Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2019 24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1889
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining buyrugʻi, 24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1889
Date of entry into force
03.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2019
Hujjat 10.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Intellektual mulk agentligining APELLATSIYA KENGAShIGA APELLATSIYALAR VA ARIZALARNI TOPShIRISh HAMDA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
(buyruqning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1889]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3190, 30.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2003-yil 11-noyabrdagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalarni topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2003-yil 24-dekabr, roʻyxat raqami 1293) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor B.A. AMONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat patent idorasi boshligʻining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
(qoidaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga (bundan keyingi oʻrinlarda Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Apellatsiya kengashiga topshiriladigan apellatsiyalar va arizalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Apellatsiya kengashiga quyidagi apellatsiyalar topshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi):
(1-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, seleksiya yutugʻi, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga patent berish toʻgʻrisidagi yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladigan muhofaza berish toʻgʻrisida yoki muhofaza berishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga patent berilishiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) integral mikrosxemalar topologiyasining roʻyxatdan oʻtkazilishiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi patentlarining haqiqiyligiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi uchun guvohnomaning, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) belgini Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi uchun hamda tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish haqida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Apellatsiya kengashiga Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalar (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi) topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan apellatsiyalar ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga talabnoma, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga talabnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalarning 1-bandi “b”“i” kichik bandlarida koʻzda tutilgan apellatsiyalar manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalarning 2-bandida nazarda tutilgan ariza oʻz tovar belgisini Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi deb hisoblagan shaxs tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Apellatsiyalar va arizalarni topshirish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Qoidalarning 1 va 2-bandlarida koʻzda tutilgan apellatsiyalar yoki arizalarni berish bilan bogʻliq harakatlarni koʻrsatilgan shaxslar shaxsan oʻzlari yoki vakillari, shu jumladan Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy istiqomat qiladigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari yoki ularning vakillari basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, apellatsiyalar yoki arizalarni berish bilan bogʻliq harakatlarni, shu jumladan Apellatsiya kengashi yigʻilishlarida qatnashishni oʻz vakillari, shuningdek Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vakilning, tegishli hollarda patent vakilining vakolatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan va vakolatlarning hajmi koʻrsatilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Apellatsiya yoki ariza ixtiyoriy shaklda tuziladi va umumiy qabul qilingan texnika vositalarida (yozuv mashinkasi, shaxsiy kompyuter va hokazolarda) bosilgan koʻrinishda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Apellatsiya yoki arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) apellatsiya yoki ariza bergan yuridik shaxslar uchun — uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (toʻliq manzili) va boshqa maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga talabnoma, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga talabnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomaning raqami yoki apellatsiya oid boʻlgan obyektga berilgan muhofaza hujjatining, shu jumladan belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish raqami.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 2-bandida koʻzda tutilgan arizada tovar belgisiga guvohnomaning yoki uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan talabnomaning roʻyxat raqami koʻrsatiladi. Ariza Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy muhofazaga ega boʻlmagan belgiga oid boʻlsa, arizaga “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) muvofiq tayyorlangan tovar belgisi namunasi ilova qilinadi.
(7-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ustidan shikoyat berilgan qarorning qonunga zidligi, patent, guvohnoma berilganligi yoki huquqiy muhofaza berilganligi qonunga zidligining asosi, apellatsiya beruvchi shaxsning barcha sabab va dalillari, taklif etilgan obyektning unga qarshi quyilgan barcha obyektlar bilan taqqoslangan tahlilini (muhofaza hujjati berish rad etilganda) apellatsiya oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “g”“z” kichik bandlarida koʻzda tutilgan apellatsiyalarga qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan holda, ular patent, guvohnoma yoki huquqiy muhofaza berishni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb tan olish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan sabablarni oʻzgartirmasligi yuzasidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “i” kichik bandida keltirilgan apellatsiya va/yoki unga ilova qilingan materiallar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jugʻrofiy obyektga xos boʻlgan shartlarning yoʻqolganligi haqida va/yoki Oʻzbekiston Respublikasining tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarni ishlab chiqarish imkoni yoʻqligi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el yuridik shaxslari yoki chet el fuqarolari tomonidan tovar kelib chiqqan mamlakatda ushbu tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquq yoʻqotilganligi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar Oʻzbekiston Respublikasining tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrida ushbu tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarni yoʻqotganligi haqida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 2-bandida koʻzda tutilgan ariza va unga ilova qilinadigan materiallar tovar belgisining hammaga maʼlum tovar belgisi deb eʼtirof etilganligini tasdiqlaydigan aniq maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak. Quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar shunday materiallar sifatida taqdim etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida keng foydalanilgani haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisidan foydalanilgan holda tovarlar realizatsiya qilingan aholi punktlarining roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu tovarlar realizatsiyasining hajmi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yarmarka va koʻrgazmalarda tovar belgisidan foydalanilgan mahsulotlar va/yoki xizmatlar reklamasi va taqdimotini ham hisobga olgan holda, tovar belgisidan foydalanish usuli haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar isteʼmolchilarining oʻrtacha yillik soni haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi mashhur boʻlgan mamlakatlar haqida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik belgilagan tavsiyanomalarni hisobga olgan holda, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot tomonidan tovar isteʼmolchilari orasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari haqida.
(7-bandning “v” kichik bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan uzoq vaqt davomida, uzluksiz, keng va katta hajmda foydalanilganligi isboti sifatida mahsulot sifatini nazorat qiluvchi tashkilotlar, savdo tashkilotlari, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va jamiyatlarning xulosalari (maʼlumotnomalari), deklaratsiyalar, sifat sertifikatlari va shu kabi hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada tovar belgisidan foydalanish qaysi sanadan boshlangani va ariza bergan shaxs qaysi sanadan boshlab oʻz tovar belgisini Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi sifatida eʼtirof etganligi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) apellatsiya yoki ariza bergan shaxsning apellatsiya yoki ariza mohiyati boʻyicha aniq bayon qilingan talablari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya yoki ariza apellatsiya yoki ariza bergan shaxs yoxud uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan apellatsiya yoki ariza tashkilot rahbari yoki belgilangan tartibda vakolatga ega boʻlgan shaxs tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi, imzo yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo chekayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Apellatsiya bitta ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga talabnoma yoki tovar belgisiga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomaga yoxud bitta muhofazalanadigan obyekt — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga oid boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 2-bandida koʻzda tutilgan ariza ham bitta tovar belgisiga taalluqli boʻlishi kerak. Apellatsiya materiallari ikki nusxada topshiriladi, faqat ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan apellatsiyalar va 2-bandida koʻzda tutilgan arizalar bundan mustasno ravishda bir nusxada topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan apellatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 158-modda), “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 178-modda), “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda), “Integral mikrosxemalar topologiyasining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 87-modda) qonunlarida belgilangan muddatlarda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Apellatsiya yoki arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Patent bojlari toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 151-modda) muvofiq belgilangan patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinmagan taqdirda, apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Apellatsiya yoki ariza oʻzbek yoki rus tillarida topshiriladi. Barcha qoʻshimcha materiallar, shu jumladan texnik hujjatlar oʻzbek yoki rus tillarida ikki nusxada topshiriladi. Agar qoʻshimcha materiallar boshqa tilda topshirilgan boʻlsa, apellatsiya yoki ariza bergan shaxs uch oy muddat ichida ushbu materiallarning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasini taqdim etishi lozim. Tarjima taqdim qilinmagan taqdirda, ushbu materiallar apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda eʼtiborga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Apellatsiyalar va arizalarni roʻyxatga olish hamda qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlikka kelib tushgan apellatsiya roʻyxatga olinadi va unga roʻyxat raqami beriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar apellatsiya ushbu Qoidalarning 2-boʻlimida nazarda tutilgan shartlarga javob bersa, Apellatsiya kengashiga kelib tushgan sanadan eʼtiboran un kunlik muddat ichida apellatsiya bergan shaxsga apellatsiya koʻrib chiqishga qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “b”“i” kichik bandlarida koʻzda tutilgan apellatsiyalar Apellatsiya kengashi yigʻilishi oʻtkazilgunga qadar oʻz mulohazalarini taqdim etishi haqidagi taklif bilan apellatsiya bergan shaxsga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar apellatsiya mazkur Qoidalarning 2-boʻlimida belgilangan shartlar inobatga olinmasdan topshirilgan boʻlsa, apellatsiya bergan shaxsga apellatsiyani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni uch oy muddat ichida taqdim etish taklifi bayon qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomada talab qilingan maʼlumotlar koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmasa, apellatsiya boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi va bu haqda apellatsiya bergan shaxsga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Apellatsiya bergan shaxs koʻrib chiqishning istalgan bosqichida apellatsiyani chaqirib olishi mumkin. Bu holda, apellatsiya boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yigʻilishdan oʻn kun avval tomonlarga Apellatsiya kengashi yigʻilishining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqidagi bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Qoidalarning 12—16-bandlarida belgilangan tartib Apellatsiya kengashiga topshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarga nisbatan ham qoʻllaniladi, 14-bandning ikkinchi xatboshisi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Apellatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Apellatsiyalar quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kelib tushgan sanasidan eʼtiboran ikki oy mobaynida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlariga talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning foydali modelga patent berish toʻgʻrisidagi yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning seleksiya yutugʻiga patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar, agar qoʻshimcha sinovlar oʻtkazish zarurati tugʻilmasa.
(18-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kelib tushgan sanasidan eʼtiboran toʻrt oy mobaynida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berish toʻgʻrisidagi yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladigan muhofaza berish toʻgʻrisidagi yoki muhofaza berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integral mikrosxemalar topologiyasining roʻyxatdan oʻtkazilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integral mikrosxemalar topologiyasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqidagi apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi uchun guvohnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqidagi apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan joy nomlari roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish haqidagi apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kelib tushgan sanasidan eʼtiboran olti oy mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya yutugʻiga patent berilishiga qarshi apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya yutugʻi patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalar, agar qoʻshimcha sinovlar oʻtkazish zaruriyati tugʻilmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarining Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalar Apellatsiya kengashi tomonidan ushbu arizalar kelib tushgan sanadan eʼtiboran toʻrt oy ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Apellatsiya kengashi yigʻilishini oʻtkazish sanasi tayinlanganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan tomonlar yigʻilish sanasini olti oydan oshmagan muddatga koʻchirish haqida asoslangan rasmiy iltimosnoma bilan Apellatsiya kengashiga murojaat etishlari mumkin. Bu holda, apellatsiyani koʻrib chiqishning belgilangan muddatlari oʻtishi Apellatsiya kengashi yigʻilishini oʻtkazishning yangi sanasigacha toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Muddatlar yigʻilish oʻtkazishning aniq kalendar sanasi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ish boʻyicha ish yuritish toʻxtatilishi bilan barcha oʻtib ketmagan muddatlarning oʻtishi ham toʻxtatiladi. Ish boʻyicha ish yuritish barcha zarur maʼlumotlar va/yoki materiallar olinmagunga qadar, shuningdek ularsiz apellatsiya toʻliq va obyektiv koʻrilishi mumkin boʻlmagan boshqa masalalar hal qilinmagunga qadar toʻxtatib turiladi. Ish boʻyicha ish yuritish tiklangan kundan boshlab muddatlarning oʻtishi davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Apellatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish tarkibida kamida uchta aʼzosi, jumladan raislik qiluvchisi boʻlgan Apellatsiya kengashi yigʻilishida amalga oshiriladi. Zarur hollarda, Apellatsiya kengashiga mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Apellatsiya kengashida ishni koʻrib chiqishda apellatsiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoxud jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni koʻrib chiqishda qatnashish huquqi boʻlgan va Apellatsiya kengashi yigʻilishi oʻtkaziladigan sana va joyi haqida xabardor qilingan istalgan shaxsning kelmay qolishi ishni koʻrib chiqishga toʻsiq boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi ishni koʻrib chiqishda qatnashish huquqi boʻlgan shaxslardan birortasi kelmaganligi oqibatida ushbu yigʻilishda ishni koʻrib chiqish imkoniyati yoʻqligini inobatga olib, kengash yigʻilishi oʻtkaziladigan sanani boshqa kunga koʻchirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar Apellatsiya kengashining istalgan aʼzosiga yoki butun tarkibiga nisbatan asoslangan raddiya berishi mumkin. Raddiya ishning mohiyatini koʻrib chiqish boshlangunga qadar berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raddiya Apellatsiya kengashi aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Agar raddiya qanoatlantirilsa, apellatsiya yoki ariza boshqa tarkibda koʻrib chiqiladi. Ishni koʻrib chiqishda qatnashadigan shaxslar yigʻilishning yangi sanasi va vaqti haqida ushbu Qoidalarning 16-bandida belgilangan tartibda xabardor etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Apellatsiya kengashi bir shaxs yoki bir necha shaxsning bitta obyektga — muhofazalanayotgan yoki talabnoma berilgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyasiga oid bir necha apellatsiyalari koʻrib chiqishda ekanligini aniqlasa, tomonlarning roziligini olgan holda, bu apellatsiyalarni koʻrib chiqishni bitta yigʻilishda birlashtirishi mumkin. Apellatsiya kengashining qarori har bir ish boʻyicha alohida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar arizalar bir yoki bir necha shaxslar tomonidan berilgan boʻlsa hamda ularda bitta tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisini Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi sifatida eʼtirof etish soʻralayotgan boʻlsa, Apellatsiya kengashi bir necha arizalarning koʻrib chiqilishini birlashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tomonlardan biri mazkur ish yurituvdan chiqib ketganda (apellatsiya yoki ariza bergan shaxsning vafot etishi, yuridik shaxsning tugatilishi, qayta tashkil etilishi va shu kabilar), Apellatsiya kengashi asoslangan ariza boʻyicha ushbu tomonni merosxoʻri yoki huquqiy vorislari bilan almashtiradi. Huquqiy vorislik apellatsiya jarayonining istalgan bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ishning mohiyatidan kelib chiqib, qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar taqdim etishning zarurati paydo boʻlsa, qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar uch oy ichida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar taqdim etuvchi tomonning rasmiy iltimosnomasiga koʻra, qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlarni taqdim etish muddati Apellatsiya kengashi tomonidan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Rasmiy iltimosnoma bilan soʻralgan maʼlumotlarga javob berish muddatini uzaytirish uchun uzaytirishning har bir oyi uchun belgilangan patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Bu holda, apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish muddatlarining oʻtishi uzaytirish muddati davomida toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasa, rasmiy iltimosnoma berilmagan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Apellatsiya kengashi aʼzolari ish koʻrib chiqilishida va qaror qabul qilishda mustaqildirlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk obyektlari muhofazasi sohasidagi xalqaro shartnomalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisida”gi nizomga amal qiladilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Apellatsiya kengashida ishni koʻrib chiqishda tijorat va xizmat sirlari oshkor etilishini oldini olish maqsadida, kengash ishtirokchilari istalgan birining rasmiy iltimosnomasi boʻyicha ishni koʻrib chiqish maxfiyligi haqida ajrim chiqaradi. Bu holda, kengash yigʻilishiga kiritilgan ishtirokchilarning hammasi Apellatsiya kengashida ishni koʻrib chiqish munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻladigan tijorat va xizmat sirlaridan iborat boʻlgan aniq maʼlumotlarning maxfiyligini saqlash haqida majburiyatni oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Apellatsiya kengashida ishni yuritish oʻzbek yoki rus tillarida olib boriladi. Ish yuritish olib boriladigan tilni tushunmaydigan shaxslarga materiallar bilan tarjimon orqali tanishish va Apellatsiya kengashi ishida qatnashish, shuningdek kengash yigʻilishida oʻzbek yoki rus tillarida soʻzga chiqish huquqi bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi yigʻilishida yozib olish apparaturalaridan foydalanish kengash aʼzolarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish raislik qiluvchining ishning mohiyatini bayon qiladigan maʼruzasi bilan boshlanadi. Ishni koʻrishning keyingi bosqichlari odatda quyidagilardan iborat boʻladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs va/yoki uning vakili, shu jumladan patent vakilining soʻzi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrib ishga jalb qilingan ekspertning soʻzi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning Apellatsiya kengashi aʼzolari va yigʻilish ishtirokchilarining savollariga javoblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan oldingi soʻzlangan nutqlarning toʻldirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Apellatsiya kengashi yigʻilishining bayonnomasi ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan Apellatsiya kengashi kotibi tomonidan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi yigʻilishining bayonnomasi raislik qiluvchi va Apellatsiya kengashi kotibi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ishni koʻrib chiqishda har bir tomon oʻz talablarining asosi sifatida keltirgan dalillarni isbotlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiyani koʻrib chiqishda isbot va dalillar tomonlar va boshqa ishtirokchilar tarafidan yozma ravishda taqdim qilinadi hamda nusxasi barcha ishtirokchilarga tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taqdim qilingan isbotlar yetarli boʻlmasa, Apellatsiya kengashi tomonlar va apellatsiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga qoʻshimcha isbotlar taqdim etishni taklif qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tomonlardan biri boshqa tomonning nuqtai nazari asosli va qonuniyligini yozma ravishda tan olgan hamda nizodan voz kechgan holda, Apellatsiya kengashi apellatsiya boʻyicha ish yuritishni toʻxtatadi. Apellatsiya kengashiga xuddi oʻsha tomonlar orasidagi oʻsha ish va oʻsha asoslar boʻyicha takroriy murojaat etish ushbu ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan yangidan paydo boʻlgan holatlar aniqlanganda mumkin boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Apellatsiya kengashi apellatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellatsiyani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisida yoki eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan holda, Apellatsiya kengashi bir vaqtning oʻzida ushbu roʻyxatdan oʻtkazilish bilan bogʻliq tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni muddatidan avval toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Apellatsiya kengashining qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Apellatsiya kengashining qarori apellatsiya yoki ariza mohiyatini koʻrib chiqish tugagandan soʻng kengash aʼzolarining yopiq yigʻilishi natijasi boʻyicha koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Apellatsiya kengashining qarori raislik qiluvchi va nizoni koʻrib chiqishda qatnashgan Apellatsiya kengashining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va tasdiqlangan sanadan eʼtiboran qabul qilingan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda qatnashgan shaxslar va Apellatsiya kengashi aʼzolari kengash yigʻilishida yoki Apellatsiya kengashi yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida yozma ravishda oʻzlarining alohida fikr-mulohazalarini bildirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raislik qiluvchi Apellatsiya kengashi qarorining xulosa chiqarilgan qismini apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda qatnashganlarga oʻqib eshittiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Apellatsiya kengashining qarori yozma shaklda bayon qilinadi hamda kirish, tavsiflash, asoslash va xulosa qismlaridan iborat boʻlib, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kirish qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish raqami (roʻyxatga olish raqami) va apellatsiya yoki ariza topshirilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilingan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashining tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya yoki ariza topshirgan shaxsning va/yoki uning vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizoni koʻrib chiqishda qatnashgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tavsiflash qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs talablarining qisqacha bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs mulohazasining qisqacha bayoni yoki davlat ekspertizasi vakilining tushuntirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiyada ishtirok etayotgan tomonlar va/yoki ularning vakillari tushuntirishlarining qisqacha bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) asoslash qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizoning Apellatsiya kengashi tomonidan aniqlangan jihatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning iltimosnomalari va isbotlarini Apellatsiya kengashi qabul qilishiga yoki rad etishiga sabab boʻlgan dalillar va faktlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi qaror qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xulosa qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻyilgan talablar boʻyicha ularni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida, qabul qilingan qaror ustidan shikoyatnoma berish muddatlari va tartibi haqidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Apellatsiya kengashining qarori apellatsiya yoki ariza boʻyicha ish jildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Apellatsiya kengashining qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida apellatsiya yoki ariza bergan shaxsga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi hamda Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning qaroriga qarshi apellatsiyalarni topshirish uchun toʻlangan patent bojlari Apellatsiya kengashi tomonidan apellatsiya beruvchi foydasiga qaror chiqarilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Patent bojlari toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan tartibda ushbu shaxsga qaytariladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 45-modda; 2011-y., 40-son, 420-modda; 2013-y., 19-son, 242-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1889-3/0271-son)