Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2019 24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1889
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining buyrugʻi, 24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1889
Date of entry into force
03.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI Intellektual mulk agentligining APELLATSIYA KENGAShIGA APELLATSIYALAR VA ARIZALARNI TOPShIRISh HAMDA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
(buyruqning nomi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1889]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalarni berish va ularni ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3190, 30.10.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda ko‘rib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2003-yil 11-noyabrdagi 67-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalarni topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (2003-yil 24-dekabr, ro‘yxat raqami 1293) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor B.A. AMONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat patent idorasi boshlig‘ining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-sonli buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda ko‘rib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
(qoidaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga (bundan keyingi o‘rinlarda Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Apellatsiya kengashiga topshiriladigan apellatsiyalar va arizalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Apellatsiya kengashiga quyidagi apellatsiyalar topshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi):
(1-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, seleksiya yutug‘i, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘iga patent berish to‘g‘risidagi yoki patent berishni rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladigan muhofaza berish to‘g‘risida yoki muhofaza berishni rad etish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integral mikrosxemalar topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlari ustidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘iga patent berilishiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) integral mikrosxemalar topologiyasining ro‘yxatdan o‘tkazilishiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i patentlarining haqiqiyligiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi uchun guvohnomaning, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) belgini O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilishiga qarshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) integral mikrosxemalar topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi uchun hamda tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarning amal qilishini to‘xtatish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish haqida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Apellatsiya kengashiga O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalar (bundan keyingi o‘rinlarda ariza deb yuritiladi) topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan apellatsiyalar ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘iga talabnoma, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalarning 1-bandi “b”“i” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan apellatsiyalar manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalarning 2-bandida nazarda tutilgan ariza o‘z tovar belgisini O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi deb hisoblagan shaxs tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Apellatsiyalar va arizalarni topshirish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Qoidalarning 1 va 2-bandlarida ko‘zda tutilgan apellatsiyalar yoki arizalarni berish bilan bog‘liq harakatlarni ko‘rsatilgan shaxslar shaxsan o‘zlari yoki vakillari, shu jumladan Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari orqali amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy istiqomat qiladigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari yoki ularning vakillari basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, apellatsiyalar yoki arizalarni berish bilan bog‘liq harakatlarni, shu jumladan Apellatsiya kengashi yig‘ilishlarida qatnashishni o‘z vakillari, shuningdek Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vakilning, tegishli hollarda patent vakilining vakolatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan va vakolatlarning hajmi ko‘rsatilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Apellatsiya yoki ariza ixtiyoriy shaklda tuziladi va umumiy qabul qilingan texnika vositalarida (yozuv mashinkasi, shaxsiy kompyuter va hokazolarda) bosilgan ko‘rinishda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Apellatsiya yoki arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) apellatsiya yoki ariza bergan yuridik shaxslar uchun — uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (to‘liq manzili) va boshqa ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘iga talabnoma, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomaning raqami yoki apellatsiya oid bo‘lgan obyektga berilgan muhofaza hujjatining, shu jumladan belgini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 2-bandida ko‘zda tutilgan arizada tovar belgisiga guvohnomaning yoki uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan talabnomaning ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi. Ariza O‘zbekiston Respublikasida huquqiy muhofazaga ega bo‘lmagan belgiga oid bo‘lsa, arizaga “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) muvofiq tayyorlangan tovar belgisi namunasi ilova qilinadi.
(7-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ustidan shikoyat berilgan qarorning qonunga zidligi, patent, guvohnoma berilganligi yoki huquqiy muhofaza berilganligi qonunga zidligining asosi, apellatsiya beruvchi shaxsning barcha sabab va dalillari, taklif etilgan obyektning unga qarshi quyilgan barcha obyektlar bilan taqqoslangan tahlilini (muhofaza hujjati berish rad etilganda) apellatsiya o‘z ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “g”“z” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan apellatsiyalarga qo‘shimcha materiallar taqdim etilgan holda, ular patent, guvohnoma yoki huquqiy muhofaza berishni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb tan olish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan sabablarni o‘zgartirmasligi yuzasidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “i” kichik bandida keltirilgan apellatsiya va/yoki unga ilova qilingan materiallar quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jug‘rofiy obyektga xos bo‘lgan shartlarning yo‘qolganligi haqida va/yoki O‘zbekiston Respublikasining tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrida ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarni ishlab chiqarish imkoni yo‘qligi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el yuridik shaxslari yoki chet el fuqarolari tomonidan tovar kelib chiqqan mamlakatda ushbu tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquq yo‘qotilganligi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar O‘zbekiston Respublikasining tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrida ushbu tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlarni yo‘qotganligi haqida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 2-bandida ko‘zda tutilgan ariza va unga ilova qilinadigan materiallar tovar belgisining hammaga ma’lum tovar belgisi deb e’tirof etilganligini tasdiqlaydigan aniq ma’lumotlardan iborat bo‘lishi kerak. Quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar shunday materiallar sifatida taqdim etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisidan O‘zbekiston Respublikasi hududida keng foydalanilgani haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisidan foydalanilgan holda tovarlar realizatsiya qilingan aholi punktlarining ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu tovarlar realizatsiyasining hajmi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yarmarka va ko‘rgazmalarda tovar belgisidan foydalanilgan mahsulotlar va/yoki xizmatlar reklamasi va taqdimotini ham hisobga olgan holda, tovar belgisidan foydalanish usuli haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar iste’molchilarining o‘rtacha yillik soni haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi mashhur bo‘lgan mamlakatlar haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik belgilagan tavsiyanomalarni hisobga olgan holda, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot tomonidan tovar iste’molchilari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari haqida.
(7-bandning “v” kichik bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan uzoq vaqt davomida, uzluksiz, keng va katta hajmda foydalanilganligi isboti sifatida mahsulot sifatini nazorat qiluvchi tashkilotlar, savdo tashkilotlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va jamiyatlarning xulosalari (ma’lumotnomalari), deklaratsiyalar, sifat sertifikatlari va shu kabi hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada tovar belgisidan foydalanish qaysi sanadan boshlangani va ariza bergan shaxs qaysi sanadan boshlab o‘z tovar belgisini O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi sifatida e’tirof etganligi ko‘rsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) apellatsiya yoki ariza bergan shaxsning apellatsiya yoki ariza mohiyati bo‘yicha aniq bayon qilingan talablari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya yoki ariza apellatsiya yoki ariza bergan shaxs yoxud uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan apellatsiya yoki ariza tashkilot rahbari yoki belgilangan tartibda vakolatga ega bo‘lgan shaxs tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi, imzo yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(7-bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 22-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-3 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1889-3/0271-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo chekayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Apellatsiya bitta ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘iga talabnoma yoki tovar belgisiga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomaga yoxud bitta muhofazalanadigan obyekt — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘iga, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga oid bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 2-bandida ko‘zda tutilgan ariza ham bitta tovar belgisiga taalluqli bo‘lishi kerak. Apellatsiya materiallari ikki nusxada topshiriladi, faqat ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan apellatsiyalar va 2-bandida ko‘zda tutilgan arizalar bundan mustasno ravishda bir nusxada topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida ko‘zda tutilgan apellatsiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 158-modda), “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 178-modda), “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda), “Integral mikrosxemalar topologiyasining huquqiy muhofazasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 87-modda) qonunlarida belgilangan muddatlarda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Apellatsiya yoki arizaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Patent bojlari to‘g‘risida”gi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 19-son, 151-modda) muvofiq belgilangan patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinmagan taqdirda, apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Apellatsiya yoki ariza o‘zbek yoki rus tillarida topshiriladi. Barcha qo‘shimcha materiallar, shu jumladan texnik hujjatlar o‘zbek yoki rus tillarida ikki nusxada topshiriladi. Agar qo‘shimcha materiallar boshqa tilda topshirilgan bo‘lsa, apellatsiya yoki ariza bergan shaxs uch oy muddat ichida ushbu materiallarning o‘zbek yoki rus tillariga tarjimasini taqdim etishi lozim. Tarjima taqdim qilinmagan taqdirda, ushbu materiallar apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda e’tiborga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Apellatsiyalar va arizalarni ro‘yxatga olish hamda qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlikka kelib tushgan apellatsiya ro‘yxatga olinadi va unga ro‘yxat raqami beriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar apellatsiya ushbu Qoidalarning 2-bo‘limida nazarda tutilgan shartlarga javob bersa, Apellatsiya kengashiga kelib tushgan sanadan e’tiboran un kunlik muddat ichida apellatsiya bergan shaxsga apellatsiya ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “b”“i” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan apellatsiyalar Apellatsiya kengashi yig‘ilishi o‘tkazilgunga qadar o‘z mulohazalarini taqdim etishi haqidagi taklif bilan apellatsiya bergan shaxsga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar apellatsiya mazkur Qoidalarning 2-bo‘limida belgilangan shartlar inobatga olinmasdan topshirilgan bo‘lsa, apellatsiya bergan shaxsga apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni uch oy muddat ichida taqdim etish taklifi bayon qilingan so‘rovnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada talab qilingan ma’lumotlar ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmasa, apellatsiya bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi va bu haqda apellatsiya bergan shaxsga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Apellatsiya bergan shaxs ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida apellatsiyani chaqirib olishi mumkin. Bu holda, apellatsiya bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yig‘ilishdan o‘n kun avval tomonlarga Apellatsiya kengashi yig‘ilishining o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqidagi bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Qoidalarning 12—16-bandlarida belgilangan tartib Apellatsiya kengashiga topshiriladigan O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalarga nisbatan ham qo‘llaniladi, 14-bandning ikkinchi xatboshisi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Apellatsiyalar va arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Apellatsiyalar quyidagi muddatlarda ko‘rib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kelib tushgan sanasidan e’tiboran ikki oy mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlariga talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning foydali modelga patent berish to‘g‘risidagi yoki patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning seleksiya yutug‘iga patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar, agar qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmasa.
(18-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kelib tushgan sanasidan e’tiboran to‘rt oy mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berish to‘g‘risidagi yoki patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladigan muhofaza berish to‘g‘risidagi yoki muhofaza berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning integral mikrosxemalar topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
(18-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integral mikrosxemalar topologiyasining ro‘yxatdan o‘tkazilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishning O‘zbekiston Respublikasida amal qilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integral mikrosxemalar topologiyasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish haqidagi apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi uchun guvohnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish haqidagi apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan joy nomlari ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilish haqidagi apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kelib tushgan sanasidan e’tiboran olti oy mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya yutug‘iga patent berilishiga qarshi apellatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya yutug‘i patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalar, agar qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish zaruriyati tug‘ilmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarining O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalar Apellatsiya kengashi tomonidan ushbu arizalar kelib tushgan sanadan e’tiboran to‘rt oy ichida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Apellatsiya kengashi yig‘ilishini o‘tkazish sanasi tayinlanganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan tomonlar yig‘ilish sanasini olti oydan oshmagan muddatga ko‘chirish haqida asoslangan rasmiy iltimosnoma bilan Apellatsiya kengashiga murojaat etishlari mumkin. Bu holda, apellatsiyani ko‘rib chiqishning belgilangan muddatlari o‘tishi Apellatsiya kengashi yig‘ilishini o‘tkazishning yangi sanasigacha to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Muddatlar yig‘ilish o‘tkazishning aniq kalendar sanasi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilishi bilan barcha o‘tib ketmagan muddatlarning o‘tishi ham to‘xtatiladi. Ish bo‘yicha ish yuritish barcha zarur ma’lumotlar va/yoki materiallar olinmagunga qadar, to‘xtatib turiladi. Ish bo‘yicha ish yuritish tiklangan kundan boshlab muddatlarning o‘tishi davom etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 22-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-3 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1889-3/0271-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Apellatsiyalar va arizalarni ko‘rib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish Apellatsiya kengashi raisi, uning o‘rinbosari, kengash a’zolari (uchta a’zodan kam bo‘lmagan) va kotibi tarkibidagi Apellatsiya kengashi majlisida amalga oshiriladi. Kengash tarkibiga Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari hamda mustaqil olimlar va mutaxassislar kiradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 15-apreldagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-2, 07.05.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 19-son, 242-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Apellatsiya kengashida ishni ko‘rib chiqishda apellatsiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoxud jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni ko‘rib chiqishda qatnashish huquqi bo‘lgan va Apellatsiya kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va joyi haqida xabardor qilingan istalgan shaxsning kelmay qolishi ishni ko‘rib chiqishga to‘siq bo‘la olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi ishni ko‘rib chiqishda qatnashish huquqi bo‘lgan shaxslardan birortasi kelmaganligi oqibatida ushbu yig‘ilishda ishni ko‘rib chiqish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, kengash yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanani boshqa kunga ko‘chirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar Apellatsiya kengashining istalgan a’zosiga yoki butun tarkibiga nisbatan asoslangan raddiya berishi mumkin. Raddiya ishning mohiyatini ko‘rib chiqish boshlangunga qadar berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raddiya Apellatsiya kengashi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Agar raddiya qanoatlantirilsa, apellatsiya yoki ariza boshqa tarkibda ko‘rib chiqiladi. Ishni ko‘rib chiqishda qatnashadigan shaxslar yig‘ilishning yangi sanasi va vaqti haqida ushbu Qoidalarning 16-bandida belgilangan tartibda xabardor etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Apellatsiya kengashi bir shaxs yoki bir necha shaxsning bitta obyektga — muhofazalanayotgan yoki talabnoma berilgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyasiga oid bir necha apellatsiyalari ko‘rib chiqishda ekanligini aniqlasa, tomonlarning roziligini olgan holda, bu apellatsiyalarni ko‘rib chiqishni bitta yig‘ilishda birlashtirishi mumkin. Apellatsiya kengashining qarori har bir ish bo‘yicha alohida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar arizalar bir yoki bir necha shaxslar tomonidan berilgan bo‘lsa hamda ularda bitta tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisini O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi sifatida e’tirof etish so‘ralayotgan bo‘lsa, Apellatsiya kengashi bir necha arizalarning ko‘rib chiqilishini birlashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tomonlardan biri mazkur ish yurituvdan chiqib ketganda (apellatsiya yoki ariza bergan shaxsning vafot etishi, yuridik shaxsning tugatilishi, qayta tashkil etilishi va shu kabilar), Apellatsiya kengashi asoslangan ariza bo‘yicha ushbu tomonni merosxo‘ri yoki huquqiy vorislari bilan almashtiradi. Huquqiy vorislik apellatsiya jarayonining istalgan bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ishning mohiyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlar taqdim etishning zarurati paydo bo‘lsa, qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlar uch oy ichida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlar taqdim etuvchi tomonning rasmiy iltimosnomasiga ko‘ra, qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni taqdim etish muddati Apellatsiya kengashi tomonidan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Rasmiy iltimosnoma bilan so‘ralgan ma’lumotlarga javob berish muddatini uzaytirish uchun uzaytirishning har bir oyi uchun belgilangan patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Bu holda, apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish muddatlarining o‘tishi uzaytirish muddati davomida to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasa, rasmiy iltimosnoma berilmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Apellatsiya kengashi a’zolari ish ko‘rib chiqilishida va qaror qabul qilishda mustaqildirlar hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk obyektlari muhofazasi sohasidagi xalqaro shartnomalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risida”gi nizomga amal qiladilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Apellatsiya kengashida ishni ko‘rib chiqishda tijorat va xizmat sirlari oshkor etilishini oldini olish maqsadida, kengash ishtirokchilari istalgan birining rasmiy iltimosnomasi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish maxfiyligi haqida ajrim chiqaradi. Bu holda, kengash yig‘ilishiga kiritilgan ishtirokchilarning hammasi Apellatsiya kengashida ishni ko‘rib chiqish munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘ladigan tijorat va xizmat sirlaridan iborat bo‘lgan aniq ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash haqida majburiyatni oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Apellatsiya kengashida ishni yuritish o‘zbek yoki rus tillarida olib boriladi. Ish yuritish olib boriladigan tilni tushunmaydigan shaxslarga materiallar bilan tarjimon orqali tanishish va Apellatsiya kengashi ishida qatnashish, shuningdek kengash yig‘ilishida o‘zbek yoki rus tillarida so‘zga chiqish huquqi bilan ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi yig‘ilishida yozib olish apparaturalaridan foydalanish kengash a’zolarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish Apellatsiya kengashi raisining ishning mohiyatini bayon qiladigan ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ishni ko‘rishning keyingi bosqichlari odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 15-apreldagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-2, 07.05.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 19-son, 242-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs va/yoki uning vakili, shu jumladan patent vakilining so‘zi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rib ishga jalb qilingan ekspertning so‘zi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning Apellatsiya kengashi a’zolari va yig‘ilish ishtirokchilarining savollariga javoblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan oldingi so‘zlangan nutqlarning to‘ldirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Apellatsiya kengashi yig‘ilishining bayonnomasi ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan Apellatsiya kengashi kotibi tomonidan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi yig‘ilishining bayonnomasi Apellatsiya kengashi raisi va Apellatsiya kengashi kotibi tomonidan imzolanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 15-apreldagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-2, 07.05.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 19-son, 242-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ishni ko‘rib chiqishda har bir tomon o‘z talablarining asosi sifatida keltirgan dalillarni isbotlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiyani ko‘rib chiqishda isbot va dalillar tomonlar va boshqa ishtirokchilar tarafidan yozma ravishda taqdim qilinadi hamda nusxasi barcha ishtirokchilarga tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taqdim qilingan isbotlar yetarli bo‘lmasa, Apellatsiya kengashi tomonlar va apellatsiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga qo‘shimcha isbotlar taqdim etishni taklif qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tomonlardan biri boshqa tomonning nuqtai nazari asosli va qonuniyligini yozma ravishda tan olgan hamda nizodan voz kechgan holda, Apellatsiya kengashi apellatsiya bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatadi. Apellatsiya kengashiga xuddi o‘sha tomonlar orasidagi o‘sha ish va o‘sha asoslar bo‘yicha takroriy murojaat etish ushbu ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangidan paydo bo‘lgan holatlar aniqlanganda mumkin bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Apellatsiya kengashi apellatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha apellatsiyani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini e’tirof etish to‘g‘risida yoki e’tirof etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinganligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan holda, Apellatsiya kengashi bir vaqtning o‘zida ushbu ro‘yxatdan o‘tkazilish bilan bog‘liq tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni muddatidan avval to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Apellatsiya kengashining qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Apellatsiya kengashining qarori apellatsiya yoki ariza mohiyatini ko‘rib chiqish tugagandan so‘ng kengash a’zolarining yopiq yig‘ilishi natijasi bo‘yicha ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Apellatsiya kengashining qarori Apellatsiya kengashi raisi va nizoni ko‘rib chiqishda qatnashgan Apellatsiya kengashining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tasdiqlangan sanadan e’tiboran qabul qilingan deb hisoblanadi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 15-apreldagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-2, 07.05.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 19-son, 242-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda qatnashgan shaxslar va Apellatsiya kengashi a’zolari kengash yig‘ilishida yoki Apellatsiya kengashi yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni mobaynida yozma ravishda o‘zlarining alohida fikr-mulohazalarini bildirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raislik qiluvchi Apellatsiya kengashi qarorining xulosa chiqarilgan qismini apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda qatnashganlarga o‘qib eshittiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Apellatsiya kengashining qarori yozma shaklda bayon qilinadi hamda kirish, tavsiflash, asoslash va xulosa qismlaridan iborat bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kirish qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish raqami (ro‘yxatga olish raqami) va apellatsiya yoki ariza topshirilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilingan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashining tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya yoki ariza topshirgan shaxsning va/yoki uning vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizoni ko‘rib chiqishda qatnashgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tavsiflash qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs talablarining qisqacha bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs mulohazasining qisqacha bayoni yoki davlat ekspertizasi vakilining tushuntirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiyada ishtirok etayotgan tomonlar va/yoki ularning vakillari tushuntirishlarining qisqacha bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) asoslash qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizoning Apellatsiya kengashi tomonidan aniqlangan jihatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning iltimosnomalari va isbotlarini Apellatsiya kengashi qabul qilishiga yoki rad etishiga sabab bo‘lgan dalillar va faktlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi qaror qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xulosa qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘yilgan talablar bo‘yicha ularni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida, qabul qilingan qaror ustidan shikoyatnoma berish muddatlari va tartibi haqidagi ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Apellatsiya kengashining qarori apellatsiya yoki ariza bo‘yicha ish jildiga qo‘shib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Apellatsiya kengashining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran besh ish kuni ichida apellatsiya yoki ariza bergan shaxsga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi hamda Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 22-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-3 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1889-3/0271-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning qaroriga qarshi apellatsiyalarni topshirish uchun to‘langan patent bojlari Apellatsiya kengashi tomonidan apellatsiya beruvchi foydasiga qaror chiqarilganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Patent bojlari to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan tartibda ushbu shaxsga qaytariladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1889-1, 30.09.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 420-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 45-modda; 2011-y., 40-son, 420-modda; 2013-y., 19-son, 242-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1889-3/0271-son)