Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025 27.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1743
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 27.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1743
Date of entry into force
07.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING HUKUMAT ALOQASI XIZMATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FAVQULODDA HOLATLARDA TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARI VA VOSITALARIDAN USTUVOR FOYDALANISH, ULARDAN FOYDALANISHNI TO‘XTATIB QO‘YISH YOKI CHEKLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda 1743-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son Qarorining 4-bandiga asosan qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilingan favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror bajarilishining nazoratini o‘z zimmamizda qoldiramiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
02-8/3191-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati boshlig‘i T. ASLANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vaziri K. BERDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining
2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3191, 16, 133, 9, 207, 18-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatlar — harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish — boshqa foydalanuvchilarga nisbatan telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanish uchun birinchi navbatdagi huquq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish — favqulodda holatlar bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish vaqtida boshqa foydalanuvchilar tomonidan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni cheklash — favqulodda holatlar bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish vaqtida boshqa foydalanuvchilar tomonidan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni qisqartirish (telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining rejimlari, ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiyalar xizmatlarining hajmlarini o‘zgartirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Favqulodda holatlarda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarining istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning ishlashini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 42-mh, 10, 61, 7, 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1743-1, 12.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 445-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (keyingi o‘rinlarda — maxsus iste’molchi deb yuritiladi) favqulodda holatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ko‘rish imkoniyatini ta’minlash, favqulodda holatlar yuzaga kelganda davlat boshqaruvi, milliy xavfsizlik, mudofaa va huquq-tartibotni qo‘riqlash bo‘yicha vazifalarni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 42-mh, 10, 61, 7, 24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1743-1, 12.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 445-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Favqulodda holatlar vaqtida vaziyatga bog‘liq holda maxsus iste’molchilar bo‘linmalarini aloqa bilan ta’minlash navbati faqat birinchi va ikkinchi navbatning aloqalari bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda aloqa kanallari va vositalarini ajratish tasdiqlangan navbatchilik ro‘yxati (ko‘chirma)da belgilanganligiga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish va cheklash telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalariga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, telekommunikatsiyalar operatorlari, idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlari egalari texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda, maxsus iste’molchilarga aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar liniyalari, telekommunikatsiyalar vositalari, shu jumladan oxirgi (terminal) uskunani qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda foydalanishga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Telekommunikatsiyalar operatorlari, idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarining egalari favqulodda holatlar, favqulodda holatlar oqibatlari bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazish, davlat boshqaruvi, huquq-tartibotni qo‘riqlash, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligiga taalluqli barcha xabarlarga mutlaq ustuvorlikni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun bo‘sh telekommunikatsiya vositalari mavjud bo‘lmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmoqlarida o‘ta yuklanishning oldini olish maqsadida trafikni cheklash zarur bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatlar mintaqalarida ishga jalb qilinadigan radioelektron vositalar ishida elektromagnit moslashuvni ta’minlash zarur bo‘lganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tegishli maxsus iste’molchining asoslangan takliflariga binoan maxsus iste’molchilar bilan o‘zaro hamkorlikda qabul qilinadi. Ushbu takliflar Vazirlikka telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalangan holda yetkaziladi hamda zudlik bilan ko‘rib chiqiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 121-mh, 8, 57, 6, 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1743-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 275-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Takliflarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining favqulodda holatlar mintaqalarida aloqa xizmatlariga ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligi va yetarliligining asoslantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar liniyalari va vositalari, jumladan oxirgi (terminal) uskuna, radiochastotalarning qo‘shimcha diapazonlari (polosalari)ga nisbatan ehtiyoj;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish va cheklash yoki ularni taqdim etish vaqti hamda muddatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining favqulodda holatlar zonasida aloqa xizmatlariga ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligi va yetarliligini asoslagan holda, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish va cheklash to‘g‘risidagi takliflar bir kun davomida hujjatlarni uzatishning istalgan usullaridan, shu jumladan elektron raqamli imzodan foydalangan holda, hujjatlar bilan maxsus iste’molchining rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Favqulodda holatlar mintaqasida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining holatini tahlil qilish asosida Vazirlik telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi. Qabul qilingan qaror farmoyish bilan rasmiylashtiriladi va telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan favqulodda holatlar zonasida joylashganlarga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu farmoyish Vazirlik rahbari tomonidan imzolanadi va telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalangan holda, telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga yetkaziladi hamda zudlik bilan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, aloqani tashkil qilish zarur bo‘lganda, favqulodda holatlar vaqtida hududda barcha aloqa tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash, ularning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish va tiklash bo‘yicha vakolatlari uchun javobgarlarni belgilaydi hamda buni ko‘rsatilgan farmoyishda belgilaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 121-mh, 8, 57, 6, 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1743-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 275-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Favqulodda holatlar vaqtida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi farmoyishda cheklashlar (taqiqlashlar)ning amal qilish muddatlari belgilanadi. Zarur bo‘lganda telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash muddatini farmoyishda ko‘rsatilgandan ortiq muddatga uzaytirishni Vazirlik tegishli qaror bilan qabul qiladi va uni ushbu Nizomda belgilangan tartibda yetkazadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 121-mh, 8, 57, 6, 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1743-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 275-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Favqulodda vaziyatlar vaqtida ushbu Nizomning talablari bajarilishini rad etish, kechiktirish yoki bajarilishiga qarshi harakat qilish holatlarida yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda; 2013-y., 33-son, 445-modda; 2015-y., 21-son, 275-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)