Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020 06.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1900
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 06.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1900
Date of entry into force
16.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MOBIL ALOQA XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1900]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq mobil aloqadan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish tartibi hamda shartlarini, mobil aloqa tarmogʻi operatorlari va foydalanuvchilarining huquq hamda majburiyatlarini, shuningdek, ularning javobgarliklarini belgilash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 4-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 4-yanvardagi 2-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 219-modda), “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda) va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 170-modda) qonunlariga muvofiq, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish hamda uni koʻrsatish tartibi va shartlarini, mobil aloqa tarmoqlari operatorlari va abonentlarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ularning javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar mobil aloqa abonentlari (bundan keyin matnda abonentlar deb yuritilada) va mobil aloqa tarmoqlari operatorlari (bundan keyin matnda operatorlar deb yuritiladi) foydalanishi uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent — mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishi uchun operator bilan shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent raqami — mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishi uchun shartnomaning amal qilish davrida abonentga operator tomonidan ajratiladigan raqam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent qurilmasi — abonentga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi mobil aloqa tarmogʻining oxirgi uskunasi, elementi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarifikatsiya birligi — operator tomonidan belgilangan tarifikatsiya tizimiga bogʻliq boʻlgan koʻrsatiladigan xizmatning toʻlanadigan birligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatish zonasi — operator litsenziya bitimi asosida aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladigan va normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻrnatilgan shartlarga javob beradigan xizmatlar sifatini taʼminlash uchun texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — mobil aloqa tarmogʻiga ega boʻlgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil aloqa tarmogʻi — abonentlarga mobil aloqa (telefon, maʼlumotlarni uzatish va boshqalar) xizmatlarini koʻrsatuvchi texnik vositalar (kommutatsion va radiouskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va sh. k.) majmui. Mobil aloqa tarmoqlariga aloqaning mobil radiotelefon (sotali, trank, lokal-trank, radial-zona, global shaxsiy mobil yoʻldoshli) tarmoqlari kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik avariya — tarmoq va mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish harakati toʻxtatilishiga olib keladigan avariya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarif rejasi — operator bir yoki bir nechta mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishni taqdim etadigan baholi shartlar jami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SIM-karta — abonent qurilmasining identifikatsiyasini, uning mobil aloqa tarmogʻidan foydalanishni, shuningdek abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoyani taʼminlanishi yordamida qurilgan mikrosxemali identifikatsion modul.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq operatorlarning faoliyati belgilangan tartibda olingan litsenziya asosida hamda operator va litsenziya beruvchi organ oʻrtasida tuzilgan litsenziya bitimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishda operatorlar hamda telekommunikatsiya tarmoqlarining boshqa operatorlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mobil aloqa xizmatlari operator va abonent oʻrtasida tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Abonent operatordan mobil aloqaning abonent qurilmasini sotib olishi yoki ijaraga olishi yoxud oʻzining shaxsiy abonent qurilmasidan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Foydalanilayotgan abonent qurilmasi Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlarga muvofiq, uskunaning ushbu turiga qoʻyiladigan belgilangan texnik talablarga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ “Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda (2007-yil 27-noyabr, roʻyxat raqami 1743 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda) belgilangan tartibda mobil aloqaning istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Operatorlar odamlarning dengizdagi, yerdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni oʻtkazishga taalluqli xabarlar, shuningdek yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlar haqidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik taqdim etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Operatorlar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon soʻzlashuvlari va boshqa xabarlar, shuningdek ularga taalluqli boʻlgan barcha maʼlumotlar sir tutilishiga rioya qilishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telefon soʻzlashuvlarini eshitish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan xabarlar bilan tanishish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishga, shuningdek soʻzlashuvlar sirlariga doir boshqa cheklanishlariga qonun bilan belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Operator shartnomani bajarish tufayli unga oshkor boʻlgan abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, abonentning roziligisiz uchinchi shaxslarga berishi yoki tarqatishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Abonentlarga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Abonentlarga operator tomonidan koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlarining roʻyxati operatorga tegishli boʻlgan mobil aloqa tarmogʻining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda operator tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Abonentlarga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlari shartnoma shartlariga, shuningdek operatorning xizmatlar toʻgʻrisida axborotiga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Operator abonentga mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini taʼminlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Operator axborot-maʼlumot xizmat tizimini yaratishga va pulli hamda bepul axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Operator tomonidan koʻrsatiladigan bepul xizmatlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) operator tomonidan taqdim etiladigan mobil aloqa xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) operatorning mobil aloqa tarmogʻiga xizmat koʻrsatish zonasi toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mobil aloqa xizmatlariga tariflar toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) abonent shaxsiy hisob raqamining holati toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) axborot-maʼlumot xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) operator (filiallari)ning rekvizitlari (joylashgan oʻrni) va ish tartibi toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) abonentdan texnik nosozliklar, SIM-karta yoki abonent qurilmasi yoʻqolganligi (SIM-kartalardan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun), abonentning shaxsiy maʼlumotlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida axborot berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bepul axborot-maʼlumot xizmatlarining roʻyxati operator tomonidan mustaqil kengaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Operator pulli axborot-maʼlumot xizmatlarining roʻyxatini mustaqil ravishda belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Operator taqdim etiladigan xizmatlar, ularni taqdim etish va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tartibi, ushbu xizmatlarga tariflar, mobil aloqadan foydalanishda cheklanishlar toʻgʻrisida abonentlarni, shuningdek mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomani tuzish istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarni xabardor qilishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tariflar, xizmat koʻrsatish tartibi, hisob-kitoblar shakli va tartibi oʻzgargan holda, operator abonentlarni bu haqda ommaviy axborot vositalari va (yoki) oʻzi tanlagan boshqa usulda xabardor qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator tarmogʻida mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishining toʻxtatilishiga olib keladigan yirik avariyalar yuz berganda, operator abonentlarni bu haqda, shuningdek xizmatlarni koʻrsatish tiklanishining taxminiy muddatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Operator har bir abonentga tegishli xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan yagona raqamlarni abonent tomonidan terish yordamida favqulodda tezkor xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini taʼminlashi kerak. Favqulodda tezkor xizmatlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yongʻinga qarshi yordam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ichki ishlar organlari (militsiya);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tez tibbiy yordam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) gaz tarmogʻining avariya xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma tuzish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mobil aloqa tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash va mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish operator va abonent oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma ikki tomonlama shartnoma boʻlib, u tuzilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Abonent va operator oʻrtasidagi shartnoma maʼlum muddatga yoki uni koʻrsatmasdan tuzilgan boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shartnomada quyidagilar aks etgan boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shartnoma predmeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shartnoma tuzilgan sana va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) operator nomi (firma nomi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) operatorning bank rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari — jismoniy shaxs uchun, nomi (firma nomi), bank rekvizitlari, joylashgan yeri — yuridik shaxs uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) operatorga raqamlash zaxirasidan ajratilgan abonent raqamini abonentga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) shartnomani tuzishda abonent tomonidan tanlangan xizmatlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) hisob-kitoblar tartibi, muddatlari va shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) hisobni yetkazib berish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) tomonlar huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomadagi abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar qoʻshimcha toʻlov undirilmasdan kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga zid kelmaydigan boshqa shartlar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Operator abonentni alohida haq evaziga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishga majburlashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Operator bitta xizmatni koʻrsatish texnologik jihatdan boshqa xizmat bilan shart qilib qoʻyilgan holatdan tashqari, mobil aloqaning bitta xizmatini koʻrsatish uchun aloqaning boshqa xizmatlarini koʻrsatishni shart qilib qoʻyishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) abonentning tashabbusi boʻyicha, bekor qilish sababi koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) operatorning tashabbusi boʻyicha, ushbu Qoidalar yoki shartnoma shartlarida belgilangan talablar abonent tomonidan buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) agar abonent — jismoniy shaxs vafot etganda yoki abonent — yuridik shaxs tugatilganda tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat organining hujjat qabul qilishi natijasida tomonlarning oʻz majburiyatlarini bajarish imkoni boʻlmay qolgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) shartnomada yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Shartnoma bekor qilinganda, tomonlar oʻzlarining barcha majburiyatlari boʻyicha hisob-kitoblarini amalga oshirishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Operatorning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) abonentlarga xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) abonent tomonidan shartnoma shartlari buzilgan hollarda xizmatlarni toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mobil aloqa tarmogʻida xabarlarni uzatishda xavfsizlikni taʼminlash va tarmoq abonentlariga koʻrsatilayotgan xizmatlarning tegishli sifatini taʼminlash maqsadida, normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishining toʻxtatilishi nazarda tutilgan texnik tadbirlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) abonentning aybi bilan koʻrilgan moddiy zarar qoplanishini talab qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Operator quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻz faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlariga va mazkur Qoidalarga hamda mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xizmat koʻrsatish zonasida mobil aloqa tarmogʻining ishini foydalanilayotgan standartning texnik normalariga muvofiq taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mobil aloqa xizmatlarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrsatilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) koʻrsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) shartnomada belgilangan muddatlarda koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisoblarni berish, ularni abonentlarga shartnomada koʻrsatilgan usul bilan taqdim etish, abonentlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) abonentdan toʻlov olingandan keyin, abonentga mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishini tiklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) abonentning talabi boʻyicha abonent shaxsiy hisobvaragʻidagi oʻzaro hisob-kitoblarning joriy holati toʻgʻrisidagi batafsil axborotni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishi toʻxtagan hollarda, abonent tomonidan operatorning aybi bilan xizmatlar koʻrsatilmagan vaqt uchun operatorga ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab, abonent toʻlovini qayta hisoblab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) abonentning yozma arizasi boʻyicha, agar abonent uchun boshqa maqbul usul operator tomonidan belgilanmagan boʻlsa, SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) yoʻqolganda, xizmatlarning koʻrsatilishini zudlik bilan toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) abonentlarning shikoyatlarini 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatorga qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklatilgan boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Operator abonentlarga quyidagi axborotni taqdim etishga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) koʻrsatilayotgan xizmatlarning roʻyxati, shuningdek ularni koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xizmat koʻrsatish zonasi oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yangi tariflar joriy qilingunga qadar kamida 10 kun oldin xizmatlarga tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisida, agar bu oʻzgartirishlar abonent holatini yomonlashtirsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) abonentlarga xizmat koʻrsatish punktlari ish rejimi oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oʻz rekvizitlarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Abonentning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Abonent quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) amaldagi tariflarga, xizmatlar tavsifi va xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarga, shuningdek operator tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarga muvofiq shartnomada koʻzda tutilgan mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) operatordan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) operator axborot-maʼlumot xizmatining xizmatlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) barcha amalga oshirilgan ulanishlarning sanasi va vaqti, ularning davomiyligi va abonent raqamlarini koʻrsatgan holda, operator tomonidan belgilangan tartib va shartlarda barcha xizmat turlari boʻyicha batafsil hisobni bepul olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ushbu Qoidalarning talablari va shartnoma shartlariga rioya qilgan holda, shuningdek muayyan hududda (aeroport, samolyot, antenna maydoni va boshqalar) amal qiladigan alohida qoidalarni hamda toʻsqinlik qilishi yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarda (tibbiyot muassasalari, yoqilgʻini saqlash va qayta yuklash hududi, portlash ishlarini oʻtkazish joylarida va boshqalar) cheklanishlarni hisobga olgan holda, istalgan abonent qurilmasidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda mobil aloqa xizmatlaridan bepul foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) unga roziligisiz taqdim etilgan xizmatlar uchun toʻlovini toʻlashni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) operator tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar boʻyicha takliflar va eʼtirozlar bilan operatorga murojaat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) operator aybi bilan koʻrilgan zararlarni qoplanishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) operator xizmatlaridan foydalanishni toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) shartnomada koʻzda tutilgan tartibda operator bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) operator shartnomani bajarmasa yoki xizmatlar shartnomada koʻrsatilgan muddatda koʻrsatilmasligi aniq boʻlsa, shartnomani bajarishdan bosh tortish va zararlarni qoplashni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) operator tomonidan, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining yomonlashishiga olib keladigan darajada shartnoma shartlaridan jiddiy chetga chiqishga yoʻl qoʻyilgan yoki boshqa jiddiy kamchiliklar yuzaga kelgan hollarda, oʻz xohshiga koʻra: kamchiliklarni bepul bartaraf etish, koʻrsatilgan xizmatlar narxini mos ravishda kamaytirish, takroran xizmatlarni koʻrsatish, keltirilgan zararlarni toʻliq qoplagan holda shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Abonent quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Qoidalarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shartnoma shartlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) operatorga SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartalardan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) yoʻqolganligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabar berish. Abonent tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, u yoʻqotilgan SIM-karta yoki abonent qurilmasidan (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) foydalangan holda olingan operator tomonidan koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlariga toʻlov boʻyicha, operator abonentning ularning yoʻqolganligi va xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatish istagi toʻgʻrisidagi arizasini olgan kunigacha majburiyatga ega, agar abonent uchun qulay boʻlgan xabar qilishning boshqa usuli operator tomonidan koʻzda tutilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 30 kun davomida operatorga maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi — jismoniy shaxs uchun, nomi (firma nomi), joylashgan yeri — yuridik shaxs uchun) oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Abonentlar bilan hisob-kitoblar va mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Abonentlar bilan hisob-kitoblar va mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi mobil aloqa xizmatlariga tariflar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mobil aloqa xizmatlariga tariflar operatorlar tomonidan shartnoma asosida mustaqil belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mobil aloqa tarmogʻi boʻyicha ulanish davomiyligining tarifikatsiya birligi operator tomonidan belgilanadi. Tarifikatsiya birligi bir minutdan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ulanishning davomiyligini hisobga olish operator tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Toʻlov miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan mobil aloqa tarmogʻi boʻyicha ulanish davomiyligi chaqiriluvchi abonent yoki abonent javob bergan deb tenglashtirilgan javob signali boʻlgan uskuna javob bergan sekunddan boshlab chaqiruvchi yoki chaqiriluvchi abonent yoki shu uskuna soʻzlashuvi tugagan vaqtgacha hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator tomonidan belgilangan minimal hisoblangan vaqt birliklarida hisoblangan ulanishlar davomiyligi toʻliq birlikkacha yaxlitlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator ushbu Qoidalarga nisbatan abonent holatini yomonlashtirmaydigan mobil aloqa xizmatlarining tarifikatsiya qoidalarini mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mobil aloqa xizmatlariga tariflar mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlarining toʻplamiga tariflar (tarif rejalari) koʻrinishida belgilanishi mumkin. Tarif rejasi bir kecha-kunduz vaqt, hafta kunlari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari boʻyicha, shuningdek koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlarining toʻplami va hajmi boʻyicha differensiyalangan tariflar belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning quyidagi turlari qoʻllanilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) abonentning aniq (hisobot) davri uchun toʻlov miqdori haqiqiy olingan mobil aloqa xizmatlarining hajmiga bogʻliq boʻlmagan doimiy kattalik hisoblanadigan abonentlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) abonentning toʻlov miqdori hisobot davri davomida taqdim etilgan abonentning tashabbusi bilan amalga oshirilgan ulanishlar davomiyligining summasiga bogʻliq boʻlgan vaqtbay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) toʻlov miqdori amalda koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlari uchun aniqlanadigan har bir koʻrsatilgan mobil aloqa xizmati uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning bir nechta turlarini birga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Mobil aloqa xizmati uchun toʻlov tarifikatsiyaning birlik miqdori bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Chaqiriluvchi shaxsning javobiga tenglashtirilgan va ulanish davomiyligining hisobi boshlanadigan javob signaliga ega abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) axborotni avtomatik qabul qilish rejimida ishlaydigan modem yoki faksimil apparat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) avtojavob bergich bilan jihozlangan istalgan abonent qurilmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chaqiriluvchi shaxs boʻlmagan vaqtda axborot bilan almashish imkoniyatini taʼminlaydigan (yoki imitatsiyalaydigan) boshqa abonent qurilmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Operator koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari uchun hisob-kitob davrini mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Hisob-kitoblar shakli va tartibi texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda operator tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek hisobotlarning avans yoki kredit shakli boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlarini hisoblash uchun tegishli xizmatlarni koʻrsatish vaqtida amalda boʻlgan tarifdan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Abonentlar bilan barcha hisob-kitoblar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartib va shartlarda olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari uchun hisob-kitoblar amalga oshirilganda, xorijiy valyuta, shuningdek xorijiy valyutada toʻlov hujjatlaridan foydalanishga qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Abonent tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunida, ushbu Qoidalar va shartnomada belgilangan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha talablar buzilgan holatlarda, buzilishlar bartaraf etilgunga qadar operator mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishini toʻxtatish huquqiga ega. Bunda, mobil aloqa tarmogʻidan foydalana olish va abonent tomonidan favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirish imkoniyati saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Operator tomonidan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻxtatilgandan keyin abonent shartnoma va qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatda aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish huquqiga ega. Aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Taqdim etilgan mobil aloqa xizmatlarini kredit bilan toʻlash muddatini operator mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi uchun mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni operatorga yetkazish uchun foydalaniladigan, belgilangan usul bilan kodlangan axborotga ega oldindan toʻlov kartasidan (bundan keyin matnda — karta deb yuritiladi) foydalanish mumkin. Kartada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kartani chiqargan operatorning nomi (firma nomi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) toʻlanganligini karta tasdiqlaydigan toʻlov miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kartaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) operatorning maʼlumot (bogʻlanish) uchun telefonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) kartadan foydalanish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) kartaning identifikatsiya raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Shartnoma bekor qilingan hollarda, abonent avans sifatida kiritilgan pul mablagʻlarini qaytarish uchun operatorga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda, operator pul mablagʻlarining foydalanilmagan qoldigʻini qaytarishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Tomonlarning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Operator va abonent Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Abonent huquqini cheklab qoʻyadigan va qonun hujjatlariga zid keladigan shartnoma shartlari haqiqiy emas deb topiladi. Agar ularning qoʻllanilishi natijasida abonentga zarar yetkazilsa, ular operator tomonidan qonun bilan belgilangan tartibda qoplanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Operator tuzilgan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun quyidagi holatlarda abonent oldida javobgardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mobil aloqa tarmogʻidan foydalana olishni taʼminlash muddatlarining buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shartnomada belgilangan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish muddatlarining buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) shartnomada koʻrsatilgan va abonent tomonidan talab qilingan mobil aloqa xizmatlarining barcha turlarini koʻrsatmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mobil aloqa xizmatlarini sifatsiz koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq axborotni taqdim etilmaganligi, toʻliq taqdim etilmaganligi yoki kechiktirib taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) shartnomani bajarish natijasida operatorga maʼlum boʻlgan abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tarqalishini cheklash toʻgʻrisidagi talablarning buzilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa holatlarda ham javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Xizmatlarni koʻrsatish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari shartnomada belgilanadi. Koʻrsatilayotgan xizmatlarning kamchiliklari abonent tomonidan daʼvo berilgan kundan boshlab 20 kun davomida operator tomonidan bartaraf etilishi kerak (agar bunda qisqa muddat shartnomada belgilanmagan boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Obyektiv sabablarga koʻra operator kamchiliklarni bartaraf etmasa, ushbu muddat uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Agar majburiyatlarning bajarilmaganligi yengib boʻlmaydigan kuch natijasi boʻlsa yoki abonentning aybi bilan yuz bergan boʻlsa, operator abonent oldida javobgarlikka ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 26-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 67-modda)