Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 24.09.2004 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.09.2004 yildagi 445-son
Date of entry into force
24.09.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PLASTIK KARTOChKALAR ASOSIDA HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga haq toʻlashda foydalanish, shuningdek pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va respublika tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1-ilovaga* muvofiq 2006-yil oxirigacha tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitob qilish tarmogʻini kengaytirishning prognoz jadvali maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Banklar uyushmasi uch oy muddatda Banklararo protsessing markazi negizida savdo va xizmatlar sohasi tashkiloti yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bankda xizmat koʻrsatilishidan qatʼi nazar, barcha savdo shoxobchalarida bank operatsiyalarini yagona rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Yagona umumrespublika protsessing markazini tashkil etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, plastik kartochkalardan foydalanib tovarlarni sotishda va xizmatlar koʻrsatishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan beriladigan terminal cheklari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar koʻrsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar kvitansiyalar, talonlar, chiptalarga hamda tovarlar va xizmatlarga haq toʻlanganligini tasdiqlovchi ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Chakana savdo korxonalariga yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari boʻyicha tovarlarni oylik tovar aylanishi hajmida sotuvlar ulushi cheklanmagan holda sotishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Plastik kartochkalarning emitentlari boʻlgan tijorat banklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 1-yanvargacha barcha filiallar, minibanklar va jamgʻarma kassalarida toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish boʻyicha terminallar oʻrnatsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son — 2020-yil 18-apreldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terminal tarmogʻining uzluksiz ishlashi va plastik kartochkalardan foydalangan holda oʻz mijozlariga koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalari va plastik kartochkalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalardan, shuningdek dasturiy taʼminot sifatidagi mol-mulkdan 2005-yil 1-yanvardan 2014-yil 1-yanvargacha mulk soligʻi toʻlashdan;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
plastik kartochkalar, sarflanadigan materiallar, grafik va elektron shaxslashtirish qurilmalari, terminallar, bankomatlar va plastik kartochkalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalarni import qilishda 2014-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 12-iyuldan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklariga oid qismi boʻyicha mulk soligʻidan, shuningdek ular import qilinganda bojxona toʻlovlari toʻlashdan;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Banklar uyushmasi Mahalliylashtirish dasturi doirasida respublikada oʻz materiallari negizida mikrochiplari boʻlgan plastik kartochkalar va toʻlov terminallari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish yuzasidan 2004-yil oxirigacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 24-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
445-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan bankomatlar, toʻlov terminallari, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalardan mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 1-yanvardan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha — bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalariga va toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarga, shuningdek dasturiy taʼminlashga oid qismi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 12-iyuldan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha — oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklariga oid qismi boʻyicha mulk soligʻi toʻlashdan ozod etilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Mol-mulk qiymatini va soliq summasini hisoblab chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bankomatlar, terminallar, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalari va toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar, shuningdek dasturiy taʼminlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va boʻshab qoladigan mablagʻlarni hisobga olish maqsadida tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan yilning har choragida mazkur Nizomga ilovaga muvofiq tegishli mol-mulkning qiymati hisob-kitobi tuziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk tarkibiga balansda turgan quyidagi mol-mulk:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish boʻyicha terminallar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish va maʼlumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommutatsiya uskunalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kart-riderlar (plastik kartochkalarni oʻqish va yozish uchun qurilma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qoʻyish qurilmasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilayotgan axborotni shifrlashda foydalaniladigan uskuna kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymatini hisoblab chiqish tijorat banklari tomonidan banklarning barcha filiallarini hisobga olgan holda jamlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha respublika soliq xizmati organlariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mulk soligʻini hisoblab chiqish tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 25-son va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2002-13-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 11-martda 1107 raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Boʻshab qoladigan mablagʻlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Boʻshab qoladigan mablagʻlarning buxgalteriya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 29-son, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2005-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 01-02/8-3-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 2-aprelda 1463 raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkning qiymati va qoʻllanilayotgan imtiyozlar summasi toʻgʻri aniqlanishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanuvchi mol-mulkdan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazining toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanadigan mol-mulki roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

№‎

Mol-mulk nomi‎

Mol-mulkning
‎qoldiq qiymati‎

1.‎

Bankomatlar‎

2.‎

Toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun terminallar‎

3.‎

Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish hamda maʼlumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar‎

4.‎

Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar‎

5.‎

Kommutatsiya uskunalari‎

6.‎

Kart-riderlar (plastik kartochkalarni oʻqish va yozish uchun qurilma)‎

7.‎

Shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qoʻyish qurilmasi)‎

8.‎

Berilayogan axborotlarni shifrlash uchun foydalanadigan uskunalar‎

9.‎

Oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari‎
Hammasi:‎
‎‎
‎200___y. “_____” ____________________________‎
‎‎Rahbar _____________________________________________________________‎

(imzo)‎

‎‎Bosh buxgalter‎______________________________________________________

(imzo)‎ ‎

(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori asosida 9-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 425-modda; 2006-y., 24-son, 219-modda; 2007-y., 33-34-son, 345-modda; 2008-y., 20-21-son, 177-modda; 2010-y., 16-son, 124-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)