22.01.2009 yildagi PQ-1045-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 22.01.2009 yildagi PQ-1045-son
Date of entry into force
22.01.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLI PUNKTLARINI OBODONLASHTIRISHNI YAXSHILASH YUZASIDAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika shahar va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini yanada shakllantirish, ularni obodonlashtirishni tubdan yaxshilash, obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus transport va mexanizatsiya vositalari bilan jihozlash, shuningdek, band bo‘lmagan aholini obodonlashtirish ishlariga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va rag‘batlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholi punktlarini obodonlashtirish sohasidagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obodonlashtirish ishlari arxitektura-qurilish me’yorlari va qoidalariga, shuningdek, shahar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga nisbatan qo‘yilgan zamonaviy talablarga qat’iy muvofiq ravishda o‘tkazilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obodonlashtirish obyektlaridan sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq foydalanish hamda ularni saqlash ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obodonlashtirish sohasida qo‘shimcha ish o‘rinlarini hamda aholi bandligini oshirish, samarali ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha prognoz tushumlarining 50 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning 100 foizi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha hamda transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gazdan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xayriya (homiylik) yordamlari va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalardan tushgan mablag‘lar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ularning tasarrufida qoladigan shaxsiy mablag‘lari hisobidan shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga aholi punktlarini obodonlashtirish maqsadlari yo‘lida xayriya (homiylik) yordami ko‘rsatish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari 1-ilovaga* muvofiq eng kam normativ darajagacha miqdorda ishlab chiqarish xodimlari bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2009 — 2011-yillarda obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus transport vositalari bilan jihozlash dasturi 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2 va 2a-ilovalari rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus transport vositalari bilan jihozlash dasturining tasdiqlangan parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumladan, 2009-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublika budjetining bo‘sh qoldiqlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda mahalliy budjetlarning daromad qismlarini ortig‘i bilan bajarish hisobidan 2009-yilda obodonlashtirishga sarflanadigan xarajatlarni 3-ilovaga* muvofiq oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgi va keyingi yillardagi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlar mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan moliyalashtirilishini inobatga olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2009-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda shahar posyolkalari maqomini olgan aholi punktlarining ko‘kalamzorlashtirish maydonlarini, ko‘chalari va yo‘lkalari uzunligini, irrigatsiya tarmoqlari hamda boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini inventarizatsiyadan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larning asoslangan hisob-kitobini taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yilgi budjet parametrlarini shakllantirishda yangi shahar posyolkalari tashkil etilishini hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlaridan foydalanish va ularni saqlash uchun mablag‘larni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda obodonlashtirish xodimlarini, ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlarini va xizmat ko‘rsatish hududi hamda bajariladigan ishlarning sifatiga qarab ish haqi miqdori belgilanishini hisobga olgan holda mehnatga haq to‘lashning tarmoq tarif setkasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda shaharlar va tumanlarni obodonlashtirish sohasida, vaqt me’yorlari, xizmat ko‘rsatish hududlari va xodimlar soni normativlarini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligi huzurida Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 24-dekabrdagi 606-son qarorining 1-ilovasidagi “Jami xodimlar soni — 134 kishi” so‘zlari “Jami xodimlar soni — 274 kishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan bir oy muddatda qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda avval qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 22-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1045-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 4-son, 22-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda)