bundan tashqari oshxonada ish tugaganida hisoblagich oldidagi umumiy gaz kranini yopish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Bugʻda ovqat pishirish apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Apparat ishlayotgan vaqtda doimo manometrga qarab, bugʻ bosimini kuzatib turish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Bugʻ oʻtkazuvchi va kondensat quvur oʻtkazgichlari izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Bugʻda pishiruvchi apparatura qaytish liniyalari kondensatsion tuvaklarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidravlik zarblarning oldini olish uchun kondensatsion tuvakning ishlashini doimo kuzatib turish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kondensatsion tuvak davriy tarzda kondensatni tushirib turishi va bugʻ chiqarmasligi kerak. Tuvak notoʻgʻri ishlaganida mexanikni chaqirish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Elektr isitgich apparatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Elektr isitgich apparatlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish pasport va yoʻriqnoma koʻrsatmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga binoan amalga oshirilishi shart.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Har bir elektr isituvchi apparat uni ishlab chiqargan korxonaning nomi, apparatning raqami, tok kuchlanishi, isteʼmol quvvati koʻrsatilgan pasportga, shuningdek foydalanish va koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Yoquvchi moslamalar apparatni tezlikda va xavfsiz yoqib oʻchirilishini taʼminlagan holda bevosita ish joyi yaqinida oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Elektr isitgich apparatlariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni joriy taʼmirlash faqat elektr mexaniklar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Plitalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Plita toʻshamasi tekis va silliq boʻlishi kerak. Toʻshamasi deformatsiyalangan plitani ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plita bort yuzalari va tutqichlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Duxovka eshikchalarining tutqichlari yaxshi izolyatsiya qilingan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Qizdirilgan plitalarning toʻshamasi yoki konforkalarini suv bilan sunʼiy sovutishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Suv qaynatgichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Qaynatgichni ishlatish uchun yoqishdan avval unga suvning kirayotganligi, hamda suv bilan toʻldirilganligiga, suzuvchi klapanning normal ishlashiga, shuningdek issiq suvning chiqishidagi joʻmrakning ochilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Qaynatgichga sovuq suv kelishi toʻxtab qolganida ishni zudlik bilan toʻxtatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Qaynatgichning signal trubkasini yopish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Qaynatgich ishlayotganida kuzatuv ostida boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Zarblar, bugʻlanish va kuchli shovqin paydo boʻlganida, zudlik bilan qaynatgich ishlashini toʻxtatish va mexanikni chaqirish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Sogʻliqni saqlash muassasalari va korxonalarining oshxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 10-mart

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 10-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 10-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 205-modda; 2010-y., 40-41-son, 350-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 15.06.2023-y., 10/23/1940-2/0376-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)